Yaxşilikning javobi

Assalomu alaykum, aziz bolajonlarim! Bu dunyoi azalda tafakkurga ega bölgan yagona zot inson ekanligini bugun hamma bolalaru yoşlar bilasizlar. Sizlar öz tafakkuringiz  vositasida yaxşi nimayu yomon nimaligini, halol-haromni, savob va gunohni farqlay olasizlar. Bu — yaxşi amal. Endi bitta savolga özim javob aytsam. Har birimiz bir kunda neça marta qöl oçib duo qilinişini bilamizmi? Albatta bilamiz. Duo paytida faqat yaxşi tilaklar Allohdan söraladi. Bu ham yaxşi odat va odob. Odatga köra qöl duoga oçilganda, har bir insonga, avvalo imon, insof, diyonat söraladi. Boisi, mana şu muştarak tuşunçalar kimda mujassam bölsa, undan aslo yomonlik çiqmaydi.

Siz aziz farzandlarimga murojaat qilaman, aytinglar-çi, maʼnaviyat degan söz öz içiga olgan odob-axloq, bilim, ilm, imon-eʼtiqod, vijdon, amaliy könikma, halollik va adolat tuşunçalaridan qaysi biriga egasiz? Öylab köring! Xulosa qiliş özingizga qoldi.

Men siz aziz farzandlarimga havas qilaman. Siz azizlar Yangi Özbekistonning ertangi kunida yaşaydigan, şu gözal Vatanning aziz odamlari bölasiz. Şu makonda baxtli-iqbolli bölib, haqiqat va adolat yukini yelkangizda kötarib, hur va farovon  yaşaydigan sizlardan umidimiz katta! Demak, bir söz bilan aytganda, sizlarni imonli, eʼtiqodli bölişingizga çaqiraman va bunga işonaman.

Sizlarga baxtli kelajakni tilab, sal kam 84 yoşni qarşi olayotgan kamina yozuvçi, dramaturg buvangiz bir hikoyatni aytib bermoqçiman.

…Qadim-qadim zamonda, katta bitta mamlakatda bir öziga töq, boy kişi bölgan ekan. Ammo u şunday ziqna, xasis ekanki, bir qora tangasini ham osonlikça sarflagisi kelmas ekan. Hatto öşa mamlakatning şohi ham uning şunaqaligini eşitgan ekan. Kunlardan bir kuni qarasa, öşa boy yöllar, köpriklar qura boşlabdi, kambağallarga uy-joylar qurib beribdi, köp bolali yordamga muhtoj oilalarning xatna töylarini ötkazib berayotganmiş.

Mamlakat podşohi uning taqvodorligini eşitib, öz minnatdorligini aytiş uçun boyni öz huzuriga taklif qilibdi. “Ey, boy, xafa bölmaysiz, sizni öta xasis kişi deb eşitgandim, nima böldiyu, siz öz hisobingizdan mamlakatga katta yordamlar qilayotgan emişsiz, buning boisi nimada?” Savolga javob şunday bölibdi: “Şu kungaça bu dunyoda halol işladim va halol yaşadim. Menga Alloh köp davlat berdi. Uni huda-behudaga sarf etmay, ança mol-mulk yiğdim. Endi umrim oxiriga borayotganida u dunyo uçun ham savobli işlardan qilişim kerakligini angladim. Şu bois qölimdan kelgança yöqsillar ğamida bölgan barça işlarga sarflab turibman, ey, olampanoh!” — debdi.

“Mamlakatga yordamingiz katta bölib, elning oğirini yengil qilayotganingiz uçun sizga taşakkur bildiraman. Soğ-salomat bölib, bu savobli işlaringizni töxtatmang. Alloh bu fazilatu saxovatingizni qadrlaşiga, sizga öz yaxşilik­larini, fazlu karamini ato etişiga men işonaman”, debdi şoh.

Podşohning bu gapini eşitgan boy şu zahoti “Aşhadu alla-a ila-ha illallohu va aşhadu anna Muhammadan ʼabduhu va rasuluh”  deya, yaʼni Alloh yagona va buyuk, U bizlarga yuborgan payğambari Muhammadga hamdu sanolar bölsin, degan sözlarni aytibdi. Boyning bu tilovati podşohga juda maʼqul bölib, şu ondayoq uni katta bir viloyatga hokim etib tayinlabdi.

Eʼtibor qiling, demak, yaxşilikning nihoyasi yaxşilik bilan tugar ekan-da.

Xulosa: bu hikoyatlardan ibrat oling, aziz bolajonlarim, hamişa yaxşilik qilişga, odamlarning rahmatini olib yurişga intiling. Bundan, albatta, özlaringiz yaxşilik körgaysiz.

Tölqin MUHIDDIN,

yozuvçi, dramaturg.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan