BMT Turizm boş kotibi Zurab Pololikaşvili: Özbekiston turizmni rivojlantirişga kompleks yondaşuv namunasini körsatmoqda

BMT Turizm Ijroiya kengaşi Özbekiston taşabbusini bir ovozdan maʼqulladi

Özbekistonning Ispaniyadagi elçisi Farrux Tursunov boşçiligidagi delegatsiyaning BMT Turizm Ijroiya kengaşi 121-sessiyasidagi iştiroki doirasida mamlakatimizning Global xavfsiz turizm kodeksini işlab çiqiş böyiça hukumatlararo komissiya tuziş taşabbusi bir ovozdan maʼqullandi.

Global xavfsiz turizm kodeksini işlab çiqiş va qabul qiliş taşabbusi Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan 2023 yil oktyabr oyida Samarqandda bölib ötgan BMT Boş Assambleyasining Turizm böyiça 25-sessiyasida bildirilgan edi.

Qayd etilişiça, bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida kuzatilayotgan ziddiyatlar va beqaror vaziyat turizm rivojiga salbiy taʼsir körsatmoqda.

Şu munosabat bilan sayyohlar xavfsizligini taʼminlaş böyiça yagona yondaşuvni işlab çiqiş zarurati tuğilmoqda va taklif etilayotgan kodeksning işlab çiqilişi yanada xavfsiz, barqaror va adolatli turizm ekotizimini yaratiş yölidagi oldinga  taşlangan qadamdir.

Işlab çiqilgan kodeks turizmni barqaror rivojlantiriş vositalaridan biriga aylanişi va atrof-muhitni muhofaza qiliş hamda madaniy merosni asrab-avaylaş böyiça çora-tadbirlarni öz içiga olişi kutilmoqda.

BMT Turizm boş kotibi Zurab Pololikaşvili sessiyadagi nutqida, Özbekiston hukumatiga respublikaning taşkilot faoliyatiga qöşgan ulkan hissasi uçun minnatdorlik bildirib, Özbekiston mazkur tuzilmaning eng faol iştirokçisi ekanligini va nafaqat jahon turizm industriyasini rivojlantirişga, balki BMT imijini oşirişga ham hissa qöşayotganini alohida taʼkidladi.

Boş kotib Özbekiston tu­rizmni rivojlantirişga kompleks yondaşuv namunasini körsatayotganini, bu mintaqaning boşqa mamlakatlari uçun örnak bölişi mumkinligini ham qayd etdi.

“Dunyo” AA,

Barselona şahri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan