Kuz — munis onamning xorğin siymosi

Xurşid NURULLAYEV

Muallif haqida:

Xurşid NURULLAYEV — 1959 yili Toyloq tumanidagi Soçakipoyon qişloğida tuğilgan.

1976 yili Samarqand tumanidagi 56-son umumtaʼlim maktabini tugatgan. 1976-1981 yillarda Samarqand davlat arxitektura va quriliş institutida tahsil olgan.

Hozirgi vaqtda “Nuroniy” jamğarmasi Samarqand şahar bölimi raisi lavozimida işlab kelmoqda.

“Yomğir hidi” (2005), “Tuğyon” (2006), “Muhabbat mulki” (2008), “Öynab gapirsang ham, öylab gapir” (2014), “Hammasi asabdan” (2014), “Muhabbat bor” (2017), “Köngildagi gaplar” (2017), “Beş fasl va yurt vasfi” (2018), “Baxtli böliş özimizga boğliq” (2019), “Köngil çaşmasidan tomçilar” (2021), “Tafakkur tasviri” (2022) nomli kitoblari çop etilgan. Asarlari tojik, ingliz va hind tillariga tarjima qilingan.

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

KUZ

Sitmoqqa qiynalar tong tunning çokin,

Saharxez quşlarning ovozi avjsiz.

Soydagi qatra suv şunçalar sokin,

Şişaday tip-tiniq, xayolçan, mavjsiz.

 

Yukli kelin kabi kök yuzida doğ —

Badarğa bulutlar qaytar samoga.

Suykalsa ortidan ergaşar yaproq,

Qovun hididan mast yurgan saboga.

 

Supada murğagin bosib kiftidan

Muşuk yalab yuvar uning betini.

Munğayib qolgandek ayvon şiftida

Usta qaldirğoçning naqşinkor ini.

 

Talonçi şamollar soçadi qahrin,

Yulğiçlik boşlaydi yeru azimda.

Bisotida borin — berib barglarin,

Daraxtlar boş egib turar taʼzimda.

 

Qovjiragan maysa keltirib rahmin,

Qirov çor-atrofga töşab çiqqan böz.

Sarğiçrang nimçasin kiyarkan zamin,

Borliqqa qaytadan ism qöyilar — kuz.

 

Kuz — munis onamning horğin siymosi,

Ajinin eslatar yaproqsiz şoxlar.

Kiyişidan oldin oppoq libosin,

Yomğirda yuvinib oladi boğlar.

 

* * *

Mahzunlik yukini qalbga ortar kuz,

Qoramtir libosin kiygan bulutlar.

Yaproqsiz teraklar ğarib, benufuz,

Şoxlari hurpaygan jayradek tutlar.

 

Munğayib köz tikar qurigan irmoq —

Jar — tuman yölida yotgan katta çoh.

Yomğirda jilğaga aylangan söqmoq

Toş yöldan yurişni etadi ogoh.

 

Azobdan qorayar namozşomgullar

Berahm qirovning sovuq nişidan.

Tinimsiz tözğiydi xiyobon, yöllar

Beva xazonlarning namoyişidan.

 

Söqqaboş çol kabi xomuş tortar kun,

Otaşdan mosuvo quyoşning nuri.

Fiğon — xazonlardan burqsigan tutun —

Sekin qurib borar kuzakning şöri.

 

Mahzunlik yurakni uzoq etmas tark,

Alvido, qalbimda ingrab yotgan söz.

Toş qotgan terakda titrar bitta barg —

Sönggi bor qöl silkib turgan kabi kuz.

 

* * *

Kuz qaridi — quyoş nurlari

Yoritsa-da kunni, tafti yöq.

Yaproq yerda yotar xörlanib,

Yomğir — bulut otgan soçma öq.

 

Kuz qaridi — saharda qirov

Oqqa böyar maysa kokilin.

Şamol körib qarşisida ğov,

Sindirar bir daraxtning belin.

 

Kuz qaridi — körinmas dehqon,

Uyqu eltgan şudgor yerlarni.

Tuman oyoq qöyib daşt tomon

Yaşiradi közdan qirlarni.

 

Kuz qaridi — közin yumadi

Yulduz, bargni körmayin deb xor.

Xazonlarga qöşib kömadi

Kuzni, tuni bilan yoqqan qor.

 

* * *

Eng avval yaproqlar payqadi kuzni,

Barglarning yuziga xavotir qöndi.

Yozi bilan emib toğlardan muzni,

Baribir, jilğaning hayoti söndi.

 

Bulutlar qorayar, nedan bu zavol?

Çidolmay gohida tökar u köz yoş.

Tilla tangalar, deb xazonni şamol,

Şoşgança, har yerga qila boşlar çoş.

 

Çaqmoq — biz bilmagan, balki, sirli söz,

Anglab yetolmagan taʼna yo ilinj.

Yerning jamolini soğingan yulduz

Bulut badaniga tortarmi qiliç?

 

Barglari tökilgan, antiqa daraxt —

Mevalar böşatmas qölini şoxdan.

Qiş kelgan, uzişga hali ham barvaqt,

Möʼjiza — xurmolar joy oldi boğdan.

 

Kuz, maʼyus nigohing örtadi jonni,

Axir saodat-ku kutilgan yakun.

Qay fasl bölmasin, yeru osmonni

Har tong qarşi olsin kelayotgan kun.

 

* * *

Havo biram toza, töymaysan yutib,

Sendan köz uzmaydi Zomin toğlari.

Şirin xayollarning qöllarin tutib,

Yayraydi umringning ayni çoğlari.

 

Arçalar bir muddat olgan kabi dam,

Çöqqiga çiqmoqçi — kökni öpgali.

Irmoqlar suviga, uyat bölsa ham,

Yalanğoç xarsanglar töymas suykalib.

 

Özini öng-çapga urar yöl, göyo

Ulkan kulrang ilon örmalar döngga.

Tong otgan, körganing nahotki röyo,

Xira oy, quş kabi çöqqiga qöngan.

 

Şarmanda bölardi gullar hidlasa,

Dimoqqa urilar huzurbaxş ifor.

Yuksak çöqqilarga köz tuşgan lahza

Köksingga köçgandek toğlardan viqor.

 

Bu ajib çiroyga tabiat ona,

Toş, giyoh, daraxt, biz asli bir uruğ.

Barça el-elatga zamin yagona,

Va quyoş — insoniyat uçun umum tuğ.

 

Ezgu öy uyğotdi bu köhna maskan,

Buyuk Ipak yölin hikmatin aytay.

Neça bor vayrona bölsa Samarqand,

Yöl birla uni el tiklagan qayta.

 

Sahrolar yotsa ham manzillar aro

Yöl uçun tanlangan xavfsiz, sölim joy.

Yöli berk olamdan tuşgaydir ayro,

Yöl bilan el yaqin, yöl bilan yurt boy.

 

Buyuk Ipak yöli bölsa bir şoda,

Gavhari Zomindir, ölmas javohir.

Bul makon sarhadin kezsang piyoda,

Tanangda bardamlik bölgaydir zohir.

 

Men yana qaytaman, şu qatʼiy niyat

Könglimga örnaşar metin öy bölib.

Bağringga kelganlar topişsin sihat,

Uyiga qaytsinlar qudratga tölib.

 

Safarim qariydi, uyga yöl yiroq,

Ortimdan köz tikib qoladi Zomin.

Oq yöl tilagandek, ikki yonda toğ —

Kaftlarini oçib, qilgandek omin.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan