Hazrati inson ibrati
Taniqli adib, maşhur jurnalist Xurşid DÖSTMUHAMMAD haqida muxtasar söz
Insonni Yaratganning özi gözal şaklu şamoyilda mukammal hilqat qilib yaratgan. Olimu ulamolar, fozilu fuzalolar esa öqib örganib, ilmu maʼrifatga intilib baxtu saodatga erişgan. Şu bois Özbekiston jurnalistikasi taraqqiyotida Xurşid Döstmuhammad maktabini yaratgan ustoz — Xurşid Döstmuhammedov haqida qalb izhorlarimni yozayotganim uçun şukur deyman. Dili pok, qalbi solim ustoz haqida kitoblar yozilgan. Garçi şunday bölsa-da, jurnalistlik faoliyatimda va hayotimda köp mehribonliklar qilgan inson haqida ikki oğiz aytmasam bölmas.
Er yigit uçun ona duosi göyo boğ bölib hayotingizni neʼmatlarga burkasa, ota duosi toğ bölib umr yöllarida sizni balo-qazolardan asrar ekan. Bu hikmat ijobatini hayotimda körib yaşayapman. Rahmatli Kenjaboy otam: “Öğlim, boşimdan juda köp issiq-sovuq kunlar ötdi. Har doim Alloh menga yaxşi odamlarni röbarö qildi. Senga ham şunday taqdir nasib qilsin”, deb duo qilar edi. Ota duosi meni Xurşid Döstmuhammad huzuriga olib kelgan bölsa ne ajab?!
Öşanda “Qişloq hayoti” gazetasiga Ötkir Rahmat boş muharrirlik qilar edi. Men esa tahririyatda bölim muharriri — bölim boşliği vazifasida işlardim. Xurşid aka tez-tez Habib Temir bilan şaxmat öynagani tahririyatimizga kelib turardi. Şaxmatdan oz-moz xabarim borligi uçun tomoşa qilişga kirib turardim. Habib aka boş muharririmiz örinbosari bölsa-da, Xurşid aka tarafida bölardim. Şaxmat köplarni birlaştirib turar ekan. Ibrohim Ğafurov, Nasriddin Muhammadiyev kabi katta ijodkorlar bilan ham Habib Temirning kiçkinagina xizmat xonasida tanişganman. Orada Xurşid Döstmuhammedov Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasi raisi etib saylandi. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Spikeri örinbosari böldi.
Bir kuni tahririyatdagi xonam eşigini taqillatib Xurşid aka kirib keldi. “Sizni “Milliy tiklaniş” gazetasiga muharrirlikka taklif qilib keldim”, dedi.
Öşa paytga kelib partiya naşri — “Milliy tiklaniş” gazetasi oğir iqtisodiy ahvolga tuşib qolganidan xabardor edim. “Siz uçun katta maoşim va issiq örnimni taşlab ötaman, bir şartim bor, faqat boş muharrir bölsamgina ötaman u işga”, dedim. “Özi boş muharrirlikka taklif qilib kelganman”, dedi.
Ertasi kuni Xurşid aka yana kelib Oliy Majlis Qonunçilik palatasida partiya raisi Ibrohim Ğafurov bilan uçraştirdi. “Gazetaning uçta soniga “naşr uçun masʼul” deb imzo qöyasiz, keyin boş muharrir bölasiz”, deyişdi. Rozi bölib iş boşladim. Avvaldan Xurşid akani bilardim, ammo partiya naşrida işlab, u kişidan katta saboq oldim. Gazeta xodimlari ikki yil oylik maoşini, beş yillik qalam haqini olişmagan ekan. Bir oyda hamma qarzlarni uzdik. Gazeta muntazam çiqa boşladi… Maqtanişga ötmasin, ammo men saksoninçi yillarning oxiridayoq Özbekistonda çiqadigan gazetalarga reklamani olib kirgan jurnalistlardan biri edim. Reklama va tijorat maqolalari orqali “Özbekiston ovozi”, “Qişloq hayoti”, “Adolat” kabi gazetalar iqtisodiyotini kötarişdagi katta tajribam bu yerda ham qöl keldi.
