Tunlar qalam bilan olişib tolar

Yor Muhammad

Muallif haqida:

Yor Muhammad (Yormamat Rustamov) Jomboy tumanida tuğilgan. Samarqand davlat universiteti rus filologiyasi fakulteti hamda Moskva davlat universitetining jurnalistika fakulteti qoşidagi kursni bitirgan.

Jomboyda maktab direktori, Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida muxbir, muharrir, boş muharrir örinbosari bölib işlagan.

Keyinçalik “Pravda Vostoka”, “Mahalla” gazetalarining Samarqand viloyatidagi maxsus muxbiri sifatida faoliyat körsatgan. Hozirda “Zarafşon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari birlaşgan tahririyatining maxsus muxbiri bölib işlamoqda.

“Muhabbat bekati”, “Yurtim nafasi”, “Köngilga taşrif”, “Quyoşni siğdirgan yurt”, “Mangulikning 30 lahzasi”, “Mehr daraxti” kabi 10 ga yaqin kitoblari naşr etilgan.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

Xolambibining yöqlovi

Usmon Nosirning onasi Xolambibi momo umrining sönggi kunlarida qizlaridan faqat bir narsani iltimos qilarkan: “Jon bolalarim! Agar ölib qolsam, dustaman (yuztuban) yotqizib qöyinglar. Çunki yiğlayverib içimga qon va zardob tölib ketgan, çiqib ketadi”. Haqiqatan ham momo oğzidan qon otilib ölgan ekan.

 

Yölingga köz tikib teşildi közim,

Böğzimda böğilib eşildi sözim.

Doğingni ellik yil kötardim özim,

Usmonim, qaydasan, qaydasan, qayda?

 

Hasad hayotingni girdobga otdi,

Umringning quyoşi, oh, erta botdi.

Döstlaring jon saqlab, döstini sotdi,

Mening Usmonginam, qaydasan, qayda?

 

Xoinlik haqiqiy özbek uçun yot,

Uning ketmonidan boşlanar hayot.

Sen — onang, Namangan köksidagi dod,

Usmonim, qaydasan, qaydasan, qayda?

 

Bözlayman, faryodim yutadi havo,

Ona soğinçiga topilmas davo.

Aza tutayotir olis Suslovo,

Usmonim, qaydasan, qaydasan, qayda?

 

Hamon yaşab kelar behis tönkalar,

Birov ölib yotsa loqayd, kölkalar.

Qoğozdan yasalgan boşlar, yelkalar,

Usmonim, qaydasan, qaydasan, qayda?

 

Köksimni kuydirib keladi ohlar,

Usmonning yuragin çöqigan zoğlar.

Hamon minbarlarda öşa maddohlar,

Şoir öğilginam, qaydasan, qayda?

 

Ölsam, yotqizinglar meni dustaman,

Içim tölib ketgan, zardob qusaman.

Yurtga qaytgan kuning qabrim buzaman,

Usmonim, qaydasan, qaydasan, qayda?

 

Inson! Ham asal, ham oğuli maysan,

Döst tugul, özingni sotmoqqa şaysan.

Tokay bir-biringni ğajib yaşaysan?

Şoir öğilginam, qaydasan, qayda?

Bu zaminda

Bu zaminda buyuk toğlar bor,

Oq soçlarin çöqqilar tarab.

Yulduzlardan narida bedor,

Şoh Uluğbek turibdi qarab.

 

Ohista bos qadamlaringni,

Amir Temur olmoqda orom.

Hadislarni tutgança qölda

Qarab turar Buxoriy bobom.

 

Qalaştirib uç-törtta sözni,

Maqtanmagin yozdim deya şeʼr.

Qadamingdan uzolmay közni,

Kuzatmoqda Hazrat Alişer.

 

Oqil bir yon, johil bir taraf,

Çayqalmoqda bu köhna dunyo.

Iymon, Haqning kalitin uşlab,

Qarab turar Motrudiy bobo.

 

Bu zaminda yurmoq osonmas,

His etgança şunça nigohni.

Bu zaminda turmoq osonmas,

Kötargança şunçalar toğni…

 

Bu zaminda buyuk toğlar bor…

Şoir

Heç kimdan heç qaçon köngli tölmagan,

Lablari kulsa-da, közi kulmagan.

Jismi muzlab qolib ruhi ölmagan,

Dunyoda şoirdan injiq zot yöqdir.

 

Atrofda saraton. Qor deb yozar u,

Boş egib yaşamoq or deb yozar u.

Bir boşga bir ölim bor deb yozar u,

Dunyoda şoirdan injiq zot yöqdir.

 

Baʼzan igna bilan quduqlar qazar,

Banda-da, Haq yöldan gohida ozar.

Eng katta gunohi — töğrisin yozar.

Dunyoda şoirdan injiq zot yöqdir.

 

Tunlar qalam bilan olişib tolar,

Ilhom parisini izlab yöqolar.

Alamin qadah yo xotindan olar,

Dunyoda şoirdan injiq zot yöqdir.

 

Elning dardi bilan oladi nafas,

Hammaga keng dunyo unga bir qafas.

Jonidan ötsa-da, çiqarmaydi sas,

Dunyoda şoirdan injiq zot yöqdir.

 

Buloq köz oçmasa, soy bölgan emas,

Yulduz yongan bilan Oy bölgan emas.

Şoirlar heç qaçon boy bölgan emas,

Dunyoda şoirdan injiq zot yöqdir.

 

Şoirning boyligi yurtin jamoli,

Özbek gözalining labdagi xoli.

Şeʼrining parvozi, farzand kamoli,

Dunyoda şoirdan injiq zot yöqdir.

 

Doimo qaygadir şoşib yaşaydi,

Hayqirib yaşaydi, toşib yaşaydi.

Quyoşni köksiga bosib yaşaydi,

Dunyoda şoirdan injiq zot yöqdir.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan