Artek
Ukrainian SSR. USSR. Pioneers from the Pribrezhny Pioneer Camp go down to the sea. (Photo ITAR-TASS/ Vladimir Savostyanov) Ukrainskaya SSR. Pionerskiy lager "Pribrejnыy". Pionerы spuskayutsya k moryu. Foto Vladimira Savostyanova /Fotoxronika TASS/
Maʼmura ZOHIDOVA
Muallif haqida:
Maʼmura ZOHIDOVA — Çust tumanida tuğilgan. Yozuvçi va publitsist. Qissa va hikoyalari: “Aytilmay qolgan gaplar”, “Hikoyalar”, “Buloqlimozor siri”, “Manglaydagi yoziq” kabi nomlar bilan kitob holida çop etilgan. Asarlari ingliz, rus va turk tillariga tarjima qilingan.
Ayni vaqtda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida Öquv-metodika bölimi boşliği vazifasida faoliyat olib boradi.
(HIKOYA)
Ona tili darsimizda eşik taqilladi. Sinf rahbarimiz. “Idoraga yur” deb boşlab ketdi. U yerda ön-ön-ikkita öqituvçi bor ekan.
—– Töppa-töğri, Solijon aka, eng zör nomzod şu. Direktor bilib aytibdilar. Bu katta bölsa, jurnalist bölmoqçi. Gazetada şeʼring ham çiqdi-a?
— Ha.
— Qaysi şeʼr? Aytib ber-çi.
Hamma öqituvçilar menga yaqinroq kelib turganini körib, “Lenin uçquni”da çiqqan şeʼrimni aytib berdim.
— Gul ekib östirdim, parvarişladim,
Dur ekib östirdim, parvarişladim.
Kundan-kun ösib u gulnihol böldi,
Kundan-kun ulğayib durnihol böldi.
Derazam oldida turganida u,
Qaydan kelib qönsa atlas kapalak,
Gulim bölar edi katta bir sahna,
Kapalak-çi, sahnada raqqosa – malak.
Uçib-uçib öynasa, öşa kapalak,
Raqsiga mahliyo qolgan bölardim.
Agar çindanam şundayin bölsa,
Men ham tomoşabin böla qolardim.
Tengdan qarsak çalib yuborişdi.
— Nabiyeva bormasa kim boradi? Yozgan şeʼrini qarang. Jurnalda hammasi “beş”.
— Muyassar, “Artek” qanaqa joyligini bilasanmi?
Hali gapirmasimdan yana birlari javob berdi:
— Qayoqdan biladi? Çust rayonda heç kim bilmasa kerak. Qrimda bölsa.
— Ana, aʼlo öqiganingning mevasi. Qança-qança pionerlarning orzusi-ku, yetolmagan joyi-ku “Artek”!
Boşqa öqituvçilar ham kelib, atrofimni örab olişdi. Kiyimim eskiligidan uyaldim.
— Körganlaringning hammasini yozib kelgin, xöpmi? Bitta katta daftar tutgin, – dedi botanika öqituvçimiz.
“Xöp”, deb boşimni silkitdim. Baribir hali unça tuşunmay turgandim.
Idoradan direktor xonasiga bordik.
Direktor kulib kutib oldi.
— Muyassar Nabiyeva. Yettinçi “a”. Şunaqami?
— Ha.
Direktor sinf rahbarimizga yuzlandi.
— Dadasi qayerda?
Direktor şunaqa deganda dadam esimga tuşdi. Maktabda röpara kelmayin deb nari yuraman-ku özim. Bir kuni Maydamillatdagi yerda akalarim işlayotgani uçun non olib ketayotgandim. Avtobusda xotinlari bilan ketayotgan ekanlar. Bilmasdan çiqibman. Hamma menga qaradi. Meni endi çaqirmoqçi bölişgan edi, ikki qavatli boğça oldidagi boğimizga yetganda tuşib qoldim. Ularni birga körgim kelmaydi. Içim nimagadir jiğillab ketaveradi.
— Bugun bizda darsi yöq. Şahar maktabida bor.
— Hm, ha böpti. Siz özingiz nazorat qilib, buning metrikasini oldirib keling. Buvisiga tuşuntiring!
— Aha.
— Yo bölmasa döxtir opasiga – Habibaga aytsangiz ham böladi. Işxonasiga telefon qiling, topasiz. Kerak narsalarini tayyorlab turişsin.
Ertaga tuğilganlik hujjatimni olib keladigan bölib, qaytib darsga kirdim. Ikkala yuzim qizib ketayotgandi. Keyingi soat fizika öqituvçimiz sinfdoşlarimga aytib, meni tik turğizib qöyib tabrikladi. Sinfdoşlarim rosa havas qilişdi. Men bölsa “şu işlarga kiyimlarim yangi bölsaydi”, dedim içimda.
Uyga rosa sevinib qaytdim. Buvimga bölgan hamma gapni aytayotsam, Habiba opam kirib kelyapti. Allaqaçon kimdir aytibdi. Közida yoş.
— Qoyil! Muyasjon. “Artek”ka borarkansan-a?
Buvim hayron bölib qaradilar. Öylanib qoldilar. Unça yoqmadi şekilli.
— Qayerda u?
— Qrimda, buvi. Zör joy. Katta sanatoriy bor u yerda.
— Nima qiladi? Qiz bola narsa?
— E, aʼloçilar qatori borib keladi. Hamma maktabdan ham çaqirmagan. Xudo demaysizmi? U lager juda zör joy. Brejnevlar, Gagarin, Indira Gandi, Xruşyovlar dam olgan joy. Tereşkovayam borgan, buvi.
Opam xursand. Bugun yotib qolarkan. Poççam eşitib juda sevingan emiş.
— Buvi, buni ertaga bozorga olib borib kelaman. Ul-bul kiyim qilib beray. Daryoning böylarida yuradi.
Buni eşitib judayam suyunib ketdim.
— Şartmi şuning borişi?
— Unaqa demang endi. Hali kelajagigayam yaxşi böladi. Mendayam ozgina pul bor.
— Qöy, özingga işlat. Qaynonangning bir etak bolasi bölsa. Kamçil bölib turgan bölsa. Öşanga ber, pulingni, bolam.
— Siz bir yigirma söm qöşsangiz, birorta köylak, tufli, jemper olmasak bölmaydi endi. Pul yöq desangiz, mayli ön söm bering.
Ertasiga Şahnozani buvimga taşlab, opam bilan bozorga ketdik. Köçamizga çiqişimiz bilan opam xuddi tuqqan onamga öxşab meni yetaklab oldi. Avtobusda bölsa söramaganlarga ham meni maqtab, aʼloçi ekanimni, şuning uçun “Artek”ka borayotganimni aytdi. Özim ham avtobusda orqadagilar gaplaşmay eşitişsa-ku, deyman.
Bir dökonga kirgan edik, köylakning xilidan bor ekan. Yaxşi-yaxşi, çiroyli kiyimlarni kördim. Ayniqsa, opam tanlagan yaşil rangli köylak rosa zör yaraşdi menga. Öşani oldik. Jemperni özim tanladim. Xol-xolak qora jemper.
Yetib kelib, avval buvimga kiyimlarimni kiyib körsatdim. Rosa sevinib ketdilar. Keyin xolabuvimga, yangamga, Mukarram opamga, Samida örtoğimgayam kiyib körsatdim. Keçgaça uyimizda rosa odam köp böldi. Keçqurun opamning studentlikda tutgan jomadoniga narsalarimni joyladik. Bir çekkasiga qurut, oltita qotgan teşikkulça, örikqoqi ham solib qöyişdi.
Ertalab maktabda katta yiğinda direktorimiz meni çaqirib tabriklaşini, hammaning oldida “oq yöl” deyişini aytişgandi. Yiğin joyiga boryapman-u, bir ğalati bölib ketyapman. Uçib yurganga öxşayman. Qanday mazza. Endi bir joylarga borib kelaman. Özim zörman-da. Katta bölsam, ministr bölaman hali.
Lekin öşa kuni direktor yiğinga çiqmadi. Yöqlama ham çala bölib, hammani tez-tez xonasiga kiritib yuborişdi.
Bugun birinçi soatdayoq darsdan javob berişsa kerak, borib tayyorlanaman. Ertaga Çustga rayono oldiga yetib borişimiz kerak.
Birinçi soatdan çiqib sinf rahbarimizni qidirdim. Heç qayerda yöq. Öqituvçilar ham “bilmadim” deyişdi. Ruxsat ololmadim. Har xil fandan kiradigan öqituvçilarimiz ham nimagadir: “bu darsga kirmay qöyaversin, borib tayyorlansin”, deyişmadi. Öqituvçilar nimagadir boşqaça.
Keçqurun Habiba opam Şahnoza bilan yotib qoldi.
“Maşina kelişi bilan birorta bolani jönatamiz, uyda bölib tayyor turinglar”, deyişgan edi. Ertaroq çaqirişsa edi, sinfdoşlarim ketayotganimni körişardi. Ular bilan söraşardim.
Soat töqqiz böldi hamki, heç qanaqa xabar kelmadi. Opam Şahnozani menga taşlab, özi maktab oldiga borib keldi. Hayron bölib qarab turgan buvimga:
— Heç gap yöq. Direktor Çustga rayonoga çaqirgan ekan, ketibdi. Hamma yoq tinç, – dedi.
— Ertaga ketadigan bölişgandir-da.
Şu bilan peşin böldi. Opam soatga qarab-qarab, oxiri çidolmay yana çiqib ketdi.
Söriga kelib, köylagimni ehtiyot qilib yangiroq körpaçaga ötirgan edim, opam kirib keldi. Qarasam, yerga bukilib qolibdi, qovoği soliq, rosa yiğlabdi.
Buvim opamga qarab hayron böldilar:
— Ha, Habib?
— Buvi, bizning kimimiz bor? Yetimlarni masxara qilsa bölaveradi-da. Nahot, u qiz tayyorlanib ötiribdi, deb aytadigan bitta musulmon topilmagan bölsa?!
— Nima böldi?!
— Partkomning öğli ketibdi. Avvalgi kuniyoq rayonoga borib hal qilib kelgan ekan, – dedi-yu opam söriga ötirib, uvillab yiğlab yubordi.
Köz oldim qorayib ketdi. Iye! Nega? Saydullomi? Partkomning öğli şu-da. Yettinçi “V”da öqiydi. Ha, şu. Rosa aʼloçimas-ku. Unda nimaga?!
Buvim oldimga kelib, mahkam quçoqladilar. Titrayotgan edilar.
— O bolam-a. Mening könglimga kelgan iş bölmay qolmaydi. Borişiga közim yetmay turuvdi.
— E buvi. Bitta yetim qizning boşini silaydigan joyda, kelib-kelib şuning örniniyam olib, “heç kimi yöq-ku”, deb erkatoy bolasini jönatadimi?
— Loaqal dadangning yuzini ham qilişmabdi-da, – dedilar buvim.
— Peşonamizda borini köraveramiz. Bitta öşa lagerga bormagani bilan osmon uzilib yerga tuşarmidi. Peşonasiga bersin.
— Direktor kelsin, hali aytadiganimni aytaman.
— Bolam, ungayam oson tutma. Özi birinçi bölib “şu boradi”, deb çaqirtirgan ekan. Iloji bölmagandir.
Opam yana ança vaqt yiğlab ötirdi. Keyin yuzini ariqda yuvib kelib, Şahnozani kiyintirib olib, sumkasini yelkaga ildi-da, çiqib ketdi.
Hovlida köp ötirdim. Uyga kirgim kelmadi. Opamning yiğlab ketganini öyladim.
Buvim itburni bilan makkasoqol suvini höpladilar. Keyin namozdan keyin “dorimni opkel-çi”, deb dori yutdilar.
Muhayyo opam maktabdan kelişi bilan mening oldimga ötirdi.
— Siqilmadingmi? Partkom zavuçni boşlab, rayonoga borganmiş, “U qiz bormaydigan böldi, buvisi jönatolmaydi, kambağal”, deganmiş. Bolalar şunaqa deyapti.
Içimdan yomon alam keldi. Boşqa biror gapni eşitmadim. Boqqa kirib ketdim. Yonğoqning orqasiga ötib rosa yiğladim. Qattiq-qattiq yiğladim. Habiba opamni öylasam, battar yiğlagim kelaverdi. Hiqillab ötirgandim, buvim qidirib kelib qoldilar. Ovozlari haliyam titrayapti. Közlari yaltirayapti. Qölimdan tortib, “yur”, deb hovliga opçiqdilar.
Bilmay uxlab qolibman. Odil kirib turğizganda hovliga çiqdim.
— Ehhe, şişib ketibsan-ku. Qöy, tan-jonim soğ bölsin degin.
Buvim yirtiq-yamoq qilayotgan ekanlar.
Yaltami Qrimmi, hammasi tugadi. Qaniydi boşidan şu gap bölmaganda. Buvim biror yeydigan narsani “közdan nari – köngildan nari” deydilar. Öşanga öxşab, “borasan” deyişmasa bölarkan-da. Biz “Artek”ni qayerdan bilardik. Rostini şunça odamdan bittasi aytolmagani-çi?!
“Artek”ka borolmadim. Nimagaligini özim bilaman. Maktabdagi oşxonada yegan ovqatimni deb özimizning uyimizdan pul öğirladim. Tağin sakson tiyin. Undan keyin qöyimizni öldirib qöydim. Boşini panjaradan çiqarib turganiga aççiğim kelib, belkurak bilan urganman. Beçora, bolasi egizak ekan. Tuğib berardi. Bolalarini emizardi. Katta qilardi. Yana tağin iş qilişni yomon köraman. Buvimga köp aççiq qilaman. Saydullo yaxşi öqimagani bilan pul öğirlamagan. Maqtançoq bölgani bilan qöyni boşiga urib öldirmagan. Bunaqa yomon bölgandan maqtançoq, ikkiçi bölsam yaxşi edi-ku!
Endi maktabga qanday qilib boraman? Örtoqlarimga nima deyman? Uff.
* * *
Bir oydan keyin Saydullo keldi. Rosa özgaribdi. Soçlarini bir yoqqa tarab olibdi.
Ertasiga Akramjon akamning töyi edi. Yangi kiyimlarimni kiydim. Agar kiyinib olsam, rosa çiroyli bölarkanman.
Töyda örtoqlarim bilan mazza qilib öynadim. Mahallamizdagi qizlarning hammasi kiyimlarimga oğzi oçilib qoldi. “Rosa yaraşibdi”, deyişdi. Qurbonjon yangam:
— Öhhö, qulluq bölsin. Yomonam yaxşi kiyimlarni kiyibsanmi? – dedilar.
Qizlar yana menga havas qilişdi. Töyga kelgan xotinlarning ham, ketayotgan xotinlarning ham qöliga suv quyib, soçiq berdim. Köpi kiyimimga qarab zör ekanmi, deyişdi.
Şunaqa qilib men qanaqaligini körolmagan bölsam ham, “Artek” meni kiyintirdi. Opamning puliga bölsa ham.
Men katta bölsam, uyimizda siqiladigan işlar bitta ham bölmaydi.

