Tönglaş

Temirpölat TILLAYEV

HIKOYA

Adoği körinmaydigan sovuq va izğirin hamma narsani toşdek qotirgan, uy oldidagi tutning quçoqqa siğmas tanasi yanada qorayib, şip-şiydam şox-şabbalari qirov boğlab, diydirab turibdi; butun Elsaroy göyo tönglab yotardi.

Har yili tirama kelişi bilan yöğon navdalari — erkak qöllari kesilib, ingiçka, kalta böğinli urğoçi qöllari — qiltiriq şoxçalar bir boğ qilib boğlanib, puştalar orasiga kömiladigan toklar bu yil kömilmay, qarovsiz qoldi.

Pajmurda va qovjiray boşlagan kökimtir, oqiş qirov bosgan barglar bilan burkangan uzumzor aftoda bir ahvolda.

Quş uyqusi bölib qolgan kampir tahorat oliş uçun taşqariga çiqqanida, endigina toğ boşi oqarib kelmoqda edi.

Fayzsiz bu manzaradan uning taʼbi tirriq böldi.

Sirpanib ketişdan qörqqandek sekin oşxona tomon yurib borar ekan, uning xayoliga bundan bir neça kun burun sassiz şarpadek kelib, kun böyi ötgan-ketgandan gurung qilgan Salim podaçining miyiğida kulib turgan çehrasi keldi.

Keça podaçini Elsaroyning qadim qabristoni — “Ötab bobo”ga qöyib kelişdi; dunyo şunday: bevafo.

Kampirning xayoliga yana öşa iztirobli öy bostirib kirdi: “Endi göringni ham birovlar kavlaşi aniq, nima bölsa ham yuvgiçlar begona qöllar bölmasin-da!”

Lekin ötgan hafta qizlarini çaqirib, qayta-qayta tayinlagan gaplari kampirga biroz tasalli bergandek böldi.

— Xadiça, mana bu momomdan qolgan minsagimni tanamni tutganga berasan, mana bu onamning bilaguzugi bilan nimçasini suv berganga ber, mana bu uç kiyimlik şerozi duxobani suv quyganga qöy, mana bu özim töqigan ğajari böxçani özing ol, singillaringga örgatib turganing uçun!

Bu tayinlovlarga örganib qolgan Xadiça pinagini buzmay onasini tinçitdi:

— Xöp, xöp, xöp, ena… Hamma gaplaringiz menga yod bölib ketgan, albatta, aytganingizdek qilaman…

Lekin kampir qizining bu gapidan tasalli topmadi. Endi jiddiyroq ohangda gapira boşladi:

— Tanamni Hidoyat tutsin: ölikdan qörqmaydi, Gulandom suvni uzatsin. Ha, deb turmasang, uning labidan uçuq çiqadi. Zulayho qörqmaydi, ammangniyam u yuvgandi, yuviş uning qölidan keladi. Sen, mayli, yoşing ulardan katta, har qalay, uçala singlingga örgatib tur!

— Xöp, xöp, xöp, ena, xöp dedim-ku!…

Lekin kampir uning gapiga zarra eʼtibor bermay, aytarini pişiq-puxta qildi:

— Ukangni bilaman, bunday narsalarga umuman işonmaydi. Özi-ku, joyi-rastonimni kovlagani “Ötab bobo”ga Boyi bilan Faxriddinga qöşib Safarni ham yuborsa, olam guliston bölardi; begonalarga işonmay. Axir ular mening jonday nevaralarim… Lahadni birpasda qazib taşlaşadi.

Lekin ukang bunday qilmaydi: qaysarning qaysari! Axir, özing bilasan, yaqin orada ötganlarning hammasining qabrlarini şu uçala aka-ukalar qazigan edi. Endi ularga “gör kovlatiş” şart emas emiş.

Endi, nima emiş, “Ötab bobo”da qabr qaziydigan alohida “gör kovlarlar” bor emiş-a?!

“Axir ular menga ğirt begona-ku?!” — desam, ukang kuladi.

Nima emiş, marhumning qabrini endi qarindoşlari — içi açirlari qazişi şart emas emiş.

Hali bu ukang, bir kunim – zör kunimda, meni begonalarga yuvdirişdan ham toymaydi.

— Endi, ena, zamon özgaryapti. Bunday irim-sirimlarning allaqaçon vaqti ötgan… Kim qabr qaziydi, kim yuvadi, nima farqi bor?!

— Unday dema, bolam… Senday katta bir maktabning direktoriga yaraşmaydi bu gap… Ota-bobolar udumini oyoq osti qilma. Mana, keçadan oldingi kuni men bilan kun böyi gurung qilgan Salim podaçi bugun yöq. Eşitdim, uning qabrini ham “anavilar” qazibdi. Yuvganlarni ham öz suyagidan deyişmayapti…

Ha-ya, Xadiça, esimdan çiqay debdi, toğamning ölganiga ön yildan oşdi. Boşqa mahramim qolmadi hisob…Toğamning öğillarining içida çöponi Elmurod durusti, qolganlari ukangga öxşaydi, hammasi parangi, Xudo deganingga işonmaydi. Toğamning katta öğli Imomquli ust-boşim kir böladi deb azalarga — qabr boşiga ham bormas emiş… Meni Elmurod qöysin…

— Xöp, xöp, ena, hammasi aytganingizday böladi…

Ertasiga qişloqning tonggi sukunatini avval erkak kişining dörillagan böğiq ökirigi, keyin ayollarning uzun-qisqa çuvvos solişi tutdi.

— Enajonim, birpasillik mehmonim, enam, endi sizni qaydan köramaaan, enaaaaa?!

— Enajonim, muştiparim, dardkaşginaaaaam, enajonimov!

Hovli orqasidagi yalanglikni töldirib turgan tumonat odamlarni yorib, uçta qora kiyimdagi ayol kirib kelişdi. Janozaga kelganlar orasida şivir-şivir boşlandi:

— Yuvgiçlar! Momoning şahardagi öğli yuborgan bölsa kerak!

Qişloq bir neça kundan beri sovuq va rutubatdan tönglab yotardi…

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan