“Dunyoga töydim-u, senga töymadim…”
Isajon SULTON,
Özbekiston xalq yozuvçisi
(Hikoya)
Qiş sovuqlarini barçamiz yaxşi bilamiz: suv yuzalariga, derazalarga betakror kumuş naqşlar çizib qöyadi. Muz-ku, mayli, naqşi nima ekan, deymiz.
Sizga Xudoning ikki bandasi — Abdurazzoq buva hamda Umrinisa xola haqida hikoya qilib bermoqçiman. Aslida, hozirgina aytganim muz kabi mahzun hikoya, biroq unda xuddi men kabi ajoyib naqşlarni körişingizga işonçim komil.
Oradan ança yillar ötdi. U zotlar diydoriga, yuz-közlariga bir dam boqqim, bisotimdagi yaxşi sözlarimni aytgim, “Siz dunyodagi eng ajoyib insonlarsiz”, degim keladi. Afsuski, endi ularni körişning sira iloji yöq.
Abdurazzoq aka yoşi ançaga borib qolgan, polvon kişi edi. Qişloq bolalari har yerga burnini tiqib körişadi. Bir-biriga tutaşib ketgan tomorqalar oralab izğiganlarimizda Abdurazzoq akaning hovlisiga kirganlarimiz esimda. Ayvonining yoğoç ustunlari çatnagan, qatorlaştirib terib qöyilgan qoplar yirtiğidan tökilgan bir-ikki kaft donni çöqiyotgan çumçuqlar, sal yaqin borsangiz, gur etib kökka kötarilişardi.
Yana töy-marosimlarda, ekinlari örib-tekislangan, elga oş damlangan maydonda duç kelib qolsak, qöşqöllab körişardik. Abdurazzoq akaning kaftlari katta, dağal edi. Biroq çehrasi iç-içidan nurlanib turganday taassurot uyğotgan. Töy tugagaç, xotin-xalaj tomonidan xotinining çiqişini kutib turgani, keyin ikkovlon birgalaşib uylariga jönaşgani ham esimda: biri polvon, biri mittigina xotin.
Umrinisa xola kiçik jussali, oqiş gulli yaşil köylak kiyib, boşiga kök durra örab yuradigan xotin edi. Hovlisida kir-çir yuvganini, tandirga öt yoqqanlarini eslayman.
Bizlar şu ikkovlonning yuriş-turişiga, turmuşiga juda qiziqardik. Sababi, Abdurazzoq aka Umrinisa xolani yaxşi köradi, yeru kökka işonmaydi, degan gap-sözlar quloğimizga çalingan, bir-birini yaxşi köradigan odamlar qanaqa bölişi, muhabbat degan ğalati tuyğu şu er-xotinning xatti-harakatlarida qay tarz akslanişi nihoyatda qiziq edi-da.
Şu sababli, gohida Abdurazzoq akaning hovlisi körinadigan katta tut ustiga çiqib olib möralardik. Abdurazzoq aka mabodo şu tarafga qarab yurib qolsa, ötakamiz yorilib, şoşa-pişa tutdan tuşib tiraqaylab qoçganlarimiz ham yodimda. Xuddi niyatimizni payqab, taʼzirimizni beradiganday tuyulgan.
El qatori oddiy hovli. Bostirma tagida bir sigir. Valişda çöpsavat. Tandiri ham hammaniki kabi, tagida tovuq katagi bor. Katak içiga bulturgi kundalar, ğöla parçalari tiqib taşlangan. Gohida non yopar mahali Umrinisa xola bostirmadan ğözapoya taşisa, kap-katta odam turgan joyidan: “Özim oboraman, taşla!” deb baqirar, şoşa-pişa u tomon yönalar, xotini esa yuz-közlari gul-gul yaşnab, ğözapoyani oyoq ostiga taşlab, erining yetib kelişini kutardi.
Ğözapoya boği yengil böladi. Bizday ösmirlar ham ikki-uçtasini bir qilib kötarib ketaveramiz. Abdurazzoq aka Umrinisa xolaga nimaga “Taşla” deganiga aqlimiz yetmay qarab turardik. Oq yaxtak kiyib, belboğ örab olgan baquvvat Abdurazzoq aka yetib kelib, “Kötarma demaganmidim?” deya beş-önta gözapoya dastasini bir uyum qilib oborib berar, buyam mayli, tandir oğziga boğ-moği bilan tiqib öt yoqar, ayvondan ustiga yöl-yöl dasturxon yopilgan, içida zuvalalar turgan nonsavatni opkelib berardi. Abdurazzoq aka non ham yoparmikin deya kutardig-u, non yopmas, ammo xotinining qoşidan ketavermas edi.
Qişloq katta, hammaning uç-törttadan bolasi bor, bu beozor juftga esa Xudo farzand bermagan edi.
Yana qaydadir, qay bir davrada kişilarning: “Beçoralar, dunyodan tirnoqsiz ötişyapti… Odamlar ikkoviga ham: “Umr ötib ketadi, boşqa rözğor qilib, bola-çaqali bölib olinglar”, deb nasihatlar qilişgan, ammo bular bir-birini nihoyatda yaxşi körişgani uçun ayrilişni istaşmagan”, deganlari ham esimda. Umrinisa xoladan heç kimga öxşamagan bir joziba izlaganimiz, Abdurazzoq aka bu xotinning nimasini yaxşi körar ekan deb qiziqib qaraganlarimiz ham bor gap.
Xullas, şunaqa edi Abdurazzoq akaning rözğori.
Qişloqda hammaning tutum-turmuşi ayon. Abdurazzoq aka duradgor usta edi. Poyteşasi, kattayu kiçik boltasi, öroq-randasi yodimda. Umrinisa xola esa uyda ötiradigan xotin. Kuzda, jola mahalida, yaʼni paxta terib olinganidan söng ular ham el qatori ğözapoya töplagani çiqişardi. Şundayam xotinini yeru kökka işonmasdi. Öz közim bilan körganman: ğözapoyani öroq bilan örib, uyum ustiga bir quloç çilvirni taşlab ketaverar, Umrinisa xolaga qolgan iş: ularni dastalab boylaş edi, xolos. Şundan keyin Abdurazzoq aka u boylamlarni taşib bir joyga uyar, xotini esa uyum ustida ötirib, termosda çoyi bilan erini kutardi.
Mening közim ötkirroqmidi, işqilib, peşanasida ter yiltiragan Abdurazzoq akaning Umrinisa xolaga qaraşlari boşqaçaligini ilğaganman. Bolalar ham ilğaşganmi, ularga qarab: “Ana, qaradi! Ana, nimadir dedi! Yaxşi köraman deb aytdimikin?” deya kulişardi.
Qiziqligining sababi şuki, elda xotinlar bilan erlarning yumuşlari orasida nihoyatda qatʼiy, ötib bölmas bir çegara bor. Masalan, er kişi heç qaçon hovli supurmaydi, tandirga öt yoqmaydi. Abdurazzoq aka şu çegarani buzgan odam bölib, paqirda ariqdan suv taşiganini, mol-holga jodida poya kesganlarini, katta qozon tagiga öt yoqib, kirga suv isitganini ham körişgan. Bular Abdurazzoq akaning obrösini tökadigan holatlar edi, biroq birov yurak yutib bir nima deya olarmidi? Abdurazzoq akaning gavdasiga yaraşa zuğumi ham bor, u gavda, u quvvat bilan istagan kişisini çalpak qilib taşlaydigan yovvoyi qudrat egasi edi u.
Xotinini yaxşi köradigan er! Ajab… Boşqalar öz jufti halolini yaxşi körmasmidi? Yoki bunday tuyğularni oşkor qiliş or sanalarmidi? Neça martalab guvoh bölganmiz: er-xotin qaygadir borar bölişsa, oldda er, ortida xotini ergaşar, xotin erdan oldinga ötib ketmasligi şart, ötsa malomatga qolişiyam bor gap. Qançadan-qança oilalar şu zaylda hayot keçirar, xotin uy işlariga öralaşgani on erkak ayvonda yonboşlab yotganini, xotin molni yeçib boşqa joyga boğlamoqçi bölsa, hayvon suzgani çoğlanganini-yu, xotin çinqirib qoçganini, er şundagina örnidan qözğalganini… şunga öxşaş holatlarni köra-köra, umumiy tartib şu ekan-da, deb katta bölganmiz. Sir bölmasin, yana bir gapniyam aytay: özimizning öğil bola bölib tuğilganimizdan gerdayişimiz-çi? Xotin erdan past turişi şart! “Öçir ovozingni! Xotin kişi böla turib munça javraysan?” deganday öşqirişlarni ham eşitganmiz.
Erkak kim? Xotin kim? Yaxşilab bilib olinglar! Erkak uyning qöriqçi-himoyaçisi, u rizq taşib keladi, aytgan sözi quloq qoqmay ado etilişi şart! Xotin erdan bir daraja past turişi kerak! Aqlimiz yetavermasdi, u holda, onalarimiz, amma-xolalarimiz-çi? Onamizni ham şunday körişimiz kerakmi? Yöq, ona otadan past turgani bilan, izzati har doim bolaning boşi ustida böladi. Şu farqlarni unutmang, ota-onangiz qoşida xorlik qanotingizni past tuting, ular qarib-qartayganida mehr-şafqat bilan muomalada böling!
Qisqasi, qişloq öz holiça yaşardi-yu, bir Abdurazzoq aka özga edi, xolos. Ellikdan oşgan barvasta kişi ayolini doim yetaklab yurardi. Bozorlarda, marosimlarda birga yurişganini körardingiz. Bilmadim, uni kimdir malomat qilganmi-yöqmi… Malomat qilmagan desam xato bölar… Qişloq bekorçilari orasida azbaroyi köngilxuşlik uçun birovni hazil-mazax qilib ötirişni xuş köradigan odamlar bor. Har holda, havaslanib qaraşmagani bor gap. Bu-ku, ularning nisbatan yoşroq paytidagi gaplar, qartayişganida esa, havaslanganlar bölgandir?
* * *
Yillar ötdi. Tengqurlar har yoqlarga soçilib ketdik. Qizlar uzatilib, yigitlar uylandi, barçamizni birlaştirib turgan, yoşlik deyilgan ajoyib quvvat asta-sekin beğubor samolarga kötarilib ketdi.
Özim ham bir rözğorning boşiga keldim, öğil-qizim tuğildi. Otamni kömdim, onam qartaydi, amakilarim dunyodan ötib ketişdi… Har narsaning mağziga yetib boradigan bir pallaga keldim degan mahalim, bir kuni qişloqqa borganimda, öşa er-xotinning olamdan ötganini eşitdim.
Bu qayğuli xabar yuragimni zirillatdi.
Tavba, birovlarni körsam, kulimsirab söraşaman-u, içim zim-ziyo, çiroq yoqsa yorişmaydi. Öşa ikkovlonga açinaman. Axir ular menga qavmu qarindoş emas edilar. Bor-yöği qişloqdagi yuzlab oilalarning biri, bolalik osmonimda yulduzday miltiragan kişilar, xolos…
El qatori maʼrakasiga borganim esimda. Katta yoğoç darvoza lang oçiq, qişning sovuq kuni, tevarakni siyrak tuman qoplagan… Odamlarning köpi ikki qavat tön kiyib olgan, kiraverişga hamda mulla buva ötirgan söri oldiga tönka qalangan, el kelib, ötganlarning ruhiga fotiha öqib ketmoqda.
Xullas, bir dunyo odam. Xolaning ukalari-yu Abdurazzoq akaning qarindoş-uruğlari — bari şunda.
Abdurazzoq aka ança vaqt kasal bölib yotib qolibdi. Yetmişdan oşgaç, nimayam bölardi? Kuç-quvvatini, salomatligini hayot degan maşaqqatga fido qilib yuborgan kişidan nimaniyam kutardingiz?
Umrinisa xola bir xotin qilişi kerak bölgan hamma işni qilibdi. Bormagan tabibi, körsatmagan döxtiri qolmabdi. Hammasi kelib, Abdurazzoq akani körib, boş çayqaşar emiş. Aka-ukalar, jigarlar taqdirga tan berişibdi. Xudo şuni iroda qilgaç, birov qarşi çiqolarmidi, deyişibdi. Dunyoda heç kim mangu qolgan emas. Kimdir oldin, kimdir keyin…
Ha, hamma şu töxtamga kelibdi-yu, birgina Umrinisa xola jonini jabborga berib erini tuzatişga urinibdi. Qaydan imdod eşitsa, boribdi, bir nimalar olib kelib damlab içiribdi, erining tepasidan jilmabdi, oyoqlarini uqalabdi, keçalari oyoq tomoniga, pastroqqa joy solib, nafasiga quloq tutib yotibdi. Nafasi sal özgarsa, darhol qalqib, erining boşiga kelar, damlamasini içkizar, yostiqlarini almaştirar, keyin yana öşa muqaddas joyida — Abdurazzoq buvaning oyoq tomonida joynamozini solib, “Iloyo, erimga şifo ber” deb Xudoga yolvorar ekan.
Polvon odamga qaydan yopişa qolibdi bu dard? Ukasi uy qurganida, Abdurazzoq aka töqayda qamiş örganida qattiq şamollagan ekan, öşa dard bora-bora zörayib, nafas qisişga aylanib ketgan ekan, deyişdi.
Yöq, Xudoyim najot bermabdi. Abdurazzoq aka tobora ozib-tözib, quvvatdan qolaveribdi.
Nihoyat, bir kuni ahvoli juda yomonlaşibdi. Burnining uçi çöççayib, quloği tikkayib, közining atrofida qora halqalar paydo bölibdi. “Tayyorgarligingizni köravering, — deyişibdi bilgiç odamlar. — Surp-suruğini, igna-ipini tayyorlab qöygandirsiz axir?” Haqiqatan ham Abdurazzoq aka öpkasining uçi bilangina nafas olar, aʼzoyi badanini qora ter bosib ketaverar emiş. Aka-ukalar jam, Umrinisa xola esa muştdaygina bölib erining oyoq tomonida ötirarmiş.
Bir mahal Abdurazzoq aka közini oçibdi. Horğin nigohi bilan tevarakdan kimnidir izlabdi. Kişilarni arang ilğab, izlaganini — Umrinisa xolani topibdi. Heç kimga heç nima demabdi-yu, xotiniga qarab, tili zörğa aylanib:
— Umri… — debdi. — Men… ketib qolaman, şekilli…
Töplanganlar ne deyarini bilişmasmiş. Abdurazzoq aka qiynalib nafas olarmiş, nigohini Umrinisa xoladan uzmasmiş. Xazonga yuz tutgan vujud aro u nigoh şunaqa nurafşon, şunaqa tiniq emişki…
— Umri…
— Ha, otasi? — debdi Umrinisa xola.
Qarang! Xudoyim farzand bermagan şu juft… şu xotin… eriga “Otasi” dermiş!
Abdurazzoq aka esa qiynalib, bir dunyo afsus, armon, öksiniş hamda soğinç ila debdi:
— Hay attang… — joni qilning uçida turibdi-yu, şivirlabdi: — Dunyoga… töydim-u… senga töymadim…
— Jon otasi, unday demang, — deb yolvoribdi Umrinisa xola erining oyoğini quçoqlab. — Sizsiz men nima qilaman?
Abdurazzoq aka esa yana arang:
— Dunyoga töydim-u… senga töymadim, — debdi-yu, ikki közidan ikki tomçi yoş çiqibdi.
O, u nigoh!.. Atrofi ajin töla, tiriş yuzlar qiş faslidan darak bergan, quyoş ufqqa botib bölgan, ajal şamoli soçlarini yulqilagan, qahraton fasl izğirini izillatgan… Axir nigohi gapirarmiş-da! Nigoh ne, öşa ikki tomçi közyoş ham bir nimalarni söylar, armonu ökinçlardan, intilişu soğinçlardan, intiqligu mehrga zorliklardan odamday faryod urarmiş!
Şunda Umrinisa xola odamlardan uyalmasdan erining yuzlarini siypalabdi, bisotidagi gaplarini aytibdi. Şunday gaplarmişki, odam bolasi eşitsa, çidayolmasmiş. E tavba, odamlar xotinini yonma-yon yetaklab yurişga or qilişadi, bu esa sira tortinmabdi. Nimagayam tortinsin, axir köz oçib körgani-ku! Suyançiği, madori, dunyoga kelib topgan xazinasi, boru yöği-ku!
Abdurazzoq aka uning qölini tutib olgan ekan. Şu tariqa jufti halolining, pokiza maxzanining, umr yulduzining, dunyoga kelib topgan eng qiymatli gavharining burişiq qöllarini tutib, intizor termilib jon taslim qilibdi.
Aytadilarki, mayitning közlari jon çiqib ketgan tomonga qarab qolarmiş. Jon çiqib ketibdi-yu, közlar Umrinisa xolaga termilganiça qolibdi.
Bu voqeaga şohid bölib turgan öşa yerdagi odamlar özlarini tutolmasdan, piq-piq yiğlaşarmiş.
Xotinlarni-ku qöyavering, erkaklar-çi? Kap-katta erkaklarning ham közidan yoşi duvillab oqarmiş…
“Dunyoga töydim-u, senga töymadim…”
Abdurazzoq akaning qaroğidan ikki tomçigina yoş çiqibdi, dedik. Biri özi, biri Umrinisa xola bölsa ne tong? Ikki tomçi yoş qaroq ustida şudringday turib qolgan, marvaridday titrarmiş.
— Böldi endi, ketdi, — debdi qişloq oqsoqollaridan biri qattiq ovoz bilan. — Közini yumib qöyinglar. Yigit-yalangni gör qazgani jönatinglar, ğassolni çaqiringlar. Hoy, xotinini olinglar yonidan!
Ajab, Umrinisa xola yiğlamasmiş, titramasmiş, tekmiş. Abdurazzoq akaning singillari “Böldi endi, jon opa” deya yiğlay-siqtay yelkasidan tutişsa, xolada hayot asari sezilmasmiş. “Iye!” deb qaraşsa, xolaning ham joni öşa paytdayoq çiqib ketib bölgan ekan.
— Voy ölay! — deb yiğlaşibdi xotinlar bu hodisotdan esi oğib. — Voy, tavba qildim! Joni joniga boğlanib qolgan ekan-da?
Şu tariqa yoruğ olamni tark etib ketişibdi Xudoyi taoloning şu bir juft quşçasi, ikki musiçasi. Olam gulzori aro yaratgan ikki guli, hayot daraxtida yetilgan ikki mevasi… Har işga qodir Parvardigorning ikki bandasi…
* * *
El-yurt orasida mehnati bilan hamma qatori kun keçirib, dunyodan ötgan şu juft taqdiri qalbimga şunçalik taʼsir qildiki!
Bir neça marta öşa armonli jumla qatidagi olam-olam mazmunlarni ifodalaşga urinib kördim. Yöq, afsus, qölimdan kelmadi. Şarhlasam, şugina jumla özida mujassam etgan qançadan-qança maʼnolar nursizlanib-xiralaşib, tozaligu tiniqligi yöqolayotganday tuyulaverdi. Qay tarz izohlasam ham, öşa jumla bağridagi insoniy tuyğularga yeta olmadim.
Nihoyat, şarhlaşni bas qildim. Qanday aytilgan bölsa şunday, bir hikoya qatiga muhrlanib qolaversin, dedim.
Abdurazzoq aka va Umriniso xola desalar, xayolimga şu jumla keladigan böldi:
“Dunyoga töydim-u, senga töymadim…”
* * *
Yer yuzida son-sanoqsiz juftlar, biri yaxşi, biri yomon… öz hollariça hayot keçirmoqdalar. Erlar rizq taşib kelmoqda, xotinlar uy-rözğorini saranjomlab, erini kutmoqda. Bolalar ota kelişiga yaqin öyinni bas qilib, şoşa-pişa uylariga çopişmoqda. Nazarimda, dunyoning eng mukammal, eng ajoyib armoni, insonlikning eng gözal izhori şu manzaraga jo bölib qolganday. Qaçonki köça-köyda bir-biriga iljayib qarayotgan, nimanidir ilinayotgan, xavotir olayotgan, qisqasi, bir-biriga mehr körsatayotgan er-xotinlarga közim tuşsa, abadiylik kasb etgan öşa iqror xayolimga keladi. Qazoi mutlaq ularni bir-biridan sira ayirmasligini istab qolaman. Olamni tutib turgan mehvar şu, unga zarar yetmasin deyman. Ey, Xudoyi taoloning hukmu irodasi ila bir-biriga payvand bölgan, oddiygina rözğor baxti aro hayot keçirayotgan insonlar! Bir-biringizga har doim, heç nimadan tortinmasdan şu gapni ayting, yorni yordan, döstni döstdan, onani öğildan, bolani otadan ayiradigan ajal yetib kelguniça birgalikda baxtli-saodatli umr keçiring, bir-biringizning qadringizga yeting, degim keladi.
Abdurazzoq aka bilan Umrinisa xola abadiy saodat maskanlarida ham yonma-yon yurişganday, nazarimda. Mangulik diyorlarida ham öşa ajoyib söz, öşa mehru muhabbat kalimasi yangrayotganday tuyuladi:
“Dunyoga töydim-u, senga töymadim…”
* * *
Ha, qiş qahratoni muzloqlarga benihoya ajoyib naqşlarni naqşlab qöyadi. Özimiz bilgan muz, ammo naqşlariga qarasangiz-çi! Taram-taram, uçlarida gullari oçilgan, nozik-nafis, bir-biriga sira öxşamaydigan bezaklar. Fasl naqqoşi hatto muz ustiga ham şunday naqşlar çizibdi. Erta bir kun bahor quyoşida bari erib, ğoyib böladi, zilol suvlarga aylanib, ekin-tikin bağriga hayot suvi bölib sizib kiradi. Şunda el-yurt orasida oddiygina hayot keçirib dunyodan ötib ketgan er-xotin yuragining tub-tubidan çiqqan öşa kalima yanada hayotiyroq, yanada manguroq bölib jaranglaşiga işonçim komil. Yurtim kişilarining yurak tubida şunday gözal sözlar borligiga, öz vaqt-soati bilan yaşaş mazmunlaridan biri ölaroq yoruğ olamga tölib-toşib çiqişiga işonaman:
“Ey umrimning maxzani, hayotimning yulduzi, dunyoga kelib topgan yöğu borim, azizim mening!
Axir, sezyapsanmi?
Dunyoga töydim-u, senga töymadim…”
2017 yil 2-5 yanvar
