Ular majnuna emas…

Bolaligimda qişloğimizda hamma savdoyi deb biladigan bir ayol bölardi. Heç kimi yöq va akasining uyida umrini ötkazib kelayotgan bu ojizani köça-köyda körgan yoş-yalanglar mazax qilişar, indamasa ham kesak otib qoçişardi. Bunday kişilar tajovuzkor böladi, deb eşitganim uçun men ham undan hayiqib yurardim. Birovga yomonligi ötmagan, aksinça, odamlarning töy-maʼrakalarida beminnat xizmat qilar, dalada ketmon çopib tirikçilik qilardi. Vaqt ötib oilaviy zöravonliklar, tazyiqlar va adolatsizliklar ayolni şu köyga solganini anglab yetdim. Yillar ötdi, ayol körinmay qoldi. Keyin yaqinlari uni maxsus pansionatga joylaştirganligini eşitdim. Bunday taqdirlarga, albatta, açinasan kişi…

Qalbi kemtiklarni eʼzozlaş, ularga ğamxörlik qiliş masalalariga bizda qadriyat sifatida qarab kelingan. Yurtimizda bugun ham azaliy anʼanalarga sodiqlik ruhini ilğaş qiyin emas. Ayniqsa, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida davlat qaramoğiga olingan şaxslarga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar körsatişni har jihatdan takomillaştiriş işlariga katta eʼtibor qaratilmoqda. Jamiyatda xotin-qizlarning örnini mustahkamlaş, gender siyosati tobora ustuvor ahamiyat kasb etib, oilalarda xotin-qizlarga bölayotgan zöravonliklar va tazyiqlarga barham beriş böyiça ham tizimli işlar qilinayotganligi, işsiz qatlamning bandligi taʼminlanib, ayollarga tibbiy, psixologik yordamlar körsatilayotganligi quvonarli holdir.

Köhna devor ortidagi sölim bir göşa

Buxorodagi “Muruvvat” nogironligi bölgan ayollar uçun internat uyi ikki gektardan ziyodroq hududda, köhna qalʼa devorlari adoğidagi manzilda qönim topgan. Bir zamonlar buxoroliklarga qalqon vazifasini ötagan ihota devori hozir ham qisman saqlanib qolgan. Duşman aviatsiyasi hujumi paytida va undan keyin ham bu devorlar vayron qilingan. Bizgaça ularning bir qismigina yetib kelgan.

Öziga xos bahavo, manzarali joyda joylaşgan internat uyi nogironligi bölgan bolalar uçun internat uyiga, bir qator muassasalar hamda aholi punktiga tutaş joylaşgan. Uç yuz nafardan ortiq vasiylikka olingan ayollarga möljallangan maskanda ikki yuzdan ortiq işçi-xizmatçi mehnat qilmoqda. Ularning 16 nafari şifokor, 43 nafari hamşira hamda 102 nafari kiçik tibbiy xodimlardir.

— Muassasada ruhiy-asab tizimi kasalliklari oqibatida 1-2-guruh nogironligi bölgan şaxslarga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar körsatib kelinmoqda. Ayollar asosan, şizofreniya, epilepsiya, aqliy zaiflik, demensiya kabi taşxislar bilan keltirilgan va ular doimiy nazoratimizda. Vasiylikka olinganlar Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Namangan, Surxondaryo, Sirdaryo, Toşkent, Xorazm viloyatlaridan qabul qilib olingan. Yaşovçilar uçun barça şaroitlar yaratilgan bölib, ularga har kuni tört mahal — sifatli va kaloriyaga boy mahsulotlardan tayyorlangan taomlar beriladi, — deydi biz bilan suhbatda muassasa boş tibbiy xodimi Doniyor Itolmasov.

Albatta, taşkil etilganiga ellik yildan oşgan internat uyi­­da yaratilgan şaroitlar muqoyasa qilinadigan bölsa, ötgan yillar orasida bu yerda köplab özgarişlar böy körsatganini biliş mumkin. Uzoqqa bormaylik: koronavirus pandemiyasi davrida yotoq bemorlari uçun 55 örinli bino, şuningdek, maʼmuriyat va tibbiyot bölimi uçun yangi bino qurib, foydalanişga topşirildi. Keyinroq asosiy binoga kiraverişda bemorlarning qarindoşlari bilan uçraşib suhbat qurişlariga şaroit yaratiş maqsadida maxsus ayvonlar (besedka) taşkil etildi.

Xöjalik işlari böyiça direktor örinbosari R.Şodiyevning taʼkidlaşiça, barça bölimlarning foyelariga televizorlar, havo sovitkiçlar va boşqa mebel jihozlari qöyilgan. Harakatlaniş imkoniyati çeklangan ayollarga elektr yuritmali kreslo-­aravaçalar olib berilgan. Oşxona zamonaviy qiyofaga keltirilib, yangi stol-stullar bilan jihozlangan.

“Yaşil makon” loyihasi doirasida bu yerda eʼtiborga molik işlar qilingani seziladi, albatta. Hovliga qadam qöyişimiz bilan tevarak-atrofga ekilgan turli mevali va manzarali daraxt nihollari hamda gul köçatlari eʼtiborimizni tortdi. Ahamiyatli jihati — internat uyi öz issiqxonasiga ham ega. Issiqxonada limon, kökatlar hamda turfa gullar parvarişlanmoqda ekan.

Internat uyi yaşovçilarini soğlomlaştiriş asosiy masala. Fizioterapiya xonasida 13 turdagi apparatlar mavjud bölib, UTT, tubus-kvars, darsonval, elektroson, magnitoterapiya, lazeroterapiya, elektrofarez, “Szin-da”, “Ulaizer” ingalyator, “Sollyuks”, çiroqli vanna, UVÇ, EKG apparatlari ularning xizmatida. Davolovçi jismoniy tarbiya xonasida velotrenajyorlar, yuguriş yölakçasi, stol tennisi, şaşka-şaxmat va boşqa maşğulotlar uçun şaroitlar yaratilgan. Şifokorlar tavsiyasiga köra, ayollar ön xil sport turi bilan şuğullantiriladi. Alohida uqalaş xonasi ham taşkil etilgan ekan.

Bu göşada umrguzaronlik qilib kelayotgan nozik xilqat egalarining madaniy hordiq çiqarişlari, ularning maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarga hamda tögaraklarga jalb etilişi borasidagi işlar bilan qiziqdik. Internat uyi ijtimoiy xodimi Sohiba Xöjayeva şaxsiy yumuş bilan qayergadir ketgan ekan. Bu borada amalga oşirilgan işlar bilan bizni kutubxonaçi Dilafröz Toşeva taniştirdi. Vasiylikka olinganlar qiziqiş va layoqatlariga qarab kitobxonlik, tikuvçilik, töquvçilik, art-terapiya (tasviriy sanʼat yordamida mijozning psixo-emotsional holatiga taʼsir ötkazuvçi terapiya), “Mohir qöllar”, sartaroşlik, pazandaçilik kabi tögaraklar va maşğulotlarga qamrab olinayotgan ekan. Hozirda qirqdan ortiq xotin-qiz kitob mutolaasiga layoqatli bölib, ular kutubxonaning doimiy yöqlovçilari hamdirlar. Ular ötkazib kelinayotgan kitobxonlik va şeʼrxonlik keçalarida ham doimo faol. Haftaning belgilangan kunida bir marta “Mehr va saxovat kuni” doirasida turli konsert dasturlari, badiiy keça va uçraşuvlar, madaniy-maʼrifiy tadbirlar ötkazib kelinmoqda.

Aytiş joizki, Buxoro şahar hokimligi, Yozuvçilar uyuşmasi viloyat bölimi, Buxoro davlat universiteti, Buxoro innovatsion taʼlim va tibbiyot universiteti va boşqalar bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni ötkazişda hamkorlik qilinmoqda. “Nuroniy” jamğarmasi homiyligida esa vasiylikka olinganlar uçun şahrimizdagi diqqatga sazovor joylarga sayohatlar uyuştirilmoqda. Bu tadbirlar hamişa qiziqarli va esda qolarli tarzda ötkazib kelinmoqda.

Xotin-qizlarning salomatligiga eʼtibor hamişa ustuvor. “Muruvvat” nogironligi bölgan ayollar uçun internat uyi yaşovçilari yilda ikki marotaba çuqurlaştirilgan tibbiy körikdan ötkazilarkan. Mart oyining birinçi ön kunligida taşkil etilgan tibbiy körikda vasiylikka olingan ayollarning barçasi körikdan ötkazildi, laborator-instrumental tekşiruvlarga jalb etildi. Tibbiy körik natijalariga köra, tekşiruvdan ötganlarning 985 nafarida kasalliklar aniqlangan. Şundan 370 nafarida birlamçi xastaliklar, 240 nafardan ortiğida terapevtik, beşta köz, töqqizta endokrinologik, yettita ruhiy-asab, 19 ta nevrologik, 43 ta xirurgik, yettita travmatologik, 16 ta urologik, 11 ta stomatologik va boşqa kasalliklar aniqlangan. Tor soha mutaxassislari tomonidan ularni soğlomlaştiriş çoralari belgilandi.

Ön beş yildan buyon şu yerda istiqomat qilib kelayotgan Rözibeka Rajabova bilan suhbatlaşganimizda, u bu yerdagi şart-şaroitlar yaxşiligini, öz qiziqişlari doirasida tadbirlarda va içki tanlovlarda faol iştirok etişini, ayniqsa, Farmonbibi rolini sevib ijro qilişini, gipertoniyadan aziyat çekişini, biroq tibbiyot xodimlari uning ahvolidan doimo xabardorligini, kitob öqib turişini, pazandaçilik tögaragiga qatnaşib, turli pişiriqlar pişirişni örganganini eʼtirof etdi. Biz bilan erkin suhbatlaşayotgan Rözibeka opa yod olgan şeʼrlari va qöşiqlaridan aytib berdi.

Olam-olam armonlar qalbining tubiga kömilgan bu ojizalarga qarab yuragingning bir çetida açiniş his qilasan kişi. Oilasini, farzandlarini qömsab, kunlar sanaydigan, yaqinlari kelganida öziga siğmay, boladek irğişlaydigan majnunalarning dardini tuşungandek bölasiz. Zero, bu zotlarni dunyoning heç bir yaltiroqliklari, heç bir havaslari yaqinlari diydori kabi bu qadar öziga jalb etolmaydi. Diydorning qadrini heç kimsa ularçalik bilmaydigandek tuyulaveradi. Ular majnuna emas, ular farişta, deging keladi.

Şu örinda bir mulohaza…

Internat uyiga taşrif çoğida bir manzara eʼtiborimni tortdi. Oçiği, qorovulxonadayoq boş­langan “rasmiyatçilik” taʼbimni xira qildi. Maxsus ki­yimdagi qorovul rahbar bilan telefon orqali gap­laşib, unga kimligimni, maqsadimni yetkazdi. Taxminan ön daqiqalar ötib, oq xalat kiygan va özini boş tibbiy xodim deb taniştirgan yigit keldi. Unga guvohnomamni körsatib, qayerdanligimni, nima maqsadda kelganligimni tuşuntirişimga töğri keldi. Menda u nima qilib bölsa ham tezroq qutulişga harakat qilayotgandek tasavvur uyğotdi. “Bayramdan keyin keling, bugun tadbirlarimiz köp”, degan gapni aytdi. Bunga qadar köçadagi turnaqator tizilgan avtoulovlarni körib: “Bugun biron tadbir ötkazilayotgan bölsa kerak”, deya qorovuldan söraganimda, u tadbir yöqligini, ulovlarning barçasi şu yerda işlaydigan xodimlarga tegişli ekanligini aytgandi. Men ularning tadbiriga xalaqit bermagan holda öz işimni qilişimni aytdim va biz D.Itolmasov bilan uning xonasiga kirdik.

Jurnalistik uslubimdan kelib çiqib, bu yerda yaşovçilarning birontasining hayotidan ibratli jihatlarni olişni maqsad qilgandim. Albatta, bu işga öziga xos yondaşilişi, qahramon ham anonim bölişini tuşuntirdim. Bu fikrlarimni maʼqullagan xodim oradan fursat ötib, boşqaça gapira boşladi. Bu şaxsga doir maʼlumotni oşkor qilişga kirarkan, buning uçun javobgarlik bor ekan. Qiziq, şaxsi oşkor qilinmagan anonim maʼlumot uçun kim kimni javobgar qilişini men tuşunmadim. Yana bir ajablanarli joyi şu böldiki, rahbar A.Hamdamovdan muassasa misolida davlat siyo­sati ijrosi, bu yerda xotin-qizlarga yaratilgan şart-şaroitlar töğrisida ikki oğiz intervyu berişini söraganimizda, gapimiz oğzimizda qoldi. Direktor şart emas, degan qisqa javobni qildi.

“Bir-ikki abzatslik maqola çiqsa böldi. Bir opa bor, şu kişini çaqiramiz. Şaroitlarni maqtaydi. Böldi, şu yetadi sizga”, deb aql örgatayotganlar jurnalistika faqat xabar yozadigan yoki hisobotlarni eʼlon qiladigan vosita emasligini, uning ham öz formati, janrlari, jarayonlarni ifodalaş usullari borligini bilişarmikan? Eng qiziği, rasm olişimizga ham monelik bölgani. Özimiz rasm taşlab beramiz, deyişdi-yu, taşlab bergan sanoqli rasmlari kal boşga uzatilgan taroqdek talabimizga javob bermadi. Qatiq tugul, sovuq suv­niyam bu qadar puflab içiş neçun?

Biz maxfiy bölgan heç bir maʼlumotga qiziqmadik. Ammo zarurat tuğilganda, ommaviy axborot vositasi jurnalistik suriştiruv va teşiruvlar ötkazişga haqli ekanligi qonunlarda belgilab qö­yilgan. Ayrim idoralarda içki tartib mavjud bölsa-da, biroq şunisi ham muhimki, bu jihat mamlakatdagi söz erkinligi va oçiqlik siyosatiga daxl qilmasligi kerak.

Hamzabek TURDIYEV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan