Umrlar gulşani
(tarixiy roman-essedan parça)
Sohibqiron Amir Temurga bağişlangan “Uluğ saltanat” roman-epopeyasi va boşqa qator romanlar, şeʼriy asarlar muallifi, Özbekiston xalq yozuvçisi Muhammad Ali yaqinda “Umrlar gulşani” nomli yangi tarixiy roman-essesini yozib tugatdi. Xalqona ruhda, öziga xos uslubda hujjatlarga suyanib yozilgan, aniq faktlarga asoslangan, hazil-mutoyiba, yumor hissi bilan yöğrilgan bu asar yaqin ötmişimizdan hikoya qiladi. Asarda keltirilgan şaxslar barçasi hayotda bor kişilardir. Quyida asardan bir parça berilmoqda.
Roman-esse tölaligiça “Şarq yulduzi” jurnalida eʼlon qilinmoqda.
OTAM PIŞIRGAN OŞ
Bahorning oxirlari, qimizak olma endi pişgan pallalar… Rafiqam Manzuraxon, qizlarim Nargiza, Nodira, Dilbarlar (Aziza va Komronlar hali tuğilmagan) “Jiguli” maşinamda Toşkentdan ertalab yölga çiqib, Qöqonda, baʼzan Yangiqörğonda, özimizga maʼqul xuşmanzara yerlarda töxtab, dam olib, asrga qolmay ona Beşkal qişloğimizga kirib boramiz.
Yölimizda Uçköprikda, Buvaydada yaxşi orasta qassobxonalar bor. Dökonlar köp. Uyga bozorlik qilib olaman. Önta non, tört-beş kilodan şakar, konfetlar, ön kilodan un, guruç, beş şişa pista yoği, ön yumaloq kök çoyni maşinaga solib qöyaman. Va albatta, göşt dökonidan tanlab tört-beş kilo (bitta son) qöy göşti, ikki kilo dumba yoği olaman. Manzuraxon tanlaşadi. Otam qöy göştini nihoyatda yaxşi köradi. Ayniqsa¸ qöy göştili yupqa şörvani juda yoqtiradi.
Bir kuni otam rasululloh sollallohi alayhi vasallamdan şunday naql söylab bergandi:
— Yiğinda sahobalardan biri rasuli akramdan: “Dunyoda nimaning göşti şirin?” — deb sörabdi. Payğambarimizdan: “Eng şirin göşt ilvasinniki!” — degan javob bölibdi. Şunda menga öxşagan şoşqaloqroq sahoba: “Ilvasin, dedilar… Qöy göşti-çi, rasululloh, qöy göşti?..” — deb yuboribdi. “U… dori-ku… göştmas…” — debdilar payğambarimiz xotirjam. Sahoba hayratda qotib qolgan ekan.
— Yaxşi keldingizmi, öğlim? — söradi otam. — Yölda qiynalmadingizlarmi? Rahima, nabiralaringga qara!.. Xöş… nima olib keldingiz, öğlim?
— Bozorlik qildim, otajon… Göşt oldim, qöçqor göşti. Quyruq yoğidan ham keltirganman.
Otamning çehrasi oçildi:
— Barakalla, öğlim! Göştni opke! Bir özim kesib beray…
Madaminjon darrov dasturxon yozdi va göşt taxtani keltirdi.
Otam yonidan özining dandon sopli piçoğini çiqarib, ixlos bilan göştni maydalay boşladi. Işni saranjom qilgaç, onamga tuzlab qöyişni tayinladi va dumba yoğiga ötdi. Quyruqdan parça-parça kesib: “Ma!.. — deb hammamizga bittadan uzatdi. — Buni yeb olinglar, bolalarim, çaynab ötirmang, şunday oğizga solib yutib yuborsanglar, böldi. Bu — kuç, quvvat dori!” — dedi otam. Bu odatimiz edi, bolaligimizda ham şunday qilardik, şu yösinda qöyning quyruq va çarvi yoğlarining köpini yeb yuborganmiz.
Bir oydan keyin kelganimda, yölda aksiga olib, qassobxonalarda yaxşi qöy göşti uçramadi. Mol göşti olişimga töğri keldi. Quruq kelib bölmaydi. Bilmayman, otamga yoqadimi, yöqmi… Kelganimizdan otam juda xursandlar.
— Nima bilan keldingiz, öğlim? — deb söradi har galgiday.
— Şu… kelayotsam… yaxşi qöy göşti yöq ekan-da… — dedim xijolat. — Borlari ham yangimas, tarovati yöqolgan, kökarib qolgan göştlar… Bir-ikki joydan sörasam, hali söymadik, tuşdan keyin böladi, deyişdi. Lekin yonginada yaşnab turgan yangi mol göşti közga taşlandi… Şundan tört kilo oldim-da, ota.
— Böpti, nasiba-da… Özlaring kesib qöyaveringlar!..
Otam göştga qarab ham qöymadi.
Keyin birdan örnidan turib: “Qani, öğlim, bu yoqqa yuring-çi”, dedi-da, meni uy orqasida böy çözgan bir tup olma daraxti tomon boşladi. Uni “Otamning qimizak olmasi” der edik. Olmalar pişib, tugagan payt. Lekin daraxtning eng tepasida tört dona pişib yetilgan qip-qizil olma közni olguday tovlanib turardi.
Otam olmani körsatib, dedi:
— Bu sizlarning olmangiz-da, sizlarning rizqingiz, inşoolloh!
— Bizning rizqimiz?..
— Ha-da!.. Olma tukkandan beri qöriqçilik qilaman, qişloqning bolalari şu yerda, olmaga taʼm kirdi, degunça, kesak otib tuşirib yeb ketişadi. Ammo aytib yurib, şu törtta olmani saqlab kelyapman…
— Uzoq umr köring, otajonim! — dedim könglim böşaşib.
Otam uyning orqasida bir joyga yaşirib qöygan uzun yoğoçni oldi-da, olmalarni sekin turtib pastga tuşira boşladi. Barçasini yerga tuşişga qöymay özim ilib oldim.
Otam olmalardan birini top-toza qilib artib menga uzatdi:
— Öğlim… şu olmani yeb oling… Men bir köray…
— Yeb ola qoling, öğlim!
Ortimga qarasam, onam turibdi, nariroqda Manzuraxon…
— Otangiz uyda yöq vaqtlarda olmalarga men qarab turardim-da… Men ham neçta şumtakalarni quvganman bu yerdan!
— Xöp, otajon! Xöp, onajonim!
Qornim töq bölsa ham, ikkita olmani paqqos tuşirdim. Olmalar bir şirin ediki, bunday meva faqat otaning boğida pişişiga favqulodda imon keltirdim.
Qolgan ikki olmani Manzuraxonga uzatdim…
— Allohga şukur! Ota-onamizning umrlari uzoq bölsin, ilohim! — dedi rafiqam qölini köksiga qöyib…
Ertasiga ertalab otam: “Öğlim keldi, özim guruçi örmalab ketadigan bir quling örgilsin qölbola oş pişirib beray”, deb qoldilar.
Öçoq oldida turgan onam buni eşitib, yonidagi Rahima opamga şivirladi: “O-ov, kap-katta odam, jim ötirsalar bölmasmikin… ovora bölmay… Oşni özimiz ham pişiraverardik… Endi heç kim tinçimaydi…”
Otamning qarori qatʼiy edi. U oş harakatini boşlab yubordi, hammaning vazifasini belgilab berdi:
— Azamat öğlim. Pulni ol, yugur, darrov Sobirjon qassobdan bir kilo qöy göşti, bir kilo yoği bilan sotib olib kel! Rahima qizim, qozonni yuvib yubor! Rustambek, hov ötinlarni bu yoqqa opke, öçoqqa öt yoqasan. Solihabonu, Madaminjon ukang bilan sabzini töğrab kelinglar. Abdujalil, sen piyozni tayyorla!
Qassobxona ham uzoq emas, şundoq muyulişda. Azamat olib kelgan göşt-yoğni otamning özi oşbop qilib töğrab çiqdi.
Öçoqda öt gurillab yonmoqda. Yoğ qozonga solindi, köp ötmay jizza likopçaga olindi. Göşt taşlandi, keyin piyoz… Otam kapgirda qözğab turibdi. Jiz-bizning yoqimli hidi atrofga tarala boşladi.
Bir payt otam kapgirni qidirib qoldi:
— Kapgir qani? Kim oldi kapgirni? Mana şu yerda turuvdi… Rahima qizim, sen körmadingmi?.. E… topinglar kapgirni! Göşt kuyib ketadi axir! Istopillo!..
Hammamiz har yoqqa tirqirab, kapgirni qidirişga tuşib ketdik. Hatto sörida ötirgan Xosiyat otin enam bilan onam ham kapgirni axtara boşladilar. Kapgir, yer yutib ketganmi nima balo, heç qayerda yöq edi!
Otam böğilgança örnidan turib ketgan, közlari olazarak bölib atrofga qarardi. Ammo kapgir topilavermasdi.
Birdan ziyrak Solihabonu qiçqirib yubordi:
— Otajon! Otajon! Kapgir belingizda turibdi! Ana! Belboğingizga qistirib qöyibsiz! Ana kapgir!
Otam darhol qarab, kapgirni olarkan:
— Kim kapgirni bu yerga qöydi?.. — dedi. Keyin jilmaydi: — Yaxşiki, qöyibman, şu yerga qöymasam, kapgir yöqolib qolişi aniq edi…
Hamma xayriyat deganday xörsinib qöydi. Otam tezda qozonni kavlay boşladi.
— Kuyovingiz qozon qolib, naq dunyoni qovurib yuboray dedilar-a! — dedi onam Xosiyat otin enamga qarab. — Xayriyat, topildi. Şunga oşni özimiz qilamiz, devdim-da…
Zirvak tayyor bölib, guruç solindi. Orada otamning: “Suvni opke!”, “Ötni tort!”, “Rahima, tuzini körib ber!”, “Solihabonu! Dam tovoqni tayyorla!” — degan sözlari eşitilib turdi. Heç kim tinim bilmadi. Nihoyat, butun uy pişirgan oşga dam qöyildi…
Otam yelpingança söriga kelib ötirdi.
— Rahima! Endi bu yoği senga… Ön beş minutda oş tayyor böladi, özing buzasan! — dedi otam qilgan işidan mamnun. — Hov, safardan men olib kelgan katta çarx tovoq bor-ku, öşanga solgin oşni, tuşundingmi?
— Xöp böladi! — javob qildi onam.
Çarx tovoqqa yaraşib turgan oş çindan ham xuştaʼm, şirin çiqibdi. Hammamiz maza qilib yedik. Taʼmi oğzimizda qoldi.
— Oş nihoyatda şirin bölibdi, otajon! — maqtadim men samimiy. Boşqalar ham minnatdorlik sözlarini ayta boşladi.
Otam oşdan qölini tortib, soçiqqa artar ekan, sekin özini orqaga oldi va mamnun dedi:
— Ha, oşda ham oş bor-da! Özing pişirgan oşga ne yetsin!..
OTAMNING TÖRT HIKOYASI
Birinçi hikoya
Uç aka-uka bor edi, tönğiçi Alimşo, örtançasi Salimşo, kenjasi Halimşo. Ertuqqan degan bir bahodirning Alimşoda işi bor edi, uni qidirib yurarkan, katta paykalda soç-soqoli butkul oqarib ketgan, qarimsiq bir yigitning ketmon çopayotganini kördi. U Halimşo edi. “Yoş yigit… soçlari oq…” — dedi öziga özi Ertuqqan va salom berdi.
— Alimşo akani qidirayotgandim…
— Men Halimşo… Kenjalari bölaman, — dedi yigit. — Hov anovi yerda körinib turibdi-ku, paykalda yurgan Salimşo — örtança akam. Şundan sörasangiz, aniq aytib beradi.
Halimşo şunday dedi-yu, işini davom ettirdi.
Ertuqqan Salimşoning oldiga bordi, maqsadini tuşuntirdi. Salimşo soç-soqoliga oq oralab-oralamagan yoşamolroq bir kişi edi.
— Siz örtançamisiz oilada? — söradi Ertuqqan.
— Ha, örtançiman. Alimşo akam — kattamiz. U yangi qişloqda uy qilgan, öşa yerda yaşaydi. Bir qişloq ötib borasiz. Şu yerdan ham qarasangiz körinadi.
Ertuqqan Salimşo bilan xayrlaşib yöliga ketarkan, öyladi: “Nega Halimşo uka böla turib, soç-soqoli butkul oqarib ketgan-u, özi qarimsiq, akasi Salimşoning soç-soqoliga esa bitta-ikkita oq oralagan, xolos, yoş körinadi… Buning siri nimada ekan?…” U juda qiziqib qoldi.
Alimşo Ertuqqanni hurmat bilan kutib oldi, oldiga dasturxon yozdi. Oş ham tortildi. Ertuqqan qarasa, Alimşo aka yoş yigitlarday harakatçan, soç-soqoli mumday qop-qora, peşonasida bilinar-bilinmas bir-ikkita çiziqni demasa, bironta ajin yöq… Qirçillama yigit degulik. Ertuqqanning yana taajjubi ortdi…
Uning kelişdan niyati Alimşodan ozroq qarz olmoqçi edi, bu iş ham bitdi. Alimşo Ertuqqanga aytganini berdi. Keyin dunyoning işlaridan gaplaşib ötirdilar. Ertuqqan aka-ukalar örtasidagi tafovut siri nimada ekanini bilişni istardi. Nega katta aka Alimşo yoş körinadi-yu, Halimşo — kenja uka qarib qolganga öxşaydi? Hatto Salimşo ham bir qaraganda Alimşodan uluğroq…
Uning savoliga Alimşo dabdurustdan javob bermadi, kulib qöydi-da, xotinini çaqirdi. Xotin kirib salom berdi. U yoşiga nisbatan yoş körinadigan xuşröy, oçiq çehrali ayol edi.
— Xotinjon, tomga çiqing, mehmonlarga atab alohida ajratib qöyilgan qovunlar bor. Bitta yaxşisidan olib tuşing. Bir qovun yeylik…
— Xöp böladi! — dedi xotin va ortiga tisarilib çiqib ketdi. Köp vaqt ötmadi, xotin bir qovun olib keldi. Alimşo qovunning u yoq-bu yoğini aylantirib kördi va köngli tölmay xotiniga qaytarib berdi:
— Sal durustroğini qarangiz, yaxşi qovunlar bor, dedim-ku. Töğri kelganini olib çiqibsiz, şekilli… Boşqasini olib çiqing!
Xotin indamay qovunni olib çiqib ketdi. Birozdan keyin yangisini keltirib eriga tutdi:
— Bu yomon emas… — dedi Alimşo qovunni salmoqlab körib. — Lekin bundan ham yaxşilari bor… Yo qoronğida körinmayaptimi? Yaxşiroq qaraş kerak. Tanlaşni bilmayapsiz, xotinjon. Erinmay içkariroqlarni qarangiz!..
— Xöp böladi! — dedi xotin yarim jilmayib. — Yaxşiroq qarayman.
Xotin uçinçi marta qovun olib çiqqanda, Alimşo xursand bölib ketdi:
— Mana, bu boşqa gap! Yaşang, xotinjon! Didingizga qoyil! Endi asilini topibsiz! Qovunmisan-qovun ekan! Xuddi şunaqasini aytgan edim-da!
Alimşo qovunni söyib, tilikladi. Maza qilib yedilar.
Ertuqqan hayron edi: “Alimşo uning savoliga javob bermadi-ku?”
— Haligi savolingizga qaytsak… — Alimşo xuddi Ertuqqanning fikrini bilib turganday, xotirjam dedi. — Halimşoning qarib ketganiga sabab — uning xotini… Kelin juda raşkçi, hatto uyda devordan ham raşk qiladi. Ukamning quloği tinçimaydi, tuşuntiriş qiyin, ikki kunda bir janjal… Köngillar xufton. Ajraşib ketay desa, yaxşi köradi. Beşta bolasi bor. Taqdirga tan berib yuribdi… Salimşoni ham Xudo xotindan qisdi. Uy tutişni bilmaydi, uyda hamma narsa qöqib yotadi, pala-partişlik köp, tozalikka eʼtibor bermaydi, aytsang ham qilmaydi. Hamma narsa oçiq-soçiq… Rözğordagi köp iş Salimşoning öziga qolgan. Xamir qoradi, tandirga non yopadi, hatto çuçvarani ham özi tugadi… Ukajonim juda andişali odam, toza inson, biron gapning isini çiqarmaydi. Şundoq röşnolik körmay ötyapti-da…
— Şunaqa deng? Him-m… — dedi Ertuqqan…
— Öz xotinini oşkora maqtagan erkak nomussizdir, — sözini davom ettirdi Alimşo. — Xotinni maqtaş lozim, faqat uning öziga, heç kimning yöğida… Har qança yaxşi gapingiz bölsa, uning öziga ayting yoki quloğiga şivirlang… Xotinning poşşosi kim — uning yostiqdoşi! Erning şirin sözi — xotinga mukofot!
Ertuqqan Alimşoning sözlariga qoyil qolib ötirardi. Bağoyat adolatli gaplar!
— Men hayotimdan mamnun odamman, Xudoga şukr, — davom etdi Alimşo. — Men haqimda savol berganingizda, javob qilmadim. Javob xotinimning tutumida körinsin, dedim. Xotinimga qovun olib çiqişni buyurdim. Ikki marta qovunning boşqasini olib kel, deb qaytardim. Hatto yaxşiroq qaraş kerak, deb koyidim. Uçinçisida: “Mana, bunisi boşqa gap!” — dedim, maʼqulladim. Holbuki, tomda bor-yöği bitta qovun bor edi, xolos! Bitta qovun! Lekin xotinim bir marta ham ranjiganini sezdirmadi. Uç martada ham biron eʼtiroz bildirmay, bitta qovunning özini olib kelib, olib ketdi… Çunki u mening hamma harakatim mehmon hurmati uçun, mehmon izzatini joyiga qöyiş uçun qilinayotganini yaxşi fahmlardi… Bandasiga hamişa yaxşi xotin ato etsin!
Ertuqqan hayratda qarab turardi.
Ikkinçi hikoya
Marğilonlik boy-badavlat odamning Arslon degan tilab olgan yolğiz öğli bor edi. Öğli voyaga yetgaç, uyli-joyli qildi.
— Öğlim! — dedi bir kuni ota. — Boşqa şaharlarga borib saroylar barpo qiling, qança pul ketsa, şunça beray…
Ota öğlining kelişgan, toğni yiqitadigan, kelbatli ekanidan xursand, ammo aqli, fahmu farosati qançalar ötkirligini pinhona sinab körmoqçi böldi.
Arslon katta şijoat bilan işga kirişdi. Samarqandga borib nomdor meʼmorlarni izlab topdi, ajoyib bir saroy qurdirdiki, Amir Temur saroylaridan qolişmas edi. Keyin Toşkentga yöl oldi, u yerda undan ham kattaroq imorat soldirdi. Şu tariqa Xivada, Qöqonda, Termizda danğillama binolar bunyod etdi. Hamma joyda odamlar haşamatli saroylarni körib tahsinlar aytişar, “Meʼmoriga rahmat!” deb duolar qilişardi.
Köngildagi rejalarni bitirgaç, Arslon: “Otamning sözlarini yerda qoldirmadim, ança işlar ado etdim, turli şaharlarda saroylar soldirdim”, deya mamnun ona şahriga qaytdi.
Otasi Arslonni soğinib qolgan edi, körib közlariga yoş kelib, bağriga bosdi.
— Barakalla, öğlim! — dedi ota. — Endi bir borib siz qurgan saroylarni körib kelaylik.
Ota-bola uçqur otlarda Samarqandga kelişdi. Ota qarasa, çindan ham ajoyib bir saroy ekan! Peştoqlari oftobda yarqiraydi, mahobatli gumbazi kökka soya soladi. Tört tomonida tört minora osmon toqiga boş qöygan… Ammo… saroyda heç kim yöq, kimsasiz, faqat quşlar çuğurlaşib hovlini töldirgan, bemaqsad şamol ğuvillab yayrab u yoqdan-bu yoqqa yeladi. Hujralarning darçalariga örgimçaklar törlar sola boşlabdi…
Ota bino mahobatidan lol qoldi, ammo boşqa söz demadi.
Toşkentdagi saroy ham maqtovlarga sazovor, aqlni şoşiradigan qilib qurilgan edi. Zör qurib qöyibdi. Bu yerda ham quşlar hukmron, goh gumbazga qönib, goh minoralardan kökka uçadi… Lekin kimsasiz, tirik jon körinmasdi…
Ota erinmasdan Xiva, Qöqonga, oxirida Termizga bordi. Hamma joyda haşamatli qasrlar kökka böy çözib turibdi, hayratdan otaning tili boğlanib qoldi çoği. Lekin hamma joyda imoratlar kimsasiz, odam yöq… Hujralarda ğir-ğir şamol esar, peştoqlarga quşlar in quriş harakatida edi.
Arslon könglida: “Otam binolarni körib benihoya quvondi, hayratlanganidan hatto taʼriflaşga ham söz topa olmay qoldi”, deb öyladi. Axir hazilakammi, u keçalari uxlamay, ne-ne kunlarni maşaqqatlarda ötkazdi, yeldi-çopdi, bir lahza tinim bilmadi. Hamma joyda körganlar “ofarin”dan boşqa söz aytganlari yöq.
Ota indamay Hakim at-Termiziy maqbarasiga yönaldi. Termiz ota qadamjosini ziyorat qilib bölgaç, uzoq Qurʼon tilovat qildi, duolar öqidi. Öğlining aqli qosirligidan, fahmu farosati yetmaganidan içida afsus çekdi, lekin bu haqda oğiz oçmadi. Arslonga dedi:
— Öğlim, zör saroylar quribsiz… Juda mahobatli binolar bölibdi… Töğri. Ammo men saroylar deganda, bunday binolarni nazarda tutmagandim. Yaxşi döstlar orttirasiz, deb öylagandim. Zero, yaxşi döstlar orttirmoq — yigit kişining baxti-omadi. Samarqandda, Toşkentda, Xivada, Qöqonda, Termizda yaxşi döstlaringiz bölsa, ularning uylari keçasi-yu kunduzi sizning oçiq oltin saroyingizga aylanadi. Siz qurgan saroylar vaqtlar ötib nuraydi, vayron böladi, xaroba holga keladi. Döstlarning uylari esa obod bölib, nurga tölib boradi… Men bu şaharlarda döstlaringiz xonadonlarida mehmon bölişdan umidvor edim, ularning hurmat-zʼzozlarini köraman, deb öylagandim. Heç qaçon eskirmas va nuramas oltin saroy — döstlarning uyi, xonadonidir!
Arslonning boşi egilib qolibdi. Pul topib aql topmagan, deb şuni aytadilar.
Uçinçi hikoya
Voyaga yetgan öğlini uylamoqçi bölgan bir donişmandi oqil ota yoniga öğlini olib, kelin qidirar, qayerda köhlik qizlar bölsa, öşa tomonga yöl solardi.
Donişmand köçada borar ekan, bir suluv qizga nazari tuşdi… Çamasi, juda yaxşi kelin böladi. Böy-basti ham mos, munosib. Özi gulday, çehrasi oyday… Qizga yaqin qolganda, öğlining yuziga bir şapaloq urdi. Yigit yuzini uşlab qoldi. Bundan taajjublangan qiz:
— Nega uryapsiz, ota? — deb söradi. — Yo… aytganingizni qilmaydurmi?
— Yöq, qizim, aytganimni qiladi, — javob berdi ota.
— Aytganingizni qilsa, yaxşi-ku… — hayratga tuşib dedi qiz…
Ota öyladi: “Yöq, bu qiz menga kelin bölolmaydi”.
Yölda davom etdilar va avvalgi qizdan ham gözalroq sanamga duç keldilar. Bir qoşiq suv bilan içib yuborgudek qiz edi. Qizning oldida töxtar-töxtamas, ota, he yöq, be yöq, öğlining yuziga bir şapaloq tortib yubordi.
— Nega urasiz, ota?
— Uraman-da…
— Nima… aytganingizni qilmaydimi?
— Yöq, aytganimni qiladi…
— Iye… aytganingizni ado etsa… Maʼqul emasmi?
Ota xayolidan keçdi: “Yöq, men qidirgan qiz aslo bu emas!”
Ota “noumid — şayton” dedi-da, yölida davom etdi. Kun issiq. Yölda çinor tagiga qarab burildilar. Ittifoqo, şu yerda, soyada bir hurliqo qiz qölida guldor yelpiğiç, oftobdan jon saqlab, nafas rostlab ibo bilan yelpinib turardi. Qizning röparasiga borib-bormay, donişmand ota, odatdagidek, öğlining yuziga şapaloq tuşirdi.
Qiz darhol eʼtibor berdi:
— Nega öğlingizni urasiz, ota? Aytganingizni qilmaydimi?
— Yöq… Doim aytganimni qiladi… Aytsam qiladi… — dedi donişmand ota.
— Yana bir uring, ota! — dedi tap tortmay haligi qiz…
— Nimaga? — yalt etib qizga qaradi ota!
— Yana bir uring! Qaçongaça sizning aytişingizni kutib turadi? Özining ham kallasi bölişi kerak-da! — gapni çört kesib taşladi qiz!
Donişmand otaning aqli birdan yorişib ketdi. Çunki u izlagan kelinini topgan edi!
Törtinçi hikoya
Otaning yolğiz öğli Toşkentda katta oliy öquv yurtida öqir edi. Köpdan öğlini körgani şaharga borişni, uning örtoqlarini yiğib, çoyxonada palov buyurib, yaxşilab mehmon qilişni öylab yurardi. Bolalar qöy yoği, qöy göştida oş yemaganlariga ham xiyla bölgandir. Agar qöy yoğida oş yeb turmasa, bolalarning içaklari yupqarib ketadi axir.
Ota sinçkovlik bilan Eski Jöva bozoridan yetarli masalliq qildi, oşpazga nimalarnidir tayinladi. Dasturxon patir non, uzum, meva-çevalar, şirinliklarga töldi.
Öğilning döstlari ön kişiça bor edi. Hammalari xursand katta söriga joylaşişdi.
Oş pişgunça çoy höplab, mevalardan olib, gurunglaşib ötirişdi. Ota talabalarni gapga soldi, öqişlari, baholari bilan qiziqdi. Kim qayerdan kelganini, öqişni bitirgaç, nima qilişlarini sörab-suriştirdi. Keyin bir latifa boşladi:
— Qorni oç Afandi laganga qöl çözib oşdan bir olgan ekan, lagandagi “Yana oling!” — degan yozuvga közi tuşibdi. “Iye!” — debdi-da, hayron bölib takror qöl uzatibdi: “Yana bir oling!” — degan yozuv çiqibdi. Uçinçisida katta oşam olib qarasa: “Lagan qolsin!” — degan sözlar yaraqlab körinibdi!
Xoxolagan kulgi ovozi jarangladi. Hammada kayfiyat kötarildi.
Şu palla ikkita katta laganda guruçlari dona-dona bölib pişgan oş keldi. Şinavandalar buni “Oşmisan, oş!” — deb taʼriflaydilar. Oşning buği kötarilib turar, iştahani battar oşirardi.
Talabalar oldilaridagi qoşiqlarni artişib, oş yeyişga şaylandilar. Yengini şimarayotgan otani körib, öğli qoşiq uzatarkan, sekin şivirladi:
— Otajon… Oşni qölda yemang… Örtoqlarim oldida xijolat tortaman… Qoşiqda oling…
— E, öğlim-ey! Bu qoşiq neçta oğizga kirib çiqqan ekan, Xudo biladi… Qölim esa faqat özimning oğzimga kirib çiqadi! Qani, oşdan olaylik!
Beğubor kulgi ovozlari atrofga taraldi. Hamma qoşiqlarni bir çetga qöyib, laganga qöl uzatdi.
BIZNING QIŞLOĞIMIZ
Bizning qişloğimiz öz nomi bilan Beşkal. Emişki, bir paytlar yurt oqsoqoli Yöldoş Oxunboboyev qişloğimizga kelib: “Qişloq nomini özgartiriş kerak. “Beşkal” bölmaydi, “Beşgul” denglar! Kanalning tagidagi “Beştentak” qişloğiniyam aytdim, özgartirişsin”, — deb tayinlagan ekan rais Rahmat kattamga. Ittifoqo, öşa paytlar Beştentak qişloğidan Beşkalga kelin tuşgan ekan. Şöx ayollar:
Beştentakdan Beşkalga
Kelin tuşdi, yor-yor, —
deb yor-yor aytişgan ekan hammani kuldirib.
Döstim Tölan Nizom bilan ikkimiz buni özgartirmoqqa kirişdik. U “Nozli Beşgul qişloğim” deb şeʼr töqidi, men esa “Beşgul” dostonini yozdim… Lekin “Beşkal” nomi özgarmay qolaverdi. “Beştentak” — hozir ham öşa “Beştentak”…
Beşkalliklar “kal” laqabini oğir olişmaydi, bu nom bizlarga yopişib qolgan. Ularning bir fazilati — bu hazillarni samimiy tuşunişlarida.
Töğri, kallar bor, tuğma, öyma kal yoki temiratki oqibatida paydo bölgan kallar… Lekin Beşkalda undaylar yöq, ammo tepakallar bor. Tepakal böliş esa aqlning köpligidan nişona, deyişadi Beşkalning donişmandlari, çunki soç çidamay tökilib ketadi-da…
Gapning pöstkallasini aytsak, Beşkal odamlari kal emas, faqat qişloqlarining nomi “kal”, özlari esa “sal”… Ularga “kal” laqabi singişib ketgan. Hattoki “kal” demasang, xafa böladiganlari ham topiladi.
Biz — aka-ukalar, qarindoş-uruğlar orasida hazil-mutoyiba juda kuçli edi. Askiya ruhidagi bunday gurunglar aynan bizlarga xos. Toşkentdan kelganimda, albatta, hamma yiğilardi, bunday yiğinlar ota uyimizda, Madaminjonnikida, baʼzan Rayimberdi akamnikida bölardi. Rayimberdi akam: “Şoir ukajonim kulçatoyni yaxşi köradi, özim mehmon qilaman”, der, har doim kelişimga uyida qadimiy taomlardan tansiq kulçatoy pişirtirar, butun qarindoş-uruğlarni çaqirtirardi.
Davrada faqat nufuzli “kallar” — Rayimberdi akam, Abduqahhor akam, Abdusalom, Abduğofir, Rustambek, Madaminjon, Azamat, Abdujalil, imkon topişsa, Habibulla, Ibrohimjon, Humoyunlar ham qöşilib qolişardi. Muhim joyi, davra birovning ustidan emas, öz ustidan kulardi. Bu yerda beğuborlik birinçi örinda. Çunki mard odam öz ustidan kula oladi, öziga boşqa odam közi bilan qaray oladi.
— “Kal” deganda tuşuniş kerak-da, lekin köp kallarning özi ham buni tuşunmaydi, — söz boşladi Rayimberdi akam özini kuyunganday qilib körsatib. — Boşida özi kal bölmaydi. Soçlarini silliq tarab yurişadi. Uylanib, bir-ikkita farzand körgandan keyin kallik fasli boşlanadi… Odam Ato bilan Momo Havoning eng suyumli farzandlarigina kallik martabasiga erişganlar…
— Hamma ham kal emas… Töğri… — sözga qöşildi Abduqahhor akam. — Köplar qanday kal bölsam ekan, degan orzuda yuradi. Kallikni ham Xudo beradi! Hamma ham bunga erişavermaydi… ha-a… yetganlar yetadi…
Kulgi kötarildi.
Sözga aralaşdim:
— Kallarning nihoyatda aqlli ekanlarini odamlar qayerdan bilsin? Tarixdan öqidim. Hatto xalifalardan Usmoni Zun-nurayn, Umar roziyallohi anhu, hazrat Ali va Marvon kabi muhtaram zotlar ham kallik martabasiga noil bölmişlar. Xalifa Umar ibn Abdulaziz esa ğirt yarğoq kal ekanlar…
“Kallar uluğ!”, “Kallar zör!” — degan ovozlar eşitildi. Hamma xursand bölib ketdi.
— Kallarning toifasi köp… — sözini davom ettirdi Rayimberdi akam kulgidan özini töxtatolmay. — Masalan, toza kallar, deyişadi, yaʼni palagi toza kallar… Taʼrifi uzun. Undan keyin yağir kallar… Yana sal kal toifasi ham mavjud. Endi… çala kallar bor, özi kalmas, lekin özini “kallardanman”, deb daʼvo qilib yuruvçilar…
Qahqaha kötarildi.
— Ibrohimjon bilan Humoyunlar ekan-da… — deya Madaminjon qah-qah otdi. Kulgiga kulgi ulandi.
— Kallar haqida söz oçganda, gapni insof yuzasidan hurmat qilib, kattalardan boşlaş kerak, — donişmandona bosiq söz qotdi Abdujalil. — Katta kallar bor, xizmat qilib qöygan, obrö-eʼtiborlari joyida… Bunday martabaga osonlik bilan erişmaganlar. Mana, Rayimberdi akam, Abduqahhor akam, Muhammad Ali akam, Abdusalom akam… ularga qöşilib kelayotgan umidli yoş kallardan Abduğofir akam, Madamin akam… U yoğiga Humoyun ham qöşilay-qöşilay deb turibdi…
Hovlini qiyqiriq tutdi.
Abduqahhor akam közlarini artarkan, bir yötalib oldi va jiddiy gap boşladi:
— Çakki kalmas Abdujalil ham, u yarğoq kal, töğri aytdi, yoşlarimizga ham aql kirib boryapti, bundan quvoniş kerak… Bilasizlarmi, kallarning neça xili bor?
— Iye! Hali xillari ham bormi?
— Yöğ-e! — degan hayqiriqlar eşitildi.
— Bor! — işonç bilan davom etdi Abduqahhor akam, u öta hazilkaş, uçiga çiqqan kallardan edi. — Men xillarini örganib çiqdim. Ön ikki xilini topdim hozirça…
— Ön ikki xilini?.. — Abdusalom “qöysangiz-çi”, deganday Abduqahhor akamga qaradi.
— Mana, qarang, — dedi Abduqahhor akam, — çöng kal, döng kal, taqir kal, paşşa qönsa, tiyğanib ketadi, çiççang kal, injiq kal, garang kal, tarang kal ham bor… Keyingi paytlarda kar kal toifasi köpayib bormoqda, karis kal, bu — Azamat… u çayir kal ham. Madaminjon — şippang kal, tez harakat qiladi, Abdujalil endi u, umuman, avvalboşdan kal, ğirt kal. Qattiq kal, muloyim kal, qaysar kal — endi buni bilasizlar, bu borada Rustambekdan ötadigani yöq… Tajang kal… Bunga özim nomzodman… Heç kimga bermayman. Yana sipo, sertavoze kal bor… Bu — albatta, Rayimberdi akam… Endi har biringiz öz toifangizni bilib oldingiz, degan umiddaman…
Gurillagan kulgi kötarildi. Ayrimlar yotib olib qornini uşlab yumalab kulişardi. Baʼzilar bir-biriga: “Sen qaysi kaldansan?”, “Toifang nima?” — deb qitmir savollar berişardi.
— Bir kun Madamin akam menga gapirib qoldi, — gapga aralaşdi Habibulla. — “Şu, Abdujalilga qönğiroq qilaman, heç eşitmaydi-da…” Men dedim: “E, aka! Bilmaysizmi, Abdujalil akam öşa maşhur garang Abdurahmon söfining juda suyumli nevara kuyovi böladi axir!”
Tağin kulgi yangradi.
— Qadimda podşolardan biri fuqarolarining aqli-farosati qanday ekanini pinhona sinamoqçi bölibdi, buni Ahmadqul akamdan eşitgandim, — Rayimberdi akam gapni tugatmoq payida sözni qadimdan oldi, çunki bu yoği vaqt tiğiz: kulçatoyning şörvasi pişgan, Buoyşa kelinbuvimiz göştlarini, şapaloq xamirini olib kelmoqçi bölib turibdi, uning ustiga, qorinlar ham surnay çalmoqda. — Farmon bilan mamlakatning kunçiqişidan bir odamni, kunbotişidan ikkinçi odamni olib keldilar. Qahraton qiş edi, har ikkisiga qirqtadan körpa berildi va oçiq havoda sovuqda uxlab, tunni ötkaziş şart qilib qöyildi. Aqlsizi qirqta körpani töşab, tepasiga çiqib yotdi va tezda sovqotib pastga tuşib, uyga kirib jon saqladi. Aqllisi esa bitta körpani yerga yozib, qolgan öttiz töqqizini ustiga taşladi va ertalabgaça maza qilib uxladi…
— Aqlli ekan, yaşavorsin-e!
— Aka! — dedi quv Abduqahhor akam yoşli közlarini artarkan. — Mabodo… öşa aqlli odamning kimligini suriştirib körmadingizmi?
— Yöq… Nimaydi? — söradi Rayimberdi akam…
— Suriştirib köring, öşa albatta kal bölib çiqadi!
Hamma qiyqirgança xoxolab kulib yubordi.
Muhammad ALI,
Özbekiston xalq yozuvçisi,
Davlat mukofoti laureati.
