Bu boğ içra…

Ötkir RAHMAT

Nurlar oğuşida yayrab ketdi boğ,
Şivirlar yaproqlar sabo-la zimdan.
Dilrabo havosi dilni etib çoğ,
Borini ayamas aslo heç kimdan…

Gurkirab iç-içdan yaşnagan maskan,
Tört fasl özini mardona tutib.
Gohida şamolu töfonlar esgan,
Ularni bölurmi axir unutib…

Qadimiy tuproqda qadimiy ildiz,
Vujudi çirmaşib ketgandir yerga.
Ayrilmas bir umr keçayu kunduz,
Yillarni uzatib yaşaydi birga…

Bu boqqa köz taşlab şodlandim behad,
Yelkasin yelkaga tutib turardi.
Bu joyda yaşnamoq ruhi bor faqat,
Ezgulik yel kabi kezib yurardi…

Voajab, kuzatdim ajib holatni,
Dov-daraxt nogahon boşladi majlis.
Unutib bir zumda vaqtu soatni,
Taklifu tortişuv oldi qizğin tus…

Eng avvalo çinor aytdi şunday gap:
“U joyga arzir, — deb, — serhosil örik”.
“Qöyinglar, — dedi u, — mendan kelmas naf,
Mevalar bermasam bölar nonkörlik”.

Kimdir nomin aytdi olma daraxtin,
Deb uni beozor, hosili tökin.
Heç qaçon buzmagan u bergan ahdin,
Har doim kötargan özining yukin…

Kimdir gilos dedi, yonğoqni kimdir,
Anoru şaftoli qolmadi tildan.
Baribir nomzodlar söz aytmay jimdir,
Nelarni öylaşar yana köngildan…

Daraxtlar suhbati köp etdi davom,
Har biri erinmay aytdi bir-bir söz.
Kimgadir yoqmadi, kimni aylab rom,
Mahliyo boqardi erinmayin Kuz.
Köpni körgan çinor boqdi egilib,
Hayratu havasdan edi u quvnoq.
— Azizlar, — dedi u, — qalbingiz bilib,
Mamnunman!
Ğamxörsiz yaşnamaydi boğ!

Qayrağoç fikriga qöşildim men ham,
Bu qadim joy qolgan meros bizlarga.
Quvonçu şodlikni körganmiz baham,
Hammasi ayondir, döstlar, sizlarga.

Nastarin, arçaning sözida jon bor,
Gullarning taklifi toza va xuşröy.
Ne bölsa barini etdingiz izhor,
Niyatlar pokiza, bunçalar xuşböy.

Aytilgan har kalom purmaʼno biram,
Çidagan sabrimiz oçu töqlikka.
Garçi bu bölsa-da hur boği eram,
Heç kim ustun emas mulki borliqqa…

Bu sözni qaysidir gul aytdi sekin,
U bir rayhonmidi yoki atirgul.
Hammasidan gumon qilmanglar tağin,
Sözlagan gul emas, balki u bulbul…

Sezdim, boyçeçak ham qöşildi asta,
Dedi u lahzada ötadi davron.
Boğimiz heç qaçon bölmas şikasta,
Bölsa yonimizda bir döst mehribon.

Şunday bölsinki u — hammadan dono,
Ezgu amallari kökni böylagan.
Bölsin işida-yu sözida maʼno,
Şunda qismat bizni albat siylagay.

Boqqa mehr bersin, şaʼn, şodon bölsin,
Keçayu kunduz u tursin yonma-yon.
Issiğu sovuqda biz tomon bölsin,
Maqsadga yetkazsin bölib soğ-omon.

Bahsga nuqta qöydi mitti boyçeçak…
Ungurlarda nafas rostladi şamol.
Tebranmasdan qotib turardi terak,
Çinor ham bu holdan qolgan edi lol.

Va birdan sözini boşlab qoldi u:
— Ming rahmat barçaga, fikringiz töğri.
Bölsin desak agar bu gulşan mangu,
Har bir daraxt bölsin uning qalb-qöri.

Ezgu niyatlarni qilib himoya,
Har biriga zafar tilasak bu on.
Şirin meva bersin va yoki soya,
Öz işida bölsin sobit, fidojon.

Bu boğ içra, biling, har birin axir
Ado etilajak öz yumuşi bor.
Men behad şodlanib turibman hozir,
Yaşirmay borini etdingiz izhor.

Tilga oldingiz-ku mening nomim ham,
Taşakkur, bilaman, bu aʼmol muşkul.
Osonmas bölmoqlik hamnafas, hamdam,
Uddalay olmayman bu işni butkul.

Bugun angladingiz teran bir hikmat,
Ming şukr, qalbingiz ekan-ku uyğoq.
Adaşmaysiz endi bu yölda faqat,
Hol sörab kelsa u oçgança quçoq.

Bu yuksak işonçni oqlaguvçi kim,
Qalbdagi orzular çözarmikan böy?!
Tölqinlar içida qoldi yuragim,
Javobini topdi mana öşa öy:

Közi-yu sözida öçmagan otaş,
Yaşnatiş işqiga bağişlagan jon.
Mehribonu halol, tanti, mehnatkaş,
Boğbon u, boğbon u, boğbon u, boğbon!

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan