Şeʼriga haykal qöyilgan şoir

Atoqli adib, tarjimon, adabiy tadqiqotçi

Matnazar ABDULHAKIMni eslab

(Esse)

XX asrning oxirlarida Xorazm adabiy muhitida ajib bir jonlaniş röy berdi. Öşa paytda ijod qilgan Rustam Nazar, Şokir Bek, Jumanazar Yusupov, Yöldoş Eşmurodov, Yusufjon Latipov, Ismoil Olloberganov, Otabek Ismoilov, Bahrom Rözimuhammad, Sodiqjon Inoyatov kabi ijodkorlarning respublika matbuotida eʼlon qilingan ilk asarlari adabiy jamoatçilik, tanqidçilik tomonidan iliq kutib olindi. Vaqt ötib, uşbu ijodkorlarning asarlari respublika naşrlarida uzoq yotib qolmaydigan, eʼlon qilinganlari yuqori baholanib, baʼzilari bahs-munozaralarga sabab böladigan böldi. Natijada Xorazmda öziga xos adabiy muhit yaratilganligi eʼtirof etila boşlandi.

Viloyatning turli burçaklarida yaşab ijod qilayotgan iqtidorlarni kaşf etib, öz atrofiga töplagan, ularning ilk asarlari res­publika gazeta va jurnallarida eʼlon qilinişiga yaqindan yordam bergan va çinakam isteʼdod egalariga haqiqiy ustoz sifatida eʼtibor va ğamxörlik körsatib, Xorazm adabiy muhitini yangi poğonaga olib çiqqan kişi — ustoz Matnazar Abdulhakim edi.

Matnazar Abdulhakim 1948 yilning 20 fevralida Urganç tumanidagi Qorovul qişloğida ziyoli oilasida tuğildi. Bölajak şoirning padari buzrukvori Abdulhakim ota madrasa taʼlimini körgan, arabiy, forsiy tillarni mukammal bilgan, vohaning közga köringan savodxon kişilaridan biri edi. Biroq XX asr boşida röy bergan Oktyabr töntarişidan keyin yurtda barqaror bölgan mustabid tuzum ötgan asrning 30-40 yillarida, keyin 50-yillarda yana bir karra Abdulhakim otaga öxşagan savodli kişilarni eskilik qoldiği sifatida taʼqib ostiga oldi. Abdulhakim ota, ustoz Matnazar Abdulhakimning taʼbiri bilan aytganda, “turkman içiga ketib”, keyin yurtning maʼrifatli kişilari qöllovi bilan jon saqladi.

Zamon biroz tinçlangaç, ötgan asrning 60-yillaridagi qatağonlardan omon ötgan Xorazm-u Toşovuz, Qoraqalpoğis­tonda yaşovçi, öşa paytning tili bilan aytganda, “ötkir mullalar” Abdulhakim otaning uyida tez-tez yiğilişadigan, navoiyxonlik, bedilxonlik, ogahiyxonlik qiladigan bölişdi.

— Şunday kunlari akamning (“ota” Xorazm şevasida — Ş.M.) döstlariga xizmat qilib, çoy-poy taşib turar edim, — deya eslar edi öşa paytlarni Matnazar oğa keyinçalik. — Ular Bedil, Navoiy ğazallarini mutolaa qilişardi.

Eslayotgan voqeamiz: azaldan elimizda urf bölgan anʼana — kitobxonlik keçalari edi. Odatda, bunday kitobxonliklarda Abdulqodir Bedil yoki hazrat Navoiy asarlari, yoxud diniy, falsafiy, ilmiy asarlar jamoa bölib öqilar edi. Kitobni, odatda, davradagilarning savodi nisbatan sustroği öqir, u kişi biror narsani tuşunmaganida mutolaani töxtatar va davradagilarga savol nazari bilan qarar edi. Bunday vaqtda u kişiga matnning tuşunmagan yeri tuşuntirilar va yana mutolaaxonlik davom etar edi.

Matnazar oğaning yoşligi ana şunday kitobxonliklar taʼsirida ötdi. Ustoz şoir öşa paytlardan boşlab şeʼr, arabiy va forsiy tillar, aruz ohanglariga “quloq qondi” böldi. Şu muhitda kamolga yetgan yoş yigitning könglida badiiy sözga, şeʼriyatga mehr uyğonişi tabiiy bir hol edi. Bu narsa uni otalar suhbatida faolroq iştirok etişga, bilmaganlarini sörab örganişga çorlar edi. Ammo hali bu dunyoda yoş köngillar ang­lamaydigan sir-sinoatlar ham möl edi.

— Akam bunday kitobxonliklarda mening faol bölişimni unça rağbatlantirmas edi negadir. Öşa vaqtlari men buning sababini tuşunmas va hayron bölar edim, — deb eslardi Matnazar oğa. — Keyin bilsam, akam ham, uning döstlari ham arab va fors tillari, arab yozuviga asoslangan eski özbek yozuvini bilgan savodxon kişilar bölganligi uçungina XX asrning ötiş davri — 30, 40, 50-yillarning qatağon maşinasi çiğiriğiga tuşişgan, bundan ularning har biri nafaqat jismoniy, balki maʼnan ham qattiq iztirob çekkan kişilar ekan. Bunday savodxonlik qizil tuzum tomonidan turli tazyiqlarga uçraydi, deb öylagan otalarimiz bizlarni şu yösin balo-ofatlardan saqlagan ekanlar özlariça.

Nima bölganda ham yoş Matnazarning qalbidagi adabiyotga bölgan mehr ulğaya bordi. Ilk qoralamalari maktabda öqib yurgan vaqtlariga töğri keladi. Matnazar oğa ijodining ilk namunasi özi öqiyotgan maktabning yettinçi sinfini bitiruvçilari oldida öqigan şeʼri ekanligini öziga xos yumor tuyğusi bilan eslab turar, mavridi kelib qolganda, öşa şeʼrini öqişni xuş körardi. Bu şeʼrga ustozning mehri bölakça edi:

Xayr, xayr, yettinçi sinf,

Xayr, aka-opalar, sizga.

Öqituvçi, doktor, kosmonavt

Bölib xizmat qilinglar bizga.

Matnazar oğa örta maktabni bitirgaç, Taganrog pedagogika institutiga kirib, uni muvaffaqiyat bilan tamomladi. Oliy öquv yurtida öqib yurgan kezlarida mumtoz va zamonaviy rus, Yevropa adabiyoti bilan ham yaqindan tanişdi.

U paytlar — XX asrning 60-70-yillari qizil mafkura turmuşning barça jabhalari, jumladan, adabiyotni ham öz domiga olgan, öşa zamonlarda yaşab ijod qilgan şoir-u yozuvçi faqat va faqat öşa mafkuraga xizmat qiladigan, haqiqiy hayotdan juda uzoq bölgan, qotib qolgan siyosiy qaraşlarni ifoda etuvçi asarlar yozişga mahkum edi.

— Ana şunday şaroitda ustoz Abdulla Oripovning “Mitti yulduz” deb nomlangan mittigina kitobining yoruğ olam yuzini körişi özbek adabiyotida juda katta voqea böldi, — deb öşa vaqtlarni eslardi ustoz Matnazar Abdulhakim. — Uşbu kitob hukmron mafkura taʼsirida dimiqqan, moğor bosgan qalblarga bahor nasimlarini olib keldi, uni uzoq uyqudan uyğotişga xizmat qiladigan ilk turtkilardan böldi.

Har qanday çin isteʼdod singari Matnazar Abdulhakimning ham şoir sifatida şakllanişi oson keçmadi. Tinimsiz mutolaa, öz ustida ayovsiz işlaş — bularning bari ustozning şoir, adabiyot bilimdoni, keyinçalik noziktaʼb va mohir tarjimon sifatida şakllanişiga kömak berdi.

U Urganç tumanidagi qişloq maktabida öqituvçi bölib işlaganda ham, tuman gazetasida mehnat qilganda ham, keyinçalik Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining Xorazm viloyat bölimida adabiy maslahatçi bölib işlagan paytlarida ham öz hayotining mazmunini adabiyot, şeʼriyat deb bildi. Hayotdagi qolgan barça-barça narsalar Matnazar Abdulhakim uçun ikkinçi, uçinçi, törtinçi va boşqa örinlarda edi. Ana şu mehnatlarning samarasi ölaroq, 1982 yilda Ğafur Ğulom nomidagi adabiyot va sanʼat naşriyo­tida şoirning “Tiniq tonglar” deb nomlangan birinçi kitobi naşr etildi.

Bu kitob Matnazar oğaning katta adabiyot eşigini dadil taqillatişidan darak edi. Şuni ham aytiş kerakki, Matnazar aka öz tabiatiga köra yoqtirmaydigan sözlar bölardi. Ana şunday sözlardan biri “provinsiya” edi. Ustoz bu sözning özini emas, balki öşa ötgan asrning 70-80 yillarida çekka-çekka hududlar, qişloq va ovullarda umrguzaronlik qilib kelayotgan ijodkorlarga nisbatan biroz mensimay va bepisand qaraş mahsuli — provinsial aniqlamasini hazm qilolmasdi. “Adabiyotda provinsiya va markaz, markaz va provinsiya bölişi mumkin emas! Yurtda markazlar köp bölişi kerak, jumladan, adabiy markazlar ham, — derdi Matnazar aka. — Balki fransuzlarning maşhur “şoirlar qişloqda tuğilib, Parijda vafot etadilar” degan iborasi dunyoga kelgan öz davri uçun töğri bölgandir. Çunki axborot almaşinuvi bevosita şoirlarning özaro muloqotlari, suhbatlari, tortişuvlari, muşoiralari orqali keçgan. Ammo u vaqtlar endi ertak. Bugun boşqa davr — axborot asri, axborot texnologiyalari zamoni. Axborot almaşinuvi bugun dunyo­dagi eng oson narsaga aylandi. Şunday ekan, qayerda yaxşi ijodkorlar yaşasa, öşa yer adabiyot markaziga aylanadi va ijodiy bahsgina kim “markaz şoiri” va kim “provinsial şoir” ekanligini körsatadi”.

U kişi iqtidorlarni qöllab-quvvatlaşdan, ularni rağbatlantirişdan, bolasi, nevarasi tengi ijodkorlarning asarlariga sözboşilar yozib, ularni respublika matbuotida işlayotgan taniş-bilişlarga tavsiya etiş, lozim bölsa, ularni tahririyatlarga şaxsan özi eltişdan çarçamasdi va buni ajib bir rohatlaniş, huzur bilan bajarardi. Ammo harfxörlarni, özining ijodi haqida özi juda yuksak fikrda bölgan “adabiyot parazitlari”ni yoqtirmasdi. Bu maʼnoda Matnazar aka juda qattiqqöl va şafqatsiz edi. U: “Adabiyot — muqaddas maʼvo, bu yer har xil “qalanği-qasanği”lar uçun makon bölmasligi kerak”, deb hisoblardi. Xuddi şu qoidasi uçun Matnazar oğani yoqtirmaydigan toifalar ham bor edi, albatta. Ular Matnazar Abdulhakimning zalvorli obrösidan, ötkir sözidan çöçib, buni oşkor qilmaslikka intilar edilar. Ammo kişi öz botinidagi gap­larni butun umri davomida yaşirib yurolmaydi. U yoki bu sabab bilan, öziga juda işonçli deb bilgan davralarida ular öz zardoblarini tökib qolganlari haqidagi gaplar ustozning quloqlarigaça yetib qolardi baʼzan. Şunday vaqtlarda Matnazar oğa özining qaynoq xulqiga qarşi ölaroq, juda bosiqlik bilan qöl siltab qöya qolardi. “Özi bularni isteʼdodsiz etib yaratib, xudoning urgani ham yetadi”, der edi.

Uluğ manzillarni közlovçi har qanday kişi kabi Matnazar oğaning tabiatiga ham har qanday maydakaşlik, ipirisqilik yot edi. Şuning uçun ustoz öziningmi yo özganing oldiga qaysidir maqsadni qöyar ekan, heç qaçon şaxsiy, mahalliy yoxud tor sohaviy manfaatlarni közlamagan. Matnazar oğaning har qanday fikri ostida ğoyat katta maslaklar, uluğ ğoyalar yotardi. Deylik, Matnazar oğa qaysidir yoş ijodkorni yangi asarlar yozişga, uni eʼlon qilişga va töplam holida naşr etişga unday boşlasa va şu yölda özi ham kimningdir havasini, kimningdir hasadini keltirib, şiddatli bir saʼy-harakatlar qila boşlasa, bilingki, öşa qalam sohibi juda iqtidorli va u özbek adabiyoti taraqqiyotiga munosib hissa qöşa oladi.

Tinimsiz mehnat, izlanişlar vaqti kelib Matnazar oğani nafaqat Xorazmda, balki özbek adabiyotining közga köringan vakillaridan biriga aylantirdi. Birin-ketin şoirning “Fasllar qöşiği”, “Qor qöşiği”, “Mavj”, “Yonimdagi daryolar”, “Qoraçiqdagi dunyo”, “Oydinlik”, “Yolğiz yaproq” kabi şeʼriy töplamlari naşr etildi.

Matnazar Abdulhakim özbek tilining haqiqiy jonkuyari sifatida uning boyişida şevalarning ahamiyati haqida ham köp fikr yuritardi. “Agar adabiy til bir dengiz bölsa, turli şevalar unga turli tomonlardan quyilib, uning hayotligini taʼminlab turuvçi irmoqlardir”, derdi ustoz. Şu maʼnoda u Xorazm oğzaki adabiyoti namunalariga özgaça ixlos bilan qarar, uning öynoqi ohang­lari Matnazar oğani doimo tölqinlantirib kelardi. Ana şu taʼsir ostida va adabiy tajriba sifatida Xorazm şevasida ham şeʼrlar yozdi. Keyinçalik ularni “Bir qujoq gul” nomi ostida bir töplamga yiğdi.

Matnazar Abdulhakim 1982-1997 yillarda Özbekiston Yozuvçilar Uyuşmasi Xorazm viloyat bölimida adabiy maslahatçi sifatida faoliyat olib borgan bölsa, 1997 yildan eʼtiboran Xorazm Maʼmun akademiyasida ilmiy izlanişlar, mumtoz Xorazm adabiyo­­ti tadqiqi bilan maşğul böldi. Xorazmda yaşab, forsiy tilda ijod qilgan Şayx Najmiddin Kubro, Şayx Maj­diddin Bağdodiy, Pahlavon Mahmud, keyinçalik Muhammad Rizo Erniyozbek Ogahiy kabi azizlarning asarlarini özbek tiliga ögiriş Xorazm Maʼmun akade­miyasidagi ustoz faoliyatining asosini taşkil etdi. Şu davrda Matnazar Abdulhakim Mirzo Abdulqodir Bedil asarlarining tarjimasiga ham qöl urdi. Murakkabligi bilan maşhur bölgan uşbu pirning asarlarini özbekçaga ögirişga bel boğlaş Matnazar Abdulhakimning adabiy jasoratidan yana bir darak edi. Natijada “Tabarruk taşrif” (Şayx Najmiddin Kubro, Şayx Majdiddin Bağdodiy, Pahlavon Mahmud, Mirzo Abdulqodir Bedil asarlaridan iborat töplam), “Kim agar ozoddur” (Pahlavon Mahmud asarlari), “Jamoling menga bas” (Şayx Najmiddin Kubro ruboiylari), “Takallum” (Mirzo Abdulqodir Bedil asarlari), “Köngil közlari” (Muhammad Rizo Ogahiy asarlaridan iborat töplam), “Haq fayzi” (Pahlavon Mahmud ruboiylari), “Oy ketdi, oftob keldi” (Muhammad Rizo Ogahiy asarlari), “Şavqingni yod etib” (Mirzo Abdulqodir Bedil, tarjimonlar jamoasi bilan birgalikda), “Humo parvozi” (Mirzo Abdulqodir Bedil asarlari) kabi tarjima asarlari dunyo yuzini kördi.

Matnazar Abdulhakim mumtoz adabiyot vakillari ijodining teran tomirlari, uning falsafiy ozuqa manbalarini tadqiq etişga ham alohida eʼtibor qaratdi. “Iymon tuhfasi”, “Yaldoni yoritgan nur”, “Ikkinçi muallim saboqlari” kabi ilmiy asarlar öşa izlanişlarning mevasi edi.

Matnazar oğani boşqalardan ajratib turadigan yana bir xislat — u kişining hazrat Navoiy ijodiga bölgan beqiyos ixlosi edi. Ana şu ixlosning natijasi ölaroq, Matnazar oğa butun umr Alişer Navoiy asarlarini öqidi, örgandi, tarğib qildi. Natijada hazrat Navoiyning ulkan ijodiy merosining zukko bilimdonlaridan biriga aylandi.

Matnazar oğaning adabiyot, ayniqsa, şeʼr, şeʼriyat masalalarida yuksak ölçovlari bölib, bu ölçovlarni kim tomonidan bölsa ham buzişga yöl qöymasdi. Agar kim öşa ölçovlarga şak keltirmoqçi bölsa, darhol “munosib bahosini” olar edi. Ular Matnazar oğaning yaxşi döstlari, kursdoşlari, aka va uka, jöralari ham bölişi mumkin edi. Şunday bölsa-da, ularning heç qaysisiga şeʼriyat ölçovlarini buzişga izn yöq edi.

Odatda, ulkan ijodkorlarga ular vafotidan söng ehtirom körsatilib haykallar qöyiladi. Lekin yozgan şeʼriga haykal qöyilgan şoirlar dunyoda juda kam bölsa kerak. Matnazar Abdulhakimning maşhur “Darsdan söng” şeʼriga Qoraqalpoğis­tonning Ellikqalʼa tumani Böston şahrida haykal örnatilgan. Bejiz özbek şeʼriyatining ulkan vakili, Özbekis­ton xalq şoiri, Özbekiston Qahramoni Abdulla Oripov Matnazar Abdulhakimni “Adabiyotimizning mahaktoşi” deb atamagan edi.

Matnazar aka umrining oxirlarida neça yil xastalikdan dard çekdi. Şunday bölsa ham, xayolida faqat şeʼr, faqat adabiyot va faqat ijodkorlar taşvişi edi. Xastalik zöraygan kunlardan birida şifokorlar Matnazar akaga bundan bu yoğiga endi öz soğliğini, özini köproq öylaş zarurligi haqida gap oçişdi. Matnazar aka diqqat bilan tingladi, ammo indamadi. Faqat qaraşlaridan bu fikr u kişiga yoqmaganligi anglaşilardi. Bu haqda eşitgan kişilardan biri bir söz bilan ustozning xulqiga eng yorqin çiziq tortdi: “Bu fikr Matnazar akaga yoqişi mumkin ham emas edi-da! Çunki boşqalar iloji boriça uzoqroq yaşamoqçi, Matnazar oğa esa iloji boriça köproq işlamoqçi”.

Haqiqatan, Matnazar oğa hali köp va uzoq işlamoqçi edi. Ammo taqdir ekan. U xuddi şam kabi umrining oxirgi daqiqalarigaça yonib, atrofdagilarning yölini yoritib turişga harakat qildi.

Şoirlarni maʼlum maʼnoda valiylar ham deyiş mumkin. Albatta, bu yerda haqiqiy şoirlar nazarda tutilmoqda. Matnazar oğaning özi ham bu haqda köp gapirar va “şoir heç qaçon özining ölimi haqida yozmasligi kerak, çunki şeʼr vahiy va bir kuni u, albatta, amalga oşadi”, derdi. Misol tariqasida maşhur rus şoiri va Matnazar oğa katta ixlosmandi bölgan Sergey Yesenin va uning öz ölimini başorat qilib yozgan şeʼrlarini keltirar edi. Jumladan, quyidagi satrlarni sel bölib öqir edi:

Bir manzilga borurmiz kam-kam,

Bir manzilki, halovat hokim.

Yiğiştirmoq çoği menga ham

Boqiy yölga dökon-dastgohim.

 

Ey siz, suluv, oppoq qayinlar,

Ey sen, zamin, boğlar, barxanlar.

Ketayotgan saflarga qarab

Yuragimga çökar armonlar.

 

Men özimça köp öylar surdim,

Öz haqimda şeʼr aytdim talay.

Baxtlimanki, yaşadim, kördim,

Bu dunyoga keldim, har qalay.

 

Baxtlimanki, sevdim, intildim,

Quloç yozdim çeçaklar aro.

Jonivorlarni ukam deb bildim,

Boşlariga urmadim aslo.

Bilaman, ul manzilda balqib

Yotmas oqquş böyin boşoqlar.

Ketayotgan saflarga boqib,

Şundan menda alam, qiynoqlar.

Bilamanki, öşal maʼvoda

Bu kengliklar bölmas, şubhasiz.

Şuning uçun menga dunyoda

Yaşayotgan odamlar aziz.

Matnazar Abdulhakim quşday beozor va osmonni, çeksiz kökni behad sevuvçi inson edi. Matnazar oğaning xorazmlik şoir Rözmat Otayev xotirasiga bağiş­langan “Vido” şeʼrini öqir ekanmiz, göyo ustoz yuqoridagi hamma gaplarga özi yakun yasaganday tuyuladi.

Qöllarimning patlari yöqlar,

Suyaklarim – qörğoşin yilik.

Meni bunça yomon çorlaysan,

Jonim osmon, bu ne körgilik?

Samarlari uzoq kuttirdi

Umid bilan ekkan mevamning.

Köçmoqdasan gumbazlariga

Sendan ulgu olgan Xevamning.

Tun-kunlaring talaşadilar

Ğamlarimni – alamlarimni.

Tortişarlar çeksizliklaring

Poyoni yöq olamlarimni.

Yuragimni tortar bir yurak

Mendan olis-olis yerlarda.

Men misralar bilan dardlaşib

Sargardonman ğarib şeʼrlarda.

Işqdan bölak titroğim yöqdir,

Yöqdir şeʼrdan bölak heç larzam.

Döstlarimdan boşqa heç kimim,

Yerdan – kökdan boşqa heç narsam.

Döst mehrini parhez tutmadim,

Nodöst dunyo garçi ğamxona.

Öldirsa ham oldim-da yedim

Luqma tutgaç xasta hamxonam.

Siz ham tutmang mehrimni parhez,

Jonim tandan bölarkan judo.

Merosdirman hammangizga teng,

Teng körganni teng körar dunyo.

Köringizlar barobar baham,

Dardmand sözim şeʼrniki bölsin.

Ruhim bölsin seniki osmon,

Va jasadim yerniki bölsin.

Döstlarimga baxşida böldim

Ummon edim qolmay bir qatra.

Yuragimni tortgan oşufta

Yurakniki bölsin xotiram…

Şuhrat MATKARIM.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan