“Jurnalist bölib qolaman”
Aytişlariça, köp qirrali adib Konstantin Simonovning Moskvadagi kvartirasi ijodxonasida törtta stol bölgan ekan. Birida şeʼrlar, ikkinçisida roman va qissalar, uçinçisida pyesalar va nihoyat, törtinçisida publitsistik maqolalar bitilar ekan. Yozilayotgan asarlarining qaysi biri kallasida pişib yetilsa, adib öşa stolga ötirib davom ettirib ketaverarkan. Şu bois Konstantin Simonovdan öqirmanlarga juda katta adabiy meros qolgan.
Adib hamişa qaynoq hayot içida bölgan. Çunki uzoq yillar şöro davlatining boş naşri — “Pravda” gazetasida muxbir bölib işlagan. Hayot va odamlar haqidagi ilk taassurotlari, avvalo, uning yondaftarida aks etgan. Söngra katta adabiy polotnolarga köçgan.
Şu örinda Konstantin Simonov milliy adabiyotimizning qalin dösti bölganligini alohida taʼkidlab ötmoqni joiz. U kişi Özbekiston xalq yozuvçilari Abdulla Qahhor, ayniqsa, Hamid Ğulom bilan yaqin döst tutingan. Hassos adibimizning “Sinçalak” qissasini mahorat bilan rus tiliga tarjima qilgan. Hamid Ğulom bilan hammualliflikda Mirzaçöl haqidagi hujjatli filmning ssenariysini yozgan. Adib maşhur “Tiriklar va öliklar” trilogiyasini Özbekistonda yozib tugatgan. Bu haqda Hamid Ğulom “Konstantin Simonov v vospominaniyax sovremennikov” kitobidan örin olgan “V Taşkente” xotiranomasida batafsil yozgan edi. (“Sovetskiy pisatel” naşriyoti, 1984 yil, 411-422-betlar).
Konstantin Simonovning “Jurnalist bölib qolaman” deb nomlangan oçerklar töplami Mirzaçölni özlaştiriş qahramonlari, Buxoro gazçilarining jasoratli mehnati haqida hikoya qiladi. Uşbu bitiklar yetuk publitsistning “Pravda” gazetasi muxbiri sifatida 1958-1967 yillar davomida Özbekistonda faoliyat olib borgan kezlarda qoğozga tuşgan. Asar 1968 yil Moskvada, “Pravda” naşriyotida “Ostayus jurnalistom” nomi ostida alohida kitob tarzida çop etilgan. Oradan yarim asrdan köproq vaqt, aniqroği, 56 yil ötib, mazkur kitob sirdaryolik jurnalistlar Munavvar Pardayev va Sobirjon Usmonovlar tomonidan “Jurnalist bölib qolaman” nomi ostida Toşkentdagi “Kafolat print company” naşriyotida dunyo yuzini kördi.
Şu örinda haqli savol tuğilişi tabiiy: oradan qança suvlar oqib ötdi, töplamdagi oçerklarning bugungi kunga qanday ahamiyati bor ekan, degan. Yodimga nemis faylasufi va davlat arbobi Vilgelm Gumboldtning quyidagi aytimi keladi: “Falsafa narsalar asosini, sanʼat haqiqiy gözallikni izlaganiday, tarix inson taqdirining suratini haqqoniy, töliq va aniq yoritişga harakat qiladi”.
Darhaqiqat, şunday. Kitobni mutolaa qilarkanmiz, yovqur bobo-momolarimizning siymolari kino lentasiday köz oldimizda jonlanadi. Qalbimizda ularga nisbatan faxrlaniş hissi uyğonadi. Garçand kitobdagi voqealar makon va zamonda ança ilgari sodir bölgan esa-da, ibrat oladigan jihatlarimiz talaygina. Bu haqda Konstantin Simonovning özi ham kitobiga yozgan sözboşisida şunday fikrlarni bitadi: “Hozirgi zamonni ötmişga aloqador masalalar nuqtai nazaridan körib çiqiş, balki, xatodir. Lekin ötmiş haqida hozirgi zamon pozitsiyasidan turib yozayotgan odam uçun yuqoridagi kabi savollar javobi nihoyatda muhim. Va yozuvçi sifatida men bu javoblarni aynan jurnalistlik faoliyatimdan topdim. Şuning uçun ham uşbu kitobni “Jurnalist bölib qolaman” deb nomladim” (öşa kitob, 8-sahifa).
Albatta, yetuk publitsistni bu jabhaga undagan, turtki bergan siyosiy voqeani aytib ötmasak bölmas. 1956 yilning 6 avgustida KPSS Markazqömi va SSSR Ministrlar Soveti “Paxta yetiştirişni köpaytiriş maqsadida Özbekiston SSR va Qozoğiston SSRda Mirzaçölning qöriq yerlarini suğoriş va özlaştiriş töğrisida”gi qaroriga binoan yaqin davr orasida 300 ming gektar qaqroq yerlarni özlaştiriş vazifasi qöyiladi. Tan olib aytişimiz kerak: Simonov ham şörolar mafkurasining bir askari ölaroq öz oçerklarida mana şu aqidaning tarğibotçisi sifatida közga taşlanadi. Yaʼni mamlakatni bebaho xomaşyo — paxta bilan taʼminlaş birinçi öringa qöyiladi. Biroq publitsist qahramon çölquvarlar haqida qalam tebratganda, ularning odamiylik xislatlarini mohir musavvirdek yorqin çizadi. Bunda, albatta, uning yozuvçilik tajribasi juda-juda asqotadi. Şu bois kitobdagi barça oçerklar badiiy asardek sevib öqiladi.
“Xarakterli odamlar” turkumining birinçi oçerki “Nima özi Mirzaçöl?” deb nomlangan. Uşbu bitikda Simonov çölning umumiy manzarasini bamisoli tirik insonni tasvirlagandek çizib beradi. Muallif Mirzaçölni özlaştirişda ikki jihat: yerlarga toza oqin suvni yetkazib beriş, ayni vaqtda yerosti şör suvlarining kötarilişiga imkon bermaslik masalalariga eʼtibor qaratadi. Mirzaçölda bajarilgan işlarning kölamini birgina jumlada şunday ifodalaydi: “Mard quruvçilar bu çölda bajarajak tuproq işlari hajmi hatto Moskva-Volga, Volga-Don va Kuybişev gidrotarmoqlarida bajarilgan jami tuproq işlaridan ham köp” (öşa asar, 20-sahifa). Körayapsizmi, ota-bobolarimiz çölni özlaştirişda qançalar jonbozlik körsatgan edilar.
Konstantin Simonovning alohida qahramonlarga bağişlangan oçerklarida yozuvçilik va publitsistlik mahorati omuxta bölib ketadi. Şu bois “Tubjoylilar”, “Töpçi xarakteri”, “Paxtaorolliklardan biri”, “Kunu tun”, “Oğir kun” bitiklari yuksak badiiy asardek öqiladi. Xarakterli jihati, mazkur oçerklarda publitsist öz davrining dolzarb muammolarini dadil kötarib çiqadi. Yuqorida nomlari keltirilgan asarlarni heç ikkilanmay problematik oçerklar sirasiga kiritiş mumkin.
“Tubjoylilar” oçerki Mirzaçöl (hozirgi Guliston tumani) rayonidagi “Oktyabr” jamoa xöjaligi va uning raisi Bruxtiy haqida. Novator rais öşa paytdayoq qişloq xöjaligida ketmondan voz keçib, barça jarayonlarni kompleks mexanizatsiya zimmasiga yuklaşni vazifa qilib qöyadi. Buning uçun çigitni kvadrat uyalab ekiş usulidan samarali foydalanadi. Ğözaga ikki tomonlama — uzunasiga va köndalangiga işlov berilganida ketmonçiga deyarli iş qolmasligini isbotlaşga urinadi. Biroq eskilik yangilikka osonlikça yöl böşatib bermaydi. Oçerkda qiziq bir voqea raqam etilgan. Mexanizator texnikani köndalangiga yurgizaman deganda keksa brigadir: “Ölsam ölaman, lekin ekin nobud bölişiga yöl qöymayman!” deya traktorning oldiga yotib oladi. Garçand keyinçalik paxtaçilikda kvadrat uyalab çigit ekiş özini oqlamay voz keçilgan bölsa-da, paxta uçun kuraşda jonini ham ayamagan bobolarimizning xarakterini Simonov esda qolarli tarzda tasvirlaydi.
