Tungi qönoqlar

Öktam MIRZAYOR

(Hikoya)

Tiyonşonning tik qoyalariga tutaşib ketgan daralar şunday Burçmulla qişloğidan boşlanadi. Uning gadoytopmas öngirlaridan birida Tojiali aka degan oqsoqolning bir neçta kapasi bor. Qamiş çetanlar bilan öralgan karavotlarda har zamonda saratonda jizğanagi çiqqan şaharlik tanişlari kelib salqinlab ketadi. Kapalarga yondoş söqmoq osmon bilan böylaşib yotgan qoyalar bağridan pastga şiddat bilan quyilgan şarşaraga olib boradi. Tört-beş metr balandlikdan quyiladigan şarşaraning guzari unça katta emas. Toğliklar suvning oldini xarsangtoşlar bilan odamning beli barobar yarim aylana şaklida tösişgan. Muzday suv toşlar orasidan sizib özan sari yörğalaydi. Töğonning içkarisidagi suv tizzadan keladi, nari borsa belga uradi. Şarşaraning ostiga hammayam yurak yutib boravermaydi. Bora olgan odamning ham iyaklari uç-tört daqiqada takillab qoladi. Bu yerga kelib ketuvçilar köp.

Tojiali aka mehmonlariga eşik tuynugining ixtiyorini berib, özi qişloqdagi xonadonida keçalaydi. Şovullagan soy bağrida, toğliklarga xos epçillik va did bilan qurilgan bu kapalarda sayohatçilar yöq paytlarda akaning özi tunab qoladimi, yöqmi, buni bilmayman. Bu yerda hamma narsa muhayyo. Eng muhimi, çiroq qişin-yozin öçmaydi. Öçoq, samovar, yeguliklar saqlanadigan muzlatkiç va hokazolar.

Bu gal toşkentlik Qömondon laqabli oşnasi ulfatlari bilan kelişdi. Ixtiyori özlarida. Tun böyi göştxörlik. Toğ havosida har qanday taom tez hazm böladi. Şundanmi, hamişa qozon qaynaydi. Nima taom tanlaşni Qömondonning özi hal qiladi, didiga moslab tayyorlagan ham özi. Heç kim böş turmaydi. Ulfatlar uning hukmiga muntazir. Hammasining öz vazifalari bor. Muzlatkiçga siğmay qolgan göştlar simdan yasalgan çançalarga ilindi.

Qömondon deganimiz – jöraboşimiz talabalikdan beri jilovni qöldan bermaydi, agar ötgan zamonda bölganida u qörboşi, kelasi zamonda yaşaganida kattagina boş bölardi. Hozir, mana, qirq beş yildirki, ön-ön beş kursdoşiga boş. Ularning zerikib qolişlariga yöl qöymaydi. Avval Eski şahardagi çoyxonada ulfatçilik qilişardi. Har zamonda ğaribgina, talabaça çoyxona oşlarning mazasi haligaça oğizlarida. Keyinçalik yigitçasiga, hozir esa, haqiqiy ulfatçilik. Qolganlar ham yoşi oltmişdan ötayotgan bölsa-da, hamon uni quloq qoqmay tinglaydi, aytgani — aytgan, degani — degan. Endi hammasi nafaqada, ahyon-ahyonda bir-birini qömsab, qömondonning çaqiriğiga Hirotdan bölsa ham “labbay” deya yetib kelib diydorlaşib turişadi. Xullasi kalom, bu gal saraton zabtiga olganda, ular Burçmullaning tabiatidan orom istab qolişdi. Bunga ham Qömondon sabab. Tojiali aka uning eski qadrdoni.

— Göştni oçiqda saqlasak, muşuklar yulib ketmasmikan? – dedi Ğulom davang hamişagiday ehtiyotkorligi tutib.

— Bu yerda muşuk nima qilsin, tulki-pulki desang-çi? – dedi qoraçadan kelgan, dum-dumaloq Toşpölat degani.

— Qöysalaring-çi, şunça göştxör oldidagini oldirib qöyarmidi? – dedi Qömondon bepisand.

— Hidini aytaman, hidini, yovvoyi hayvonlar tez hid oladi, deyişadi. Işqilib, şu qilganimiz töğrimi, masalan, qovun-tarvuzlarni muzlatkiçdan olib ariqçaga solib qöyaylik, muzdaygina turadi. Har holda, göşt — göşt-da, közdan nariroq tursin, – öz sözida turib oldi Ğulom davang.

— Bilganingni qil, – dedi Qömondon.

Eşon bilan şoirning kişti kelişadi. Xoli qoldi degunça davradan özlarini çetga olişadi. Dunyoning u yoğidan kirib, bu yoğidan çiqişadi. Ularning safiga naq Möynoqning tubidan bölsa ham yetib keladigan hokimbuva ham har zamonda qöşilib turadi. Hokimbuva deganimiz tuman hokimiyatida işlab nafaqaga çiqqan bölsa-da, faol. Majlisdan ortmaydi. Bugun ham bu yerga şunça yöldan kattalardan javob sörab kelgan. Telefon bilan dunyoni boşqaradi. U bu izdihomga qozoğistonlik ulfatlarining könglini ham ola keldi. Bir haftadan beri yöl bosadi. Toliqqan ekan, şekilli, naridan-beri qovzanib, özini duç kelgan töşakka otdi.

Bir xil qalamkaşlarga öxşab çözib ötirişni yoqtirmayman. Ularning har biri haqida joyi kelganda töxtalarman. Xullas, ulfatçilik yarim keçagaça çözildi.

Yöl çarçoğimi, ayrimlar yonboşlagan köyi pinakka keta boşladi. Ahvolni körib, Qömondon hukm qildi:

— Hammalaring joy-joyingga. Men şu yerda yotaman, – dedi çoğroq temir karavotni körsatib.

Ixçamgina. Agar astoydil istasa, törtta ulfatning çordana qurib ötiradigan joyi. Ammo bu tunda unga Qömondonning bir özi joy böldi. Rostmanasiga oyoğini uzatsa, öttiz santimetrçasi osilib qoladi ham. Ammo qömondon şu joy bilan qanoatlandi.

— Men oralaringda yotsam, xurrak otib, bezovta qilaman, şuning uçun çetroq, şu yerda yota qolay, – dedi u.

Qolgan ulfatlar ham bir-birining pinjiga tiqilişdi.

Şoir bilan eşon laş-luşlarini kötarib jönadi. Ular sal naridagi atrofi qamiş çetan bilan öralgan böş kapaga borib joylaşişdi. Kapaning bir tomoni şunday toğ toşlariga tutaştirilgan, daraxt va butalar, öt-ölanlarga burkanib ketgan.

Körpaçalar töşalgaç, şoir davradoşlari joylaşgan tomonga qaradi. Negadir bu yerda joy bemalol bölsa-da, boşqalar bu yerga kelmaganiga ajablandi.

Tun quyuqlaşgan sari toğning bor salobati şoirning nozik köngliga vahima sola boşladi. Vahimaning boşi “göşt” hangomasidan boşlandi. “Bu yerga haşarotlar örmalab kelmasmikan?” degan fikrdan sergak tortib, yon-atrofiga nazar soldi. Kim aytadi bu toğu toşlar bağrida çaqadigan haşarot yöq deb?

Sal turib bu şubha “bu toğda börilar yöqmikan?” degan öy barobarida kattalaşdi. Eşonga baribir. Yotişdan avval kalimasini qaytarib, öziga kuf-kuflab dam urdi-da, körpaning qatiga kirib ketdi. Şu turişda u nari borsa, beş-ön yoşli bolakaydaygina bir burda bölib yotib oldi.

Şoirning uyqusi qoçdi. Narigi karavotdagilarning ğönğillaşi ham siyraklaşdi-yu, bora-bora tindi. Şularga hayronsan. Olti yil birga öqişdi, mana, qirq beş yil ötibdiki, hamon bahslaşadi. Nimani bunça talaşadi, özlari ham bilmaydi. Bular göyo bitta ota-onadan tuğilib har joyga köçib ketişgan-u, soğinç örtaganda, körişib turmasa bölmaydi. Vaqt topildi degunça qayerdan bölsa ham yetib kelişadi. Hatto qöşni Tojikistondan ham. Haliyam bu gal Buxoro bilan Yangiyerdan ikki nafari kelişolmadi. Ikkitasi esa narigi dunyoni obod qilişyapti, birining ismi Aminboy, ikkinçisiniki Habibulla edi. Şoir bunday hisoblab qarasa, kursdoşlar orasidan töqqiztasi bandalikni bajo keltiribdi. Eh, qanday begidir insonlar edi. U çuqur xörsindi. Şuning uçun ham boladay beğubor kursdoşlarining bir-birini avaylaşlarini körib mehri iyib ketdi. Davra tölganda Aminboy oçilib ketardi, şoirni şoir qilgan ham öşa. Bir kuni, bir neça yil avval şu yerga kelişganida şoir samovarga ötin qalayotganda yoniga kelib, telefonini tutib: “Kinolavha olyapman. Şoir bölsangiz, bir nima deng”, deb qoldi. Şoir ham şuni kutib turgan ekanmi, qölidagi ötinlarni tizzasiga qöyib bir urib sindirdi-da:

 

Şoirlar hamişa bir nima degan,

Degani uçun ham bir nima yegan.

Yemadim, deyişsa, aslo işonmang,

Yemadim, degani bir tepki yegan.

 

— deb yubordi. Mana şundan beri şoir şoir bölib ketdi. Hatto Qömondonning xonaki farmoni bilan “xalq şoiri” degan unvonga ham sazovor böldi. Bu ham bir gap-da.

Öşa şoir hozir toğ bağridagi xilvat kapada jon hovuçlab ötiribdi. Börilar kelib qolmasmikan, degan vahima endi uning fikru xayolini butunlay band etib oldi. Eşon pişillab uxlayapti. Unga baribir. Tik turib ham uxlayveradi. Narigi karavotdagilar ham tinçişdi. Faqat nariroqdagi soyning şovullaşi kuçayganday böldi. Vahima yanada ortdi. Toğ, şovullagan soy, kimsasiz dara, börilar. Axir bu yerda tunab böladimi? Odam degani ham qiziq. Özlarini ne köyga solmaydi. Mana, çiyabörilar uçun özlarini yem qilib şu yerlarga öz oyoqlari bilan kelib ötirişibdi.

Şoirni yanada vahima bosdi. Uyqusi butunlay qoçdi. Şu öylar girdobida körpaçadan boşini çiqazib, atrofga razm soldi. Zim-ziyo tun. Butazorlar qaʼridan yilt etgan yoruğlik köziga taşlandi. Qönğizmikan, quş-puşning közimi, börimikan yo?! Yöğ-ey, qimirlamayapti-ku, yulduzning şuʼlasi bölsa kerak. Unda nega bitta? Yulduzlar köp bölişi kerak edi-ku. Obbo, çiyabörilar bölsa-ya! Uf, u körpaning qalinligidanmi yo qörqqanidanmi, badani qizib terlab ketdi. Nima qilsa ekan? Eşonni turğizsami? Yöq, kulgi böladi. Döstlarining yoniga ötsami? U yoqda joy yöq.

U döstlarining bu karavotga ötmaganining maʼnisini endi anglaganday böldi. Soddalik qursin. Biroz quloğini ding qilib yotdi.

Soat neçaligini bilmayman. Hali tong otmagan edi. Dara tepasidan, aftidan, soy şovvasining öng tomonidan, şoir yotgan kapaning şunday biqinida önlab çiyaböri qiy-çuvini boşlab qoldi-ku. Bu vahima birdan boşlandi. Ularning ovozi tobora yaqinlaşayotganday tuyuldi. Şoir irğib örnidan turdi. Qoronğida közoynagini topolmay sermalandi. Ikki közi çiyabörilar ovozi kelgan tomonda. Nima qilsin, qalin adyolni olib, ular hujum qilsa ustiga taşlayman, deb hozirlik körib, şay turdi. Ğulom haq ekan, ular göştning hidini olişgan. Bölmasa, şunçalik yaqin kelişarmidi?

Köz öngida çiyabörilarning unga taşlanişi, birovi böğzidan, boşqalari oyoğidan, qornidan yulqib abjağini çiqarib taşlaşi namoyon böldi. Hammayoq qon. Agar ular hujum qilsa, eşon ham soğ qolmaydi. Narigi kapadagilar-çi? Juda katta fojia yuz beradi. Ertaga ijtimoiy tarmoqlarda “Burçmulladagi fojia” degan ayançli xabarlar tarqaladi…

Şoir şularni öylayotganida, çiyabörilar hamon biri qöyib ikkinçisi uvlaşardi. Şoirni titroq bosdi. Birdan ovoz yaqinlaşmay qoldi-ku, degan öydan taskin topdi. Ammo butun vujudi dir-dir titrardi. Nima qilarini bilmay, nafasini içiga yutib, quloğini ding qildi. Bir neça daqiqadan söng çiyabörilarning ovozi qanday dafʼatan boşlangan bölsa, şunday öçdi. “Uh! — dedi u. — Ammo baribir ehtiyot böliş kerak”, degan fikr könglidan ötdi. Börini gapirsang, quloği körinadi, degani şu-da. Sekin eşon tomonga qaradi. U hamon pişillab uxlardi. Narigi kapadan esa qatorasiga xurrak ovozlari eşitilardi. Oradan qança vaqt ötdi, bilmaydi. Mana senga dam oliş! Şoir özini ham, şu yerga olib kelgan Qömondonni ham, boşqa döstlarini ham içida yomon sökardi. Şu topda tong ham oqara boşlagan edi…

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan