Kubalik mehmon hayrati

“Guliston menga yoqib qoldi”, dedi Odelis Mas

Köp yillar Guliston şahridagi 6-umumiy örta taʼlim maktabida dars bergan, ayni paytda Guliston tumanidagi “Oltin örda” mahallasida istiqomat qilayotgan mehnat faxriysi Mayramxon Irgaşeva yaqinda “Yangi Sirdaryo” gazetasi tahririyati eşigidan kirarkan: “Sizlarga xorijlik mehmonni boşlab keldim”, dedi. Uning yonidagi qoramağizdan kelgan, soçlari jingalak, közlari katta-katta qiz tabassum qilarkan, qölini köksiga qöyib: “Assalomu alaykum!” dedi. Xorijlik qizning özbekona kalomi barçamizni hayratga soldi.

— Xuş kelibsizlar, Mayramxon! Mehmoningiz qayerlik, qaçon keldi, taşrifining sababi nima, qanday qilib darrov özbekçani örgandi? — deya uni savolga kömib taşladik.

— Bu qiz kubalik, ismi Odelis, biz uni “Odinaxon” deb çaqiramiz, — dedi Mayramxon. — Kelganiga 10 kundan oşdi. Uç yildan beri onasi bilan Moskvada yaşaydi. Bilasiz, öğlim va jiyanlarim Moskvada istiqomat qilişadi. Odinaxon jiyanim Nigoraxon bilan qöşni turadi. U xoreograf, raqs klubida maşğulotlar olib boradi. Ötgan yili Moskvaga öğlimnikiga borganimda, kelinim va jiyanim bilan yurtimiz haqida gapirib bergandik. Öşandan beri Odelis Özbekistonga kelişni orzu qilarkan. Yaqinda orzusi amalga oşdi. Oilamiz bilan uni aeroportda kutib oldik va xonadonimizga olib keldik. Ramazon payti bölgani uçun uni ham saharlikka uyğotdik. Erta saharda turib, tamaddi qilayotganimizdan, ayniqsa, kelinimning tongda turib, katta hovlini supurib-sidirişidan hayron böldi. Men unga Ramazon oyining xususiyatlari, nega röza tutilişi, özbekona urf-odatlar, udumlar, bekalik, kelinlik fazilatlari töğrisida gapirib berdim. Mehmonimiz gaplarimni tinglarkan: “Menga ham özbekçani, milliy odatlaringizni örgating”, dedi. Bir haftada ança özbekça sözlarni, ayniqsa, salomlaşişni örganib oldi. Endi qayerga borsak, birinçi bölib salom beradi.

Odelis uç yil içida rus tilini ança mukammal örganibdi, şu bois u bilan bemalol suhbatlaşdik. Kuba maktablarida 12 yil öqitilar ekan. U mamlakat poytaxti Gavanada maktabni tamomlagaç, oilaviy şa­roiti tufayli onasi bilan Moskvaga işlagani kelişgan ekan. Yaqinda vataniga borib, yaqinlarini körib kelibdi.

— Raqs klubida vaqtinça işlayapman. Kelajakda şifokor bölişni orzu qilaman, hozir oliy öquv yurtiga kirişga tayyorlanayapman, — dedi Odelis. — Yaşirib nima qilaman, bizning mamlakatimizda hayot havas qilarli emas. Ayniqsa, yoşlar uçun imkoniyatlar kam. Özbekiston haqida köp eşitganman. Kelganimga köp bölgani yöq, lekin Gulis­ton şahrining köp joylarini kördim, xiyobon va istirohat boğlarini tomoşa qildim. Öz nomiga munosib, çiroyli, ajoyib şahar ekan. Bozorlardagi, supermarketlardagi tökinçilikni, arzonçilikni, köçalardagi orastalikni körib, hayratga tuşdim. Odamlarning bir-birlariga munosabati, eʼtibori, muomalasi juda yaxşi ekan. Bu yerda mehmonni xuş körişarkan, qayerga borsam, uylariga, dasturxonga taklif etişadi. Milliy taomlari, nonlari, ayniqsa, palov menga juda yoqdi. Deyarli har kuni palov yeyapman. Mayram opadan palov pişirişni örganayapman. Uyimga qaytgaç, uni onamga öz qölim bilan pişirib beraman. Milliy liboslaringiz ham menga yoqdi. Mayram opa menga uzun atlas köylak tiktirib bermoqçi. Soçlarimni maydalab ördirmoqçi edim-u, mening kalta jingalak soçimni epaqaga keltirib bölmadi. Özbekistonlik yoşlarga havasim keldi, şunday gözal, obod, farovon mamlakatda yaşaş baxt ekanligi ularning yuz-közlaridagi quvonçda yaqqol körinib turibdi. Hali ança vaqt turaman. Mayram opa bilan qadimiy şaharlardagi tarixiy obidalarni, Toşkent-Siti va poytaxtning boş­­qa diqqatga sazovor joylarini tomoşa qilişga boramiz. Yurtingizni bir körgan odam yana körgisi kelarkan, ohanrabosi bormi, deyman. Har kuni özim uçun bir yangilikni, yangi manzaralarni, yangi ranglarni kaşf etayapman.

Şuningdek, Odelis mezbon oila aʼzolariga tomorqadagi yumuşlarni bajarişda, köçatlar ekişda kömak­laşayapti. U köçat ekib, yonidagi taxtaçaga özining ismini yozib qöyibdi. Mayramxonning aytişiça, Odelis: “Keyingi gal kelganimda bu daraxtning mevasini öz qölim bilan uzib yeyman”, deb niyat qilganmiş.

— Yaqin kunlarda mehmon qizni Samarqandga sayohatga olib borişni rejalaştirganman, — dedi Mayramxon Irgaşeva.

Şu kuni “Yangi Sirdaryo” va “Novaya Sыrdarya” gazetalari tahririyatida Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi viloyat bölimi xodimlari hamda bir guruh yoş ijodkorlar xorijlik mehmon bilan suhbatlaşdilar. Odelis Mas ularga yurtimiz, Guliston şahri haqidagi taassurotlarini gapirib berdi.

Xolida PARDABOYEVA.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan