Köklamlar tuğilar kuzda…

Ahmadali ŞERNAZAROV

Muallif haqida:

Ahmadali Şernazarov — taniqli jurnalist va publitsist. Sirdaryo viloyatining Şirin şahrida tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil olgan. Köp yillar “Sirdaryo haqiqati” gazetasida işlagan. 2013 yildan buyon “Xalq sözi” gazetasining Sirdaryo viloyati böyiça muxbiri bölib faoliyat yuritib kelmoqda. Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi. “Mehnat şuhrati” ordeni sohibi. “Kuz bahori” deb nomlangan publitsistik maqolalar töplami naşr etiliş arafasida.

 

ÖTKINÇI

 

Sellar daryo bölmaydi,

Toşqinligi ötkinçi.

Yellar böron bölmaydi,

Şoşqinligi ötkinçi.

 

Kökni bulut bossa ham,

Mayin yomğir yoğsa ham,

Jazirama yozlarning

Salqinligi ötkinçi.

 

Mingta çaqmoq bir bölib,

Yolğiz Oydek bölolmas,

Çaraqlagan çaqinning

Yorqinligi ötkinçi.

 

“Aylanayin” desa-da,

“Örgilayin” desa-da,

Jigar bölmas, yotlarning

Yaqinligi ötkinçi.

 

Kunda öqib turmasa,

Xalq içida yurmasa,

Bunday şoir, oqinning

Jöşqinligi ötkinçi.

 

…Sellar daryo bölmaydi,

Toşqinligi ötkinçi.

Yellar böron bölmaydi,

Şoşqinligi ötkinçi.

 

JURNALISTIKA

 

Tuğilibon sözga egizak,

Odam Ato zamonlarida,

Jarçidan to internetgaça,

Olamning tört tomonlarida

Kezib yurar jurnalistika!

 

Toşbitiklar, gazetalar ham,

Şaksiz erur muxbir-muarrix.

Ötayotgan har daqiqadan,

Kundan-tundan — haqqoniy tarix,

Yozib yurar jurnalistika!

 

Har jabhadan erur xabardor,

Hatto jumboq — falakiyotdan.

Kelajakdan mujdalar yöllab,

Şamoldan-da şoşqin hayotdan

Özib yurar jurnalistika!

 

Bu sohada tin oliş yöqdir,

Harakatda har kun, har onda.

Kerak bölsa, hatto kemasiz,

Xabarmakon degan ummonda

Suzib yurar jurnalistika!

 

…Şamoldan-da şoşqin hayotdan

Özib yurar jurnalistika!

Olamning tört tomonlarida

Kezib yurar jurnalistika!

 

TÖYING MUBORAK,

EY, SIRDARYO BOBO!

 

Kezar höv qişloğu kentlaring aro,

Garmsel örnida fayzli bir sabo.

Oltmişta bahorda ming boğ yaratgan,

Töying muborak, ey, Sirdaryo bobo!

 

Senda yaşaydilar turfa yurtdoşim —

Senda ön tört manzil jamdir, ajabo!

Millatu elatdan gulboğ yaratgan,

Töying muborak, ey, Sirdaryo bobo!

 

Kuzakda polizing çorlar olamni:

“Qovun sayli” bugun, keling, marhabo!”

“Torpedo” qovundan dovruq taratgan,

Töying muborak, ey, Sirdaryo bobo!

 

Zamining saxiy va boğlaring bolli,

Hatto şör yering ham tutar murabbo.

Yassi sahroda ham rizqtoğ yaratgan,

Töying muborak, ey, Sirdaryo bobo!

 

Bağringdagi moziy — yoğoç Sardoba,

Köhna Xovosing bor, qadimdan sado.

Tarixning ustiga tarix yaratgan,

Töying muborak, ey, Sirdaryo bobo!

 

Oltmiş yoşingda ham çehrang navqiron,

Har göşang oboddir, körkam-dilrabo.

Gözallikda özin bedoğ yaratgan,

Töying muborak, ey, Sirdaryo bobo!

 

KAPALAK

 

Guldan gulga uçib-qönib, jon halak,

Körgani şu: bitta gulzor — katalak.

Umri bunça qisqa uning, ey, falak,

Oyni körmay öladimi kapalak?!

 

Qanotlari misli atlas yo palak,

Bir gözalki, sohibjamol u malak.

Sevolmayin yo sevmayin, ey, falak,

Töyin körmay öladimi kapalak?

 

Çeçaklarga bölib bir bor jamalak,

Yaratibon boğlar içra kamalak.

Vaqtdan yut, deb odamzodni, ey, falak,

Ogoh etib öladimi kapalak?!

 

KUZ KÖKLAMI

 

Neçun seni sevmay misli bahordek,

Husnu malohating köklamdan kammi?!

Çiroyli çehrangdan bahramand bölib,

Seni madh etmasam, men ham odammi?!

 

Axir, sen — barçadan uluğ ijodkor,

Borliqqa çizasan rang-çaman — tasvir.

Tuslaring topolmay böyoqlaridan,

Qarşingda lol turar qança musavvir?!

Körimsiz yulğundan gulşan yaratib,

Rayhonni söldirsang, bölmayman xafa.

Negaki bilaman, bunda yaşirin,

Kuz bahori degan ajib falsafa!

 

Sunbulang suvlari bunçalar zilol,

Quvlaşmaçoq öynar uçqur mezonlar.

Yalanğoç qolsa-da, oltin poyandoz

Töşar yölimizga daraxt-mezbonlar.

 

Kungay qirlardagi maysalar zaif,

Bahor qaytişidan bermoqda mujda.

Demak, sen köklikka emas intiho,

Aksinça, köklamlar tuğilar kuzda.

 

O, kuzim! Garçi sen qizğaldoqlar-u

Qilmasang-da örik gullarin tortiq.

Lek öşa yaşirin bahoring uçun,

Rosti, seni sevgum köklamdan ortiq.

 

KÖNGILNI KÖNGIL ZABT ETAR HAR VAQT

Jilovlanar asov daryolar,

Tössa yölin toşli töğonlar.

Zabt etilar jahd-u ahd bilan,

Har qandayin baland qörğonlar.

Qodir Egam qöllasa agar

Va intilsa oqil odamzod,

Dardlar borki, topilur şifo,

Yeçiladi har bir muşkulot.

Oyga yetgan uçqur qanotlar

Tez orada eltar Marsga ham.

Sahroda ham olma östirib,

Nasib etsa, körgaymiz baham.

Qaçonlardir, bilmam, qay asr,

Osmonda ham şahar qurilar.

Tortiş kuçin yengganda aql,

Dengizda ham yayov yurilar.

 

Davom etar intiliş şavqi,

Zabt etilmay qolmas bor çöqqi.

Bir-biridan ğolib zamonga

Yetkazajak bu zamin öqi.

 

Daxlsizdir birgina makon,

Ne dovondan oşsa-da inson!

Egallanmas zar-u kuç bilan,

Unga kirmoq emasdir oson.

 

Azal-abad muzaffar oşyon,

Köngildir bu, körinmas qörğon.

Zabt etadi köngilni köngil,

Bundan özga ğoliblik yolğon.

 

IZLARMAN

Qizim xotirasiga

 

Misli taşna sahrodan giryon,

Mehrbuloq közin izlarman.

 

Iz qoldirmas köçki qumlardan,

Yöqotganim izin izlarman.

 

Ming çehradan izlab yuzini,

Ming lutfdan sözin izlarman.

 

Topolmayman, topganim sarob,

Men MEHRning özin izlarman.

 

Asl mehr buloğim — Hulkar,

Ahmad Ali qizin izlarman.

 

Topilmas lek, borki köz nurim,

Töxtamayin — betin izlarman.

 

Qiyomatda Qodir ALLOHdan

Diydoriga izn izlarman.

 

…Misli taşna sahroda giryon,

Mehrbuloq közin izlarman.

 

GULLAB QÖYSANG…

 

Erta gullab qöydi örik,

Sovuq urib, qorda qoldi.

Şu orada kimga kimdir

Sirin aytib, doğda qoldi.

 

Işon, yana kelar köklam,

Örik çunon gullab berar,

Ammo siring gullab qöysang,

Mevasini duşman terar.

 

TABIAT TALQINIDAGI TAQRIZ

I

Dovuççadek ğöra şeʼrlar,

Mol ham yemas, şöra-şeʼrlar,

Qizil gapli, tarvuz-şeʼrlar,

Loyqa suvli hovuz-şeʼrlar,

Içi böm-böş qovoq-şeʼrlar,

Taşi çala suvoq-şeʼrlar,

Ajriqdek tarqoq şeʼrlar,

Quyonyurak, qörqoq şeʼrlar,

Boğni bosgan ötloq-şeʼrlar,

Rayhon emas, yantoq-şeʼrlar,

Tötiquşdek maddoh şeʼrlar,

Tuğiliboq adoq-şeʼrlar,

Qora qozon yuqi-şeʼrlar,

Muallifi… “Jöqi” şeʼrlar.

 

II

Biyron tilli, bulbul-şeʼrlar,

Satrlari sunbul şeʼrlar,

Sinoati anor-şeʼrlar,

Quyoş kabi yonar şeʼrlar,

Çöksa köngil, qirğoq-şeʼrlar,

Mağzi butun, yonğoq-şeʼrlar,

Taʼmi totli anjir-şeʼrlar,

Peçakguldek zanjir-şeʼrlar,

Qoya misol mağrur şeʼrlar,

Şeryurakli, masrur şeʼrlar,

Burgutqanot uçqur şeʼrlar,

Fikran kökday çuqur şeʼrlar,

Haqiqatga doir şeʼrlar,

Egasi çin şoir — şeʼrlar!

 

XINO QÖYMA, ATIR SEPMA

Sarvi gulrö, biram suluv,

Ruxsoring bor, özingniki.

Xino qöyma, atir sepma,

Iforing bor, özingniki.

 

Quyoş yaşar közlaringda,

Havas qilma ohularga.

Kiprik aro ötli nigoh,

Nigoring bor, özingniki.

 

Oy yuzingga hilol hayron,

Hasad qilar lolazorlar.

Gul çehrangda hamişalik

Bahoring bor, özingniki.

 

Qaldirğoçlar qayrilmaning

Andozasin sendan olgan.

Qoşlaringni manzil qilgan

Dildorlik bor, özingniki.

 

Ğunça labing bol yiqqanmi

Subhidamda şabnamlardan?

Sahar çoği gulşanlarda

Diydoring bor, özingniki.

 

Ötsa hamki qança bahor,

Qança kuzlar, yozu qişlar,

Seni sevar Ahmad Ali,

Abgoring bor, özingniki.

 

Sarvi gulrö, biram suluv

Ruxsoring bor, özingniki.

Surma surtma, atir sepma,

Iforing bor, özingniki.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan