Şoirlik şukronasi

Gazeta va jurnalistika mening taqdirim va kelajak hayot yölimni belgilab bergan, desam, mubolağa bölmaydi. Lekin bu taʼrif nihoyatda kamdek tuyuladi. Sababi, gazetada işlaş yoş ijodkor uçun, haqiqatan ham, zavqu şavq maskani, hayotni örganiş va haqiqiy mahorat maktabi edi.

Öşa yillar Ernest Xemingueyning “Alvido, qurol!” romani usta mutarjim Ibrohim Ğafurov tarjimasida keng kitobxonlar, jumladan, yoşlar örtasida ham qölma-qöl mutolaa qilinardi. Nobel mukofoti sohibi bölmiş olamşumul adibning: “Oddiy xabarni eplab yoza bilgan ijodkor, şak-şubhasiz, yirik romanni ham uddalay oladi”, — degan hikmatli sözi öspirin muxbir sifatida mening ham yuragimdan joy olgan edi. ToşDU (hozirgi ÖzMU)dan keyin hayot dorulfununida ustozlar timsolida — tirik kitoblardan köproq örganib, ibrat olganman, desam, ehtimol, bugungi öquvçi uçun qiziq tuyular.

Havaskorlik pallalarimda Ötkir ismli köp insonlarga duç kelganman.

Avvalambor, ToşDUni bitirib, ança-munça sarsonliklardan söng Şukur akaning tavsiyasi bilan “Toşkent oqşomi”ga işga kirganimda — öşa paytda “Bahor qaytmaydi” qissasi bilan dovruq qozonib, şov-şuvlarga sabab bölgan taniqli adib Ötkir Hoşimovni körgan paytim boşdan keçirgan hayajonlarim hamon esimda. Gazetaning “Axborot” bölimi mudiri, “axborot qiroli” laqabi bilan maşhur Abdulla aka Pölatov Ötkir akaga meni taniştirar ekan, u kişining: “E-e, Şukurjon aytgan şoir yigit siz bölasizmi?” deya lutf bilan xayrixohlik bildirganidan rosa xursand bölganman. Maşhurligi bois unça-munça odam yurak yutib yaqinlaşa olmaydigan katta yozuvçidan bunday iliq gapni eşitiş hali ilk kitobi çiqmagan havaskor ösmir uçun naqadar kutilmagan baxt va eʼtirof edi.

Ötkirlardan yana biri — tahririyat yölagidan tovuş çiqarmay, muloyimgina kirib keladigan, el orasida maşhur qöşiqnavis şoir Ötkir aka — Ötkir Raşid ediki, biz u kişining bir-ikkita yangi taronasini “oqşom”ning şanba sahifasidagi “Keksa köngil mavjlari” rukni ostida bir neça marta çop etganmiz…

Qança suvlar oqib ötdi. Neça-neça soxta taʼlimotlar-u mustabid tuzumlar zavolga yuz tutdi.

Ne baxtki, ona Özbekistonimiz istiqlolga erişdi.

Biroq istiqlolga erişişning özigina bölmas ekan.

Mana bugun anglamoqdamizki, Vatan öz-özidan Vatan bölib dunyoga dovruq taratmoği uçun özining mard va matonatli Yölboşçisiga ega bölmoği kerak ekan. Rahmatli onam aytar edilar: “Kemaga ega kerak, Ega bölmasa, nega kerak?!”

Zukko öquvçi ilğagan bölsa kerakki, gurungimiz maromi bugungi kunga köçayotir.

Badiiy söz, ijod yoki ijodkorga taʼrif berilganda, “qalami ötkir”, “sözi ötkir” degan iboralar tilga olinadi. Gapni köp uzoqdan boşlaganimizning boisi — şunça yillar davomida öz qiyofasi va ovoziga, ijtimoiy vazifasiga ham sodiq qolib, beminnat va iddaosiz ijod qilib kelayotgan şoir akamiz Ötkir Rahmatning sözi ötkir, qalami ötkir ekanini eʼtirof etmoqdir. Barça mavqe va maqomlarda ham özining kamtarin va samimiy xislatlarini birdek saqlab kelayotgan inson haqida uning yozganlaridan orttirib gapiriş qiyin.

 

Könglimga qöl solib körmoq osonmas,

Uning olovi bor, keskir tiği bor.

Aldovu yolğonga heç qaçon könmas,

Mehrga taşnadir, muhabbatga zor.

 

Öz vijdoniga quloq solib, qalb amri bilan yaşamoq bu dunyoda oson emas. Yuqorida keltirilgan satrlarda ijodkorning masʼuliyati va eʼtiqodi yaqqol körinib turibdi. Ötkir aka ustozlarining hurmat va ehtiromini hamişa baland tutib kelgan.

Ustozimiz Abdulla Oripov Ötkir Rahmatni öz tuğişganidek yaxşi körar va izzatini joyiga qöyar edi. Soxta mulozamat qilmasdan, kerak paytda telefonda “Ötkir Rahmatovi-i-i-ç!..” deya unli tovuşlarni mehr tovuşlariga aylantirib, suhbatga çorlar yoki biror yumuşi bölsa, iloji boriça beozorgina iltimos qilar edi.

Abdulla aka bir samimiy suhbatdoşga zor bölgan kunlarga birgalikda guvoh bölganmiz. Öşanday muşkul lahzalarda “Bir oğiz şirin söz nondek arzanda” (Ğafur Ğulom iborasi) deyilganidek, katta ustozimiz dili xufton bölib, bir hamdard izlab qolar, çorasiz iztiroblarini qoğozga tökar, bu usul ham yupatmasa, öziga yaqin kişilarga qönğiroq qila boşlardi. Öşa holatlarda Abdulla aka bilan köp va beminnat muloqot qilgan, Yozuvçilar uyuşmasiga, Dörmonga borib xabar olib turgan uka-şogirdlaridan biri Ötkir Rahmat bölgan.

Donişmand ustozning özi jöyali eʼtirof etganday: “Qitmir yöldoşlarimning feʼlidan rosa töyib, Ukam qatorilardan samimiyatni topdim”.

“Qişloq hayoti”mi yoki uning ilovasi “Hayot” haftaligimi, “Xalq sözi” gazetasimi — Ötkir aka muharrirlik qilgan naşrlarda ustozimizning teleekranlarda maʼlum va nomaʼlum sabablarga köra berilmagan, boşqa ommaviy axborot vositalarida ham bir bahonai sabab bilan bosilmayotgan şeʼrlari yoki maqolalari iloji boriça xayrixohlik bilan eʼlon qilinardi. Bu mehrdan ustoz astoydil quvnab ketar, yoşlik yillari: “Bugun şeʼri çiqqan şoirday dunyo, Jilmayib qöyadi barçaga masrur”, — deya özi lutf qilgan yangliğ yoş boladek xursand bölardi.

Ötkir akaning matbuotda eʼlon qilingan, zaminu zamonning ogohlik bongi yangliğ yangragan “Mangu ovoz” nomli yangi dostonida, jumladan, ustozlar ovozi ham nazarda tutilganki, bu ölmas sadolar odam bolalarini yaxşilik va töğrilikka çorlab turaveradi:

 

Demakki, haq ovoz dildagi bayot,

Uning bilan uyğun hattoki taqdir.

Dunyoda ovozni baxtdir tanimoq,

Dunyoda ovozga aylanmoq baxtdir.

 

Abdulla aka, şogirdi Ötkir aka ham bir-biriga hamroz-xayrixoh bölganidek, öz ukalarini ham har doim ğamxörlik bilan qöllab-quvvatlar, bu eʼtibor köproq amalda namoyon bölardi. Özimdan misol keltiradigan bölsam, “Mening şoirligim” nomli masnaviy yölida bitilgan manzumani ustoz Abdulla Oripovga öqitganimda, u kişiga maʼqul böldi-da, ayni şu gurung asnosida ustozning kabinetiga Ötkir aka xuddi kelişilganday kirib keldi. Abdulla aka: “Ötkir Rahmatovi-i-i-ç, sizga yaxşi şeʼr kerakmi, mana şuni gazetangizga bersangiz, qarsillab ketadi”, — deya masalani hal qilib qöyaqoldi. Manzuma “Hayot” haftaligining ertangi sonida birinçi betida çiroyli dizayn bilan çop etildi. Bundan ham eng qiziği, manzumaning bosilgani haqidagi xuşxabarni birinçi bölib, Abdulla akaning özi bir dunyo zavqu şavq bilan menga yetkazdi.

Ötkir akaning “Xalq sözi” gazetasidagi boş muharrirlik faoliyatini uning insoniylik xislatlari, şoirlik burçi, davr va zamon oldidagi masʼuliyatisiz tasavvur etib bölmaydi. Ijtimoiy vazifani kam-köstsiz ado etiş, javobgarlikni anglaş, uyqusiz keçalar, şoirlik iztiroblari bilan bir qatorda şogirdlar baxtu kamoli oldidagi saxovatpeşalik ham tiriklik hayoti bilan uyğunlaşib ketganini alohida taʼkidlaş örinli. Otaşnafas şoirimiz Abduvali Qutbiddin Ötkir Rahmatning akalarça mehri va eʼtiboridan bahramand bölgani, öz navbatida Abduvali ham gazeta va öziga bildirilgan işonç uçun bir isteʼdodli ijodkor singari fidoyilik bilan zahmat çekkanini yaxşi bilamiz. Ming afsuski, betakror şoir, sadoqatli döstimiz Abduvali Qutbiddin ayni kamolot çoğida bu dunyoni bevaqt tark etdi. Allohning irodasi bilan röy bergan kutilmagan musibatdan Ötkir aka tuğişgan birodariday köp iztirob çekdi. Öşa kunlar körişganimizda: “Gazetamiz ham huvillab qoldi!” deya közda yoş bilan ökingani hamon esimizda. Ötkir Rahmatning şoir ukasiga bağişlangan şeʼrida şunday satrlarni öqiymiz:

 

Yomğir, yoğavergin, yengil tortay men,

Köksimga qöngan dard yuvilib ketsin.

Yiğlayotgan kökmas — köz yoşlarim sen,

Maysa quçib yotgan döstimga yetsin.

 

Hali ham çidam bor, toqat yelkadoş,

Içimni qaqşatgan qor hamon muzlar.

Unga bugun toğlar, çinor suhbatdoş,

Balki tong-şom qadar tugamas sözlar…

 

Yana bir iqtibos keltiradigan bölsam, behalovat va zahmatkaş ijodkor, Qoraqalpoğiston xalq şoiri Rustam Musurmonning “Bir juft söz” kitobiga sidqidildan matbuotda iliq munosabat bildirgan, uning Vengriyaning Budapeşt şahrida ötkazilgan “Eng yaxşi şeʼriy tarjima” xalqaro tanlovida ğolib çiqib, Şandor Petyofi nomidagi mukofotga sazovor bölganini birinçilardan bölib qutlagan ham Ötkir aka böladi.

Bu holat arzimasday tuyulişi mumkin, lekin şogirdlarga eʼtibor va sofdillik hammaning ham qölidan kelavermaydi. Holbuki, birov arpasini xom örganday höqqayib yurguvçi döstu yorondan köra, bir insoniy eʼtibor, “bir oğiz şirin söz” bu örinda ğoyatda muhim.

Buğdoy pişiği pallasida ğalla hosilining çöği bilinganday, söz mehnatkaşi Ötkir akaning yillar davomida kötargan xirmoni ham ançayin barakali. Kitoblarining hammasini bir boşdan sanaydigan bölsak, sahifalarga siğmay ketadi. Buğdoy pişiğiday söz va şeʼrning ham doni bor, somonlari bor. Kitobxonlar hosil yiğib olingandan keyin ham söz ekinzoridan böliq boşoqlarday qadrli satrlarni terib yuradi. Şu boisdan “Soğinç”, “Şukrona”, “Ey, umri aziz”, “Oy tölgan oqşom” nomli öndan ortiq şeʼriy töplamlari öquvçilar eʼtiborini qozongan.

Şoirning yangi kitobiga kiritilgan “Tamaddun daryosi”, “Birdamlik qöşiği”, “Orol soğinçi”, “Işonç” singari ballada va dostonlari xuddi “Mangu ovoz” kabi bugungi eng dolzarb va umumbaşariy mavzular — najot çinqiriğiday inson bolalarini buyuk xavf-xatardan ogohlantiradi, ezgulikka, jaholatga qarşi ilmu maʼrifat bilan kuraşga daʼvat etadi.

“Mangu ovoz” kitobini öqirkanmiz, ismi jismiga munosib, dili bilan tili bir muallifning qamrovni keng va muhtaşam olganining guvohi bölamiz. Kitobdagi şeʼrlarni tuşuntiriş şart emas — bu şeʼrlar va dostonlarni öqiş kerak, uqiş kerak va anglamoq kerak. Vatan qanday anglansa, söz ham şunday anglanadi. Inson qanday tuşunilsa, şeʼr ham şunday tuşuniladi. Umrning ham, xirmonning ham barakasini bersin.

Modomiki, gap şukronalik haqida ekan, sözimizni aziz ustozimiz Abdulla Oripovning gözal şeʼrlaridan biri “Şukronalik” bilan yakunlamoqni lozim topdik. Şu muborak kunlarda ustozning ham ruhi şod bölgay, inşoolloh!..

 

Şukrona ayt avval parça non uçun,

Söng qultum suv uçun şukrona takror.

Çunki bu dunyoda, yaşirmoq neçun,

Senga şularni ham köp körganlar bor.

 

Buyuklar baxtiga havas qil, ammo

Insonliging uçun şukr aytgil zinhor.

Çunki bu olamda sen uçun hatto

Oddiy odamlikni köp körganlar bor.

 

Sirojiddin SAYYID,

Özbekiston xalq şoiri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan