Onajonim
Nodar DUMBADZE,
gruzin yozuvçisi
(“Quyoşli tun” romanidan parça)
Men sekingina eşikni oçdim. Onam deraza oldida ötirgança Varazis-Xevini tomoşa qilayotgandi. Qaçon uyga kelsam, u meni doim ilhaq bölib kutib ötirgan bölardi. Onamga heç nima demay uydan ketib, unga nisbatan nohaqlik qilganimni tuşunib yetdim. Uyga keç kelaman, boşqaçasiga ilojim ham yöq-da. Ön ikki yil davomida qayerga ketyapman, qaçon kelaman, mendan heç kim söramadi. Meni ozgina tergaş ham erkinligimga qattiq taʼsir etib, hayajonga soladi. Onam ahvolimni yaxşi tuşunardi. Şu bois ham borgan sari ğamgin va indamas bölib borayotgandi. Biz ikkalamiz ham qiynalayotgandik. Keçalari yaxşi uxlamasdik, baʼzida onamning karavotiga öğrinça nazar taşlardim. Men uning maʼyus namli közlarini, aytolmayotgan taʼnayu daşnomlarini his etardim. U baʼzan heç narsani söramas, biron narsani gapirib ham bermasdi. Odatda, men ham jim turardim.
Ammo bugun özgaça kun. Bugun içimdagini tökib, yuragimni böşatib olişim şart edi. Suhbatdoşga muhtoj edim. Birdaniga onajonimning qarşisiga ötirdim. Qöllarini tizzamga qöyib, aqlli, şahlo közlariga uzoq tikildim.
— Öğlim, senga nima böldi? — deb onam hayron bölgança boşimni siladi.
— Onajon, dengizni eslaysizmi? Men eslayman. Bolaligimda Kobuletiga olib borardingiz.
— Ha, bolam.
— Biz quyoşning botişini birgalikda tomoşa qilardik.
— Esimda.
— Dengiz va quyoş — ikki möʼjiza, töğrimi, onajon? Quyoş — bu şunday möʼjizaki, qaragan sayin joningga tegmaydi. Töğrimi, onajon?
— Yöq, bolam! — deb onam közini yumgança boşini qimirlatdi. U özi haqida nimalarnidir öylab uzoq sukut saqladi.
— Onajon!
— Töğri, quyoş möʼjiza, — davom etdi onam. — Biroq sen haqiqiy quyoşni körmagansan… Quyoşdan jizğanak bölgan yaydoq çöl… Ölik toşlar, daraxtlar, yer… Quruqşagan tomoqlar… Böm-böş miyalar… Hayotda şunday odamlar böladiki, ular quyoşni körişmaydi, botişidan quvonişadi. Ular ertasi kuni quyoş yana şunday beşafqat bölmasligiga umid qilişadi… Tuşundingmi, öğlim?
Men javob bermadim. Onam maʼyus bölib kuldi.
— Senga körinayotgan quyoş, albatta, bu möʼjiza. Unga qaragan sayin umring uzayadi va oxirigaça ham zeriktirmaydi…
Onam özining issiq qöllari bilan nam lablarimga qölini qöydi. Men uning tizzasiga boşimni qöydim.
— Köryapsizmi, onajon, endi kiçkina bola emasman… Siz haligaça meni sakkiz yaşar bola deb öylaysiz, axir yigirma yoşga kirdim. Siz hammasiga hayron qolyapsiz, qilayotgan işlarim sizga yoqmaydi. Men yaxşi deb qilayotgan, quvonç keltirayotgan işlarim sizni xavotirlantiradi. Siz barçasiga şubha bilan qaraysiz. Onajonim, ötgan xotirotlarni endi unuting: men endi qanday yaşayman?
— Buni unutib bölmaydi!
— Tuşuning, endi sakkiz yaşar bolakay emasman!
— Şunday bölsa ham, — dedi onam içki hayajon bilan. Uning engagi qaltiradi.
— Nega unday deysiz? Nega, onajon?!
— Çunki sen men uçun haliyam sakkiz yaşar bolasan.
— Onajon, men axir yigirmaga kirdim!
— Bu menga heç narsani anglatmaydi.
— Men bugun… bugun…
— Nima bugun…
— Bugun Gulikoga: “Men uçun dunyodagi eng aziz insonsan, birgalikda dengizga boramiz”, dedim. Men uning tizzasiga boşimni qöyaman. Biz kun böyi siz yaxşi köradigan quyoşni tomoşa qilamiz. Biz bir umr birga bölamiz… Onajon, bu sizni quvontirmaydimi?
Onam örnidan turdi-da, bir qöli bilan meni öziga tortib quçoqladi va ikkinçi qöli bilan jimgina soçlarimni siladi:
— Ha, bolam-a, bolam-a, bu nima deganing? Bu men uçun juda muhim-ku! Eng asosiysi, men bilan birga yaşasang, mening eng yaqin odamimday, begona bölib emas! Eşityapsanmi? Men uçun begona bölmasang, asaltoy öğlim, ana şunda barça-barçasini unutaman! Bolam, menga ayt-çi, meni yaxşi körasanmi? Biz har doim birga bölamiz, degin! Şunday degin, bolam. Baxtiqaro onangni tinçlantir!..
Onam stulga ötirib, yuzini qöllari bilan bekitdi. U nima uçundir yiğlamadi, biroq uning qöllari ohista qaltirardi. Men böğzimga tiqilgan yiğini zörğa uşlab turdim. Onam tezda özini bosib olib, qöllarini tuşirdi.
— Onajon, — dedim asta, — Gulikoni ikki yildan beri sevaman. Tasavvur qilyapsizmi, ikki yil böldi-ya?
— Bu köp muddat emas, bolam! — dedi onam maʼyus jilmayib.
Men indayolmay qoldim.
— Sizni ham juda-juda yaxşi köraman, — dedim, lekin sözlarim işonçsiz çiqdi. Onam buni sezdi.
— Bilaman, — deya yana kuldi onam.
— Faqat…
— Faqat Gulikoni mendan-da kuçliroq yaxşi körasan va har doim u bilan birga bölişni xohlaysan. Şundaymi?
— Yöq! Yöq…
— Ha! Ha.
— Töğri, Gulikoni sevaman, şu barobarida, onajon, sizni undan ham aʼloroq sevaman. Sizni köpdan beri yaxşi köraman.
— Ha, köpdan beri. Afsuski, men buni unutib qöyganman.
— Onajon, — dedim birdaniga va sörab qoldim, — siz otamni sevganmisiz?
Onam közini yumdi va heç narsa demadi. Şunda juda ahmoqona savol berganimni tuşunib yetdim.
— Sen otangni eslaysanmi? — deb söradi onam ohista.
Bu sörovdan söng öylanib qoldim. Otam… Nahotki otamni eslasam?.. Örta böyli, kökimtir qora soçli çiroyli kişi edi. Çarm palto va etik, baʼzida tömtoq tumşuqli tufli va ingiçka şim kiyib yurardi… Nihoyatda qattiqqöl edi. Unda kimningdir iltimosi bölsa, meni jönatişardi. U meni yaxşi körardi… Yana nima? Boşqa heç narsa… Men közimni yumaman, otamni şunday tasavvur qilaman… Hozir esa heç narsani körmayapman… Böşliq, dahşatli böşliq… Demak, barçasi bu — boşqalarning söziga qaraganda bekorçi gaplar. Men heç narsani eslayolmayman, qançalik harakat qilmayin, ölay agar, eslolmayapman…
— Yöq, onajon, eslayolmayman… Eslasam kerak deb öylovdim…
— Yöq.
— Ha, şunday, uning rasmini ham körganim yöq!
Onam sekin yurib, şkafidan sumkasini oldi va qandaydir rasmni olib, oldimga taşladi. Hayron bölib, eski, sarğayib ketgan karton bölagini kördim. Unda yalanğoç, xursand bölib kulib turgan bir yaşar bola ayiq terisi ustida yotardi.
— Kim bu?
— Sening otang!
— Otam?! Nahotki bu mening otam?! — söradim men, göyoki butun badanimda çumoli örmalaganday bölib.
— Ha, albatta, bu sening otang, men esa onangman!
Onamga yaqinroq kelib, köksiga boşimni qöyib yiğlab yubordim. U jim turar va meni yupatmasdi ham.
— Onajon, keçiring. Men va otam sizga yetkazgan ozorlarimiz uçun keçiring… Onajon, siz uçun nima kerak bölsa, nimani xohlasangiz, barisini bajo keltiraman… Agar xohlasangiz, odam öldiraman, istasangiz, Gulikoni ham unutaman yoki özimni otaman… Faqat keçiring meni, onajon, keçiring…
Onam boşimni astagina silab jim turardi. Keyin birdaniga uyğonganday, sekin sözladi:
— Yöq, bolam, menga heç narsa kerak emas. Men uçun birovni öldiriş şartmas. Sevgin, agar sevsang, modomiki u ham sevsa. Sizlar hayotda hali köp narsalarni tuşunmaysizlar, bilmaysizlar sevgi nimaligini… Mening hayotim hali tugamagan, biroq umr yölim nihoyasiga yetgan körinadi… Hozirça hayotman, seni yolğizlatib qöymayman, qiynalişingga izn bermayman. Agar yordam zarur bölib qolsa, barisini bajaraman… Biroq, bolam, sening öz yöling bor, öşa yöldan dadil yurişing lozim.
— Ammo, onajon, qanday?
— Bilmayman… Agar bilganimda edi, unda qayğular kamroq bölarmidi…
— Şunday bölsa-da, ayting, nima qilsam yaxşiroq böladi?
— Orzularingning barçasiga töğrisözlik va bağrikenglik bilan erişişni odat qil.
— Bu nima özi?
— Bilmayman. Odamlar yomonlik qilişadi-yu, yaxşilik qilyapman deb öylaşadi.
Onam sözini töxtatdi-da, deraza yoniga kelib Varazis-Xevi daryosiga tikilib qoldi. Uning yoniga kelib turdim. Undan yana nimanidir kutayotganimni sezdi-yu, men tomonga qayrilib jilmaydi.
— Faqat yaxşidan yomonni ajratib olişni örganib olgin, bolam.
— Qanday qilib?
— Bilmayman, bolam. Ammo şuni yaxşi bilamanki, hayotning özi senga buni örgatib qöyadi.
— Hozir-çi? Hozir nima qilişim kerak?
— Hozirmi? — onam biroz öylanib qoldi. — Hozir borib uxlagin…
Onam peşonamdan öpdi. Men jimgina yeçinib, örnimga borib yotdim.
…Ertalab uyğonib, onamning deraza oldida ötirganini kördim. Boşini tirsagiga qöygança şirin uxlab yotardi. Uning yuzida odamni sehrlovçi nur — nim tabassum aks etardi.
Men kiyindim-u, qölimga kitob olib, sekin eşik tomon yönaldim.
— Bolam, turdingmi? — onamning ovozini eşitdim.
Ortimga qayrilib, tabassum bilan onamga qaradim.
— Qayerga ketyapsan, bolam?
Bu söz hayotimda birinçi marotaba menga çeksiz huzur baxş etdi: demak, menga kimdir qiziqyapti: qayerga ketyapman, qaçon qaytaman — meni tergayapti… Bu törtta yurakka yoqadigan odatiy iliq sözlarni yöqotib qöyişdan qörqdim. Qölimdagi kitobni öz joyiga qöydim. Negadir heç qayerga borgim kelmasdi…
Rus tilidan
Izzat AHMEDOV tarjimasi.
