“Buyoğiga qanday yaşayman?”
Talabaligimda Abdulla Qahhor uy-muzeyida ilmiy xodim bölib işlaganman. Baxtimga uy-muzey taʼmirda edi, kunim bir-ikki qönğiroqlarga javob beriş va adib kutubxonasidagi kitoblarni öqiş bilan ötardi. Mana şu maʼnaviy qarzdorlik boismi yozuvçiga doir neki gap-söz bölsa heç biri meni çetlab ötolmasdi.
“Haqiqat — mendan ustun” hujjatli filmining ssenariysini yoziş uçun Abdulla Qahhor dunyosiga yana bir bor şönğişimga töğri keldi. Ötgan yillar içida Ozod Şarafiddinov, Umarali Normatov, Ibrohim Haqqul ardoğidagi Qahhor domlani anglaş bilan birga Naim Karimov, Şuhrat Rizo, Suvon Meliyev bilgan qahrli Qahhorni ham tanigandek böldim. Har birida jon bor edi göyo. Haqiqat kim tomonda? Asl qiyofa qanday? Ruhimda tinimsiz kuraşgan ikki tölqin orasidan közida yiği qotib qolgan, siniq tabassumli, bemahal mayiz bölgan möysafid siymosi çiqib kelaverardi. Fursat va imkon berilganda edi, hujjatli film toşbaqa kosasi misol gunohini bir umr kötarib yurgan ziyolining mahzun dramasiga bağişlanardi.
Muzeyda işlab yurgan paytimda adibga tegişli qölyozmalarni topiş uçun Markaziy Arxivga kirişimga töğri kelgan. Öşanda şoir Elbek söroq qilingan stenogrammani öqib qoldim. Ilk bor nomaʼlum Qahhorga duç kelganimdan ançagaça özimga kelolmadim. Qanday sir bor, bilmayman, vaziyat taqozosidan Abdulla Qahhor dunyosiga qayta-qayta yuzlanyapman. Birida haqgöy, oqil odam ğolib kelar, yana birida esa makkor aqliga ega usta… Lekin yuragimda ögaylik emas, girya qotib qoldi. Aslida öşa ökirikni çiqarişim kerak edi. “Ötmişdan ertaklar” qissasi köksimdagi giryani közimga köçirdi. Men xalos böldim.
* * *
“Ötmişdan ertaklar” avtobiografik qissasi yozuvçi umrining adoğida yozilgan. Asar usta Abduqahhorning sotqinligiga işora bilan, boşi xam öğilning “Endi nima böladi?” savoli bilan yakunlanadi. “Endi nima böladi”ning qat-qatlaridan “buyoğiga men qanday yaşayman?” degan hasratli sadoni eşitganday bölaman. Yozuvçi bu savolni öziga köp berganga öxşaydi.
Adib bolaligini otaning xorlanişi, onaning kamsitilişi, jigardorlikning aççiq judosi, haydaliş azobi, hissiz töda dedi-dedisi, qaşşoqlikning qattiq noni va aybdorlik hissi barbod qildi. Diydasi temirga aylanib bölgan temirçi otaning tirikçilik uçun kuraşlari öğilning qismatida birmunça mahobatliroq, birmunça maşʼumroq tus oldi, bir umrlik oğir iz qoldirdi. Sarson bolalikning çang köçalari va ota tanlagan yöl uni firqa-şöro internatiga, “Kommuna” maktabiga olib boradi, çigal TUZOQqa tuşiradi. Temirçi ota qizillar xizmatiga ötganidan keyingina ular röşnolik rangini körgandek böladilar. Kirmoq boru çiqmoq yöq. Yer-suvlar kambağallarniki, tenglik kabi ğoyalar qançalar jozibali-a?
Sovetning jahannamini ham, jannatini ham körgan bu avlod ustidan hukm öqişdan oldin haqiqatga olib boruvçi iztirob ildizini izlaş zarur, deb öylayman. Abdulla Qahhor yuragidagi aççiq alam bilan Demon, Peçorin yoki Dorian Greyning emas, faqat Nastasya Filippovnaning isyoni böylaşa olardi. “Valineʼmat” Afanasiy Totskiy ğör Nastasyaning bolaligini badnom qildi, tuyğularini toptab, maʼsumiyatdan butkul mosuvo etdi. Gunoh atalmiş laʼnati yoziqni qismatiga bitdi, evaziga unga haşam hayotni, kibor doiraning xonimi maqomini tuhfa etdi. Şuning uçun ham qurboni oldida özini zarraça aybdor sezmaydi. Biroq hamma ayol ham bunday “muruvvatni” badbaxtlik demaganidek, tuzum totskiylari tölayotgan tovonni, yaʼni saltanat sadaqasini marhamat deb köziga surtgan ijodkorlar ham hamma zamonda yetarliça topiladi. Nastasya Totskiy atalmiş nusxaning içak-çavoğini qançalar nafrat bilan körgan bölsa, Abdulla Qahhor ham özi sajda qilgan siyosat qanday gunohlar evaziga gurkirayotganini ming bir nadomat bilan köradi.
Sinçi adib Şarof Raşidovning kimligini, uning imkoniyatlarini, özbekning peşonasidagi şarafli örnini bilmasligi mumkin emas edi, nazarimda. Raşidovning asarlariga munosabati sof adabiyot uçun kuraş ekanini ham inkor etolmaymiz. Lekin bu yerda yana bir oğriq közga taşlanadi: u Raşidov timsolida özini bir umrlik vijdon azobiga mahkum etgan tuzumni körmaganmikan? Asl isyonning ildizini şunda topgandek bölaman.
* * *
Isteʼdod — makoning qayerda? Qay jonda ildiz otasan? Kuç-qudratni nimadan olasan? Ğij-ğij maʼlumotga töla boşdanmi? Yoki dargohing — mehr-muhabbatga boy qalbmi? Menimça, SEN ozod ruhda qönim topsang kerak. Böy-bastingni, sir-sinoatingni parvozga şaylangan ruhda körsatasan. Tutqun boşu qoringa qaram vujud falaj fikrlar, tömtoq tuyğular işlab çiqaradigan bir korxona, xolos. Yoş isteʼdodlarning najot qörğoniga aylangan Abdulla Qahhor uçun yoşlarning özi najot fariştasi edi. U özlarining avlodlari yöl qöygan xatoliklarni adabiyot kelajagida körişdan qörqardi. Xoh ijtimoiy bölsin, xoh ijodiy. “Men adabiyotni propaganda quroli deb bilganman, lekin senlarni bunday öylaşga haqqing yöq!”. Aforizmga aylangan “Adabiyot atomdan kuçli, uning kuçini ötin yorişga sarflamaslik kerak” fikri, ehtimol, birinçi navbatda Qahhorning öziga aytgan daşnomi edi. Tarğibot-taşviqot vositasiga aylangan adabiyot tarix axlatxonasidagi çiqindi ekanini özining işlari misolida tan oladi. Avvalida adabiyotni ciyosatning sözi deb adaşgan yozuvçi bora-bora uning sanʼat ekanini anglay boşlaydi. Jahon adabiyotini idrok etiş orqali özi va safdoşlari notöğri yöldan ketayotganini anglaydi, zamondoşlari uni “söz zargari” deya eʼtirof etadilar.
Ijtimoiy buyurtmalar isteʼdodning kuşandasi. Ijodkordagi neki öziga xoslik bölsa barini bittalab tozalab çiqadi. Ruhiy quvvati söngan, qiyofasini yöqotgan qalamkaşning har bir qoralamasi egasini heçlik tomon sudraşga xizmat qiladi. Abdulla Qahhor har holda haddini va örnini öz vaqtida bildi.
Yozuvçida isteʼdodni ilğaş qobiliyati kuçli edi. U adabiy maydonga kirib kelayotgan hurfikr yoşlarni siyosatning nafaqat tazyiqidan, balki minnatli saxovatidan ham asramoqçidek tasavvur uyğotadi. Zamondoşlarining xotiralarini sinçiklab öqisangiz, adib yoş ijodkorlarni ham maʼnaviy, ham moddiy qöllaşga harakat qilgan. Non va nom ğavğosini adabiyotga aralaştirmaslikni talab qiladi. Ularning tepaga talpinişini istamaydigandek, hukumat himmatidan qizğanadigandek taassurot qoldiradi. Albatta, bu ham kimlar uçundir ğayirlik bölib körinişi mumkin.
Odil Yoqubov bilan Ozod Şarafiddinov tabiatidagi yovqurlikni taniydi va teppa-teng hisoblaşadi. Şukur Xolmirzayevning ijodiy salohiyatini sezib, uzrxohlik va istihola ila “Bizlar savodsiz bölganmiz, bolam, faqat Gogol bilan Çexovni öqib yozuvçi böldik”, deydi. Uçqun Nazarov va Ölmas Umarbekovga talabi yanada qatʼiylaşadi, adabiyotni jön tuşunişga, özi qilgan xatoliklarni ular takrorlaşiga haqqi yöqligini bot-bot taʼkidlaydi. Erkin Vohidov haqidagi fikrida burgutnigoh donişmand çiqib keladi: “Erkin juda aqlli, bilimdon, öta serandişa, yetti ölçab bir kesadigan yigit körinadi. Buni şeʼrlaridan ham bilsa böladi… Lekin öta ehtiyotkorlik har doim ham özini oqlayvermaydi…” Mana şu ehtiyotkorlik qaçondir va qayerdadir pand berişini, şoirning ijodiy va insoniy parvozidagi katta ğov ekanini başorat qilgandi göyo.
* * *
2003 yil. Rahmatli Kibriyo opaning sarğiş tusga kirgan gazeta-jurnallarini saralayapman. Qayta quriş yillaridagi “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining bir naşrida Aleksandr Fadeyevning özini otişdan oldin yozgan xatiga közim tuşib qoldi. Yutoqib öqiyman… “Meni kirakaş aravani tortadigan otga aylantirdilar, butun umrim keraksiz, yarim çaqaga ham arzimaydigan “yuklarni taşiş” bilan ötdi. Bu rasmiyatçi töraçilikning behisob, nozarur işlarini har qanday odam ham eplay olardi. Vaholanki adabiyotga katta, gözal niyatlar bilan kelgandim…” Öşanda öq ovozini yuragim bilan eşitdim.
Hamon öylayman, nega taqdir menga bu vasiyatni aynan Abdulla Qahhorning ijodxonasida öqişni buyurdi? “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasining tahririyatida yoki dadamning kutubxonalarida ham öqib qolişim mumkin edi-ku! Özimça javob topgandek bölaman. Tuşlarimda ham taʼqib etadigan soçlari oppoq, siniq tabassumli, közlari maʼyus, nurli qariya elliginçi yillardayoq öziga hukm öqib bölgandi. Fadeyev yetib kelgan haqiqatga u bora olmasmidi? Bora olardi! Boşqalarni bilmayman-u, lekin Abdulla Qahhor öziga şafqat qilmaslikka qodir şaxs edi. Şuning uçun ham atoqli adib hayotining sönggi ön yilida uning uçun ikki dunyo bir qadam bölib qolgandi…
Iqbol QÖŞŞAYEVA
