Katta böling-u, kattalik qilmang!
Baʼzan bolalar tarafidan kiçik xatolarga yöl qöyilişi kuzatiladi. Beboşlik qilgan damlarda esa: “Bola-da, hali yoş-da”, deb qöyiladi. Yana bunday hollarda xalqimiz bolalik qilganlarga nisbatan: “Katta bölsa, aqli kiradi”, degan gapni qöllaganligiga köp guvoh bölamiz. Şubhasiz, “Aql — yoşda emas, boşda”, ammo har qanday inson yoşiga, holatiga köra vazifalarni zimmasiga olmoği darkor emasmi? Biroq yoşim katta deya öylamasdan iş yuritiş ham notöğri.
Inson ulğaygani sayin undagi bor fazilat va illatlar ham ulğayadi. Şunday illatlardan biri kibrlilikdir. Aksar insonlar köçada, işda yoşini peş qilib kiçiklarga bosim ötkazadi, aytganini qildiradi. Xöş, bu qay darajada töğri? Aksinça, ular yordam qölini çözişi, özidan kiçiklarning boşiga musibat tuşsa, töğri yöl körsatişi darkor. Biroq ularning özi töğri yöldami? Hurmat qilinyaptimi, izzatni ham örniga qöysin-da. Xalqimiz bunday odamlarga qarata “Osmon qölingda bölsa, taşlab yubor” iborasini qöllaşadi, yaʼni gaplaringga yaraşa munosib harakat ham qil, faqat sözda emas, amalda ham köraylik qabilida. Bu illat insonni va uning atrofidagilarni noqulay vaziyatga solib qöyadi. Manmanlik, takabburlik insonni köp narsadan mosuvo qiladi.
Işoning, kibr atrofingizdagilarning qalblariga oğir botadi, ular oldida qadringiz bölmaydi, manman, takabbur inson singari körinasiz. Siz haqingizda salbiy öylarga borişadi. Sizni yomon körib qolişadi, hatto auditoriyada öz örningizni yöqotib qöyişingiz mumkin. Şu bois heç qaçon katta ketmang, nonni katta tişlasangiz ham, gapni katta gapirmang. Alloh taolo istasa, osmonda parvoz etuvçi quşni yerda sudralib yuruvçi ilonga yem qiladi. Bari juda oddiy, şunçaki kamtar böliş kerak, xolos. Axir dono elimiz: “Kamtarga kamol, manmanga zavol”, deb bejiz aytmagan. Kamtar inson har yerda obrö qozonadi, hurmat topadi. Birgina kamtarlik — boşqa ezgu xislatlaringizning ham namoyon bölişida tagzamin. Şu örinda şoir Erkin Vohidovning “Kamtarlik haqida”gi şeʼri yodimizga keladi.
Garçi şunça mağrur tursa ham,
Piyolaga egilar çoynak,
Şunday ekan manmanlik neçun,
Kibr-u havo nimaga kerak?
Kamtarin böl, hatto bir qadam
Ötma ğurur ostonasidan,
Piyolani inson şuning-çun
Öpar doim peşonasidan.
Ha, kamtarlik hamişa közlarga surgulik eʼzoz topiş imkoniyatini oşira oladigan xislat ekan.
Matluba ŞAKAROVA,
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi
ijod maktabining 11-sinf öquvçisi.
