Özbekiston Respublikasi Prezidentining QARORI: Muborak Qurbon hayitini nişonlaş töğrisida

Muborak Qurbon hayitining maʼnaviy hayotimizda mehr-oqibat, bağrikeng­lik, muruvvat, döstlik va hamjihatlik kabi ezgu tamoyillarni mustahkamlaş borasidagi örni va ahamiyati beqiyosdir.

Uşbu qutluğ ayyomni munosib kutib oliş va yuqori saviyada ötkaziş, muqaddas islom dinining insonparvarlik ğoya­lari hamda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş va uluğlaş maqsadida:

  1. 2024 yilda muborak Qurbon hayitining birinçi kuni 16 iyun – yakşanba kuniga töğri kelişi töğrisida Özbekis­ton musulmonlari idorasining axboroti maʼlumot uçun qabul qilinib, yurtimizda 16 iyun kuni Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nişonlansin.
  2. Quyidagilar:

a) Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq:

işlanmaydigan bayram kuni hisob­lanuvçi Qurbon hayitining birinçi kuni dam oliş kuniga töğri kelişi munosabati bilan uşbu dam oliş kuni 17 iyun – duşanba kuniga köçirilişi;

bunda işlab çiqariş-texnik va taşkiliy şaroitlar (mavjud uzluksiz işlab çiqariş, aholiga har kuni xizmat körsatiş, navbatçilik asosida işlaş va boşqalar) tufayli işlanmaydigan bayram kunlari töxtatib qöyiş mumkin bölmagan işlarni bajarişda dam oliş kunlari köçirilmasligi;

b) Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 22 dekabrdagi “2024 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida”gi PF–213-son Farmoni bilan 18 iyun – seşanba kuni barça xodimlar uçun qöşimça dam oliş kuni etib belgilanganligi maʼlumot uçun qabul qilinsin.

  1. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Din işlari bö­yiça qömita, Özbekiston mahallalari uyuşmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boşqa hamkor taşkilotlar bilan birgalikda muborak Qurbon ha­yitini xalqimizning milliy anʼana va urf-odatlariga uyğun holda ötkaziş uçun tegişli çora-tadbirlarni amalga oşirsin.
  2. Turizm qömitasi Transport vazirligi bilan birgalikda yurtdoşlarimiz uçun muborak Qurbon hayiti kunlarida möʼtabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni taşkil etiş maqsadida qulay şaroit va imkoniyatlar yaratsin.
  3. Özbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Özbekiston Milliy axborot agentligi va boşqa ommaviy axborot vositalariga Qurbon hayitini nişonlaş bilan boğliq tadbirlarni keng yoritiş tavsiya etilsin.
  4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vaziri A.N.Aripov va Özbekiston Respub­likasi Prezidentining maslahatçisi M.M. Kamilov zimmasiga yuklansin.

Özbekiston Respublikasi

Prezidenti Ş.MIRZIYOYEV

Toşkent şahri,

2024 yil 11 iyun

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan