Suvda oqqan umr

Muqaddas Abdusamatova

(Hikoya)

Muallif haqida:

Muqaddas Solih qizi (Abdusamatova) —Toşkentda tuğilgan. 1960 yili maşhur 22-örta maktabni  tugatgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning keçki filologiya fakulteti jurnalistika bölimida öqigan. 1966 yildan “Yoş leninçi” (hozirgi “Yoşlar ovozi”) gazetasining adabiyot va sanʼat bölimida adabiy xodim, keyin qariyb 30 yildan ortiq bölim mudiri vazifasida mehnat qilgan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi. Adibaning “Umr lahzalari”, “Onalik baxti”, “Fazilatim — fozilaligim”, “Umr — ipga terilgan marjon”, “Şukrona”, “Saylanma”, “Ortda qolgan izlar”, “Uyğoq tuyğular”, “Oila muqaddas”, “Bunça şirinsan, hayot” kabi qator şeʼriy va nasriy kitoblari naşr etilgan.

Sobir suv yuzida qalqib-qalqib oqib ketyapti. Uning boşi suv ustida goh körinib, goh ğoyib böladi. Qalqib, suv yuzasiga kötarilganda, atrofga alanglab, “Yordam! Yordam!” deb qiçqirardi. Qirğoqda tizilişib turgan tört-beş yoşlardagi bolakaylar buni öyin bilib, xoxolab kulişar, unga qöl uzatib, qutqarişga çoğlangandek bölişardi. Sobir ularga qöl uzatsa, bolajonlar qöllarini tortib, yana “qiqir-qiqir” kulişardi. Ular şu qadar köp ediki, kanalning ikki qirğoğida zanjirdek tizilişgan, eng qiziği, ularning barçasi bir xil kiyinib olgandi. Çökayotgan Sobir kutilmaganda qandaydir şoxga urilib ketdi-yu, oğriqning zöridan uyğonib ketdi. Atrofni paypaslab, öz uyida yotganini angladi. Xayriyat, tuşi ekan.

U köksiga tuflab qöydi.

“Tavba, — dedi birozdan söng öziga kelib, — bu qanaqasi böldi? Nega bolalar ustimdan kulişyapti? Ular kim özi?!”

Örnidan turib soatga qaradi. Tun yarmidan ötibdi. Tanasidagi qörquvni yöqotiş uçun taşqariga çiqib, yuzini yuvib keldi. Sigaret çekiş uçun gugurt yoqib, kuldonni deraza raxiga qöydi. Taşqariga qaradi. Atrof zim-ziyo, qoronğilik içida yana boyagi bolakaylar köringandek böldi. Şoşa-pişa deraza pardasini tortib qöydi.

Örniga borib yotdi, lekin bolakaylar köz oldidan ketmasdi. Közini yumdi degunça paydo bölib, qah-qah otib kulişardi. Uxlamaslikka ahd qildi.

Keksa ota-onasi hovli etagidagi uyda uxlaşyapti. Ular har kuni Sobirning umri yolğiz ötayotganidan kuyinişadi. Pand-nasihat qilişadi, foydasi yöq. Sarkaş bola bilganidan qolmaydi. U nafaqat tuşida, öngida ham allanarsalardan qörqib yaşayotganini özi sezadi. Lekin birovga aytolmaydi…

Mavjudani onasi topgandi. Bir körişda yuragi “jiz” etdi. Uylandi. Köp qatori elga oş berişdi, kelin izli-qutli keldi. Kelin kelgan xonadon yanada sariştali, fariştali böldi. Bir gapirib, ön kuladigan Mavjuda hamma havas qiladigan kelin edi. Ilk farzandlari Nodira tuğilgaç, oilada kunda-kunora janjal çiqa boşladi. Sobir maşina tuzatib, yaxşi pul topardi. Bu orada Mavjuda ham işga kirdi. Köp ötmay, Bobur dunyoga keldi. Öğil farzand otaning oilaga munosabatini yaxşi tomonga özgartiradi, deyişadi. Ammo aksinça böldi. Uyim-joyim degan Mavjuda turmuşda suv bölsa simirib, toş bölsa kemirib yaşayverdi. Biroq özaro janjallar tufayli oiladagi tinçlikka putur yetdi.

Töğrisini aytganda, Sobir köça xandon, uy zindon erkaklar sirasidan edi. Rözğor kemtigini töldirib, bolalarning soğlom ösişi uçun Mavjuda özini ötga-çöqqa urişiga töğri keldi. Negadir Sobir kun ötgan sayin guldek farzandlari, oilasiga emas, balki pulga ruju qöya boşladi. Yetti mahalla duo oladigan töqson yoşli otasining nasihatlarini ham bir çaqaga olmay qöydi. Uçinçi farzandi Nazira tuğilganidan keyin ham Sobir özgarmagaç, Mavjudaning sabri tugadi…

Va nihoyat, ular ajraşişdi…

Kutilmagan şovqindan Sobirning xayoli bölindi. Xona eşigi oçilib, akasi möraladi:

— Namunça yarim tunda uyğonding? — dedi derazadan unga qarab. — Kenja qizing ham unaştirilibdi. Eşitdingmi?

Sobir bir seskanib, tuşida körgan bolakayni eslagandek böldi. Tunov kuni işxonada ötirganda, katta qizi Nodira bola yetaklab kirib keldi, keyin bolasiga şivirladi:

— Bu bobojoning böladilar, çop “açom” qil!

Sobir yugurib kelayotgan bolakayni yarim yölda töxtatib, “ust-boşim iflos”, deya bahona qildi. Singlisining töyiga otasidan yordam sörab kelgan Nodira ustidan muzdek suv quyilgandek sezdi özini.

Uning közlaridan marjon-marjon yoş oqdi:

— Nahotki öz nabirangizni birinçi bor körişingizda bağringizga bosiş örniga özingizni şunday tutsangiz? Şunçalar bemehrmisiz? — dedi u nima qilişini bilmay alanglab turgan bolasini qöliga olib. — Yaxşiyamki, onam irodali ekan. Uç farzandni katta qilib, töyimizni ötkazdi. Bugun ukamning ikki bolasi, mening uç bolamning suyukli buvisi. Alloh rizqimizni birovlardan kam qilgani yöq. Siz bölsangiz…

U yiğidan özini töxtatolmay çiqib ketdi. Sobirning pul uzatgan qöli havoda muallaq qoldi…

Esladi. Tuşiga kirgan bola öşa nabirasi edi. Faqat u yolğiz emasdi.

U yana qöliga sigaret oldi. Yutoqib çeka boşladi. Akasi orqaga qaytayotib:

— Dunyodan şu alpozda ötib ketaverasanmi? Xotining yana töy boşlabdi, öylab kör, — dedi.

Yotgani bilan uxlayolmasligiga közi yetib, televizorni yoqdi. Xuddi Mavjudaga öxşaş ayol nabirasini erkalayapti, yonida eri. Yuragiga siğmadi. Televizorni öçirib, çiroqni yoqdi. Şkafdan pullarini olib, sanay boşladi. Negadir köziga yana öşa bola — nabirasi körinib, sanoqdan adaşdi. Televizorni yoqdi. Yana baxtli oilani körsatyapti. U goh şkafdagi boyligiga, goh ekrandagi baxt egalariga qaradi. Oxiri bir qarorga kelgandek, televizorni öçirdi.

“Axir men ham baxtli yaşaşim mumkin edi-ku, — öyladi u. — Xotinim, bolalarim, mana şu pulni deb…”

Yana tuşidagi bolakay, yiğlab turgan qizi köz oldiga keldi. Öğli Bobur ham uylanayotganda töyga aytib kelgandi. Öşanda ham xasislik qilib, töyga bormagan…

Taşqariga qaradi. Allaqaçon tong otibdi. Yuvinib işga çoğlandi. Narigi xonadan bola ovozi eşitildi. Akasining nabirasi yiğlayotgandi. Gödak yiğisini eşitar ekan, umri çindan ham suvga oqayotganini nabirasi tuşida ayon qilganini anglab yetganday böldi…

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan