Mediasavodxonlikni oşiriş zarur

Bugun axborot asrida yaşayapmiz. Şunday ekan, xabarlar oqimining tezlaşişi ijobiy yangiliklar bilan bir qatorda, salbiy xarakterdagi axborotlar ham tarqalişiga sabab bölmoqda. Bunday vaziyatda kişilarning mediasavodxonlik darajasi yuqori bölişi talab etiladi.

Şu örinda savol tuğiladi: mediasavodxonlikning özi nima?

Mediasavodxonlik — ommaviy axborot vositalari yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni saralaş könikmalarini, turli axborotlarni qabul qilgandan keyin ham har qanday vaziyatda töğri qaror qabul qiliş, axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadda uzatilyapti, özida kimning manfaatlarini aks ettiryapti degan tuşunçalarni şakllantirişga xizmat qiladi. Mediasavodxonlikning maqsadi har bir medianing ustuvorliklari va kamçiliklarini tuşungan holda ular tomonidan tarqatilayotgan axborotni saralay biliş va zarurini qabul qiliş könikmalarini şakllantiriş bölsa, asosiy vazifasi insonlar tomonidan qabul qilinadigan har qanday axborotning manipulyativ kuçini anglagan holda undan çegaralanişdir.

Deylik, ijtimoiy tarmoqda biror xabar öqidik: bu axborotning qaysi manbadan olinganligi, rasmiy yoki feyk xabar emasligiga işonç hosil qiliş, bu — bizning asosiy vazifamiz hisoblanadi. Bu xabarlarni ajrata biliş uçun ham mediasavodxonlik kerak. Afsuski, bugun oramizda ijtimoiy tarmoqlar orqali pul işlayotgan firibgarlarning tuzoğiga tuşayotganlar kam emas. Feyk akkauntlar ortiga berkingan ustomonlar va ularning nayranglari ham köpaygan. Misol uçun, hozirda oğir dardga çalinganligi, şu sababli merosini sizning nomingizga ötkazib bermoqçi bölgani, buning uçun oldin qançadir miqdorda pul ötkazib berişingiz kerakligi haqida yozadigan opa “Facebook” foydalanuvçilariga taniş bölsa kerak. Bu kabi firibgarlar va ularning tuzoğiga ilinayotganlarning soni kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday xavfdan özini-özi himoya qila oliş çoralaridan biri, bu — mediasavodxonlikni kuçaytiriş deb öylayman. Zero, har tomonlama savodxon bölgan kişiga heç qanday axborot yoki feyk xabarlar xavf tuğdira olmaydi.

Şu örinda bir taklif aytmoqçiman: axborot xavfsizligini taʼminlaş maqsadida aholida media texnologiyalar va zamonaviy texnikadan foydalaniş, tanqidiy, mantiqiy fikrlaş, axborotni filtrlaş könikmalarini şakllantiriş, raqamli texnologiyalar savodxonligini oşiriş maqsadida “Mediasavodxon” platformasi yaratilsa, yoşlarimiz undan samarali foydalanib, ijtimoiy tarmoqlardagi turli axborot xurujlaridan himoyalaniş imkoniga ega bölardi.

Dunyo miqyosida oladigan bölsak, rivojlangan davlatlarda mediataʼlim allaqaçon alohida fan sifatida öqitilmoqda.

Aslida, mediataʼlim ommaviy axborot vositalarining zararli taʼsiri va tendensiyalaridan himoya qiliş vositasi sifatida paydo bölgan. Uşbu paradigmadan birinçi bölib 1930 yillarda Buyuk Britaniya foydalangan. Buyuk Britaniya va Avstraliyada mediasavodxonlik gumanitar fanlar majmuasiga alohida kurs sifatida kiritilgan. Finlyandiyada esa media va axborot savodxonligi yönalişi 1970 yillardan boşlab maktab va universitetlarda öqitila boşlangan.

Mediataʼlim komponenti maktab dasturiga birinçi bor mustaqil fan sifatida emas, balki ona tili, tarix, ekologiya va estetik fanlarga integratsiya qilingan holda kiritilgan. 2021 yilda eʼlon qilingan mediasavodxonlik indeksiga köra, Finlyandiya “yolğon xabarlar va dezinformatsiyaning salbiy taʼsirlariga qarşi turişda eng yuqori salohiyatga ega mamlakat” sifatida eʼtirof etilgan va indeksda birinçi örinni egallagan.

Şvetsiyada mediataʼlim 1980 yildan boşlab taʼlim muassasalarida alohida fan sifatida öqitila boşlangan. Mediataʼlimni joriy etişdan asosiy maqsad yoşlarda ommaviy axborot vositalarining xabarlarini tanqidiy idrok etiş qobiliyatini rivojlantiriş, turli xil manbalardan olingan maʼlumotlarning rost-yolğonligini ajrata oliş, şuningdek, tomoşa qilingan filmlar va teledasturlar haqida öz fikrini bildiriş qobiliyatini şakllantiriş bölgan. 2000 yilning kuzidan boşlab mediataʼlim Şvetsiya milliy öquv dasturiga rasman kiritilgan.

Ayrim mamlakatlarda mediataʼlimni qöşimça amaliy maşğulot tarzida kiritiş, baʼzi fanlarning örniga yoki ular örtasidagi oraliq fan sifatida öqitişga qaror qilingan, yaʼni darsdan taşqari vaqtda maktab gazetalari va jurnallari, radioeşittirişlar va audiovizual mahsulotlar yaratiladi; bu jarayonda iştirokçilar mediadan foydalanişning turli usullari bilan bevosita tanişiş imkoniyatiga ega böladilar.

Bu körsatkiçlardan xulosa şuki, aholining mediasavodxonligini oşirişni mamlakatimizda ham keng ommalaştiriş kerak. Çunki axborot xuruji eng katta tahdidlardan biriga aylangan zamonda yoş avlodni buzğunçi ğoyalardan asrab-avaylab, ularni milliy qadriyatlar, urf-odatlar, anʼanalar ruhida tarbiyalaşda mediasavodxonlik muhim örin tutadi.

Zanjiloy ABDUSALOMOVA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan