Kiçik hikoyalar
Örolboy QOBIL
Muallif haqida: Örolboy Qobil – 1955 yilda Qamaşi tumani Guliston qişloğida tuğilgan. Toşkent davlat universitetining tarix fakultetida tahsil olgan. Köp yillar öqituvçi bölib işlagan. Hozirgi kunda nafaqada. Muallifning “Keçikkan karvon qönğiroği”, “Adir ortidagi qişloq”, “Ena tuproq”, “Qamaşi gurunglari”, “Köngilga yöl” nomli kitoblari çop etilgan.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
YONIB TURGAN ÇIROQ
— Huv, gazadagi uy Xuşboq boboniki, beçora keça vafot etdi, — dedi suhbatdoşim Sobir muallim köngli buzilib.
— Nima, qarindoş edimi? — söradim undan.
— Yöq, ammo faqat menga emas, butun Döngqişloqqa aziz odam edi, beçoraning çiroğini yoqadigani qolmagani çatoq böldi-da…
— Yoş bola edik, — deya sözini davom ettirdi suhbatdoşim. — Xuşboq boboning bir tup yonğoği bor edi, mevasi pişgaç, xuddi çuğurçuqdek yopirilardik. Çol ham, kampir ham bizlarni quvlamasdi, çöntagimizni, etagimizni töldirib yonğoq berardi. Faqat bitta şarti bor edi.
— Qanaqa şart? — dedim qiziqib.
— Ölsak, bovom deb, momom deb yiğlaysizlar, — deb tayinlardi. Bizlar “xöp”, “xöp” deb ketardik.
Çol bilan kampir ortimizdan kulib kuzatib qolişardi. Avval Oytoş momo öldi, butun qişloq enamlab kömdi. Bir yil ötib, buğdoy pişiğida Xuşboq bobo ham olamdan ötdi. El-ulus otamlab kömib keldi. Janozada birov aytdi: hatto qirq yil rais bölgan Sattor oqsoqolning maʼrakasida ham bunçalik xaloyiq töplanmagan ekan.
Tepadagi hovliga qarayman, bir tup yonğoq daraxti Xuşboq bobo va Oytoş momodan qolgan tirik yodgorlik edi.
Ha, bobo-momodan farzandlar qolmagan bölsa-da, ularni duo qiladigan el — butun qişloq ahli va bir tup katta yonğoq qoldi. Demak, ularning çiroği yonib turadi…
ARMON
Qirq yil maktabda direktorlik qilgan fidoyi muallim haqida maqola yozgan edim. Oradan ança fursat ötib, öşa muallimning vafot etganini eşitib, taʼziya bildiriş uçun uyiga bordim.
Hol-ahvol söraşib bölgaç, muallimning öğli dedi:
— Otam haqida maqola yozmoqçi edingiz, yozdingizmi? Otam beçora öşani köp kutdi-da…
Men hayron böldim. Axir maqola bir hafta ötib, gazetada bosilgan edi.
— Biz öqimadik…
Örtaga noqulay jimlik çökdi. Şu payt deraza raxida turgan, gultuvak tagiga töşalgan gazetaga közim tuşdi. Sinçiklab qaradim, öşa gazeta!
— Ana, öşa gazeta! — dedim.
Öğil örnidan turib, gazetani oldi va maqolani kördi, söngra ötirib qoldi, yuzlari qizardi, közlaridan yoş oqdi.
— Otam beçora buni qançalar kutgan edi-ya…
Holbuki, marhumning uç öğli va kelini oliy maʼlumotli, öqimişli edi.
EL
Nihoyat, qabr ustiga sönggi çim bosildi. Mulla fotiha öqişni boşladi. Fotiha tugab, hamma örnidan turib tarqalayotgan paytda Şerqul bobo marhumning öğlini töxtatdi:
— Öğlim, otang mening bolalik döstim edi, taqdirni qarang, unga şaharda yaşaş nasib etdi. Ahyon-ahyonda bozorda uçraşib qolardik. Rahmatli rözğor taşvişlari bilan andarmon bölib, tuğilgan qişloğini, elini unutdi. Hatto keksayganda ham biror marta kelmadi. Elning töyiga, maʼrakasiga boş qöşmadi. Lekin, bolam, el keçirimli, elning bağri keng, qara, otangning taʼziyasida qança odam qatnaşdi! Ayt, qaysi birini taniysan?
Neʼmatjon “tanimayman” degan ohangda boş çayqadi.
— Ha, töğri, tanimaysan, ammo bu sening emas, otangning aybi, senga uruğ-aymoği, xeli-xeşi haqida sözlamagan, uqtirmagan. Körding, tobutni qança odam kötardi, yelkadoş, ğamdoş böldi. Buni el deydi, bolam!
Neʼmatjon Şerqul boboning sözlarini diqqat bilan tinglab diliga joyladi, öziga zarur xulosalar çiqardi.
— Ha, buni el deydilar…
BIR PARÇA YER
Qişloq çetidagi çimzor bolalarning sevimli joyi edi. Bolalar sigir, qöy-eçkilarini şu yerga haydab kelib boqişar, futbol öynaşardi.
Ötgan yili Sodiq fermer çimzorni haydatib taşladi. Yer uning konturiga tuşgan emiş.
Parda bobo oşnasi Yusuf oqsoqolni ergaştirib, Sodiq fermerni izlab topişdi. Fermer talmovsiradi. Yer unga tegişli emas ekan.
Parda bobo aççiq ustida dedi:
— Sendek fermerlar köprik, çoyxona qurib beryapti eldoşlariga, ana, Şokir fermer yuzta bolaga kitob olib beribdi. Işqilib, senga öxşaganlarga kunimiz qolmasin-da… Mabodo qabriston senga qaraşli emasmi? Yo öşa joy ham konturingga tuşganmi?
Ertasiga Parda bobo boğining bir çetidan bolalarga futbol öynaşlari uçun joy ajratdi. Bolalar ham boboga bedani örişda, mevalarni terişda yordam beramiz, deb söz berişdi.