Xullas, Xurşid akaning işonçini oqladim, uyaltirib qöymadim. Oliy Majlisda haftada bir marta partiya fraksiyasi yiğilişi bölardi. Gazeta xususida gap ketsa, Ibrohim Ğafurov: “Dilmurodni bizga xudo yetkazdi” deb könglimni kötarardi. “Milliy tiklaniş” sahifalarini ilmu maʼrifat, maʼnaviyat çaşmalari bilan boyitiş, ajdodlarimizdan qolgan milliy qadriyatlarga xiyonat qilmay avlodlarga yetkaziş, yoşlarni ona Vatanga sadoqat ruhida kamol toptiriş uçun harakat qilganmiz. Ustoz muallimlar, olimu ziyolilar, sohibi qalamlar, hofizu musavvirlarning sermaşaqqat xizmatlariga xolisanlillo baho beriş maqsadida qalam tebratganimdan bağoyat şukur qilaman, özimni baxtiyor his qilaman. Anglab yetdimki, ustoz deb Xurşid akaning etagidan tutib töğri qilgan ekanman. Partiya pillapoyalarida zamona allomalari Ibrohim Ğafurov, Ötkir Hoşimov, Qalandar Abdurahmonov kabi bir qança zabardast ijodkor va olimlar bilan maslakdoş böldim. Ular bilan davralarda birga ötirdik, safarlarga çiqdik, saylovlarda qatnaşdik. “Milliy tiklaniş” partiyamizning quvonçli kunlarida birga bayramlar qilib quvondik. Maslakdoş partiyadoşlarimiz dardlariga şerik bölişni ham Xurşid akadan örgandik. Xurşid Döstmuhammedov partiyaga rais bölganda “Milliy tiklaniş”çilar aʼzolari soni ham, gazetamiz adadi ham ortdi.
Bir katta yiğinda Özbekiston Qahramoni, adabiyotşunoslar darğasi şunday lutf qilgandi: “Xurşid öz nomiga monand quyoş kabi nur soçib hammaga nafi tegadigan adib”.
Ibrohim Ğafurov bilan Xurşid Döstmuhammad oralaridagi ijodiy va döstona munosabatlarning özi butun boşli kitob sahifalariga siğmaydi. Ular bor joyda ilm bor, maʼrifat bor, hikmat buloği bor. Taqdirning menga bergan neʼmatiga beadad şukurki, Vataniga, millatiga, adabiyotiga jon fido qilgan fozil insonlar davrasidaman. Bunday kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor.
Bir neça yil avval bolajonlarimizning sevimli şoiri Tursunboy Adaşboyevning xotira keçalarini ötkaziş munosabati bilan Ahmadjon Meliboyev, Ğayrat Majid, Zuhriddin Isomiddinov, Anvar Obidjon, Erkin Malik va boşqa ijodkorlar bilan Öş şahriga borgandik. Tadbir davomida Tursunboy akaning qadrdoni şayx Aloviddin Mansur bilan yaqindan tanişiş baxtiga muyassar böldim. Öşanda rahmatli Aloviddin Mansur Xurşid Dösmuhammad bilan ilm yölidagi savobli hamkorligini şunday eslab: “Möminlarni haq yöliga xidoyat qiluvçi ilohiy nur — Qurʼoni karimni özbek tiliga tarjima qilişda Xurşid Döstmuhammad, Anvar qori Tursunov, jurnal sahifalarida çop etilişida esa Ötkir Hoşimovning xizmatlarini eʼtirof etib, ularni allomalar deb taʼrif bergandi. Yana bir guvohi bölganim Anvar qori Tursunov ham Xurşid Döstmuhammadni ustoz deb bilardi. Anvar qori Tursunov (Alloh rahmat qilgan bölsin, hazrat Anvar qorini, bugun u zot oramizda yöq) Xurşid aka iştirok etayotgan maʼraka-izdihomlarda amri maʼruf qilişdan oldin undan izn sörab, keyin söz boşlar edi.
Xurşid aka bilan qaçon körişsak, mendan: “Şuhratjon yaxşimi?” deb söraydi. Ustoz haqida maqola yozayotganimni bilgaç, Şuhrat Jabborov xursand bölib bir varaq qoğozga uşbu dil sözlarini yozib berdi: “Xurşid Döstmuhammad maktabining öquvçisi bölgim keladi. Uning Özbekiston jurnalistikasida öz maktabi bor. Borni bor, yöqni yöq deya olişga qodir bölgan kam sonli muharrirlardan biri. Yuzi qançalik nurli bölsa, sözi şunçalik huzurli. Bir insonda şunçalar köp odamiylik xislatlarining jamlanişi — Yaratganning noyob hodisasi”.
Ustozimizning yana bir fazilati — boşingga iş tuşganida qölini uzata olişidir. Hayot yöllarida oting qoqilganida, hamma ham yelkasini tutavermas ekan. Men ham xom sut emgan bandalarning biriman. Hayot yöllarida bilib-bilmay qadam bosganim bor. Şunday paytda köplab hamkasb döstlarimiz yuz burib ketganida ham Xurşid Döstmuhammad döst bölib qolavergan.
Haqiqatan, ustozning favqulodda mard va jasurligiga köp guvoh bölganman. Özbekiston Respublikasi “Milliy tiklaniş” partiyasi Markaziy kengaşi raisi sifatida nomzodi Respublika Oliy Majlisi deputatligiga Sirdaryo viloyatidan qöyilganida kamina ham uning işonçli vakillari qatorida uçraşuvlarda iştirok etganman. Saylovoldi uçraşuvlari ketayotgan kunlari qönğiroq qilib qoldi. “Nozik mehmonlarim bor, ertaga Sirdaryoga uçraşuvga olib borib kela olasizmi? Benzini mendan”, deb iltimos qildi. Kamtarlikni qarang, agar ixtiyor etsa, önta maşina tayyor turadigan davri kelgan zamonda ham, hatto şogirdlariga iş buyurişga istihola qiladigan birinçi rahbarlar juda kam uçraydi.
Tong saharlab subhidam çoği Xurşid aka bilan avval Usmon Azimning uyiga borib u kişini oldik, keyin Kosmonavtlar maydoni yaqinidan Halima opa Xudoyberdiyevani olib, Sirdaryoga jönadik. Öşanda Halima opa yurt kattalari “qahri”ga uçrab, yeru kökka siğmay, boşida qora bulutlar kezib yurgan qaltis paytlar edi. Rahmatli Halima opa Boyovut tumani va Yangiyer şahridagi saylovçilar huzurida şeʼrlar öqigandi. U davrlar boşqaça edi. Bir imo-işora bilan partiyalar tugatilib, gazetalar yopilib ketişi ham heç gap emasdi. Xurşid aka Halima opani uçraşuvga olib bormasa ham deputatlikka ötişi mumkin edi. Biroq, adolat va haqiqat kuyçisi bölgan şoiramiz yolğizlanib qolganida, unga mehr qölini uzatib, şeʼrxonlar davrasiga olib borişdek savob işni Xurşid Döstmuhammad qila olgan edi.
Taniqli olim, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Zuhriddin Isomiddinov Xurşid Döstmuhammad “Hurriyat” gazetasida boş muharrir bölgan paytdagi voqeani şunday eslaydi: “Bundan yigirma beş yil avval oliy öquv yurtlariga kiriş test savollari şoşilinç, pala-partiş tuzilganligi haqida tanqidiy maqola tayyorladim.
“Test savollari: uç tanqidiy mulohaza” degan sarlavha bilan maqolam bosilib çiqdi. Maqola naşr etilganiga xursand bölib yursam, “Hurriyat”ning keyingi sonida birinçi sahifada mening fikrlarimga qarşi “Bilmaganini sörab örgangan olim” sarlavhali felyeton çiqdi. Felyetonni öqib esankirab qoldim. Nohaq yozilgan felyetonga javoban “Sözki haq bölsa” sarlavhali maqola yozdim. Bu safar jiddiyroq örganib, köproq faktlarni topdim. Maqolani kötarib boş muharrir Xurşid Döstmuhammadning huzuriga bordim. Felyeton yuqoridan topşiriq bilan yozilganligi maʼlum böldi. Endi bu “bahs”ni töxtatmasak bölmaydi, dedi u. Xurşid akaga iltimos qilib: “Yozganim gazetada bosilmasa ham özingiz bir öqing, heç bölmasa, bir kişi haq ekanimni bilsin”, deb maqolani qoldirdim. Oradan bir hafta ötib, ikkinçi maqolam ham “Hurriyat”da bosilganini körib, qoyil qolgan edim. Xurşid Döstmuhammad haqiqat yölida öz manfaatini keyingi öringa qöyadigan, mard va qörqmas, adolatparvar muharrir ekaniga amin bölgandim”.
Şoir Muhammad Siddiq esa şunday yozadi: “2003-2004 yillari “Milliy tiklaniş” gazetasida işlaganman. Öşa paytda gazetaga masʼul rahbar Dilmurod Qirğizboyev meni, Gulbahor Ortiqxöjayeva, Zumrad Vahobovani Toşkent şahrida doimiy röyxatda turmasak-da, işga qabul qilib, gazetaçilik sir-asrorini örgatgan. Bugungi yoşlar balki bilmas, işonmas, axir yaqin-yaqingaça Toşkentda doimiy propiskasi bölmagan yurtdoşlarimiz deyarli “jinoyatçi” hisoblanar, işga olinmas, işlayotganlar bölsa, ming xavotir bilan yaşar edilar. Hatto ana şu propiska tufayli qança kişilar işdan böşatib yuborilar edi. Xurşid Döstmuhammad partiya rahbarlaridan biri bölgani bois gazeta bosiladigan kunlari tahririyatga kelib, sahifadagi materiallarni közdan keçirib berardi. Poytaxtda doimiy röyxatdan ötkaziş men uçun deyarli imkonsiz edi. Endi qişloqqa qaytib ketaman, şekilli, deb yurgan kunlarimda Xurşid Döstmuhammad: “Nima muammoingiz bor?” deb sörab qoldi. Dilimdagini aytdim. Doimiy röyxatga qöyiş masalasida Toşkent şahar hokimi nomiga xat yozib berdi. Oradan bir hafta ötib, şahar hokimiyatidan qönğiroq qilişib, oila aʼzolarim bilan Toşkent şahriga doimiy röyxatdan ötkaziş böyiça maxsus komissiyaning qarori çiqqanini aytişdi.
Öşanda mendan ham köproq Xurşid aka xursand bölgandi.
“Bu yordamimizni xeç kim bilmay qöyaversin”, degan edi”.
Biz ustozning özbek adabiyotidagi örni, zalvorli, badiiy jihatdan ötkir va rang-barang asarlari yoxud ilmiy salohiyati töğrisida yozmadik. Faqat odamiylik xislatlari xususida bir şingil söz aytmoqçi böldik, xolos. Çunki bu borada katta-kiçik adabiyotşunoslar, maşhur olimlar tomonidan köp bora yozilgan, eʼtirof etilgan. Mening bölsa, Ustozning uluğ şaxs, bugunimizning haqiqiy jadidçisi ekanligidan qalbim faxr-iftixorga töladi, şunday uluğ qalb sohibi, el suv içgan daryolardek inson bilan zamondoş ekanligimdan faxrlanaman. Zero, Xurşid Döstmuhammad köp marta taʼkidlab aytganidek, tinçlik-omonlikda, farovonlikda yaşaş katta saodatdir.
Dilmurod QIRĞIZBOYEV,
Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi.
