Tamaddun beşigi

Surxon diyori sayyohlarni öziga jalb qilmoqda

Alpomişlar yurti deb atalmiş Surxondaryo zamini juda qadim ötmişga ega, kerak bölsa, har bir toşi moziydan sözlaydigan hikmatli yurtdir. U ne-ne hodislarning guvohi bölmagan, bu gözal yurtni işğol qilmoq niyatida ne-ne jahongirlar ot surib bostirib kirmagan deysiz?

Ammo heç bir bosqinçi Surxon elining qaddini buka olmadi, ne-ne xunrezliklarni, azobu uqubatlarni boşdan keçirsa-da, aslo özligini yöqotmadi, yöq bölib ketmadi. Bu haqda Kasteliya qiroli Genrix IIIning  Amir Temur saro­yidiga elçisi Rui Gonzales de Klavixo bu haqda juda qimmatli maʼlumot yozib qoldirgan:

“…Termizga kirgaç, hamma vaqt har xil narsa sotilayotgan maydonlar va gavjum köçalar orqali ötib, uzoq vaqt yurib, öz manzilimizga yetib keldik…”

Darhaqiqat, ana şunday ötmişi juda-juda olislarga borib taqaladigan Surxon diyori bugungi kunda ham yangi Özbekistonning eng diqqatga molik va gözal göşasidir. Bu yurt bugun butun dunyo sayyohlarini öziga jalb qilayotgani bejiz emas.

Darvoqe, sport mamlakatni qançalik tez jahonga tanitsa, turizm ham bugun davlatning dunyoda borligi va öz örniga ega bölib borayotganini köz-köz qilişda sportdan qolişmaydi.

Xabaringiz bor, yaqinda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev raisligida hududlarda turizm infratuzilmasini yaxşilaş va xorijiy turistlar oqimini yanada köpaytiriş çora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yiğilişi va sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot ötkazildi.

Unda Davlatimiz rahbari bugun turizm imkoniyatlari kengayib, xorijiy sayyohlarning eʼtibori mamlakatimizga qaratilayotgani va şu sohada faoliyat yuritayotgan investorlar hududga investitsiya kiritişga intilayotganini alohida taʼkidladi. Şu örinda turizmni yanada rivojlantiriş borasida Surxondaryo viloyatining imkoniyatlari kundan-kun ortib, sayyohlar ayni vohaga intilayotganiga urğu berib, birgina “Boysun bahori” xalqaro folklor festivali ötkazilayotgani natijasida qadim va navqiron Surxondaryoga sayyohlar oqimi 4 karra köpayganligini taʼkidladilar.

Tarixi uzoq ming yilliklarga borib taqaladigan, moziyning juda olis davrlaridanoq tarixiy qadamjolari, ulkan meʼmoriy yodgorliklari, boy madaniy merosi bilan dunyo xalqlarining hayrati va havasini uyğotib kelayotgan Surxondaryoning dovruği kundan-kunga böy körsatib, jahon maydonida nafaqat savdo-iqtisodiy, investitsion jozibadorligi, balki turizm salohiyatini ham namoyiş etib kelmoqda. Surxondaryoning har bir hududida öziga xos turizm öçoqlari mavjudki, bunday maskanlarga taşrif buyurgan kişi vohadan ketgisi kelmay qolişi aniq.

Yaratganning inoyati ila inʼom etilgan betakror tabiat, sölim göşalar, qadim-qadriyatlarni özida muştarak etgan turmuş tarzi, madaniy va tarixiy yodgorliklar, turistlar uçun yaratilayotgan şart-şaroit va diqqatga sazovor obʼyektlarga olib boruvçi zamonaviy infratuzilma — bularning bari Surxon vohasining boy tarixini köz-köz qiliş va şu orqali sayyohlar oqimini hududga jalb etiş barobarida ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yanada rivojlantiriş, xalqaro aloqalarni kengaytiriş maqsad qilingan.

Birgina “Boysun bahori” folklor festivalining öziyoq viloyat nufuzini yetti iqlimga taratmoqda, mahalliy va xorijiy sayyohlarning diqqatini Surxonga jalb etmoqda, desak mubolağa bölmas.

Şu yilning 1-7 may kunlari yuksak badiiy saviyada ötkazilgan xalqaro folklor festivali doirasida sölim toğlar qöynidagi Boysun tumanidagi “Bibişirin” mahallasida zamonaviy turistik maskan barpo etildi. Bu yerda beş qavatli, tört yulduzli muhtaşam mehmonxona, yirik sahnaga ega amfiteatr, hududlar qörğonlari uçun joy, etnosport maydonçalari va boş­­qa infratuzilma inşootlari barpo etildi. Ötovlar örnatilib, Termiz şahri, tumanlar va viloyat taşkilot, muassasalarining 21 ta qörğoni taşkil etildi.

Festivalda dunyoning 50 dan ortiq davlatlaridan martabali mehmonlar, soha mutaxassislari, sanʼatkorlar va muxlislar iştirok etdi. Milliy qadriyatlar uluğlangan şodiyonada 16 ta xorijiy davlat, jumladan, Braziliya, Belarus, Belgiya, Buyuk Britaniya, Italiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Ozarbayjon, Portugaliya, Rossiya, Ruminiya, Tailand, Tojikiston, Hindiston va Eron davlatlaridan 81 nafar, mamlakatimizdan 130 nafar ijodiy jamoa aʼzolari va yakkaxon sanʼatkorlar, Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridan 250 nafar, Surxondaryo viloyatining tuman-şaharlaridan 1000 nafarga yaqin folklor iştirokçilari tomonidan xalq oğzaki ijodining eng gözal navolari, milliy anʼanalari yuksak mahorat bilan tarannum etildi.

YUNESKO, Turkiy davlatlar taşkiloti (TDT), TURKSOY kabi nufuzli xalqaro taşkilotlar hamkorligida taşkil etilgan festival qadimiy va hamişa navqiron vohaning boy sayyohlik salohiyatini keng tarğib qilişga yönaltirilgani bilan ham ahamiyatli böldi.

7 kun davom etgan xalqaro folklor festivalida 400 dan ortiq xorijiy qatnaşçilar, 20 nafar yuqori martabali mehmonlar, jami 50 ta xorijiy davlatdan 10 ming 200 ga yaqin xorijiy sayyohlar taşrif buyurdi.

Uşbu maʼlumotlardan ham körinib turibdiki, Surxon diyorida turizm imkoniyatlari kengayib bormoqda. Mutasaddilar ham bevosita turizm voha kelajagida öziga xos örin egallaşini alohida eʼtirof etib, uşbu sohani yanada rivojlantirişga katta eʼtibor qaratişmoqda.

* * *

Surxondaryoda 600 ga yaqin madaniy meros obʼyekt­lari mavjud bölib, uşbu turistik maskanlarning har biriga sayyohlarni jalb etiş, turizm maskanlarini yanada obod qiliş, şart-şaroitlar hozirlab, sayohatçilarning eng sevimli maskaniga aylantiriş muhim masalalardan sanaladi.

Ötgan davr mobaynida turizmni rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlarni tahlil qiladigan bölsak, birgina 2023 yil viloyatga 32 ta investitsion loyiha jalb etilib, 172,8 milliard söm mablağ özlaştirildi.

Şuningdek, joriy yilning ötgan davri mobaynida hudud infratuzilmasini yaxşilaş va turistlarga qulayliklar yaratiş maqsadida 31 ta Wi-fi nuqtalari taşkil etildi va “Özstandart” asosida 15 ta tumanda joylaşgan yodgorliklarga jami 28 ta yöl körsatkiç belgilari örnatildi.

Hududdagi joylaştiriş vositalari soni 215 taga yetkazildi (şundan 58 tasi mehmonxona, 19 tasi xostel, 138 tasi oilaviy mehmon uylari bölib, ulardagi jami xonalar soni 1930 ta hamda örinlar soni 4228 tani taşkil qiladi). Şuningdek, 91 ta sanatoriy va klinika bölib, ularda 3 300 dan ziyod koykalar mavjud. Şu bilan birga, 58 ta turoperatorlik subʼyekti, 124 ta turistik sinfga mansub avtobus, 48 ta avtobus, 44 ta mikroavtobus, 2 ta elektromobil, 3 ta gidrotsikl, 4 ta motorli qayiq va boşqa transport vositalari sayyohlar xizmatiga şay turibdi.

Oxirgi 3 yil içida turizm sohasida faoliyat körsatayotgan kompaniyalar soni 2-2,5 barobarga oşgan. Jumladan, ötgan yili jami turistik korxonalar 260 tani taşkil etgan bölsa, 2024 yilga kelib, ularning soni 275 taga yetkazildi.

Viloyatimizda jami 58 ta turoperator va turagentlar faoliyati yölga qöyilgan bölib, şundan 2024 yil mobaynida 6 ta sayyohlik korxonasi (2 ta turoperator, 4 ta turagent) faoliyati yölga qöyilgan. Yil boşidan buyon 5 ta mehmonxona, 4 ta mehmon uyi, 2 ta xostel işga tuşirildi.

Turizmni rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan loyihalar negizida nafaqat sayohatçilarni hududga jalb etiş, balki mahalliy aholi vakillarining ham turizm yönalişidagi qiziqiş va imkoniyatlarini kengaytiriş, şu yönalişda tadbirkorlikni yölga qöyib, yangidan-yangi iş örinlari yaratiş kabi ustuvor vazifalar ham belgilangan. Negaki, qançalik sayyohlar taşrif buyursa, eng avvalo, turoperatorlarga, mehmonxonalar, şuningdek, ular uçun milliy va zamonaviy taomlarni hozirlaydigan oşpazlar uçun şu qadar xizmat körsatiş imkoniyatlari oşib boradi. Eng muhimi, yurtimizning, diyorimizning gözal göşalari, qadim qadamjolari bilan dunyoni yanada kengroq tanitiş imkoni oşadi.

UÇTA hududda turistik zona

Viloyatda turizm sohasiga investorlarni jalb qiliş maqsadida kiçik turistik zonalar, turizm klas­terlarini taşkil etiş böyiça amaliy işlar olib borilmoqda. Xususan, Surxondaryoning eng diqqatga sazovor hududlari tanlab olinib, 3 ta hududda kiçik turistik zonalar taşkil etiş közda tutilgan. Jumladan, Boysun tumanida “Omonxona” qişloği, “Zovboşi” toğli hududi, “Darband” qişloği hududlarini öz içiga olgan Boysun kiçik turizm zonasini taşkil etiş borasida ham bir qator amaliy işlar olib borilmoqda.

Ayni vaqtda “Boysun-Termiz quriliş” MÇJ tomonidan Boysun tumanining “Inkobod” mahallasi, “Zovboşi” massivida 7,5 ga yer maydonida turizm klas­teri taşkil etilgan. Kiritilgan investitsiya miqdori 15 mlrd sömni taşkil etadi.

Sariosiyo va Uzun tumanlarida Xonjiza toğ tizmalari yon bağirlarida hamda Sariosiyo tumani Sangardak qişloği hududlarida Sariosiyo kiçik turizm zonasi taşkil etilib, hozirda dor yöli loyihasiga start berildi. Uşbu hududda Sangardak — turizm qiş­loği maqomini oldi. “Töpalang” milliy tabiat boği hamda Töpalang suv ombori hududida ekoturizm maskanini taşkil etiş böyiça yumuşlar qizğin keçmoqda.

Şuningdek, Şerobod tumani Şalqon qişloği, Xöjaikon tuz koni hamda hududdagi mevali boğlarni öz içiga olgan Şerobod kiçik turizm zonasini taşkil etiş hamda ularda zamonaviy mehmonxona maj­mualari, madaniy-soğlomlaştiriş, savdo-köngiloçar va turizm ahamiyatiga ega bölgan boşqa obʼyektlar quriş, zamonaviy muhandislik infratuzilmasi obʼyekt­larini taşkil etiş ham sayohatçilarni vohamizga jalb etiş va ular uçun munosib şart-şaroit yaratiş borasidagi muhim yönalişlarimizdandir.

Uşbu hududda “Zarautsoy maskani” MÇJ tomonidan ekoturizm zonasi va mehmon uylari, şuningdek, Xöjaikon tuz koni hududida davlat şerikçiligi asosida turistik maskanlar taşkil etilmoqda.

“Turizm köçalari” xizmatga şay

Quvonarlisi, viloyatimizda jami 4 ta turizm köçasi taşkil etilgan bölib, Boysun tumanidagi Olmazor köçasi turizm köçasiga aylantirilişi natijasida 45 ta xizmat körsatiş obʼyekti işga tuşdi va 64 ta doimiy yangi iş örni yaratildi. Denov tumanidagi Mustaqillik köçasi turizm köçasiga aylantirilişi natijasida 70 ta xizmat körsatiş obʼyekti taşkil etildi va 91 nafar fuqaro doimiy iş bilan taʼminlandi. Şuningdek, Şerobod tumanidagi Ahmad Doniş köçasi turizm köçasiga aylantirilişi natijasida 41 ta xizmat körsatiş obʼyekti işga tuşdi va 65 ta doimiy yangi iş örni yaratildi. Termiz şahridagi Navbahor va Dilnavo köçalari turizm köçasiga aylantirilişi natijasida esa 53 ta xizmat körsatiş obʼyekti taşkil etildi va 78 ta doimiy yangi iş örni oçildi.

Bundan taşqari, 211 ta turizm infratuzilmasi yaratildi (152 ta Wi-fi nuqtasi, 57 ta SGŞ va 2 ta turizm axborot markazi). 2024 yil uçun viloyat doirasida jami 25 ta ommaviy turizm tadbirlari rejalaştirilgan bölib, 2024 yil iyun holatiga köra viloyatda 11 ta ommaviy turizm tadbirlari ötkazildi. Şundan 6 tasi xalqaro tadbirlar hisoblanadi.

Xorijliklarning qiziqişi boşqaça

Turizm yönalişidagi xalqaro aloqalarimiz ham yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Şu yilning yanvar-fevral oylarida Yaponiya davlati poytaxti Tokio şahrida “Surxondaryo viloyatining turizm salohiyati” nomli tarğibot dasturi amalga oşirildi va Yaponiyaning bir neçta sayyohlik agentlari bilan hamkorlik şartnomalari imzolandi. Aprel-may oylarida esa Surxondaryo — Pekin hamda Surxondaryo — Vengriya örtasida investitsiyalar, sanoat, savdo va turizm hamkorligi istiqbollari mavzusidagi forumlarda ham bir qator manfaatli kelişuvlarga erişildi.

Bundan taşqari, joriy yilning 28-29 fevral kunlari viloyatimizda Surxondaryo-Yaponiya investitsion forumi taşkil etilgan bölib, ötgan investitsiya forumida viloyat hududiga xorijiy sayyohlarni jalb qiliş böyiça muhim kelişuv va muhokamalar ötkazildi. Jumladan, Yaponiyaning Tokio, Nagoya va Xokkaydo viloyatlari vakillari bilan Surxondaryo viloyatiga sayyohlarni jalb qiliş böyiça muhokamalar bölib ötdi. Buning natijasida joriy yilning yakuniga qadar viloyat hududiga qöşimça ravişda 200 ming nafar xorijiy sayyoh jalb qilinişi rejalaştirilib, jami taşrif buyurgan xorijiy sayyohlar sonini 750 ming nafarga, şuningdek, turizm eksporti hajmini 150,0 mln AQŞ dollariga yetkaziş rejalaştirilgan.

Turizm va manfaatli investitsiya

Investitsiya forumida vohalik 50 dan ortiq tadbirkorlar qatnaşib, jami 650,0 mln AQŞ dollari miqdoridagi 18 ta yirik loyihalarni amalga oşiriş böyiça kelişuv şartnomalari imzolandi. Xususan, Surxondaryo-Yaponiya texnologik universitetini taşkil etiş ham loyihalar qatoridan joy olgan.

Şu bilan birga, 14 ta loyihaga 316,0 mln AQŞ dollari miqdorida pul tikuvçi mahalliy investorlar jalb qilinib, bu borada kelişuv şartnomalari imzolandi.

Şuningdek, joriy yil 1 iyun holatiga köra, viloyat hokimligi, turoperator va mehmonxonalar tomonidan 8 ta xorijiy davlat (Xitoy, Turkiya, Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreya, Vengriya, Eron va Tojikiston) vakillari va turizm sohasidagi tadbirkorlari bilan yaqin aloqalar örnatilib, turizm sohasida investitsion loyihalarni amalga oşiriş, qolaversa, kiriş va çiqiş turizmini köpaytiriş böyiça muhokamalar ötkazildi.

Turizmga investitsiya jalb qiliş yönalişidagi mazkur rasmiy uçraşuvlarda turli sohalar böyiça şartnomalar imzolangan bölib, erişilgan kelişuv-şartnoma talablarini öz muddatlarida amalga oşiriş maqsadida nazorat rejasi işlab çiqilib, Turizm qömitasiga taqdim etildi.

Şu yilning özida ikki bor viloyatimiz hokimi Uluğbek Qosimov rahbarligidagi viloyat delega­siyasi Xitoy davlatida böldi. Taşriflar davomida nafaqat Xitoy davlati iqtisodiy kompaniya vakillari bilan, balki sayyohlik agentliklari raislari va sayyohlik kompaniyalari prezidentlari hamda boş ijroçi direktorlar bilan ham ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazildi. Muzokaralar davomida Xitoy davlati yetakçi sayyohlik kompaniyalari bilan hamkorlikda Özbekistonning turizm salohiyati haqida broşyuralarni çop qiliş, keng tarqatiş, Termiz va Xitoy şaharlari örtasida çarter reyslarni taşkil etiş, xorijiy sayyohlarni qabul qiliş imkoniyatlari va şart-şaroitlari bilan taniştiriş maqsadida 2024 yilda Xitoy sayyohlik kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyaning Surxondaryoga taşrifini taşkil qilişga kelişib olindi.

Şuningdek, Yaponiyaning “H.I.S.Co.Ltd.” sayyohlik kompaniyasi bilan hamkorlikda Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini tarğib qilişga bağişlangan videorolik suratga oliş, ziyorat, gastronomik va ekoturizm yönalişlari böyiça yangi “turizm kontentlari”ni işlab çiqiş, mamlakatimiz uçun işlab çiqilayotgan turizm marşrutlariga Termiz şahrini kiritgan holda broşyuralar tayyorlaş böyiça kelişuvlarga erişildi.

Eʼtiborlisi, Yaponiyaning “Alpha Gakuin” ins­tituti bilan hamkorlikda jami 30 kişidan iborat maktab va maktabgaça taʼlim muassasalari mudirlari hamda direktorlarini yapon tili va Yaponiyadagi boğça hamda maktablardagi öqitiş sistemasini örgatiş böyiça kelişuvga erişildi. Uşbu loyiha 2024 yil 1 iyundan 2025 yil may oyiga qadar davom etadi. Kurs yakunlangandan söng maktab va maktabgaça taʼlim muassasalarining mudirlari va direktorlari Yaponiya davlatiga malaka oşirişga yuboriladi. Lo­yihadan asosiy közlangan maqsad — Yaponiya taʼlim sistemasini özimizda joriy etişdir.

Ötkazilgan ommaviy hamda xalqaro tadbirlar natijasida viloyatga jami 20 ming nafar sayyoh taşrif buyurib, şundan 4 ming nafari xorijiy sayyohlarni taşkil etdi.

Ellin madaniyati — oçiq muzeyda

Vohada turizmni rivojlantiriş maqsadida oldimizga bir qator reja va maqsadlarni qöyganmizki, yil davomida viloyatimizga kelayotgan xorijiy turistlarning sonini 500 mingtaga, mahalliy turist­lar sonini 1 million 800 mingtaga hamda turizm eksporti hajmini 100 mln dollarga yetkaziş belgilangan. Şuningdek, turizm va yondoş xizmat körsatiş sohalarida 23 ta yangi investitsiya loyihasi doirasida 510 mln dollar investitsiya mablağlari hamda 48 ta yangi mehmonxona loyihalari doirasida 45 mln dollar investitsiya mablağlari jalb qilinadi hamda 1 550 ta iş örnini yaratiş rejalaştirilgan. Yil yakuniga qadar 35 ta obʼyektga 195 ta yöl körsatkiç va muhofaza belgilari örnatilişi, hududdagi joylaştiriş vositalari sonini 1 baravarga oşiriş çoralarini köriş, bunda mehmonxonalar sonini 60 taga, oilaviy mehmon uylarini 150 taga, xostellar sonini 20 taga yetkaziş orqali ulardagi örinlar sonini 5 000 taga yetkaziş rejalaştirilgan.

Qolaversa, Boysun tumanida ellin madaniyati yodgorligiga oid Uzundara qalʼasida oçiq osmon ostidagi muzey taşkil qilinadi.

“Hilton” qad kötarmoqda

Turizm yönalişida amalga oşirilayotgan işlar kölami sayyohlarni jalb qilişga har tomonlama puxta tayyorgarlik körilayotganidan dalolatdir. Surxon diyoriga taşrif buyurgan sayo­hatçi ham dam olişi, ham tillolarga teng tariximiz bilan tanişişi, ham oçiq osmon ostidagi muzey, ekoturizm maskanlari qöynida bunyod etilayotgan sanatoriylarda, soğlomlaştiriş mas­kanlarida salomatligini tiklab, katta taassurot bilan ortiga qaytib ketişi va kelasi safar özi bilan bir olam sayohatçilarni hududga yetak­laşi kerak.

Ayni şu maqsadda Omonxona hududida maxsus örganiş işlarini ötkazib, hududda 5 ta soğlomlaştirişga ixtisoslaşgan mehmonxona quriş işlari amalga oşiriladi. Viloyatning salohiyatli hududlarida 10 ta turizm qişloği taşkil etiş yuzasidan çora-tadbirlar işlab çiqilgan. Termiz şahar va barça tumanlar markazlarida 15 ta tunu kun işlovçi turizm köçalari taşkil etiş rejalaştirilgan. Natijada 1000 taga yaqin xizmat körsatiş obʼyektlari taşkil etilişi va 2 ming ta doimiy yangi iş örni yaratilişi közda tutilmoqda.

Şu yilning dekabr oyida Termiz xalqaro gas­tronomik festivali ötkazilişi ham rejalaştirilgan bölib, uşbu tadbirga Tojikiston va Qirğiziston respublikalari vakillari iştirok etişi va köplab sayyohlar taşrifi közda tutilmoqda.

“Inter Injiniring” kompaniyasi (Singapur) tomonidan Termiz şahri, “Tuproqqörğon” MFY hududida 150 mln dollarlik zamonaviy “Hilton” mehmonxonasi va “Kongress holl” qurilişi boşlangan bölib, uşbu loyiha amalga oşişi natijasida 300 ta yangi iş örni taşkil etiladi.

Bir söz bilan aytganda, Surxon diyorida turizmni rivojlantiriş uçun hali juda köp işlar amalga oşirilmoği kerak, ammo hukumat qarorlari, amalga oşirilayotgan yirik islohotlar, xalqaro miqyosda hamkorlikning yangi ufqlari kengayib borayotganining öziyoq mamlakatning eng janubiy mintaqasida turizmning kelajagiga optimistik qaraşga imkon beradi. Surxondaryomiz tabiat inʼom etgan joylaşuvi va geografik iqlimi bilan ham çinakamiga turizm öçoği bölib yer yuzida sayqal topganiga heç şubha yöqki, qaysi hududga bormang, öşa joyda yodgorliklar, dam oliş maskanlariga, turizm obʼyektlariga röbarö kelaveramiz. Madaniy va tarixiy joylarning qaçon ahamiyati oşadi? Qaçonki, avvalo, özimiz yaxşi ang­lasak, borib öz közimiz bilan körib, miriqib dam olib, har birimiz sayohatçiga aylansak, ana şundagina biz boşqalarni ham vohamizga taklif qila olamiz.

Jörabek TÖRAYEV,

Surxondaryo viloyati

hokimining örinbosari.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan