Niyat va amal

Yozuvçi Xayriddin Sultonning “Işonç telefoni” kitobini öqib…

— Allo, bu “Işonç telefoni”mi?

— Ha, operator Dinara Irmatova eşitadi.

— Irmatova? Ermatova, deng.

— Endi bitta siz qoluvdingiz “zameçaniya” qilmagan. Pasportimda şunday yozilgan. Kimsiz, nima gapingiz bor?

— Men Bahromjon Qultörayevman.

— Adresingizni ayting.

— Özbekiston…

— Özbekistonligini bilaman. Qaysi viloyat, qaysi tuman, şahar, qişloq, köça?

— Anketa töldirasizmi?

— Tartib şunaqa. Nima şikoyatingiz bor?

— Şikoyatim yöq.

— Nimaga qönğiroq qilayapsiz bölmasa?

— Sizlarning töğringizda bir kitob çiqqan ekan, şuni qayerdan olsam böladi?

— Men qayoqdan bilay? Bu yer kitob dökoni emas.

— Bilaman…

— Bilsangiz, vaqtni olmang.

— Namunça qöpolsiz? “Işonç telefoni” kitobida sizlarni juda boşqaça taʼriflagan-ku.

— Ya odna, vas mnogo. Maqsadga öting, iltimos.

— Maqsadga ötsam, men fermerman. Lekin özim Toşkanda turaman. Şerobodda ellik gektar yerimiz bor. Paxta ekamiz, ingiçka tolali. Bir xolam Şerobodga tuşgan. Şular bilan birga taşkil qilganmiz fermer xöjaligini. Surxondaryoga poyezdda tez-tez qatnab turaman.

— Xöş?

— Xabaringiz bordir, Boysun orqali temir yöl qurilgan. Borganmisiz?

— Yöq, bormaganman.

— Bir keling, körib hayratga tuşasiz. Toğlarni kesib şunday yöl qurganki… E, hukumatga qoyil-e, lekin. Fermer xöjaligimizda paxtadan taşqari ğalla ekamiz, qovun-tarvuz… Hamma narsa bor-da, işqilib. Şerobodning buğdoyi ham zör böladi. Qovun-tarvuzini-ku aytmay qöya qolay, asal deysiz, asal. Bahrom fermer desangiz, Şerobodda hamma biladi. Burnoği yili Prezidentimiz orden berdilar. Butun xöjaligimizda bayram böp ketdi, desangiz…

— Muborak bölsin, lekin, uzr, bizga nima maqsadda telefon qilayapsiz?

— Yaqinda poyezdda Surxonga ketayotib, bir kişi bilan tanişib qoldim, bitta kupeda ketdik-da. Köp odamoxun, şinavanda kişi ekan. Özi şoir ekan. Yöl böyi gurung qilib bordik. Şu odam bir kitobni körsatib, rosa maqtadi, zör kitob, dedi. Nimani yozgan, desam, e, söramang, bir joyini öqisangiz kulasiz, bir joyini öqisangiz jilaysiz, dedi. Kitobni olib, munday qarasam, ustiga “Işonç telefoni” deb yozilgan. Hayron bölib, oldiga surib qöydim, telefon haqida ekan-ku, telefondi nimasi qiziğu nimasiga jilaysiz, dedim. Şoir kuldi.

Siz avval buni öqib köring, dedi. Keyin özi yonboşlab uyquga ketdi.

Yöl uzoq emasmi, hay, bir öqisam öqiyin, deb töğri kelgan joyidan öqişga tuştim. Bir yerida meni bölamdi yozipti. Faqat otini Xudoyberdi, deb özgartiripti-da, meni bölamdi oti Xudoyqul. Begmat Rajaboviç degiç kişi meni bölamdi qayoqdan taniydi, şunisiga hayronman. Xuddi özi, bir tuki kam emas, yo, tovbangdan ketay! Xudoyqul bölamam ertayu keç uyda yotadi. Heç qimirlagisi kelmaydi. Fermada qança iş bor. Traktir haydang desam, endi qora moyga botib traktirni tirillatib yuramanmi, deydi. Oltita bolasi bor, qizlarining böyi yetib qolgan, erta-indin çiqarişi, katta ulini allaqaçon uyli qilişi kerak. Bu gaplar xayoligayam kelmaydi. Özi yoş, devday kuçi bor. Televizordi oldiga tanda qurgan. Futbol jinnisi, bir ulining oti Maradona, yana biri Ronaldo, bu ikki “futbol yulduzi”ning ham möylovi sabza urib qolgan. Şularni öylab, nima bölsayam qarindoş deb, yangi “Neksiya”ni berdim. “Şuni haydab fermaning ul-bul işini qilasiz, ham rözğoringizga qaraysiz”, dedim. Işonasizmi, jon singlim, bir oy mindi, bir oyda yap-yangi maşinani uç marta urib oldi. Nima emiş, radiodan futbolni eşitib ketayotgan ekan, Ronaldo gol uripti, suyunganidan ikki qölini osmonga kötarib baqiripti, maşina simyoğoçga borib urilipti. “E, böla, — dedim, — şu futbol nima beradi sizga, bolalaringiza qarasangiz-çi”, desam, közini löq qilib nima dey­di deng: “Bolalarimga nima qipti, Xudoga şukur, eson-omon juripti, öynab-kulib” dey­di. Ertasi kuni maşinani eşigimiz tagiga taşlab ketipti. “Olsin matohini, menga kerakmas”, depti xotinimga. Ğururlari baland. Özim kal, könglim nozik, deganlari aynan şu kişimga tegişli. E, singlim, aytabersam, gap köp. Xudo özi insof bermasa qiyin ekan, bandasining qölidan kelmas ekan birovni özgartiriş. Begmat Rajaboviçday odam bölasini özgartirolmapti-ku, bizga yöl bölsin. Bölmasa, men ham Xudoyqul bölamga Begmat Rajaboviçdan kam yordam körsatmadim. Rözğorimga olmasam ham bölamnikiga taşidim, özimning bolalarimga kiyim olmasam ham uning öğil-qizlariga oldim…

— Yaxşi, lekin maqsadga ötsangiz yaxşi bölardi.

— Maqsad şuki, mening qarindoşim bilan Begmat Rajaboviçning bölasini öylab, şulargayam Xudo insof berib qolarmikan, deb… şu gaplarni aytayapman-da.

Şuytib, poyezdda ketib borayapmiz, deng, şoir hadeganda uyğonmadi. Kitobni ançasini öqib qöydim. Avval bölam, keçirasiz, Begmat Rajaboviçning bölasi haqidagisini öqidim, keyin, qani, bunisida nimani yozgan ekan, deb boşqasiga ötdim. Öqigan sari boş kötarolmay qoldim. Telman akaning taqdiriga açindim. E, beçora, e, beçora, heç kimning boşiga solmasin bu körgilikni. Boşqa bir betida, munday qarasam, özimiz tomondan Çoriqul degan muxbir jigit dardi-has­ratini tökkan ekan. Ayniqsa, Behröz Hojiqulovga yuragim açidi. E, şörlik jigit-a. Olloh yöldan adaştirmasin ekan-da odam bolasini. Otani norozi qilgan kimsaning taqdiri ne bölardi… Kitobga qiziqib, sezmay qolibman. Bir mahal qarasam, şoir uyğonib, laş-luşlarini yiğiştiryapti. “Ha?”, desam, “Men Boysunda tuşaman. Uzr, kitobni berasizmi?” deydi. Yöq, deyolmadim. “Juda yaxşi kitob ekan, oxirigaça öqiyolmadim-da. Qayerdan topsam böladi?” deyişim bilan, işonasizmi, singlim, şoir qizişib ketdi-ku. Kitobning orqa betini oçib: “Mana bunga qarang, — dedi, — adadi uç ming! Körayapsizmi, Bahromjon, 3000! Aholimiz öttiz yetti milliondan oşdi! Şularning ön millioni, boring, beş millioni öqisayam, uç ming dona kitob urvoq ham bölmaydi-ku?! Qança maktab bor, texnikum, kollej, litsey bor, oliy öquv yurtlari qança, kutubxonalar! Ehhe, sanayversam oxiri körinmaydi… Kitobni oz çiqarib, yana xalq kitob öqimaydi, deb yozğiramiz. Bizning yoşligimizda kitob­lar oltmiş ming, yuz yigirma ming, undan ham köp nusxada bosilar edi. Holbuki, u paytda aholimiz yigirma millionga ham bormasdi. Bugun davlatimiz rahbari jon kuydirib odamlar, ayniqsa, yoşlarimiz kitob öqisin, deb barça şaroitni yaratib bermoqda. Köp kitob öqigan yoşlarga hatto maşina sovğa qilinmoqda…” Şoir şularni javrab, qölimdan kitobni oldi-da, sumkasiga soldi. “Bu kitob özimga juda kerak, bölmasa, sizga sovğa qilib yuborardim, — dedi. — Men ins­titutda dars ham beraman, talabalarga maʼruza öqişda şunday kitoblardan foydalanaman. Aybga buyurmaysiz, biron joydan izlab toparsiz”, dedi-yu xayr-maʼzurni nasiya qilib, tuşib ketdi…

Men bu kitobni avval Şeroboddan, söng Termizdan izladim. Yöq. Kitob magazinidagilar hatto nomini eşitmagan. Umidim Toşkentdan edi, afsuski, bu yerdan ham topolmadim. Balki öşa kitobni topişga yordam berarsizlar, deb sizga qönğiroq qildim. Vaqtingizni olganim uçun uzr, Dinaraxon.

— Heçqisi yöq. Afsuski, kitob topib beriş bizning funksiyamizga kirmaydi. Xayr!

HABIBA

— Allo, “Işonç telefoni”mi bu?

— Ha, men operator Dinara Irmatova, eşitaman.

— Opajon, mening ismim Habiba, Şarqşunoslikda öqiyman.

— Şarqşunoslik institutidami?

— Institutmas, universitet…

— Xöş, nima xizmat?

— Menga Mahbuba opaning telefon raqamini topib bering.

— Kim u Mahbuba opangiz?

— Sizlarga qönğiroq qilgan ekan-ku. Manavi “Işonç telefoni” degan kitobda yozilgan.

— Murojaat qilganlarning telefon raqamini, adresini berolmaymiz. Mumkin emas.

— Bölmasa, yozuvçi Xayriddin Sultonning telefonini topib bersangiz.

— Takror aytaman, bu yer maʼlumotlar byurosi emas. Bizda yozuvçilarning telefon raqami bölmaydi. Juda kerak bölsa, ana, Yozuvçilar uyuşmasiga qönğiroq qiling.

— Qönğiroq qildim ularga, bir emas, bir neça marta. Doim bitta javob: bizda u kişining telefon raqami yöq. Sizlar hamma narsani bilasizlar-ku, yordam bering, opajon.

— Ğalati qiz ekansiz-ku. Yozuvçida nima işingiz bor?

— Men kitob “jinnisi”man. Oyim, munça köp öqiysan, sal dam ol, bunaqada kasal bölib qolasan, deydilar. Xöp, deyman-u, yana kitob öqişga tuşaman. Baʼzan işlarim ham qolib ketadi. “Işonç telefoni” degan kitobni öqidim-u yana tinçim yöqoldi. Bilasizmi, opajon, sizga qanday tuşuntirsam ekan, kitob öqiyverib, uning qahramonlariga açinib yiğlayverib, közlarim şişib ketdi. Oyim qörqqanidan döxtirga olib bordilar. Mana şu kitobdagi Mahbubaning tarixini öqib, şunday taʼsirlandim, şunday taʼsirlandim… Hayotda şunaqa muhabbat bölişi mumkinmi? Ayniqsa, bizning zamonda. Farhod va Şirin, Layli va Majnun, Otabek va Kumuş, Romeo va Julyetta… Bularning bari yozuvçilarning fantaziyasi, hayotda bunday bölmaydi, deb öylardim. Endi bilsam, bölar ekan. Ulardan ham ziyoda bölar ekan. Mahbuba bilan Jörabekning muhabbati heç kimnikiga öxşamaydi. Şu qadar sof, şu darajada tiniq, heç qanday taʼmayu ilinjsiz muhabbat! Bir-birining hatto qölini ham uşlamay pok tuyğular ila seviş… Yo, Olloh, şunday odamlar ham bor ekan-da oramizda. Bu, Jörabek akaning harakatlari, sözlari… Şu qadar olijanob yigit böladimi?! Jörabek akaday kelişgan, mavqei baland yigitlar qizlarga qanaqa munosabatda bölişi barçaga maʼlum. U esa Mahbubaga biron nojöya harakat qiliş u yoqda tursin, hatto sevgilisidan tortinadi, iymanadi. Şunçalar odobli, madaniyatli… Menimça, u Olloh taolodan hayo qiladi. Mahbuba opa töğri aytgan: “U kişiga eng avval Azroilning suqi kirgan”.

Mahbuba opa bizning universitetda öqigan ekan. Universitetdan suriştirdim, familiyasini bilmaganim uçun heç kim tanimadi. Balki yozuvçi telefon raqaminimi, adresinimi bilar. Şuni söramoqçi edim. Agar Mahbuba opani topib, gaplaşsam armonim qolmasdi.

— Keçirasiz, sizga yordam berolmayman. Salomat böling, xayr.

MAQSUDA OPA

— Allo, “Işonç telefoni”ga tuşdimmi?

— Operator Dinara Irmatova eşitadi.

— Qizim, men Bodomzordan Maqsuda opangizman, örgilay, Yusupjonova. Sizga oldin ham qönğiroq qilgan edim. Öğlim Turğunjon masalasida, esingizdami, bolam?

— Qaçon edi?

— Aniq esimda yöq, uç oylar böldi-yov.

— Ha, u paytda bu yerda boşqa qiz işlagan. Nima xizmat?

— Xizmat yöq, bolam. Öğlim Turğunjonning masalasida qönğiroq qilib, adolat qilişlarini söragan edim. Arzi-dodim rahbarimizga yetib boripti şekilli, adolat qaror topdi. Bolam quruq tuhmat balosidan qutulib, yuzi yoruğ böldi, jon qizim. Nevaram Najotbek keçaginda bitta kitob kötarib keldi: “Buvi, bötda Sizni yozişipti”, dedi. “Voy, bolam, meni nimamni yozadi?” desam, “Mana, öqing”, deb “Işonç telefoni” degan kitobni qölimga berdi. Bunday varaqlasam, kitobning boşida mening ismim turipti-da. Mohidil qizimga nima degan bölsam, oqizmay-tomizmay hammasini yozipti, baraka topkur yozuvçi. Hayronlar böldim, qoyil qoldim. Bu yozuvçi meni tanimasa, men u kişini tanimasam, qayoqdan olib yozganiga aqlim yetmaydi. Quvonganimdan sizga qönğiroq qilayap­man-da, jon qizim. Haqiqat yuzaga çiqqanini elu yurt bilib qöysin, dedim-da. Hozir adolat yöq, haqiqat yöq, deb noliydiganlar köp. “Işonç telefoni”ga ham işonib bölmaydi, deyişadi. Otingiz nima edi, qizim?

— Dinara.

— Dinara qizim, haqiqat bor, adolat bor. “Işonç telefoni”ga işonsa böladi. Mana, öğlim Turğunjon bunga yaqqol misol-ku! Payğambarimizning sözlari bor, “Darhaqiqat, barça amallar niyatga qarab böladi”, degan. Şu gapni esdan çiqarmaylik. Yaxşi niyat bilan harakat qilgan odam kam bölmaydi, örgilay qizim. Turğunjonimning boşidan tuhmat arigandan keyin azbaroyi suyunganimdan minnatdorlik bildiriş ham yodimdan kötarilgan ekan, qarilik-da endi, bolam. Aytmoqçi, Mohidil qizim qayoqdalar? Sizlardan bir umr minnatdorman, hammalaringga uzoq umr, baxt-saodat, soğlik-omonlik tilab, beş vaqt namozimda duo qilaman. Iloyo, rahbarimizning ham oltin boşlari omon bölsin, dunyo turgunça tursinlar, omin!

— Omin. Siz ham soğ-salomat böling.

— Mening rahmatimni rahbarimizga albatta yetkazib qöyinglar, xöpmi?

— Xöp, opajon, xayr.

Telefon qönğiroqlarini

Mamatqul HAZRATQULOV

qoğozga tuşirdi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan