Nasri musajjaʼ
Durbek QÖLDOŞEV
Muallif haqida:
Durbek Qöldoşev — 1949 yili Paxtaobod şahrida tavallud topgan. 1971 yilda sobiq Andijon Paxtaçilik institutining “Gidromelioratsiya” fakultetini tamomlab, injener-gidrotexnik mutaxassisligini egallagan. Uzoq yillar Özbekiston qişloq va suv xöjaligi tizimi taşkilotlarida muhandis, turli rahbarlik lavozimlarida işlagan.
1981-1983 yillar mobaynida Mozambik Xalq Respublikasida xizmat safarida bölib, “Suğoriş masalalari böyiça katta maslahatçi” sifatida faoliyat olib borgan.
Köp yillardan buyon badiiy ijod bilan şuğullanib keladi. Muallifning “Kök qarğalar qaytib kelmadi” hikoyalar töplami, “Tafakkur – aql qamrovi” risolasi, Uluğ vatandoşimiz, şoh va şoir Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik davri qalamga olingan “Imperatorning tuğilişi” tarixiy-badiiy qissasi, yaqin ötmişimiz haqida “Lomonosov kelarmiş?!” nomli qissalar töplami va “Bobur hayotidan lavhalar” risolalari çop etilgan.
Qarğa
(Tajnis)
Qalin qorlar yoğib, qahr bilan qiliç kötarib, kirib kelsa ayozli kunlar, göyo qişni çaqirganday: “Qar-r, qar-r” qila boşlasa bir gala qarğa, bil, ular oddiy parranda, bu işga mutlaqo aloqasi yöq! Şul sabab, qarğani — xohla, duo qil, xohlasang, qarğa!
Bösa-bölmasa…
(Ibhom söz sanʼati)
Yordan keldi ajib xuşxabar: Oşiqliq maqomiğa bölib munosib, borar emişman uning qoşiğa, töqqiz toş yölni piyoda bosib.
Şaydolarin safida vasf etarmişman yana fazlu kamolin, şu bahona tomoşa aylar emişman uning husni jamolin!
Eşitiboq mujdani, men oşiq banda yetiş uçun Layliğa, şoşa-pişa yölga çiqdim, kirib köngul mayliğa.
Biroq aql şartta tösib yölimni, aytdi: Şoşma, ey telba, qayt! Töğrisini ayt! Qança bölsa-da yomon, esiz-esiz, köngul köyiğa kirib, xöp qatnading ul tomon… Esingdamu, qolib ketdi köçalarda çoriğingning taglari, boz ustiğa, musofir deb ayamadi, taladi, mahallasin saklari!
Şu zayl köp bor körsatsang-da gözalğa muhabbatning kuçini, tutqazmadi qurğur “yosuman”, loaqal bir bor barmoğining uçini!
Endi bosim oşib, sabring toşib, zinhor köngling tölmasa, gapimğa kir, yetib borma, yana dikillab, bösa-bölmasa…
* * *
Kötarmaydur…
Men köngul qöyğon sanam, lağuni kötarmaydur,
Hazil-huzul qayoqda, qaboğin kötarmaydur.
Tengsiz husni-jamoli kökda Oyni lol etur,
Men oşiqqa bir bora hijobin kötarmaydur.
Muddaoingiz ayting, dedim yorğa zorlanib:
Çimirib oldi qoşin — “sirka suv kötarmaydur”.
Yuraverib ortidan, sabrim ham nurab borar,
Bundayin abgor holni könglim ham kötarmaydur.
Yurak yutib tunov kun, bir bösa şart söradim!
(dedi): “Barçasi töydan keyin, şariat kötarmaydur!”
(yana aydi): “Özni urmang har yonğa, astoydil kitob öqing!
Birovning yukin birov quruqqa kötarmaydur!”
Bu ketişda qörqamen, töydan keyin ham gözal
Ipsiz boğlab öziğa, poyini kötarmaydur!
“Muhabbatning yöli tor”, ağyor aytar: ortğa qayt!
Durbek aslo qaytmağay — nufuzi kötarmaydur!
“Samimiy” qutlov
“Qadrli Çori Çoriyeviç! Sizning muborak tavallud ayyomingizga yarim asr tölişi munosabati bilan bu qutluğ koşonada hozir bölgan mehmonlar davrasida samimiyat ila mendek bir sadoqatli (qulingizga, deyişdan özini tiyib) şogirdingizga söz berilganidan bağoyat xursandman. Rahmat! Ruxsatinglar bilan endi, azizlarim, diqqatinglarni avval sözga çiqqan akalarimiz hali aytmagan muhim bir detalga qaratmoqçiman! Uşbu qölimdagi asli arzimas sovğa, biroq bebaho libosni Sizdek purhikmat va didi nozik kişimga yoqib tuşadigan rusum va rangdagisini tanlaş uçun, nokamtarinlik bölsa ham aytişga jazm qilaman… biroz ter tökişga töğri keldi”.
Başirjon Zaynişeviç qölida tutib turgan (sellofan xalta içidagi) matohni ilmoğidan uşlab, silkib-silkib qöyarkan, sözida davom etdi: “Baralla ayta olamanki, bu libos hurmatli şefimizning sarvdek qomatlariga töla-tökis mos tuşadi!”
Bunday xuşomadlardan mumday erib ötirgan Çori Çoriyeviç har zamon-har zamonda iljaygança, qozonday qornini silab, tebranib qöyardi…
Yubilyarga juda köp istaklar, şu jumladan: 150 yil umr, dinozavrning haybati, filning soğliği, nahangning iştahasi kabi afsonaviy tilaklar bildirib, tabrik sözini tugatarkan, xuddi qumning içidan yombi topib olganday: “Yana bir detal, yana bir detal” deb qoldi oğzining tanobi qoçib. “Ha aytganday, buning içidagi böyinboğ, yaʼni galstuk, kattalar yoqtiradigan rangda bölib, qip-qizil şoyidan! Lozim topsangiz, Çori Çoriyeviç, uç kundan keyin nişonlanadigan kasb bayramimizga xuddi şuni taqib çiqişingizni söraymiz!”
Başirjon Zaynişeviç “tabrik sözini qotirib qöydimmi”, deganday, olqiş oliş uçun mehmonlarga yuzlangan edi, ular notiqning sözini maʼqullaganday bölib, qöl uçida yengil qarsak urib qöydilar…
Jilmaydi…
Yor işqida ohlar çekib qilsam nolalar,
Yetib borğon körinadur ul mahliqoğa…
Rahm aylagan bölib dildor iymanibgina,
Köz uçida nigoh taşlab, asta jilmaydi!
Bir pörim ağyor, çin oşiq sanab özini,
Çertib-çertib sözini,… uzolmasdan közini,
Körsatmoq böldimi savlatini jörttağa,
Soxta viqor bila çiqib kelib örtağa,
Sannab: “Ay, telba! Neçun endi bir qaraşğa
Şunçalar sen özdin ketib xomtama bölding?!
Yodda tut! Hajrida kuyub yonsang ham, sanam,
Xotirjam böl, sani zinhor közga ilmaydi,
Bizdan keçib, sen tomonğa aslo jilmaydi!”
Ötum çiqib, ğazabimni yutub içimğa,
Hay berib şaytonğa, bilakdaği kuçimğa,
Dedim: “Hey yelvizak! Töxta! Bu sözingdin qayt!
Tuşginangni töğri borib, daryolarğa ayt!
Jondin keçmak bor bizda, lek jonondin emas!
Özingni urma ötğa, bu yöl senga emas!”
Dağdağamdan çöçidi çoği, u jimi-ib qoldi,
Bir öqrayib qöygança, safdan özini oldi…

Muallif haqida: