Qorbobo haqida

Har bir xalqning madaniyatida afsonalar va rivoyatlar muhim o'rin tutadi. Bular xalqning tarixi, dunyoqarashi va qadriyatlarini ifodalaydi. Qorbobo haqidagi tasavvurlar ham shunday afsonalardan biri bo'lib, u har yilning oxirida dunyo bo'ylab millionlab bolalarga quvonch olib keladi. Ammo Qorbobo haqiqatan bormi yoki bu shunchaki afsona?
* * *
Qorbobo (Santa-Klaus) obrazi diniy va xalqona manbalardan kelib chiqqan. Uning tarixiy ildizlari IV asrda yashagan, bolalar va kambag'allarga yordam berish bilan mashhur bo'lgan Quduq Nikola (St. Nicholas) nomi bilan bog'liq. Yevropa xalqlarining folklorida esa Qorbobo o'xshash obrazlar — Germaniyada Kris Kindl, Gollandiyada Sinterklaas — shakllangan. Bular vaqt o'tishi bilan yangi madaniy va qishloq xosilalarga moslashtirilgan.
* * *
Qorbobo tarixiy shaxs bo'lmaganini ko'pchilik biladi. U ko'proq afsona va xalq fantaziyasi mahsuloti sifatida qaraladi. Biroq Qorbobo obrazi ma'lum ma'noda jamiyatning o'ziga xos qadriyatlarini aks ettiradi. U ko'proq mehribonlik, shukuh va quvonchning ramzi sifatida qabul qilinadi. Jahon madaniyatida u bolalarga yaxshilik va orzularning amalga oshishiga ishonch olib keladigan shaxs sifatida mavjud.
* * *
Bugungi kunda bizga ma'lum Qorbobo obrazi XIX asrda shakllangan. Uning qizil libosi va oq soqoli bilan namoyon bo'lishi “Coca-Cola” kompaniyasining reklamasi orqali ommalashgan. Undan oldingi tasvirlar turli xalqlarning madaniy xususiyatlariga qarab farq qilgan.
Bolalarga ta'siri
Qorbobo afsonasi, ayniqsa, bolalar o'rtasida katta ahamiyatga ega. U bolalarni yaxshi xatti-harakatga undaydi, ularga umid va baxt bag'ishlaydi. Biroq ba'zi ota-onalar bu afsonaning bolalarga yolg'on umid berishini aytgan holda, tanqid qilishadi.
Qorbobolarni boshqa davlatlarda qanday atashadi?
Chexiya – Mikulash
Ayrimlar Yejishek va Mikulashni bitta qiyofa deb atashadi. Biroq ko'pchilikning fikricha, ular aka-ukalar emish. Chexlarning Qorbobosi umumiy Qorboboga o'xshab ketadi, faqat unga yaxshilik va yomonlik hamrohlik qiladi. Yaxshi bolalar shirinliklar oladi, yomon bolalarga esa bir dona kartoshka yoki ko'mir bo'lagi nasib etadi.
Finlandiya – Youlupukki
Finlarning bobosi boshiga konussimon shlyapa, egniga qizil rangli kiyim kiyadi. Unga hamisha har joyda gnomlar hamrohlik qiladi. Youlupukki olis Korvaptuppuri tog'ida (Rossiya bilan chegaradosh hudud) xotini Muori bilan yashaydi. Bu otaxon ismining bir qismi quloq ma'nosini bildirishi bejiz emas: Youlupukki barcha yaxshi bolalarning xohish-istaklarini ana shu quloqlari orqali eshitadi.
Buyuk Britaniya – Fazer Krismas (Rojdestvo otasi)
U Avliyo Nikolay hamda Tor va Saturn ma'budlarining qorishmasidir. O'zi bilan hamisha bir yil mobaynida yomon bolalarni jazolash uchun xivich olib yuradi. Yaxshi bolalarni esa shirinliklar bilan siylaydi.
Slovakiya – Yejishek
Ejishek — mavjud Qorbobolar orasida eng kamtari. U sovg'a qo'yayotganda hech kim ko'rmasligiga nihoyatda e'tibor beradi. Shu sababli Yejishekning tashqi ko'rinishi haqida juda ma'lumotlar kam.
Belarus – Muzbobo yoki Zyuzya
Belaruslar Qorbobosining o'tmishi folklar qahramoni Zyuzyaga borib taqalishini hamma ham bilavermaydi. Uzun soqolli bu qariya saxovatli bo'lib, o'rmonda yashagan va yalangoyoq yurgan.
Fransiya – Pyer Noel
Fransuzchadan tarjima qilinganda Pyer Noel “Yanvar bobo”ni anglatadi. Unga Qorqiz emas, balki sovg'alarni faqat yaxshi bolalarga ulashishni qattiq nazorat qiladigan qattiqqo'l yordamchi – Pyer Fuetar hamrohlik qiladi.
Tatariston – Qish bobo
Qish bobo yaqinda paydo bo'ldi, ammo hozircha qarorgohi yo'q. Qish bobo vaqtincha shoir Abdulla To'qay qo'riqxonasidan joy olgan. Tashrif buyuruvchilar bu yerda, shuningdek, shayton, ajdarho va alvasti Shurali bilan uchrashishlari mumkin.
Polsha, Belgiya – Avliyo Nikolay
Avliyo Nikolay Qorboboning timsoli sanaladi. U to'rt asrdan buyon yashab keladi va bolaligidan rahmdilligi bilan ajralib turgan. Nikolay badavlat bo'lib, ko'pincha kambag'allar uchun sovg'alarni maxfiy ravishda derazaga qo'ygan. Afsonaga ko'ra, bir kuni barcha derazalar yopiq bo'lgani bois, u oltin to'la xaltachalarni mo'riga joylagan ekan. Xaltachalar o'choq yoniga quritish uchun qo'yilgan paypoqlarga tushibdi. O'sha zamondan buyon katoliklarning an'anasi bor — sovg'alarni paypoqlarga berkitishadi.
AQSh – Santa Klaus
Santa Klaus – o'rta yoshlardagi xushmuomala erkak. U kalta qizil ishton va alvon pocha po'stinda namoyon bo'ladi. Santa Klaus bug'ularga qo'shilgan chanada o'zining yordamchilari — elf va gnomlar bilan birga keladi. Kelib chiqishi Laplandiyadan.
* * *
Ha shunday. Qorbobo haqiqiy shaxs bo'lmasa-da, uning timsoli dunyo bo'ylab o'ziga xos o'rin tutgan. Uning mohiyati yaxshilik, mehribonlik va baxt ulashishdan iborat. Qorbobo hech qachon faqat bir shaxs emas, balki insoniy qadriyatlarning uyg'un ramzi sifatida qolaveradi. Shunday ekan, u haqiqatmi yoki afsona — bu muhim emas. Eng muhimi, u millionlab insonlarga quvonch va umid olib keladi.
Islom EGAMBERDI o'g'li
tayyorladi.