Aravani quruq olib qoçmaylik
Dunyo — möʼjizalar makoni. Körib hayratlanganingdan eşitib hayron qolganlaringning hisobi yöq. Quşlar, baliqlar, hayvonlar orasida umri yer, suv, osmon yöllaridan ötsa-da, albatta, bir makonda qişlab, bir makonda yozlaydiganlari köp. Qaldirğoçning öziga uy quriş “arxitektura”si ming-ming yillar davomida yangilanmagan bölsa kerak. Ayiq, quyon, qizilişton, ari, siçqon… hatto çumolilarning ini-uyasi öşa-öşa. Faqat ODAM bolasining yaşaş şaroitlari, liboslari, tayyorlaydigan taomlaridan tortib qiziqişlarigaça tinmay özgaradi.
Buning sababi, balki, yer yuzida eng ongli zot bölgan insonning hamişa taraqqiyotga, qulaylikka, çiroyli hayot tarziga, kamolotga ehtiyoji, intilişidandir?.. Yana sabablarni töldiriş, tahrir etiş mumkin, lekin kim bölişidan qatʼi nazar, öz vaqtini qadrlaydigan, zoye ketkizişni istamaydigan odam borki, bir bora körib, eşitib, öqib anglagan fikrini yana çaynayvergisi, boşini egib ötirib eşitavergisi kelmaydi. Mulohazali inson hatto juda qiziqarli mavzulardagi suhbat, maʼruzasining ohanglari ham tinglovçini zeriktirmasligi, malol kelmasligining ğamini yeydi. Axir sözlovçining ham, tinglovçining ham vaqtdan qimmatliroq boyligi yöq-da.
“Saodat” jurnalida iş boşlaganimda, ustoz Zulfiyaxonim 60 yoşni qoralagandilar. Hamon körkam, fikrlari teran, faoliyatlari qizğin edi. Lekin televideniye xodimlari intervyu olmoqçi bölsalar, şeʼrlaridan öqib berişlarini sörasalar, deyarli har safar: “Hozir ajoyib iqtidorli yoşlar köp. Ularni körsatinglar”, degan javobni berardilar. Keyin bizga qarab: “Xalq bizni juda köp kördi”, deb qöşib qöyardilar. Davralarda, uçraşuvlarda ham şu tamoyilni qattiq tutardilar.
Keyingi paytlarda davlat telekanallarining “mix” körsatuvlariga aylangan dasturlarni kuzatarkanman, Zulfiya opa yodimga tuşaveradi. Çunki qay biri şou, qay biri körsatuv… ammo ularning iştirokçilari orasida tomoşabinni “soğintirib qöymay”, har oyda kamida ikki-uç marta diydorlaşadigan “teleyulduz”lar özlarining çiqişlari muxlislarga neçoğliq köngilli yoki aksinça ekanini öylab körarmikinlar? Töğri, ularni öz taniş-bilişlari olqişlaydilar; ular bilan işlaş telejurnalist va telerejissyorga ham oson — kamera oldida qanday turişni yaxşi bilib, könikib ketişgan.
Gaplari ham risoladagidek, yana “falonçi” degan nomlari bor…
Faqat… bola tarbiyasi haqidami, mahallalardagi qadriyatlar töğrisidami, yoşlarning qiziqişlari, zamonaviy fan yutuqlari, mamlakat içki va taşqi siyosati, maʼnaviy-maʼrifiy-madaniy sohalar, qaynona-kelin munosabatlari, hojilar odobiyu masʼuliyati, yangi oila qurişga tayyorgarlik… — xullas, hamma mavzularda şarillatib, tölqinlanib gapiraveradigan “qomusiy” voizlar köpçilik teletomoşabinlarning tuşlariga ham hamroh bölib qolgan bölsa, ajabmas.
Ilgari teledasturlarda imkoni boriça takrorlarga, yaʼni fikriy va iştirokçilarning birxilligiga yöl qöymaslik talabiga jiddiy amal qilinardi. Bir körsatuvda iştirok etgan şaxslarni ança muddatgaça keyingi teledasturda iştiroki çeklanib, yangi qiyofalar, qahramonlar topardik. Hattoki bitta körsatuvda bir xil qiyofaning tez-tez körinişi ham kamçilik sanalardi (bu qoida gazeta, jurnal materiallariga suratlar qöyişda ham amal qilardi). Endi esa… ekran qarşisidagi tomoşabinning “yana öşa çiqdimi?” degan ensa qotişini va “öçir!” deyişini yo teleijodkorlar bilmaydi, yo bilib bilmaslikka oladi. Doimiy “teleyulduzlikka talabgorlar” esa “Kambağalning bir töygani — boy bölgani” qabilida yana bir karra ekranlarda köringaniga xursand — bu ham maʼnaviyatning saviyasi belgisi.
“Hurriyat” gazetasining şu yil 3 iyul sonida bosilgan bölğusi jurnalist talaba qalamga olgan holat, yaʼni baʼzi telejurnalist, telerejissyorlarning özlari tayyorlaydigan körsatuvlar iştirokçilariga gap örgatişlari, maxsus tayyorlaşlari yangilik emas. Respublika Milliy teleradiokompaniyasidagi ön beş yildan ortiq faoliyatim davomida körgan-keçirganlarimga asoslanib aytamanki, ayrim telejurnalistlar, telerejissyorlarning dasturlar iştirokçilariga gap örgatişlari, maxsus tayyorlaşlari yangilik emas.
Talaba teledasturlar sifati, saviyasi, tomoşabinlar talabi bilan boğliq muhim masala-muammoni tilga olgan. Gap şundaki, haqiqiy telejurnalist teledastur uçun tanlangan mavzusini imkon qadar töliq, çiroyli yoritiş uçun öşa sohaning ham bilimdon, ham fikrini ravon ifodalab beradigan vakilini topişi doim ham tez va oson keçmaydi. Buning uçun u soha xodimlari bilan yaqindan tanişişi, suhbatlaşişi va ular orasidan har jihatdan munosibini tanlab olişi kerak böladi. Va yana yaxşi mutaxassislarning hammasi ham kamera oldida hayajonini yenga olmasligi mumkin. Şunday paytda telejurnalist va rejissyor qahramonini tabiiy, samimiy suhbatga kiriştira oladigan ruhiyatşunos ham bölişi kerak.
Dasturlarni tasvirga olişgaça bölgan mana şu ijodiy izlaniş jarayoni talablarini jiddiy, çin dildan bajargan teleijodkor tomoşabinlarga manzur körsatuv tayyorlaş uçun dastlabki qadamlarni qöygan böladi. Bundan eringan, vaqtiniyu asabini tejaydiganlar, şuningdek, qadrdonlariyu yaqinlarini, ekranda körinişga işqibozlarning “hojatini çiqariş”ga moyillar yoki “teleyulduzlikka işqibozlar”ga suhbat jilovini beriş, yoki gap örgatilganlarni bir ilojini qilib teledasturdan “sudrab ötiş” yölidan boradilar.
Keyingi paytda davlat telekanallarida ijtimoiy tarmoqlarda yoritilayotgan mavzular, ayniqsa, salbiy yönalişdagi kontentlar, postlar tahliliga köp eʼtibor qaratilyapti. Yurtimizda şunça ijobiy özgarişlar, yangilanişlar, sohalarda beqiyos yutuqlar böla turib, aksariyat blogerlar faqat “millatning or-nomusini yerga uriş”, “tirnoq ostidan kir qidiriş” “botqoğiga botib qolgani”ni kuyib-yonib teleekranlar orqali sözlovçilar haq gapni aytmoqdalar. Haqiqatan ham, mamlakatimizning barça hududlarida ibratga, faxrlanib tarğib etişga arziydigan voqea-hodisalar har kuni topiladi. Ammo nega özini bloger deb atovçi bu kimsalar ularni körmaydilar yoki körib körmaslikka oladilar, yoki körişni xohlamaydilar?
Boşqalar nima deydi, bilmayman, mening fikrimça, bunda ham qariyb yarim asr davomida davlat telekanallarida şakllangan “biyronu ravon çiroyli sözlovçilar çiroyli manzaralar, çiroyli devorlar oldida turib çiroyli gaplarni aytişi” anʼanaga aylanib qolgan teledasturlarning yaxşigina hissasi bor. Tomoşabin bunday körsatuvlardan bezib ketgan, ularni azbaroyi yolğizlikdan zerikkanlargina tomoşa qilişini aksariyat, ayniqsa, yoşlar yaxşi bilişadi (fikrimning isboti uçun bir misol: yaqindagina davlat kanalida tayyorlangunça va tayyorlangandan keyin ham anonslar bilan tarğib etilgan, maʼnaviy-maʼrifiy sohada amalga oşirilayotgan tadbirlarning tarğibotiga bağişlangan körsatuvlar “Youtube” tarmoğiga qöyilganda, ularning biri töqqiz kunda 19 marta, ikkinçisi olti kunda 60 marta körilgani qayd etilgan). Şuning uçun ularga öxşatib post, kontent qöyiş heç kimga qiziq bölmasa kerak.
Odam bolasining tabiiy holatlari, maʼnaviy-ruhiy ehtiyojlari, bilimi, saviyasidan kelib çiqib fikrlaydigan bölsak, har uçraşganda, tört kişi yiğilganda, turli vaziyatlardagi bahsu munozaralarda hadeb özini maqtayveradigan, özini bekamu köst farişta qilib körsatadigan, faqat öziga maʼqul gapni eşitib, boşqasiga quloğini berkitadiganlar hatto ularning öziga öxşaganlargayam yoqmaydi. Teledasturlarga faqat özini maʼqullab, özi çizib bergan çiziqdan çiqmaydiganlarni taklif etadiganlarni mana şundaylar toifasidan, deb bilaman. Bunday kişilar bilan bir davrada ötirişning özi qiyin bölgandan keyin, undaylarning ekrandagi sözlarini eşitiş azobi vaqtini qadrlaydigan insonga kerakmi?
Xassos şoira Saida Zunnunovaning:
Romanlar, azizlar, aql örgatmang,
Aql örgatsangiz keladi ğaşim, —
degan satrlariga ajdodlarning “Sen gaping bilan emas, amaling bilan ibrat böl” degan hikmati singdirilgandek.
Mamlakatimizda öz nufuzi, mavqeiga ega bölgan ommaviy axborot vositalarining fidoyi, tajribali ijodkor-zahmatkaşlari zimmasida bu sohaga yangi kirib kelayotgan izdoşlarga har jihatdan örnak, ustoz böliş masʼuliyati ham katta.
“Yutuqlar özimizniki” degan eʼtirof bor. Qaysi sohada bölmasin, ijobiy natijalarni yanada köpaytiriş, sifatini oşiriş, ommalaştiriş, odamlar turmuşini yengillaştiriş, qulay bölişiga tösiq muammolarni hal etiş yölida izlaniş, xaqiqatni tan oliş, birlaşiş, kamçiliklarni töğrilab boriş — rivojlanişning oddiy talabi. Mavzu, masalalarga mana şu talabdan kelib çiqib yondaşuv jamiyat eʼtiborini, albatta, tortadi. Masalan, keçagina bir blogerning yurtimizda aholining elektr energiyasidan foydalanişi meʼyorlari bilan boğliq yangi qonunga hayotiy holatlardan kelib çiqib bildirgan munosabati — postini bir kunda yuz ming kişi körib, ön mingdan ortiq fikrlar bildirildi.
Yurtboşimiz ham Yangi Özbekiston quriş, Uçinçi Renessans poydevorini qöyiş juda katta, masʼuliyatli, murakkab, aqlu bilimga suyanib bir muşt kabi jipslaşgan, qalb közlari oçiq jamiyatning işi ekani haqida köp gapiradilar.
Xalq tili bilan aytganda, hayotga, odamlarga yaqin bölaylik, ularning içida körgan-bilganlarimizga asoslanib söz aytaylik, “aravani quruq olib qoçadigan”lar toifasidan bölib, el nazari-eʼtiboridan qolmaylik.
Muhtarama ULUĞOVA,
Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi.
