Sunʼiylik nega kerak?

Hali universitetga kirmagan bölsam-da, tasvirga oliş jarayonlarini örganiş uçun televideniyega köp boraman. Jurnalist sifatida işlaş uçun bu tajriba, albatta, muhim deb hisoblayman. Örganayotganlarim kelajak uçun foydali, lekin baʼzi taraflari menda salbiy taassurot qoldirdi.

Negadir telekörsatuvlarimizda kundan-kunga sunʼiylik oşib borayotganday. Bu teletomoşabin uçun har doim ham sezilmasligi mumkin, biroq ekran ortidagilar bu holatni bilişadi-ku. Misol uçun, körsatuv tugaganidan söng, operatorlar bizdan yana kulib turişimizni va şu kadrlarni ham alohida tasvirga olib, dastur içiga qöşib yuborişlarini köp aytişadi. Lekin ana şu körsatuvning özida ham kulib gapiriş mumkin-ku. Yoki qarsak çaliş kerak bölgan ayrim kadrlarda aynan öşa qarsak sahnasi uçun ham qançadir vaqt sarflanadi.

Meni ranjitgan eng açinarli holatlardan biri şunday: biron-bir reportaj tayyorlaş jarayonida intervyu beradigan har bir kişiga operator yoki reportyor tomonidan nutq tayyorlab beriladi. Intervyu bermoqçi bölgan kişi mana şu gaplarni özi ayta olmaydimi? Menimça, jarayon haqida özining fikrini aytiş köpçilikning qölidan keladi.

21 mart kuni Sirdaryo viloyatida Navröz bayrami katta şodiyona sifatida nişonlandi. Tabiiyki, uşbu tantana ham televideniyeda yoritib borildi. Dasturni tayyorlaş jarayonida bir jurnalist opamiz 4-5 yoş atrofidagi qizçadan intervyu olayotganiga közim tuşdi. Ijodiy jamoa qizçadan bayram taassurotlarini aytişni iltimos qildi. Qizça endigina tölib-toşib gapirayotgan edi hamki, uni töxtatib qöyib, adabiy sözlar bilan nimalar deyişini tuşuntirib, yodlatib qöyişdi. Bu jarayonni körib, yana kayfiyatim buzildi. Katta odamlar örgatgan sunʼiy sözlardan köra, qizaloq tilidan olingan samimiy tilaklar afzalroq emasmi? Qizçaning iştiyoqini söndirib bayram taassurotlarini eşitişdan xalqimizga ham, televideniyega ham, qizçaga ham foyda yöq-ku.

Xullasi kalom, teledasturlarda yasamalikdan qoçiş vaqti allaqaçon kelgan. Uning örniga samimiy, tabiiy kadrlar bilan körsatuvlarni boyitiş barça uçun yanada qiziqarliroq böladi, menimça.

Zuhra TOJIBOYEVA.

Guliston şahri

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan