Registonda yangragan “Şarq taronalari”

Şu kunlarda turli xalqlar vakillari va madaniyatlar uçraşgan manzil – Samarqandda qöşaloq bayram şukuhi kezmoqda. Vatanimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami va “Şarq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga körilgan puxta tayyorgarlik qadim va hamişa navqiron şaharga özgaça fayz va çiroy baxş etgan.

Sölim boğ va xiyobonlar, nurafşon köçalar tarovati, turfa gullar ifori har qanday kişiga yanada kötarinkilik bağişlaydi. Jahonning turli mintaqalaridan kelgan turfa odamlar çehrasidagi mamnunlik, özaro samimiy munosabat Samarqandda katta bayram boşlanayotganidan darak beradi.

Qadim va navqiron Samarqandda 26 avgust kuni “Şarq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivalining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.

Sanʼat – odamlarning orzu-havasi, quvonçu şodligi, armon va iztiroblari, içki keçinmalarini ifoda etadigan vosita. Musiqa xalqlarni, turli millat va elatlarni bir-biriga tanitadi, qalban yaqinlaştiradi.

Bugun Samarqandga kelgan kişi ana şunday bayramona, döstona muhitning guvohi bölmoqda.

Samarqandning Registon maydonidagi Şerdor, Tillakori, Mirzo Uluğbek madrasalari gulgun şafaq yoğdusida yanada gözal va salobatli körinadi. Betakror amfiteatr hosil qilgan bu muhtaşam obidalar anjumanga özgaça ruh, uluğvorlik bağişlagan. Maydon “Şarq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tantanali oçiliş marosimiga yiğilgan tomoşabinlar bilan gavjum. Ular orasida anjuman qatnaşçilari va mehmonlari, sanʼat ixlosmandlari, musiqaşunos olimlar, çet ellik va mahalliy jurnalistlar, sayyohlar bor.

Festival iştirokçilari Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni qarsaklar bilan kutib oldi.

Davlatimiz rahbari “Şarq taronalari” xalqaro musiqa festivali iştirokçilari va mehmonlarini qutlar ekan, mazkur festivalning mazmun-mohiyati, jahonda tinçlik va millatlararo totuvlikni taʼminlaşdagi ahamiyatiga töxtaldi.

– Ön uçinçi bor ötkazilayotgan uşbu anjuman garçi “Şarq taronalari” deb atalsa-da, bugungi kunda u mohiyat-eʼtiboriga köra, “Jahon taronalari” festivaliga aylanganiga barçamiz guvohmiz. Bu haqiqatni birinçi festivalda 31 ta mamlakat vakillari qatnaşgan bölsa, bu yil barça qitʼalardagi 80 ga yaqin davlatdan 400 nafardan ziyod sanʼatkor va olimlar iştirok etayotgani ham tasdiqlaydi, – dedi Davlatimiz rahbari.

Taʼkidlanganidek, bugungi notinç va tahlikali zamonda azaliy qadriyatlarni, odamiylik qiyofasini saqlab qoliş tobora muşkul bölib bormoqda. Mana şunday murakkab vaziyatda ilohiy sarçaşmalardan quvvat olib, vaqt va makon çegaralari oşa gumanistik ideallarni tarannum etadigan asl sanʼat, musiqa va adabiyot xaloskor kuç bölib maydonga çiqişi zarur.

Şu nuqtai nazardan, “Şarq taronalari”ning dunyoviy şuhrat topişi va eʼtirof etilişi bejiz emas. Binobarin, yurtimizda madaniyat, sanʼat rivoji bir neça ming yillik tarixga borib taqaladi va bugungi musiqa anjumanlari, festival va tadbirlar ana şu azaliy tomirlardan oziqlanadi, kuç oladi.

…Xalqaro musiqa festivalining oçilişiga bağişlangan teatrlaştirilgan konsert dasturi boşlanadi. Maydon uzra sehrli kuy taraladi. Ohang sekin-asta butun vujudingizga kirib boradi. Bu oroyişning qiyosi yöq. Musiqa izmidasiz. Sehrli ohang taʼsirida iliq xotiralar yodga tuşadi, baʼzan umringiz bino bölib bormagan maskanlarni tasavvuringizda gavdalantiradi. Bu kuy sehri, ohang zavqi, musiqa qudratidir.

“Şarq taronalari” xalqaro musiqa festivali mamlakatimizda madaniyat va sanʼatga qaratilayotgan alohida eʼtiborning jahon hamjamiyati tomonidan keng eʼtirof etilgan yuksak namunasidir.

Festivalning nufuzi ortib, iştirokçilari geografiyasi tobora kengayib bormoqda. Köplab mamlakatlar, xalqaro taşkilotlar, maşhur sanʼat namoyandalari unda qatnaşişni özlari uçun şaraf, deb biladi. 1997 yilda ötkazilgan birinçi festivalda 31 mamlakat vakillari qatnaşgan bölsa, bu yilgi anjumanga 80 ga yaqin davlat sanʼatkorlari taşrif buyurdi. Festival YUNESKO şafeligida ötkazilayotgani ham anjumanning yuksak maqom va nufuzini körsatadi.

Töğri, yer yuzida tan olingan va keng eʼtirof etilgan önlab xalqaro musiqa festivallari bor. Ammo ular orasida “Şarq taronalari” alohida mavqega ega. Çunki boşqa xalqaro miq­yosdagi musiqa festivallari sanʼatning muayyan turiga ixtisoslaşgan. Yaʼni, ayrimlarida faqat qöşiq kuylansa, boşqasida musiqa ijro etiladi yoki raqs tuşiladi. “Şarq taronalari” esa sanʼatning barça körinişlarini özida mujassam etgan. Buni boşqa xalqaro musiqa festivallari qatnaşçilari ham keng eʼtirof etmoqda. Uşbu festivalda dunyoning barça qitʼalaridan sanʼatkorlar qatnaşayotgani ham fikrimizni tasdiqlaydi.

27-29 avgust kunlari xalq­aro musiqa festivali iştirokçilarining körik-tanlovda çiqişlari namoyiş etiladi. Ularning dasturlari xalqaro hayʼat tomonidan professional (klassik) darajadagi xalq musiqasi va qöşiq yönalişi hamda zamonaviy musiqa va qöşiq yönalişi böyiça baholanadi. 30 avgust kuni festival ğolib va sovrindorlarini taqdirlaş marosimi va ular iştirokida konsert dasturi namoyiş etiladi.

Anʼanaga köra, festival doirasida “Şarq xalqlari musiqa madaniyati: globallaşuv jarayonlarida ijodiy uyğunlaşuv tamoyillari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ötkaziladi.

Unda musiqaşunos olimlar, ilmiy-tadqiqot markazlari olimlari, musiqa yönalişidagi oliy taʼlim muassasalari professor-öqituvçilari hamda tadqiqotçilar iştirok etişi kutilmoqda.

Bir söz bilan aytganda, festival iştirokçilari va mehmonlar Samarqandning noyob tarixiy obidalarini ziyorat qiliş, ona diyorimizda yetiştirilgan turfa noz-neʼmatlar bilan töla bozorlarimizni köriş, sönggi yillarda xalqimizning fidokorona mehnati bilan erişilayotgan ulkan yutuq va marralar, amalga oşirilayotgan keng kölamli bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari bilan tanişiş imkoniyatiga ega bölmoqda.

Öz muxbirimiz.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan