Şoir qölidagi olov

2024 yil 21 mart. Yozuvçilar uyuşmasining Dörmon ijod boğida Özbekiston Qahramoni, xalq şoiri Abdulla Oripovning tuğilgan kunida uluğ ustozni xotirlab ramazon iftori ötkazildi. Yaxşi va fayzli ötgan keçadan çiqib ketayotganimizda, Özbekiston xalq şoiri Usmon Azim:
— Hoy, döstlar, qölimda olov bor, ehtiyot böling, qölimda olov bor, — deb bir neça bor takrorladi.
Şoirning biroz yuqori kötarilgan qölining barmoqlari orasidagi sigareta çöğiga közim tuşdi. Bu çöğ menga olov bölib körindi. Bu ajoyib holat hamişa olovday yonib şeʼr yozib kelayotgan şoirga juda-juda mos kelgan edi…
Şoirning qölida olov —
       şiddat-la borayotir.
Şoirning qalamida olov —
                      şijoat-la yozayotir.
Şoirning şeʼrida olov —
     yuraklarni yoqayotir.
Şoirning sözida olov —
    osmonga yuksalayotir.
Usmon Azimga nasib etgan olov şeʼrlar muborak bölsin!
Olov Söz bilan egizak. Söz ham aslida olov kabi yonişi kerak! Yonib, yuraklarga otaş solmoği lozim!
Şeʼrda olov bölmasa, tez sönadi. Yurakka yetib bormaydi. Söngan şeʼr asta-sekin kulga aylanib, qumga singib ketgan şörlik suvning ahvoliga tuşadi. Sönib, kulga aylanib ketayotgan şeʼrlar, töğrisi, ijod namunalaridan uyulgan xarob xirmonlarni körib açinasan.
Olov odamning tanasini harorat bilan siylagani kabi, şeʼr ham yurakka yetib borib, hayratga solib, harorat bağişlaşi kerak.
Şeʼrda olov bölmasa, tutaydi. Uni puflaş bilan yoqib bölmaydi. Baʼzi şoirlarning orqasida guruhlar, homiylar turadi. Uni adabiyot maydoniga olib çiqib, yulduz yasamoqçi bölib puflaydilar. Puflovçilarning kuçangani qoladi…
Şoirning qalbi yonmasa, qalamidan öt çaqnamasa, yozgan şeʼri tutaydi.
Usmon Azimning şeʼrlaridagi olov uçqunlari çarsillab saçraydi. Uning uçqunlari şeʼrxonning yuragiga yetib boradi.
Söz yolğonni, aldovni, xuşomadni aslo yoqtirmaydi. Yolğon — şeʼrga tirgak bölmaydi. Yolğon şeʼrning umri bölmaydi. Göyo tuğilgani zahoti ölgan kabi. Şu bois şoir:
Yolğondan uyaldim,
Qoçmadim yomondan.
Şu sabab öt oldi
Xonumonim mening, —
deb baralla yozdi. Şoir olovli satrlarni qoğozga tuşirişda davom etib, oçiq-oydin yozdi:
Aniq aytdim hamma narsaning ismini:
Toza — toza,
Iflos — iflos.
Halol — halol,
Harom — harom…
Umrimni dözax qildi bu haromilar!
Bu satrlar alanganing soyasi emas, aynan özi! Söz yana şiddatli olovga aylanadi:
Mayda-mayda bölma,
Mudom butun böl.
Özingni-özingga qilmagin taloş.
Bir tan böl,
Bir söz böl,
Bir tugun böl —
Faqat bitta yurak,
Faqat bitta boş…
Söz şoirning yuragini yaxşi köradi. Qaysiki şoirning yuragida olov bölsa, Söz uni makon etadi. U bilan döst böladi. Öz soyasidan qörqadigan odamlarni ogohlikka çaqiradi:
Ehtiyotkor odam! Hoy, ehtiyotkor odam!
Uyquni asraysan-u uyğonolmaysan,
Yurakni asraysan — tölğonolmaysan,
Dardkaşlar yurti bu, qara, soği yöq,
Sening yuragingning nega doği yöq?..
Ehtiyotkor odam olovni yoqtirmaydi. Unga faqat kul bölsa, atrof kultepalar bilan öralsa. Unga ötli sözlar ham kerak emas. Ehtiyotkor odam qorovuli bisyor huşyorlik köçasida yaşaydi. Hammayoq motam bölganday jimjit. Na musiqa, na öyin-kulgi, na ovoz eşitiladi. Göyo köçani ulkan xarsangtoş bosib qolganday. Şunda yana xaloskor şoir yordamga şoşadi:
Menga bir toş kerak — osmon kabi keng,
Ğazab kabi oğir, ğamday benavo…
Menga bir toş topib berolmading sen —
Toşlari tuproqqa aylangan dunyo…
Yana olov, yana şeʼr, yana söz. Şoirning yuragi gulxan kabi gurillab yonayotir. Çunki bir-birovning qadamini, oğzini poylaydigan ayğoqçilar, vijdonsiz sotqinlar safi ortib borayotgan, odamlar birovning haqini oçiq-oydin talon-toroj qilayotgan, gunoh qiliş, yolğon aytiş, bir-birovini aldaş kundalik maşğulotga aylanib qolayotgani körib turgan şoir: “Çidagin, bolam-a, çidagin”, deb baralla hayqirdi. Uning ovozi olis-olislardan aks-sado beradi. Bu ötli ovozni eşitganlar şoirga iltijo qiladilar:
Bu dunyoga bir qöşiq,
Berib ketgin, şoirim —
Marhumlar uyğonsinlar,
Uxlolmasin tiriklar…
Şoir yana:
Qança omad bölsa — hammasi yolğon,
Qança hasrat bölsa — çindir!..
Çindir!.. Çin!..
Bunday rost sözni, bor sözni haqiqiy şoir ayta oladi!
Şoirning yuragi fasllarni sevadi. Baʼzan uning Boysuntoğdek ulkan yuragida tört fasl ham kutilmaganda sodir bölişi mumkin. Şu bois ham uning şeʼrlarida fasllarga keng örin berilgan. Har faslning öz olovi, öz gulxani bor şoir yuragida.
Usmon Azim öyçan– kuzni yaxşi köradi. Şoirdan ham köra, uning yuragi kuzni sevsa kerak. Kuz havasi, kuz iztirobi va kuz dardi bilan şeʼr yoziş oson emas. Kuz xazonlari öçira olmagan iztirob, ökinç va armon olovlarining hali bozillab turgan çöğlarini şeʼrga köçiriş oson emas. Şoirning yuragi afsus bilan iltijo qiladi:
Qanday çidab bölar bunday hijronga,
Qiçqirdim — yetarmi yurakning uni:
— Bu yozga işonma, bahorga işonma!
Kuzga topşiradi meni bir kuni!
Yana yolvoradi şoir:
Bahorni bir bora körsam,
Kuzga özim ketmoqçi edim.
Yana dardli misralar qoğozga tuşar:
…Onam bu dunyodan ketganidan söng,
Menga kuz qolmasdan, nima qolardi?..
Şoirning qatʼiy va dangal xulosasi şu:
Yozib bözlagan bilan
Ado bölmas kuz sözim.
Xazonning bir bargi — siz,
Kuz esa mening özim…
Hoy, şeʼrsevar döstim, angladingmi, şoirning kuzga fidoyilik va kuzga özini, qalbini, şeʼrini payvand etiş şunçalar bölar-da! Şoir yuragiga tasanno!..
Usmon Azimning kuz haqidagi hazin şeʼrlari inson yuragidagi ado bölmas armonlar, dardlar, ğussalarning mangu qöşiği, erta tökilib ketayotgan barglarning hasratli madhiyasidir. Agar rassom bölganimda edi, şoirning, ayniqsa, kuz haqidagi şeʼrlariga suratlar çizgan bölar edim. Faqat… faqat bunga yurakning bardoşi yetarmikin?..
Şoirning dardli yuragidan tökilgan mahzun misralar faryodi kartinada aks etarmikin? Uni körsatişga ranglarning kuçi yetarmikin?..
Şoirning şeʼrlarida undov belgilari köp işlatiladi. Bu bejiz emas. Nazarimda, har bir undov — kökka tomon örlayotgan çöqqisimon tik olovni esga soladi. Har bir undov — bir olov!
Bu belgilar, avvalo, şoirning Xudoga iltijolari:
Faqat Xudodan qörqdim,
Faqat Xudoga şukur qildim.
Xudo berganini oldim intilib…
Yoki:
Nurdan boşqa narsa yöqday tuyular,
Olloh bilan mening oraliğimda…
Yana:
Osmon-ku yetti qavat,
Men neça qavat, Olloh?..
Undovlardan adoqsiz nidolar, hayratlar sasi keladi: “Men osmonman, quyoşini yöqotgan osmon, Quyoşimni topolmasdan dilimda armon”, “Yurak, rahming kelsin, töğri yöl körsat, Men qanday Boysundan ketay ajralib?..”, “Şoirning umrida axir ne maʼni? U kuylar — qalblarda lovullar quyoş…”, “Öt yoqdim. Tutaşdi şoxu şabada — Gulxan lang yondi tunning parçasi…”, “Hamma daraxt­larga bitta şamoldir, Hamma şamollarga bitta men özim…”, “Falakni negadir kötarib turar — Meni yerga urgan bir inja ğussa…”, “Sensiz yaşay desam, hayotim yöqdir — hayotsiz yaşaşga örganib qoldim…”, “Heç kimga körsatmay bir yiğlab olsam… Qoronğulik tuşsaydi tezroq…”, “Ölimning borligi — qörqinçli emas, Yaşaşning yöqligi — dahşatli qörqinç…”
Şoirning şeʼr gulxanida bunday çarsillab turgan, hikmatga boy çöğli satrlar tölib-toşib yotibdi. Istagança öqib, har bir şeʼrdan rohatlaniş va olov taftini seziş mumkin. Bu şeʼrlar tafakkurga ildiz böladi…
Olovi bölmagan şeʼr öquvçining yuragini yoqolmaydi. Şeʼrning tangrisi ham olov bölsa kerak.
Şoirning yana bir uluğ mavzusi bor. Yaxşi angladingiz — bu Vatan degan boqiy mavzu. Şoir ötli satrlarda Vatanni şunday kuylaydi:
Çinoring tagida bölinib yotibman,
Şunda bir söz bargday labimga qönar.
“Vatan” deyman, takror aytaman:
“Vatan”…
Birlaşa boşlaydi, yurak, aql, tan…
Şoir yana bir şeʼrida vujudi, yuragi olov-otaş bölib, şunday nurli va ötli misralarni yozadi:
Xalqim! Xijolatdan lovullar yuzim,
Men bir xizmatkorman sening qoşingda:
Bu nima qilganing — yuraman özim,
Özim kötaraman seni boşimga.
Bu Vatanning mard şoiri Usmon Azim aytgan mardona söz…
“Xudoga ming şukur, huşim uyğoqdir, Yuragim uyğoqdir, tuşim uyğoqdir…” Yuragi uyğoq şoir hamişa olovli şeʼrlar yozişiga işonamiz…
Usmon Azim — yaxşi şoir,
Usmon Azim — baxşi şoir,
Usmon Azim — şeʼrlari naqşi şoir.
Keling, hammamiz niyat qilaylik:
Usmon Azimning qölidagi olov hamişa lovullab yonib tursin!
Aşurali JÖRAYEV.
Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan