Ustozlarga taʼzim
Sohaga kirib kelişimda adib Abdulla Jalil muhim rol öynaganligini mamnuniyat bilan taʼkidlaşni istardim. Öşanda maktabda öqib yurgan paytlarim edi. 9 “A” va 9 “B” sinf öquvçilari örtasida “Ötkir zehnlilar” muşoirasi ötkazildi. Şu yangilikni yoritiş maqsadida kiçik xabar yozib Töraqörğon tumanida çiqadigan “Maşʼal” (hozirgi “Davr”) gazetasiga yubordim. Maqolam tez orada bosilib çiqdi. Mana şu xabar taqdirimni butunlay özgartirib yubordi, desam, mubolağa emas. Çunki avval huquqşunos bölişni orzu qilgandim.
Bu kasbga mehr uyğotişda Abdulla akaning xizmati beqiyos. Oliy taʼlim dargohini keçagina tamomlagan tahririyat adabiy xodimi öz vazifasini bajariş bilan birga yoşlarni qöllab-quvvatlaşga ham vaqt topişi oson bölmagandir. Çunki hali ğör, xabar yozişni ham eplay olmaydigan maktab öquvçisini zahmatli kasbga yöllaş, unda kelajakda zör jurnalist bölişga işonç uyğotiş hammaning ham qölidan kelavermaydi axir.
Öşanda menga öxşaganlar köp edi. Har gal tahririyatga maqola kötarib borganimda Abdulla aka vaqt topib suhbatlaşar, zarur tavsiyalar berişdan çarçamasdi. Bizga esa gazetada çop etilgan har bir maqola özgaça zavq, motivatsiya ato etganligini söz bilan ifodalaş qiyin.
Oradan yarim asrdan ham köproq vaqt ötdi. Sirtdan bölsa ham Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomladim. Viloyat radiosida, Özbekiston televideniyesida, gazetalar tahririyatlarida işladim. Abdulla aka bilan ustoz-şogird maqomidagi döstona aloqalarimiz, ijodiy hamkorligimiz yillar sayin mustahkamlanib bordi. Ustozdan köp mehr kördim, qimmatli maslahatlar oldim.
Bugun juda köp eslayman Abdulla akani. Çunki mehridaryo inson izidan borib kam bölmadim. Baʼzida yoşlar kelajagiga umid bilan qaraş, ularni qöllab-quvvatlaş juda-juda muhimligini ustoz timsolida yaqqol kördim.
Abdulla aka hayotlarining sönggi daqiqalarigaça maslahatgöy va madadkorlik maqomini aʼlo darajada uddaladilar.
Har qalay, sohada bugungi darajaga yetişimda Abdulla aka kabi taniqli jurnalistlarning hissalari beqiyos ekanligini aslo yoddan çiqarmayman. Ibrohimjon Yusupov, Yöldoş Egamberdiyev, Ğulomjon Akbarovlar gazetaçilikda, Obidjon Jumanazarov, Nosirjon Jöraboyevlar radio sohasida, Xayrullo Muraşev, Dildora Ahmedovalar televideniye yönalişida kamol topişimda xizmati singgan ustozlarimdir. Ayni paytda hozirgi davr adabiyoti va jurnalistikasining taniqli vakili Sodiq Sayxun bilan bir safda xizmat qilayotganimdan baxtiyorman. Ayniqsa, bolalikda şu kasbga qiziqiş uyğotgan va öz ortidan ergaştirgan hamqişloğimiz, Töraqörğondagi birinçi diplomli jurnalist, mehnat faxriysi Hamid aka Fozilovdan bir umr minnatdorman. Öz navbatida qimmatli maslahatlari va amaliy yordami bilan har tomonlama qöllagan taniqli jurnalist, serqirra ijodkor Nurbek aka Abdullayevdan ham minnatdorman.
Yillar ötdi. Bugungi kunda özim ham ustozlar yoşidaman. Yoşlar kelajagiga umid bilan qaraş, öz iqtidorini yuzaga çiqariş uçun dalda, zarur maslahat beriş va amaliy yordam körsatiş qançalar muhimligiga öz faoliyatimda yaqqol amin böldim. Şu sabab uşbu qoida bugun faoliyatim mezoniga aylangan.
Abdulla ĞOZIYEV,
“Şifokor va hayot” gazetasi muharriri,
“Jasorat” va “Soğlom turmuş” medallari sohibi.
