Köngil inşolari
Aşurali JÖRAYEV
Muallif haqida:
Aşurali JÖRAYEV — Navoiy viloyati, Karmana tumanidagi Jaloyir qişloğida tuğilgan. Abdulla Qodiriy nomidagi Toşkent davlat madaniyat (hozirgi sanʼat va madaniyat) institutini tugatgan. “Muştum”, “Afandi”, “Gulxan”, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” singari bir qança respublika naşrlarida masʼul vazifalarda faoliyat yuritgan. “Özbekiston” naşriyot-matbaa ijodiy uyi direktorining birinçi örinbosari lavozimida xizmat qilgan.
Taniqli publitsist va yozuvçi. “Toşbaqalar poygasi”, “Yurak böronlari”, “Öq uzgan kim?”, “Senga köngil bersam”, “Dil gavhari”, “Maysalar uyğongan tong”, “Sahifaga siğmagan satrlar”, “Esar Jayxun şamollari”, “Konvert odam” kabi köplab kitoblari naşr etilgan.
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist.
Gunoh yuki
Yuk ortilgan turfa aravalarni köramiz. Yuk taşiyotgan avtolar, poyezdlar, hatto samolyotlarga duç kelamiz.
Lekin hayotda eng yomon, eng pastkaş odatlardan biri — gap taşigan ğiybatçi, hasadgöy, fitnaçilarni ham köp köramiz. Gap taşiş oğir va keçirilmas gunoh ekanligini ular bilarmikan?
Gunoh yuki şu qadar zilki, uni arava-yu poyezdlar, avtolar-u samolyotlar ham tortolmaydilar. Gunoh yuki ostida qolib ketma, gunohkor banda!..
Aybi yöq odam
Özi yoki boşqa odam qilgan aybni boşqa birovga tönkaş — öta ojizlik.
Birovni bilmasdan aybdor deyiş — katta gunoh.
Aybi yöq odamning aybini zör berib isbotlaşga uriniş — ğirt ahmoqlik.
Atrofimizdagi odamlar
Baʼzan öylayman: hayotda rahmoniy insonlarni köp kördimmi yo şaytoniy odamlarnimi? Töğrisi, rahmoniylardan köra şaytoniylarga tez-tez duç kelaman. Ularning maydalaridan tortib, katta-kattasini, oqsoqolu köksoqolini, dodaxöjasini, amma-xolasi-yu toğa-jiyanlarini köp uçratdim. Ular yöllarda, töy-haşamlarda, maʼrakalarda hamroh böladilar. Baʼzan ular bilan bir lagandan oş yeyman. Ayrimlari bilan birga işlayman. Hatto ulfatçilik qilaman. Ularning xatti-harakatlari, yuriş-turişlari, qiliqlari, muomalalari, gap-sözlaridan anglab yetdimki, göyo şayton qiyofasiga kirmasang, uning firib yölidan yurmasang, yaşolmaysan, deb öylayotgan toifadagilar köpayib ketmayaptimikin?! Baʼzan şaytonizm boşlanmadimikan, deb dahşatga tuşaman.
Siz ham atrofingizga bir qarab oling, kimlarni körasiz: rahmoniylarnimi yo şaytoniylarnimi?..
Söz — xaloskor
Sözni heç qaçon uvol qilmang.
Sözning gunohiga heç qaçon qolmang.
Söz bir kuni albatta öç oladi.
Söz — möʼtabar, söz — uluğ, söz — xaloskor!
Qörquv
Qöy böridan qörqib yaşaydi.
Böri şerdan qörqib yaşaydi.
Quyon tulkidan qörqib yaşaydi.
Tulki arslondan qörqib yaşaydi.
Arslon odamdan qörqib yaşaydi.
Odam odamdan qörqib yaşaydi…
Kuyunçak tarbiyaçi
“Afrosiyob” poyezdida navoiylik Maqsad ismli tarbiyaçi ayol bilan hamsuhbat bölib qoldik. U gap orasida kuyunib şunday dedi:
— Meni hamişa bir narsa juda qiynaydi. Bizning boğçaga işbilarmonlar, tadbirkorlar, puldor bozorçilar, dökondorlar farzandlarini olib keladilar. Ular: “Bolalarimizga qanday taʼlim berasizlar?”, “Qanday harf tanitib, qanday kitob öqişni örgatasiz?” deb emas, “Qanday ovqat berasizlar?” deb söraydi. Bu savol odamning yuragini zirqiratib yuboradi. Xafa bölib, qiynalib ketamiz…
Quyoşmi, bulut?
Çaraqlab turgan quyoş yuzini kutilmaganda qop-qora bulut qoplab oldi. Quyoş körinmay qoldi. Osmon göyo bir neça lahza zimistonga aylandi. Aynan şu holat röy bergan vaqtda bir yaqin döstim bilan telefonda gaplaşib turgan edim.
Bu manzara quyoş batamom yöqoldi, degani emas. Aksinça, qilmişidan “puşaymon” bölgan bulut özini asta çetga oldi. Olam yana yorişib ketdi. Yuraklar ham… Bizning suhbatimiz kutilmaganda oddiy bahsga aylandi…
Ayt-çi, döstim, sen quyoşmisan yo bulutmi?
Saboq
Tarix bergan saboq: davlat — kaltak, fuqaro — şoxlari egilgan mevali daraxt. Kaltakka istalgan paytida meva qoqiş huquqi berilgan. Kaltakka hamişa insof va adolat tilaymiz. Lekin…
Oyna
Oynaga qaragan edim, öz aksimni kördim. Kördim-u közlarimni darhol yumib oldim. Oyna-çi, u nimani kördi ekan?..
Xayriyat, oynaning tili yöq. U haqiqatni aytganida bormi, rosa uyalib qolardim. Keyin oynaga qanday qarar edim?..
Ovoz
Bir dadil va öktam ovoz quloğimga yaqin kelib, içkariga kirişga izn söradi:
— Menga ruxsat ber. Içkariga kirmoqçiman, köp sohada tajribam yetarli. Hali senga kerak bölib qolişim mumkin. Faqat eski ovozman, — dedi u.
— Bizga yangi ovoz kerak…
Jimjitlik
Baʼzan mardlik va jasorat sözini dadil yozsam, kimdir buni şartta öçirib, qörqoq sözini yozmoqçi böladi.
Boylik sözini aytsam, kambağallarning közlari yoşlanadi, dillari oğriydi.
Halollik sözini ğurur va ibrat bilan gapirişga çoğlansam, ustimdan kulib, nuqul pora tirjaya boşlaydi.
Maqtov sözi oğzimdan çiqişi bilan qarsakbozlik va ofarinbozlik avj oladi.
Sabr sözini yozişim bilan atrofni savol yomğiri bosib ketadi: “Qaçongaça?!”
Kitob sözini tilga olişim bilan jimjitlik va sukunat boşlanadi. Göyo hamma tilini tişlaganday…
Yolğon
Yolğon kimlar uçun — manfaat.
Yolğon kimlarga keltirar kulfat.
Yolğon kimlarga oşna-yu ulfat.
Yolğon ikkiqat bölar yolğonga faqat.
Biri…
Biri yaxşi, biri yomon içinda,
Biri bahor, biri ayoz içinda.
Biri dono, biri nodon içinda,
Biri çora, biri pora içinda.
Biri şarob, biri xarob içinda,
Biri duo, biri gunoh içinda.
Biri boylik, biri xorlik içinda,
Biri töqlik, biri yöqlik içinda.
Inson qadri
Bizda odamlarga taʼrif berişda meʼyor sözi begona. Agar bir odamni maqtaş zarurati tuğilsa, unda yöq fazilatlarni öylab topib, yöq “isteʼdod”ni qöşib, yettinçi osmonga olib çiqib, yulduzlar tödasiga oşno qilib qöyamiz.
Agar öşa odamni badnom qiliş yo qoralaş zarurati paydo bölsa, öşa zahoti uni tuproqqa qorib taşlaymiz.
Fikr
Xayolimda çaqmoqday paydo bölgan juda noyob, eşitganlarni hayratga soladigan ötkir fikrni kimdir sezib qoldi. Fikrni qoğozga tuşirişga ham, birovga aytişga ham ulgurmadim. Xuddi plastik kartadan pul yeçib olgan xakerday fikrimni gumdon qildi. Yo öz xayoliga ötkazib oldi yo kerakli joyga topşirib yubordi. Fikrimni kim öğirlaganini bilolmadim…
Pul öğrisi, tilla öğrisi, maşina va boşqa turdagi öğirliklar borligini bilardik. Endi fikr öğrisi ham çiqibdi. Fikringizni ehtiyot qiling!
Donişmandning tuğilişi
Tarbiya jarayonida şunday bir açinarli qusurimiz bor. Agar ona biror yumuş bilan band bölib turganida, tili çiqib, gapirişni boşlagan bolasi bir narsani sörasa, ona “yöqol!” deb baqirib beradi. Agar bola qayta-qayta sörasa, tarsaki tuşiradigan onalar ham topiladi. Ayrimlari: “Bunça sersavolsan, közimdan yöqol!” deb jerkiydi. Bolasining yoş yuragi ozor çekadi, köngli qavaradi.
Unutmang, gapirişni boşlagan bolaning turli mavzudagi aralaş-quralaş savollariga erinmay, sokinlik va mehr bilan javoblar bergan ona kelajakda bir donişmand yo teran tafakkurli insonni tarbiyalayotgan böladi.
“Közingizni oçing”
Köz doktori huzuridaman. U közlarimni apparat yordamida tekşiriş jarayonida: “Közingizni oçing, katta oçing”, deb qayta-qayta takrorladi.
Bu sözlardan hayajonlanib, vujudimga titroq kirdi. Beixtiyor xayolimda kutilmagan savollar çarx ura boşladi. Nega bolaligimda, katta bölganimda bu hayotiy sözlarni aytişmagan. Nega?! Özimiz ham farzandlarimizga bu ibratli sözlarni nega aytmaymiz?..
Toki köz doktorlari “közingizni oçing, katta oçing”, deb ogohlantirmasdan burun közlarimizni oçişni örganaylik.
Hamsoya satrlar
Jasorat der: sözginangni ayt-ayt.
Aytolmasam netayin.
Qörquv deydi: bu yölingdan qayt-qayt.
Qaytolmasam netayin.
Hadik hamroh, şubhalidir bayt-bayt.
Sözlolmasam netayin.
Kel, yaxşisi, birodar, töğrisözning doriga
Osiliblar ketayin.
Yolğonçi dunyo
Dunyo, sening çiroyli yolğonlaringga işonmay qöydim. Endi makrlaringga uçmayman. Umuman, karaşma-yu nozlaringga parvo ham qilmayman. Jilvalaringga qayrilib qaramayman.
Sen ming bir nayranglaring bilan löliga öxşab avraysan. “Baxtingdan oçaymu, taxtingdan oçaymu?” — deb jodugarlik qilasan.
Arz
XVIII asr. Podşoh saroyi eşigiga oddiy hunarmand amallab yetib keldi.
— Senga nima kerak?
— Arzim bor, — dedi hunarmand.
XIX asr. Xonning arkiga qiynalib yetib kelgan dehqondan söraşdi:
— Senga nima kerak?
— Arzim bor, — dedi dehqon.
XX asr. Şöro davri sarkotibi qabulxonasiga azoblar bilan yetib kelgan işçidan söraşdi:
— Sen nima xohlaysan?
— Arzim bor, — dedi işçi.
XXI asr. Hokimning qabuliga taniş-biliş qilib kelgan “kambağallar daftari”da röyxatda turadigan ayoldan söraşdi:
— Sizga nima kerak?
— Arzim bor, — dedi ayol.
Aynan şu kuni Xalq qabulxonasiga nabiralari kömagida kelgan oqsoqoldan söraşdi:
— Sizga nima kerak, otaxon?
— Arzim bor, — dedi oqsoqol.
Sabringga tasanno! Şunçalar çidamli, barhayot va umring uzoq bölmasa, ey, arz!..
Öğri ham Xudodan söraydi
Öğri ovga çiqib, öljasiga yaqinlaşganida vahima va qörquv bosib: “Özing asra, Xudoyim”, deb iltijo qiladi. Öljani ömargaç: “Özingga şukur, Xudoyim”, deb xursand bölib, taskin topadi.
Mehmonning izzati
Bu ötkinçi dunyoda hammamiz mehmonmiz, degan iborani köp takrorlaymiz. Şunday ekan, unda mehmonligimizni çuqur his etib, anglab, odob, iymon, sabr-toqat bilan yaşaylik. Mezbonni noqulay ahvolda qoldirmaylik.
