“Baliqköl”da hikmat köp
(Sulton Uvays Qaraniy va Naima bibi ziyoratida)
Namanganning Çortoğida “Baliqköl” qadamjosi borligini bilsam-da, Sulton Uvays Qaraniy va uning onasi Naima bibi maqbarasi şu hududdaligini Çortoq tumani hokimi Ilhomjon Sattorovdan eşitdim. Uning uluğ avliyolarga ixlos-eʼtiqodiga havasim keldi.
Islom olamida uluğlangan avliyo, anbiyolarga mehrim balandligi boisidan qaysi yurtga borsam, öşa joydagi muqaddas qadamjolarni ziyorat qilişga odatlanganman.
Yaqinda taniqli ijodkor, çortoqlik jurnalist döstimiz Rustam Ummatov bilan “Baliqköl”ga qarab yölga çiqdik. Yöl-yölakay “Qişloq hayoti” gazetasida işlagan paytlarimizdagi voqealarni yodga oldik. U dolzarb muammolar xususida tahliliy-tanqidiy maqolalar yozardi. Şunday tanqidiy maqolasi tufayli işdan böşatilganini bilardim. Mana, oradan ança yillar ötib, haqiqat yuzaga çiqdi. Yaqinda Rustam Ummatov bir paytlar örtaga taşlagan muammo böyiça hukumat qarori qabul qilindi. Haqiqat egiladi, lekin sinmaydi, deganlari bejiz emas ekan-da.
Jurnalistning öşanda adolatsizlik tufayli vayron bölgan könglidagi haqiqat imorati bugun tiklandi. Manzilga yetgunça şu kabi ötgan kunlarimiz haqida suhbatlaşib ketdik…
Tarixiy maʼlumotlarga köra, Uvays Qaraniy 594 yil Yaman yurtining Murod qabilasi Qarn qişloğida tuğilgan. U zohidona hayot keçirib, xilvatni yoqtirib, tuyaboqarlik qilgan. Doimo onasining xizmatida bölgan. Yamanlik ilk söfiy, tobeʼinlarning uluği Uvays Qaraniy Islom olamida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ğoyibona oşiq bölgan, unga kuçli muhabbat qöygan. U payğambarimiz hayotlik davrlarida yaşagan bölsa ham, onasining söziga itoat qilib volidasini yolğiz qoldirib uzoq safarga çiqmagan va Rasulluloh S.A.V. bilan körişa olmay, ul zotga ğoyibona iymon keltirgan edi.
Uvays (Vaysal) Qaraniy Siffinda Hazrati Ali va Muoviya örtasidagi jangda hazrati Ali laşkari tomonida turib şahid böladi. Rivoyat qilinişiça, Uvays Qaraniy şahid bölgaç, uning tobutini qabilalar talaşib qolişadi. Hazrati Ali qurʼa taşlaş yöli bilan bu muammoni hal qiladi. Mayitni yettita tobutdan biriga joylaydi. Barça qabila vakillari özi tanlagan tobutlarni aravalarga yuklab xursand bölib olib ketadilar. Allohning möʼjizasi va Uvays Qaraniyning karomati bilan har bir tobutda Uvays birday köringan ekan.
Bugungi kunda Sulton Uvays Qaraniyning Yamanda, Suriyadagi Raqqa va Safa şaharlarida, Tojikistonda, Ozarbayjonda, Turkiyada ramziy maqbaralari mavjud. Özbekistonda esa ikki joyda: Qoraqalpoğistonning Beruniy tumanida va Namanganning Çortoq tumanidagi “Baliqköl” qişloğida ul zotning maqbarasi va qadamjosi bor. Bu dargoh ixlosli hamyurtlarimiz uçun ziyoratgohga aylangan.
Ziyoratgohda havo juda toza, tabiat manzaralari gözal. Köklarga böy çözgan qator-qator teraklar bolaligimizni, tuğilgan qişloğimizni eslatib yuborgan baqateraklarning ğuborsiz oppoq badanlariga qarab köz töymaydi. Beixtiyor Toşkentning havosi iflosligidan, çangligidan dov-daraxtlarning tanasidan tortib şox-novdalarigaça qorayib ketgani köz öngimizdan ötdi…
Safardagi yöldoşing ziyoli, samimiy bölsa, suhbat ham qovuşadi. Rustam aka şunday ijodkor. U keyingi yillarda ijodga mukkasidan ketib, öndan ortiq kitoblar yozibdi. U “Namangan ensiklopediyasi”ni tayyorlab çop ettiribdi. “Bobur va Napoleon” asarini yozibdi.
“Baliqköl” ziyoratgohi hududidagi “Sulton Uvays Qaraniy” jome masjidi özining mahobati, fayzi-tarovati bilan eʼtiborimizni tortdi. Masjid yonidagi Sulton Uvays maqbarasida Qurʼon oyatlaridan tilovat qildik. Onasi roziligi uçun umrini uning xizmatiga bağişlagan, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Alloh yölida yaxşi körgan va uning ham muhabbatiga erişgan, tasavvuf maşoyixlarining uluği — Uvays Qaraniyni mehribon rabbimiz rahmatiga olsin, ötgan ota-onalarimizni ham Tangrimiz jannati bilan siylasin deb duolar qildik.
Maqbara bilan bir qatordagi kutubxona-muzeyga kiraverişda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning quyidagi sözlariga nigohimiz tuşdi: “Namangan qadimdan köp-köp isteʼdod egalarining parvoziga qanot bergan ilohiy makondir”.
Ha, Yurtboşimiz haq gapni aytibdi. Darhaqiqat, avliyolar yotgan tuproqda hikmat bölar ekan.
Kutubxona-muzey zalida muqaddas Qurʼoni karimning qadimiy noyob nusxalaridan biri saqlanmoqda. Uvays Qaraniyning hikmatlarini öqiymiz: “Birodaringiz haqqiga yöqligida duo qiling, ziyorati va körişişdan afzaldir”. “Uluğlik tavozelikda”. “Allohning uluğligini tafakkur qil”.
Uluğ zotlardan biri Abdulhaq Dehlaviy şunday degan ekan: “Avliyolarning zikri bölgan paytda Allohning rahmati yoğiladi”.
Mutafakkir Abdurahmon Jomiy esa “Nafaqot ul-uns” asarida “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Yaman tarafga yuzlarini burib der edilar: “Yaman tomondan rahmat şabadalari esmoqda. Ehson va ezgulikda tobeinlarning eng yaxşisi Uvays Qaraniydir”, deb yozadi.
Şundoq qorli toğlari körinib turgan çekka bir qişloqda bunyod etilgan bunday gözal va mahobatli ziyoratgohni tomoşa qilib juda taʼsirlandik. Bugun baxtimiz kulgan kun ekan.
— “Baliqköl” majmuasi hurmatli Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi bilan qayta bunyod etildi, – dedi majmua masʼul xodimi Sodiq Botirov. — Ziyoratçilar uçun zamonaviy şaroitlar muhayyo.
Ziyoratgohdan pillapoya bilan pastga tuşib, köldagi baliqlarni tomoşa qilsangiz, qalbingiz orom topadi. Zilol suvga tikilib ruhoniy quvvat olasiz.
Hamrohimning hikoya qilişiça, musulmon ummatlari uçun muqaddas bölgan juma kuni peşinda kölçadagi baliqlar körinmas ekan. Xuddi Allohning bandalari kabi ular ham juma namozini öqişar emiş.
“Baliqköl” yaqinidagi “Sutli buloq” ziyoratgohidagi Sulton Uvaysning onasi Naima bibi maqbarasi ham muqaddas qadamjolardan biri hisoblanadi. Möʼjizani qarangki, “Sutli buloq”dan ham şifobaxş suv çiqadi. Bu suv tarkibida turli maʼdanlar köp bölganligi uçun içki organlar, jigar va teri kasalliklarini davolaşda foydali ekan.
Yuqorida aytganimizdek, Sulton Uvays Qaraniy umrini közlari ojiz onasi Naima bibi xizmatiga bağişlagan. U onasini yolğiz qöyişga köngli bölmay, hatto bir umr uylanmay ötgan. Rivoyat qilinişiça, payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam ölimidan avval Hazrati Umar va Hazrati Aliga muborak xirqasini Uvays Qaraniyga yetkazişni vasiyat qilgan ekan. Hazrat Uvays xirqai saodatni kiymasdan eʼzozlab, muhabbat toji sifatida saqlagan. Şahid bölganidan söng bu libos yamanlik uning yaqinlari orasida asrlar böyi qöldan-qölga ötib yurgan. Hozirgi kunda xirqa Istanbuldagi “Xirqai Şarif” jome masjidida saqlanmoqda.
Darvoqe, bir neça yil avval Istanbuldagi uşbu jomeda ibodat qilgandim, xirqai şarifni körganman.
Ziyorat şarofati ila “Baliqköl”dan ruhimiz quşdek yengil bölib qaytdik…
Dilmurod QIRĞIZBOYEV,
publitsist.
