Tarbiyada tanaffus bölmaydi!
— Oddiy maktabda musiqa fanidan dars beradigan öqituvçi bizning musiqaga iqtidorli öquvçilar uçun ixtisoslaşgan maktabimizga kelib, öquvçilaridan birining qobiliyatini sinab körişimizni astoydil iltimos qildi. Maslahatimizga köra, qabul imtihonlariga öşa öquvçisini olib keldi. Bola, keling, ismini şartli ravişda Tohir deylik, imtihonlardan yaxşi ötdi, maktabning 5-sinfiga qabul qilindi, — deya hikoyasini boşladi erkak muallim. — Tohir ğijjak, skripka çalişga qiziqarkan. Bu sozlar mutaxassisligim bölgani uçun, u bilan individual darslar ötiş mening zimmamga tuşdi. Öquvçimning xayoli parişonroq, diqqatini jamlaşi qiyinroq bölsa ham, musiqa böyiça darslarni yaxşi özlaştirar, vazifalarniyam qoniqarli bajarib kelardi. Lekin boşqa fanlar öqituvçilarining deyarli hammasi şikoyat qilişardi: “Darslarga qiziqmaydi Tohir”. “Vazifalarni bajarmaydi”. “Sinfdoşlari bilan urişadi”. “Yotoqxonada heç kim u bilan bitta xonada turişni xohlamaydi”.
Tohir mening gaplarimga quloq solardi-yu, lekin kutilmaganda işkal çiqarib qöyaverardi. Maslahat bilan maktabga tajribali ruhşunos taklif qildik, u bola bilan ança gaplaşganidan keyin: “Muammolarning ildizi köproq öquvçining onasi bilan boğliqqa öxşaydi”, — dedi. Onasini çaqirdik, maʼlum böldiki, ayol eridan ajraşgan, Tohirni yoşligidan özi boqib kelarkan. Hamma narsadan norozi, asabiy… Hatto biror oydan buyon uçraşmagan bölsalar-da, onayu bola tuzukroq körişib gaplaşmadilar ham. “Avvalo, onani tarbiyalaş kerak. Lekin bu juda qiyin iş. Öquvçingiz bilan suhbatdan bildimki, onasi hayotdagi barça körgiliklari uçun qasdini bolasidan olgan. Endi sizlar unga sabr-toqat bilan mehr, tarbiya ham berişlaring kerak”, — ruhşunosning bizga maslahati şu böldi.
Bu gaplardan keyin köpçilik öqituvçilarning Tohirga munosabati özgardi. Sinf rahbari yölini topib tuşuntirgan bölsa kerak, sinfdoşlari ham undan şikoyat qilmaydigan bölib qoldilar. Eng muhimi, öquvçimning özida ham yaxşi tomonga özgarişlar bölayotganini sezib, köra boşladik. Özaro gaplarda muallimlar hazillaşib meni “Tohirning dadasi” deyişardi. Çindan ham, u ertalab işga kelganimda, öquvçilardan birinçi bölib kutib olar, darsdan böş paytlarida ham oldimga köp kelar, keçki payt kuzatib qöyardi, unga mehrim tuşib qolgandi.
Öquv yili tugab borar, yozgi taʼtil oldidan deyarli hamma bolalar yuzida tez kunda jonajon oilasi, ota-onasi bağriga borişlaridan xursandligi şundoq körinib turardi. Faqat Tohirda bunday kayfiyat yöq edi. Cababini tuşunsam-da… ammo oqibati bunçalar ayançli bölişi xayolimgayam kelmagandi.
Taʼtilga çiqib ketdik. Biror oylar ötgandan keyin maktabimizning qorovuli keçqurun telefon qilib qoldi: “Bugun sizni Tohir degan öquvçingiz sörab keldi. “Bilmaysanmi, hozir hamma dam olişda”, dedim. Turdi, turdi, keyin ketdi”.
Keyingi haftada mudhiş xabar keldi: “Tohir özini özi…”
Bu voqeaning yuz berganiga köp bölgani yöq. Tohir sönggi marta meni izlab kelib, uçratmay ketganidan haliyam iztirobdaman, — dedi muallim.
Balki, hayot qiyinçiliklari bemehr, jahldor qilib qöygan onadan, atrofidagilardan döst topmagan bola taʼtil paytida yana yolğizlanib, umidsizlanib, dunyo köziga tor köringanda, musiqa muallimining mehrini, erkak muallimning maʼnaviy panohini soğinib, qömsab, tayanç izlab kelgandir…
…Beşinçi sinfda öqirdik. Darslarga xohlaganda keladigan, yolğiz onaning yolğiz öğli bölgan bir sinfdoşimizni matematika öqituvçimiz Hakimov doskaga çiqarib:
— Beşga beşni qöşsa, neççi böladi? — deb savol berdilar.
Javob bölmadi. Domla unaqasiga, bunaqasiga aylantirib söradilar, töğri javob yöq. Şunda ustozimizdan:
— Çöntagingda beşta yonğoq bor edi. Örtoğing bilan yonğoq öynab, beşta yonğoq yutib olding, neçta böladi? — degan savol çiqişi bilan, haligi sinfdoşimiz:
— Önta! — dedi ovozi öqday çiqib va şu zahoti yuziga domlaning şapaloği tuşdi:
— Ha, uyatsiz! Özingning foydangga bölsa, kallang juda tez, töğri işlaydi! Foyda körmaydigan bölsang, ahmoq bölib olasan-a?!
Bu voqea heç esimdan çiqmaydi. Boşqalar, balki, öqituvçining bu işini ayblar. Hakimov domla, aslida, juda oğir-bosiq, el hurmatidagi inson edilar. Mening nazarimda, ayni öşa holatda öşa tarsaki va aytilgan gapning tarbiyaviy ahamiyati katta edi, şuning uçun ham heç qaçon esimdan çiqmasa kerak.
…Keyingi yillarda maktab öquvçilari bilan öqituvçilari orasida (baʼzan ota-onalar ham faol iştirokçiga aylanadilar) kelişmovçiliklar oqibatida ularning gap talaşişi, sökişişi, bir-birini haqoratlaşi, qölu oyoqlar işga tuşib, zöravonlik qilişlar ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuvga aylanib, muhokamalar qizib, vaqt ötişi bilan sönişi oddiy holat bölib qoldi. Şu satrlarni yoziş asnosida özim körganu eşitganlarimni eslab çiqdim: bunaqa noxuş holatlarning aksariyati öquvçi bilan ayol öqituvçilar örtasida yuz bergan. Bundan istisno bir holat köz oldimdan ketmaydi: unda öquvçi qiz muallim tomonga şiddat bilan ödağaylab kelyapti, közoynakli erkak öqituvçi bir oğiz söz ham aytmay, joyida toş qotib turibdi…
Marğilonda maktabning 8-sinfida öqiyotganimizda, pedagogika institutining fizika fakulteti bitiruvçilari amaliyotga kelib, bizga dars ötişdi. Mening doim vazifalarni bajarib kelişim, qiziquvçanligim, köp savol berişimni eslab qoldimi, xullas, amaliyotni yakunlab ketganlaridan keyin talaba yigit menga xat yozibdi. “Yaxşi öqiyapsizlarmi, doim şunday intiluvçan böling”, degan maʼnoda. Hamma fanlarni, hamma öqituvçilarni yaxşi körganim uçun juda quvonib ketdim. U paytda maktubga javob yoziş hozirgi kundagi telefon qönğiroğiga “labbay” deyişdek gap edi. Xatga yaraşa javob yozdim. Bir oz muddat ötgandan keyin ikkita ayol öqituvçimiz kutilmaganda meni darsdan keyin olib qolişdi. Ularning qölida xatjildi oçilgan xat bor edi.
— Qara, sen xat yozişib yurgan student yigitning oilasi bor ekan. Endi nima qilasan? — dedi muallimamiz.
Olti yoşdan maktabga borganman, öşa paytda 14 yoşdagi qiz… Nima javob berganim ham, özimni qanday tutganim ham esda yöq. “Nima uçun menga kelgan xatni oçib öqidilaring?” deb söraşga bilimu jurʼat qayda? Öqituvçilarimning yuqoridagi savoli tagmaʼnosini yillar ötib anglaganim sayin… hurmatli muallimalarimni tuşungim keladi, ammo…
Yaram yangilandi: kiçkina qizim birinçi sinfga borganda, men ota-onalar majlisida “Sinfning pardasi bor ekan, uni yangilamay, töplangan pulga bolalar öqiydigan kitoblar olaylik”, — deganim uçun muallima qizimga kunda baqiradigan böldi; beşinçi sinfdaligida uzaytirilgan guruhning yoşgina muallimasiga: “Bolalar şuğullanayotgan sinfda şaşlik yer ekansizlar, şuni bolalarning oldida yemanglar”, — degan iltimosimga “Xohlasa, qizingiz ham olib kelib yeyaversin”, — degan javob oldim. Heç qança vaqt ötmay öşa muallimaning şoşilinç çaqirgan ota-onalar majlisiga bora olmaganim uçun qiş kunida qizimni bir hafta davomida maktabning birinçi qavati yölagini yuvişga buyuribdi. Men buni qizimning bitta barmoği kökarib ketganini körganimdan keyin sababini suriştirib bildim. Muallimaga telefon qildim: “Qiş kunida yoş bolaga sovuq suvda yölaklarni yuvdirmang!”
Ertasiga qizim maktabdan qoçib keldi, kitobjildini oldimga taşladi: “Nimaga öqituvçimga telefon qildingiz? Hamma bolalarning oldida meni maktabdan uyga gap taşiydigan çaqimçi, deb darsning oxirigaça tik turğazib qöydi…”
Boşqalar nima deydi, bilmayman, ammo ayni mana şu kabi holatlarda erkak öqituvçilar öquvçilariga bunaqa toşyuraklik bilan munosabatda bölganini körmaganman.
Men ham ayolman, taqdirdoşlarimning haq-huquqlari poymol bölayotganini körib körmaslikka oladigan, indamay ötib ketadigan, vaqtimni yoki asabimni ayaydigan, “Falonçiga şu işim yoqarmikin, yoqmasmikin?” — deb taroziga soladigan odatim yöq. Ammo Yaratguvçining odam zotini erkak va ayolga ajratib, uning fitratiga azaldan qondek, jondek singdirib qöygan öziga xos xislatlardan köz yumiş, ularni inkor etişning oğir asoratlari, yöqotişlari, fojialarini bir asrdan buyon jamiyatimiz körib kelyapti. Ayol dalada ketmon çopib, erkak şiyponda çoy qaynatişi, xotin bozorda qopu toğora sudrab, er uydagi televizor yonida bolalariga “qarab” ötirişi, qizlar çet ellarda konteynerlarni töldirib “mol” taşib, yigitlar kiyim-keçak bozorlarida savdo qilişlari…ning oqibatida (juda yumşoq qilib aytganda) xalqning yemirilgan jismoniy, maʼnaviy salomatligini töliq tiklaş mumkinmikin? Bunga qança avlodning mehnatu xarajati kerak bölarkin? Bunga javob qani?..
Oddiy aksioma: oilada bolalar tarbiyasida ota vazifasini ayollar bajarolmasligini, agar hayot taqozosi bilan onaning zimmasiga şu yuk tuşsa, juda oğir va uning uddasidan hamma ayollar ham çiqa olmasligini yaxşi bilamiz-ku! Maktab ham bola uçun oilasi kabi yaqin, qadrdon; umrining köp vaqti maktabda ham ötadi. Har bir bola — bir dunyo, şunga yaraşa munosabatlar kerak. Maktabda erkaklarga nisbatan hissiyotlarga beriluvçanligi, xulosa çiqarişda şoşqaloqroq ekani, taşqi belgilarga, ötkinçi gap-sözlarga işonuvçanroqligi, podadan oldin çang çiqarib qöyib, keyin puşaymon bölib yurişi ilmiy-hayotiy jihatdan isbotlangan biz — ayollarga erkaklar boş, yöldoş, maslahatdoş, maslakdoş, yelkadoş bölib turmasa, dunyodagi eng oğir, murakkab, nozik va oqibati Vatan, xalq taqdirini belgilaydigan vazifa — bolalar tarbiyasida zarur hayotiy muvozanatlarni saqlab bölmasligini körib turibmiz. Agar buni endi ham tuşunmasak, tan olmasak, oxiri xosiyatsiz bu yöldan çiqib ketiş çoralarini körmasak, zurriyotlarga jabr qilib qöymasmikinmiz?
…Tanaffus paytida telefonini kuzatib ötirgan magistrant yigit kulib yubordi, xursandlik yuz-közida balqib turardi. Saboqdoşlari savol maʼnosida qaraşgandi, sözlay boşladi:
— Bakalavr bosqiçini bitirgaç, magistraturaga kirgunimça maktabda öqituvçilik qildim. 7-sinf rahbarliginiyam berişdi. Yangi iş boşlaganimda, öquvçilarning maktabga vaqtida kelişi, darslarga tayyorgarligiyu davomati, kiyinişi, yuriş-turişi, muomalasi, hatto ayrimlarining çekişi, darsdan keyin yuz beradigan kutilmagan voqealarni örganib, sabablarini tuşunib, bolalar bilan til topişib, öz yölimga solib olgunimça oson bölmadi. Öqituvçilik juda qiyin kasb ekanini tuşundim, tajribali ustozlardan maslahat oldim, öqib örgandim, bolalarning özlariga suyanib işladim. Qarang, öquv yilining oxiriga kelib sinfimiz maktabdagi eng namunali sinflardan biri bölib qoldi. Hozir xursand bölganimning sababi… Örnimga tayinlangan yangi ustoz sinfga kirgan ekan, bolalar unga quloq solmay, töpolon qilişibdi. Yangi öqituvçi telefonini oçib: “Men sizlarning bu holatlaringni videoga olib, magistraturaga kirgan öqituvçilaringga yuboraman”, — degan ekan, hamma bola jim bölib, darrov joy-joyiga ötiribdi. Kasbdoşim öşa holatni rasmga olib menga jönatibdi. Bular — mening bolalarim, — deya magistrant telefonini oçib, atrofidagilarga körsatdi: unda sinf xonasida qöllarini partaga qöyib, öqituvçini diqqat bilan tinglaş iştiyoqida ötirgan öquvçilar surati bor edi…
Tan oliş kerak, kiyiniş, yuriş-turiş, öqib örganiş, özaro munosabatlardagi kemtigu noqisliklarni muhokama qilganda aksariyat erkak öqituvçilar öquvçining yoşligiyu tajribasizligini hisobga olib izzat qilib turadilar. Özi va özgalarning hurmatini saqlaydigan muallimalardan ming bor uzr söragan holda aytaman, ayrim ayol öqituvçilar bu masalalarda öquvçilarini ham öz tengdoşlari qatorida körib muhokama qilişlari, xulosa çiqarişlari odobu axloqqa zid holatlar kelib çiqişiga sabab bölyapti. Bu borada köpçiligimiz oddiy kuzatuvçilarmiz, fikru mulohazalarimiz asossiz, notöğri bölişi mumkin. Keling, taʼlim-tarbiya sohasida olib borilgan xalqaro tadqiqotlar natijalariga eʼtibor qaratsak:
Mutaxassislarning fikriça, maktabda erkak öqituvçilar bölişi öquvçilarning özlariga nisbatan zöravonlikka moyil bölmagan, ayollar bilan munosabatda ijobiy xislatlarni örganiş mumkin bölgan şaxslarni kuzatişi, ular bilan muloqot qilişiga imkon beradi. Agar öğil bola özining yaqin atrofida bunday ibratli insonni körmasa, hayot unga şubhali guruhlarning “avtoritet”lari, köça uruş-janjallarining “akaxonlar”ini töğrilab qöyişi ham mumkin.
Olimlarning ilmiy izlanişlari xulosasiga köra, maktablarda erkak öqituvçilarning işlaşi muqobillik, zöravonlikka qarşi turiş va gender tenglikning mardona körinişlari tarqalişiga asos böladi. Şu bilan birga, öqituvçi erkaklar keyingi paytlarda öquvçilar ongiga singib borayotgan bir stereotipni yöqotişga, yaʼni taʼlim beriş erkaklarga ham, ayollarga ham munosib kasb ekanini anglatişga yordam beradi.
Nisbatan olganda, erkak öqituvçilar darslarda öz ijodiy qobiliyatlarini köproq qöllaydilar. Bu holat öquvçilarni fanlarga qiziqtiradi, darslarni yaxşi özlaştirişlariga sabab böladi. Erkak öqituvçilar ayol öqituvçilarning dars beriş usullariga yangiliklar, töldirişlar kiritadi. Ğarbiy Yevropa, Skandinaviya mamlakatlari, Yaponiya, AQŞ taʼlim tizimidagi ijobiy tajribalardan çiqarilgan xulosalarga köra, pedagog kadrlarni taqsimlaşning eng samarali usuli bunday eʼtirof etilgan: boşlanğiç sinflar öqituvçilarining köpçiligi ayollar bölişi kerak (bolaga hali onadek yaqin inson kerak). Örta sinflarda erkak va ayol öqituvçilar nisbati tengroq bölgani yaxşi. Yuqori sinflarda esa ayol öqituvçilar 15-20 foizdan oşmasligi kerak.
Ayni xulosalardan kelib çiqsak, Yangi Özbekistonda Uçinçi Renessans poydevorini qurmoq uçun, avvalo, jamiyatimiz öqituvçilarning hurmat-eʼtiborini va hukumatimiz öqituvçilarning moddiy taʼminotini birinçi darajali “SOS” vazifa sifatida yuksak darajaga kötarişi şart.
Tarbiyada tanaffus bölmaydi! Maktablarga eng qobiliyatli insonlar, jumladan, erkak öqituvçilar qaytişi, ular yangi avlodlar hayot-mamoti bilan boğliq muammolar, dardlarni bartaraf etişda tabiatan kuçli toifa kötarişi mumkin bölgan masʼuliyatni zimmaga olişlari, bolajonlarimizga çin döstdek, aka-ukadek, otadek jonkuyar va qatʼiyatli ustoz maqomida muqim bölsalar, maktab taʼlim-tarbiya jarayonidagi biryoqlamaliklar, nomutanosibliklar, noörin çeklanişlaru haddan oşişlar kamayib, yöqolib boradi, degan umiddamiz.
Muhtarama ULUĞOVA,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi.
