Tungi olişuv
(Bölgan voqea)
Bu voqeani yoşligimda rahmatli otamdan eşitgan edim.
Ötgan asrning elliginçi yillari…
Ikkinçi jahon uruşida oyoğidan yaralanib, nogiron bölib qaytgan otamni xöjalik raisi huzuriga çaqirib şunday deydi: “Eşmuhammad aka, bilasiz, xöjaligimizning çorvasi toğda, yaylovda. Ferma mudirimiz esa oğir kasal bölib yotibdi. Şuning uçun vaqtinça fermani özingiz boşqarib turasiz. Birinçi qiladigan işingiz — ertaga çöponlar oldiga borib, ularning holidan xabar oling. Ularga oziq-ovqat yetkazing!”
Şunday qilib, keçga yaqin yangi mudir fermaning peşonasi qaşqa qorabayir otini minib, Ğöbdintoğ etaklariga yöl oladi. Yöl olis emasmi, manzilga yetmay turib qoronği tuşadi.
Törtala oyoğiga yangi nağal qoqilgan ot toğ yonbağridagi adirlikdan bir maromda ketib borar, ikkala közi göşt-yoğ, non, oziq-ovqatga töla xurjun ustiga ötirib olgan otajonimiz qandaydir aşulani öziça xirgoyi qilib borardi.
Kutilmaganda, ot birdaniga töxtab qoladi. Bu şunçalik tez sodir böladiki, ot sohibi hatto egardan uçib ketay dedi. Ammo tezda özini önglab oldi-da, orqasiga qaradi. Beş-olti qadam narida nimaningdir şarpasi sezilganday böldi, lekin qoronğilikda heç narsa körinmasdi.
Şunda qişloq odamlarining bu yerlarda oç börilar izğib yurişi haqidagi gaplarini esladi-yu, otamning eti uvişdi. Beixtiyor engaşib, etik qönjidagi piçoğini suğurib oldi.
Şu payt qorabayir qöqqisdan oldinga qarab çopib ketdi. Endi çavandoz ham jilovni tortmas, otni öz ixtiyoriga qöyib bergan edi.
Şu zaylda qariyb 3-4 çaqirim keladigan masofani bosib ötgan ot birdaniga taqqa töxtadi. Eşmuhammad beixtiyor yana orqaga qaradi. Qaradi-yu, qörquvdan oyoqlarigaça muzlab, peşonasidan sovuq ter çiqib ketdi. Orqada kattaligi naq eşakday keladigan böri közlari yonib otning dumidan mahkam tişlab turardi. Çavandoz oldinga qaraşga ulgurmay, qarsillagan tovuşdan qalqib ketdi. Qorabayir paytini topib, orqa oyoqlari bilan yovuz jondorga kuçli zarba bergan edi. Şu ketganiça qariyb yarim soat yugurgan ot öz sohibini eson-omon manziliga yetkazib borganida, vaqt yarim tunga yaqinlaşib qolgan edi…
Çöponlarga bölgan voqeani aytib, oziq-ovqat, zarur topşiriqlar bergan otamiz ertalab orqaga, qişloqqa qaytadi.
Yölda ketayotib, tundagi olişuv sodir bölgan joyga yaqinlaşar ekan, bozorga borayotgan odamlarning yöl çetida töplanib, nimanidir tomoşa qilayotganini kördi. Ularga yaqinlaşib otdan tuşib, odamlar orasidan öşa yoqqa qaradi.
Qarasa, ulkan yoldor kök böri tuproqqa qorişib yotardi. Yirtqiçning pastki jaği ot tepkisi zarbidan sinib, osilib qolgan, bir közi soqqasidan butunlay otilib çiqib ketgan, oğzidan oqqan qon esa çuqurçada xalqob bölib qotib qolgan edi…
Oqsoqollar bu işni kim qilganini özlariça taxmin qilişar, biri olib, biri qöyib öşa nomaʼlum qahramonni olqişlaşardi.
Ularning aytişlariça, bu böri, asosan, tunda ov qilib, ançadan beri şu atrofdagi qişloq ahliga katta zarar keltirgan. Molu qöylarni-ku qöyavering, hatto ikkita odamning ham umriga zomin bölgan ekan.
Otam heç kimga heç narsa demasdan davradan sirğalib çiqadi-da, Qorabayirning yoniga kelib, uning böynidan quçoqlagança beixtiyor yiğlab yuborgan ekan.
Yor MUHAMMAD
