Mutolaa uçun toza hudud

Heç öylab körganmisiz? Nima uçun yoşlarimiz yaxşi öqimay qöydi? Ularda bilim olişga tösqinlik qiluvçi dangasalik tuyğusi qayerdan paydo bölib qoldi? Moviy osmon ostida, yam-yaşil daraxtlar-u öt-ölanlarga burkangan tabiat qöynida, quşlarning çuğur-çuğuri-yu qurt-qumursqalarning ğimir-ğimirini körib, ulardan ruhlanib kitob mutolaa qilgan inson köproq uqadimi yoki taşqaridagi qurib ketgan daraxtlarni körişga toqati yetmay, tört devor içida diqqinafas bölib, köz uçun zarari nihoyatda katta bölgan yorqin çiroq ostida ötirib, goh yotib, goh qiyşayib va nihoyat, kitobini yuziga qöyib pinakka ketganlar köproq bilim egasi bölişadimi?

Atrofimizdagi barça narsalar, ayniqsa, bilim egallaş uçun ekologiya muhim ahamiyatga ega ekanini şu kiçikkina misol orqali ham bilişimiz mumkin. Ekologiyani asrab-avaylaş uçun esa barçamiz birdek masʼulmiz. Bu borada yurtimiz böylab barça hududlarda keng qamrovli işlar olib borilmoqda. Bugun “Obod va fayz­­li mahalla — yurt körki” şiori ostida obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş umumxalq xayriya haşari doirasida yurtimizning barça hududlarida haşarlar taşkil etilayotganini misol tariqasida aytişimiz mumkin.

Haşar davomida barça joylar saranjom-sarişta holatga keltirilib, manzarali daraxtlar va gul köçatlari ekilmoqda. Daraxtlarga oppoq ohakdan “libos”lar kiydirilib, şakl berilmoqda. Ariqlar, avtoturargohlar, umuman, barça joylar çiqindilardan tozalanmoqda.

Atrof-muhit gullab-yaşnaşi uçun bajarilayotgan bu kabi çora-tadbirlarni körib, kişining bahri-dili oçiladi, ğayrati oşadi, albatta. Bejizga “Haşar — elga yaraşar” deyişmagan. Bunday haşarlar bilan barça hudud va manzillar toza va ozoda böladi.

Natijada daraxtzor va maysazorlar, sayilgohlar, boğlar va boşqa manzillar biz kabi talabalarga kitob mutolaasi uçun qulay muhit paydo qilganligi eʼtiborga molik. Xuşmanzara boğlar, oçiq va toza havo nafaqat talabalarning, balki har bir insonning maʼnaviy saviyasini yuksaltirişga xizmat qiladi.

Adiba ŞARIFOVA,

Guliston davlat pedagogika

instituti talabasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan