“Beş barmoq”

yoki bugungi maktab taʼlimiga oid ayrim muşohadalar

Mavzu yana maktab, xalq taʼlimi! Bugun uning dolzarbligi hammaga ayon, bu borada jiddiy islohotlar ketayapti, katta-katta mablağlar yönaltirilgan, xullas, sohada iş jadal. Albatta, qançalik safarbarlik kuçli bölmasin, har holda, jamoatçilik fikriga ham quloq tutiş ança mantiqlidir, çunki hammasi şu “jamoatçilik”, yaʼni xalq uçun qilinadi. “Hukmlar öqilur sening nomingdan…” degan şoir. Ayni paytda taʼlim-tarbiyaning sifati yuzasidan taşvişli fikrlar ham bildirilayaptiki, ularda ham jon bor. Garçi biror aks-sadodan umid bölmasa-da, maktabdagi islohotlarda xalqaro andazalarda tasdiqlangan eng sönggi yutuqlar amaliyotga joriy qilinayotgan bölsa-da, “Yotib qolgandan köra otib qol” qabilida iş tutib, yana qoğozga yuzlandik. Bugun yangiliklar joriy qilinişi barobarida nimalardandir voz keçilayapti, ularga “eskirgan”lik tamğasi bosilayapti. Quyida şulardan baʼzilari yuzasidan fikrlar izhor qilinadi. Bizning andişalarimiz ança jaydari, ular yuzasidan munosabat bildiriş uçun maxsus tahsil oliş şart emas, azbaroyi maktab körgan, öqituvçining saboğidan savod çiqargan har qanday kişi ular yuzasidan munosabat bildira oladi. Demak, tartib bilan ketdik.

Rahbarlarning dars ötmasligi

Oddiy bir haqiqat bor: maʼlum sohaga kim rahbar böla oladi? Javoblar köp bölişi mumkin, lekin asosiysi — öşa sohaning ustasi rahbar bölişi şart. Endi taʼlim-tarbiyadek har kuni amaliyot bilan yuzma-yuz keladigan, bolalar dunyosi dengizdek qaynab, har kuni sohilini yangilab turadigan sohada maktab rahbarlari: direktor, ilmiy bölim mudiri va boşqa muovinlar aksariyat hollarda sinfga kirmaydi, dars ötmaydi! Ular nima qiladi va bu holda ularning maktabga qanday taalluqli joyi bor, degan savol paydo bölişi tabiiy. Siz nima deb javob berardingiz? Biz esa “Rahbarlik qilsa kerak!” degan mavhum javobni bergan bölardik. Ha, maktabda hammasidan ustun jihat — rahbarlik! U qanday uslub bilan rahbarlik qiladi? Zamonaviy maktab hayoti tasdiqlaydiki, hozirgi direktor (uning muovinlari) “yuqorining topşiriqlari”ni jamoaga yetkazadi va şu topşiriqlarning bekamu köst bajarilişini taʼminlaydi. Bu qanday “pedagogika” böldi? Bolalar “yuqorining topşiriqlari” asosida boşqariladimi? Unaqada öqitişning erkin, ilmiy-ijodiy tabiati qayerda qoldi? Maktab taʼlim-tarbiya öçoği emas, byurokratik muassasaga aylanib qolmaydimi bunaqada? Aylanib qoladi va şunday bölib qoldi. Holbuki, öquvçining nafasini his qilib turmagan rahbar boşqa hamkasblariga qanday yöl-yöriq bera oladi, ular bilan taʼlim-tarbiyaning sifati haqida qay darajada munozara qila oladi? Oxir-oqibat sinfga kirmay, köçadan rahbarlik qilgan direktor yoki örinbosarlar “rais bobo — rais momo”ga aylanib qolmaydimi? Gap köp, davomi özingizdan!

Öqituvçining konspekt yozmasligi

“Maktabda asosiy siymo — öqituvçi” degan oltin qoida bor. Şuning uçun maxsus tayyorgarlikka ega bölgan, jamoatçilik orasida obrö-eʼtibor qozongan, bolalarni sevadigan kişilargina öqituvçi şarafiga loyiq köriladi. “Öqituvçi — bola qalbining meʼmori” deydilar. Taʼlim-tarbiyaning sifati yuz foiz öqituvçiga boğliq. Bu gapga ortiqça isbot kerak emas, deb öylayman. Öqituvçining kimligi uning dars ötişida namoyon böladi. Umuman, maktab hayotining asosiy belgisi — dars. Şunday öqituvçilar bor, har bir darsi bir asar, bolaning jonu dili, şundaylari bor, öquvçilar körmasam, deydi. Darsning yaxşi-yomon ötilişi esa, şubhasiz, unga tayyorgarlikka boğliq. Baʼzan bir soatlik darsga 2-3 soat tayyorgarlik köriladi.

Öqituvçi ham biologik mavjudot, unda turli holatlar bölişi mumkin, demak, istisno tariqasida uning şu kungi darsga tayyorgarligi qanday nazorat qilinadi? Hozirgaça bu “öqituvçining konspekti” (bu kasbga xos atama, baʼzilar tuşunmasligi mumkin) orqali amalga oşirilardi va taʼlim jarayonida har kungi muhim voqea “konspekt körsatiş” hisoblanardi. Şunday holat qaror topgandiki, konspekti bor öqituvçi — darsga tayyor, sinfga kirişi mumkin; konspekti yöq öqituvçi darsga tayyorlanmay kelgan, bunday muallimni ilmiy bölim mudiri dars ötişdan mahrum qilişi, darsga kiritmasligi mumkin edi. Nima deysiz, bugungi kunda “öqituvçini ortiqça qoğozbozlikdan xalos qiliş” uçun konspekt yoziş bekor qilingan! Bu ayni “Sallani olib kel, desa, kallani olib keliş”ga öxşaydiyov. Töğri, qoğozbozlik köp, hozir undan ham köpayibdi. Lekin uni öqituvçining asosiy faoliyatini yölga qöyiş, nazorat qiliş vositasidan voz keçiş bilan kamaytiriş şartmidi? Insof bilan aytganda, heç kerak bölmaydigan yuzlab qoğozbozliklar bor-ku!

Ammo amaliyot körsatadiki, pedagogik jihatdan ham, maʼrifiy, hatto moliyaviy jihatdan ham qaraganda, darsga tayyorgarlik qandaydir tartibda qayd qilinişi şart, yaʼni öqituvçi maoş olayotganini “hujjat bilan (u konspekt, dars rejasi yoki körgazmali qurol böladimi) dalillaşi”— majburiy. Konspekt yozmaslik qandoq böldi, yo darsda hamma narsa haqida gapiraveriş, bilganini qiliş mumkinmi? Aytaylik, jurnalist sifatida safarga borib kelsam, maqola yozişim şart emasmi? Yoki jarroh şundoq köçadan kelib, işga kirişib ketmaydi-ku!

Öquvçi kundaligi

Maktab — jamoaviy taşkilot. U öz faoliyatini oila va jamoatçilik hamkorligida olib boradi. Öquvçining maʼlum vaqti maktabda ötsa, qolgani oilada, jamoatçilik orasida ötadi. Bolani maktabga kuzatdik, yarim kun u yerda böldi. Xöp, ota-ona uçun bu qiziqmi? Ana şu qiziqiş bolaning kundaligini varaqlaş bilan qondirilardi yoki köp savollarga javob olinardi. Endi… kundalik bekor bölibdi, u “elektron köriniş”ga ötibdi. Bu nimasi? Töğri, zamondan orqada qolmaslik, qoğozni tejaş kerak, ammo elektron kundalikni “noelektron” ota-ona qanday tuşunadi? Darsliklar dunyoning eng qimmat va zamonaviy bosmaxonalarida çop etilayotgan bir şaroitda kundalik uçun xomaşyo topiş qi­yinmi? Qolaversa, uni sotib olişadi-ku. Kundalik öquvçi bilan ota-ona örtasida maʼnaviy boğlaniş vositasi edi, uni yöq qiliş kimga kerak bölib qoldi? Yoki bolalarimizni “onlayn” hayotga tayyorlayap­mizmi? Tuşunib bölmaydi!

Sinfda bola soni

Har sohada imkoniyat va çegara degan tuşunça bor. Oddiy yuk xaltasiga ham siğdirganiça laş-luş joylanadi. Odam ham kuçi yetganiça yuk kötaradi. Öqituvçi ham kuçi yetganiça dars ötadi!

Öqituvçida filning quvvati-yu şerning şiddati yöq, uning ham imkoniyati çegaralangan. Qolaversa, maktabda xalqaro meʼyordagi iş şaroitini talab qilişga öqituvçining huquqi bor. Maktab hayotida ham şu qoidalarga amal qilinadi. Olimlar özaro fikrlaşib, maʼlum meʼyorlarni tavsiya etgan va şu asosda mezonlar belgilangan. Masalan, dars — 45 daqiqa, çunki bola şu muddatda bir dam bilan uzluksiz faoliyat olib bora oladi, uning vujudi şunga qodir. Va ustoz dars jarayonida har bir bolaga 2 daqiqadan eʼtibor bersa, samarali işlagan hisoblanadi. Demak, 45 daqiqada öqituvçining meʼyorida faoliyat olib borişi 22 bolaga yetadi. 45 daqiqaning qolgan 1 daqiqasi kiriş va çiqiş uçun, deylik. Şu oddiy mantiqdan kelib çiqib, bir sinfda bola soni 22-25 nafargaça belgilangan. Endi mavjud ahvolni köz oldingizga keltiring (izoh ortiqça). Mabodo standartdagi meʼyorga amal qilinsa, birinçi navbatda taʼlim-tarbiyaning yuqori sifatda bölişi taʼminlanadi, ikkinçidan, qançalab yangi iş örinlari oçiladi, madaniy-maʼrifiy qatlam kengayadi. Ayni şu örinda oğriqli bir gap: jamiyatga maktablar köproq kerakmi, masjidlar? Heç kim masjidlarga qarşi emas, ammo öşa mablağlarning maʼlum qismini nega maktablar qurilişiga yönaltiriş mumkin emas? “Qaysi davlat maktabni boy bersa, kelajagini boy beradi” degan gap bor. Bu juda öylab köriladigan masala.

Darsliklar

Bu yil bir yangilik röy beribdi: darsliklar har çorakda bosiladigan bölibdi. Mayli, bu holning ham ilğor tomonlari bordir, ammo maktab­larda xayolga ham kelmagan bir holat yuzaga kelibdi: ötgan çoraklarda foydalanib bölingan “darslik”larni saqlaşga joy yetmayotgan ekan! Gap nimadaligini tuşundingizmi-yöqmi, bilmadim, maktabda hammasi hisob-kitobli, bir qariç joy ham ölçovli. Şunday şaroitda bolalardan yiğib olingan kitoblarni asraşga joy yetmayotgan ekan. Axir darsliklarning maxsus joylarda, ehtiyotlab saqlanişi talab qilinadi-ku!

Albatta, darslik bilan taʼminlaşning yangi usuliga ötilayotganda masalaning şu tomonlari hisobga olinganmi-yöqmi, nomaʼlum, lekin yurtimizda öttiz yildan beri darslik tayyorlaşning izga tuşmagani bor gap. Va bunga nimalar xalaqit berayotgani ham aniq. Axir katta bir mamlakatda har jihatdan talabga javob beradigan darslik tayyorlaşga ilmiy salohiyat yöqmi? Bor, oşib-toşib yotibdi, lekin hamma gap masalaga umummilliy, umumxalq manfaati asosida yondaşuvda.

Şubhasiz, yuqorida bayon etilgan mavzularda har kimning öz qaraşlari bordir. Ammo bir mulohaza: maktab hayotiga Singapur tajribasi joriy etiladimi, fin maktablaridan namuna olinadimi, Kembrij yoki Sarbonna talablari asosida iş köriladimi, har qanday holatda ham mahalliy şaroit va milliy mentalitet bilan hisoblaşiş zarur. Buning eng aniq körinişi — amaliyotda özini oqlagan uslub va yondaşuvlarni saqlab qolişdir. “Beş barmoq” sifatida qayd etilgan (beşta barmoq birlaşsa, muşt böladi!) mumtoz (klassik) yondaşuvlar amaliyotda özini oqlagani köpçilikka maʼlum. Axir nega maktab rahbari asosiy jarayondan taşqarida bölib, yaʼni suvga tuşmay, baliqçilarga körsatma berişi kerak? Öqituvçi har bir darsga maxsus tayyorgarlik körmasa va tayyorgarligini qayd etmasa, borib-borib masʼuliyatini butunlay unutib yubormaydimi? Kundalik masalasi, sinfda bola soni yoki darsliklar ham bugungi maktab hayotining asosiy qirralari emasmi? Şunday ekan, bu mulohazalar jamoatçilikni beparvo qoldirmaydi, deb öylaymiz. Muammoning yangi qirralari bahslar, munozaralar davomida maʼlum böladi, albatta.

Hakim SATTORIY,

publitsist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan