Dengiz
Temurpölat TILLAYEV
Muallif haqida:
Temurpölat TILLAYEV — 1960 yili Qamaşi tumanidagi Çim qişloğida tuğilgan. Qarşi davlat pedagogika instituti (hozirgi Qarşi davlat universiteti)ning filologiya fakultetini imtiyozli asosda tugatgan.
“Ölim öpqoni”, “Turnalar ohi”, “Voris” singari kitoblari naşr etilgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
Dengiz
(Hikoya)
Uning qizi tun böyi uxlamay çiqdi.
Avvaliga qidirayotgan kitobni izlab onasining bir paytlar qizlik davrida yiqqan kitoblari saqlanadigan sovuq va zax xonaning tit-pitini çiqardi.
Ona-bola elektr çiroqlari allaqaçon yonmay qolgan xonaga şam kötarib kirganida vaqt allamahaldan oşgan edi.
— Dardisar bola ekansan-da, içaging çiqmay tursa, tong otardi. Ertalab yoruğ borida şu yer yutgur kitobingni topardik.
Onasining bu zorlanişlariga zarra parvo qilmagan qiz şamning xira yoruğida deraza tokçalarini, öng yonboşga qiyşayib qolgan kitob javonini, oxirida uy burçagidagi bir uyum laş-luşlarning tagini erinmay qarab çiqdi.
Qiz izlagan narsasini topolmadi, şekilli, darğazab onasining baqirişiga çek qöyadigan nolakor bir ovoz çiqardi:
— Uffff!.. Vaʼda bermay men ölay, ertaga şarmanda bölaman!!!
Bu gapdan keyin lovullab yonişga şay ona birdan öçdi:
— Yaxşiroq qara… Bir paytlar men ham senga öxşab Uning şu kitobini quçoğimdan qöymasdim… Öqib, tun böyi yiğlab çiqqanman… Keyin… Keyin… Keyin “Ordona qolsin şu yolğon şeʼrlar” deb şu xonaga tiqib taşlagandim.
Yopilayotgan eşikning epkini şamni öçirdi. Zim-ziyo qoronğilik emas, öksinib yiğlayotgan qizining alamli xörsinişi ayol qalbini tilka-pora qilib yubordi.
Qizining, unsizgina yiğlayotgan qizining yelkalaridan quçib, ayol ovutmoqqa çoğlandi.
Onasining odatdagidek baqirib-çaqirib, jerkib solmaganidan biroz köngli tinçigan qiz duxoba körpani boşiga tortib, özini uxlayotganga soldi. “Ertaga maktab kutubxonasidan Uning kitobini albatta topaman!…” degan qatʼiy işonç bilan yostiqqa boş qöydi va şu barobar ayni lahzada dilida keçganlarni tiliga çiqardi:
— Oyi… Siz bilmaysiz… U avliyo! U özining ölimini başorat qilgan!..
Qizining bu sodda mulohazalarini va ayni damdagi uning dardli iztirobini tuşunişga harakat qilar ekan, ayolning jismi-jonini oniy bir lahzada qiliç zarbidek keskir bir fikr tilimlab ötdi: “Nahotki?!”
Tuyqus, olis va har eslaganida diydasini kuydiradigan xotiralar ayni şu lahzada ayol borliğini yana zir titratib yubordi. Yuragiga simillagan bir oğriq kirdi.
Eskirgan, unutilgan, beşafqat bir zavolga yuz tutgan umrning kuyindi soğinçi ayol dimoğini açiştirdi.
Allaqaçon yoddan kötarilgan taşlandiq xotiralar, u istamasa-da, köz öngida bir-bir jonlana boşladi; ular odatdagidek, Uning taʼbiriça, dengiz uzra zavq va şavq bilan suzib bormoqda edi.
— Sen mening dengizimsan, sen mening ummonimsan!!!
Bu sözlar, bu erkalaşlar yolqinidan ayol qalbi va vujudi mumday erir edi.
— Nega bunça ölim haqida yozasiz? Qöying, siz ham boğu bahor, şodligu quvonç haqida yozing!
Lekin ayolning bu iltijolari, bu muztar bir imdodga zor nigohlari, unga töymay termilayotgan, quv va ayyor közlarning ehtiros tölqinlari şiddatidan bahor oldi yoqqan qor yerga tegar-tegmas söngani kabi betakror bir huzur oğuşida yöqlikka yuz tutardi.
Bunday paytlar Uning işonç va qatʼiyatga töla ovozining bir lahzalik çörisiga aylanardi ayol.
— Azizam, Malikam, Suygulim, Asalim, Bolim! Hali biz yuz yil mana şu dengizda suzamiz. Ölim, tuproq, paymona va fano — bular, ehhe, sen bilmaysan, bular bor-yöği bir vosita, bir kör bahona! Şunday demasam, şunday yozmasam, mening yozganlarimni kim ham boşiga urardi?!
Kutilmaganda jununvor bu öylar ayol qalbida jirkanç bir nafrat uyğotdi; bexos öşa olis ehtiros dengizining şovqini birdan tindi.
Ayol sovuq hidi gupurib turgan muzdek körpani qattiq quçoqladi.