Kitobdagi eng salmoqli asar “Töpçi xarakteri” oçerkidir. U Boyovut tumanidagi “Kommunizm” kolxozining raisi, Mehnat Qahramoni Tursunboy Latipovning faoliyatiga bağişlangan. Ikkinçi jahon uruşidan qaytgan sobiq jangçi taşkilotçilik va işbilarmonlik qobiliyati bilan çölda rentabelli kolxozning rahbariga aylanadi. Tursunboy Latipov nihoyatda tejamkor, bir tiyinni ham yetmiş joyidan tugadigan inson bölgan. Konstantin Simonov qahramonining bu fazilatlarini börttirib körsatiş maqsadida xarakterli detallarni topadi. Mana şulardan biri: Rais kolxoz markazida boşqaruv idorasiga baqamti kattagina klub qurilişini boşlaydi. Publitsist buning sababini söraganida:
— Bu bilan, — tuşuntirdi menga Latipov, — avvalo, bitta devor xarajati çegirib qolinadi (öşa asar, 40-sahifa).
Latipov öşa paytdayoq paxtaga nisbatan daromadli sohalarga köproq eʼtibor berişni boşlagani diqqatga sazovordir. “Bir gektar uzumzordan olingan daromad şunça paxta maydonidagi paxta hosilinikidan ham ança ortiq böladi”, deydi rais (öşa asar, 44-sahifa). Kommunist Latipov, Abdulla Qahhor aytganidek, partiyaning topşiriğini “Labbay!” deb kör-körona bajaradigan rahbar emas, balki fikrlaydigan rais edi. Simonov rahbarning şu jihatlariga alohida urğu bergan.
Publitsist qahramonlari orasida feʼli-xöyi Latipovga öxşagan mehnatkaş insonlar talaygina. Bu “Kunu tun” oçerkidagi Janubiy Mirzaçöl kanalini kengaytirişda jonbozlik körsatgan turli millat vakillari — ekskavator maşinistlari va ularning yordamçilari Kanopkin, Basyukin, Muravin, Panasyuk, Tarakanov, Mirzaahmedov va ularning brigadiri Kazanovskiy “Mirzaçölning işçi xaçiri”da (oçerkda ekskavatorga şunday taşbeh berilgan) ming-ming tonnalab tuproqni kanal içidan ekskavatorning kovşlarida taşqariga olib çiqqan bahodirlardir.
Adib bitiklarida çölda taşkil etilgan xöjaliklarning qörğonlarini bunyod etiş, unga eltadigan yöllarni sozlaş, bir söz bilan aytganda, infratuzilmani talab darajasida taşkil etişdagi kamçiliklar aniq misollar yordamida bor böy-basti bilan oçib beriladi.
Kitobdagi barça oçerklarda publitsistning ötkir nigohi közga taşlanib turadi. U “Gazik”da Mirzaçölni kezib qahramonlari bilan yuzma-yuz uçraşadi, Yangiyer şahridagi çölquvarlar uçun möljallangan vagon şaharçada bir muddat yaşaydi. Odamlarni qiynayotgan muammolarni qalamga oladi. Şu bois kitobdagi barça oçerklar öqirmanlarga yuqadi.
Tarjimonlar Konstantin Simonovning “Jurnalist bölib qolaman” kitobini özbekçalaştirib, yaqin tariximizda röy bergan voqealar, Mirzaçölni özlaştirişda qahramonlik namunalarini körsatgan bobo-momolarimiz haqida ösib kelayotgan yoş avlodga ajoyib sovğa tayyorlaganlar. Albatta, katta işda xatolar ham böladi. Tarjimonlar ayrim joy nomlari kitobda qanday yozilgan bölsa, şunday bizga taqdim etişgan. Masalan, “Paxta-Aral” (ayrim örinlarda “Paxta-Orol”), “Olma-Ota” kabi. Vaholanki, ona tilimiz qoidalariga köra, bu atamalar “Paxtaorol”, “Olmaota” tarzida yozilişi qoidalaştirilgan. Bunda sirdaryolik tarjimon jurnalistlarning mehnatini alohida taʼkidlamoq joizdir.
Şu örinda yana bir gap: uşbu kitob yuqorida taʼkidlaganimizdek, sobiq ittifoq davrida yozilgan. Ammo undan har bir jurnalist, ijodkor bugun ham foydalanişi mumkin. Birinçidan, ötmişimizga oid voqealar, yaqin tariximizni yanada yaxşiroq biliş va öşa vaqtlardagi vatandoşlarimiz hayotini, zahmatli mehnati, kerak bölsa qahramonliklaridan voqif böliş uçun.
Ikkinçidan, ijodkor qanday yozişi kerakligiga tayyor namuna. Axir, bugungi kun ham oradan vaqtlar ötib tarixga aylanadi. Bugun Yangi Özbekistonni bunyod etiş yölida yurtimizning har bir göşasida ne-ne bunyodkorliklar, ne-ne özgarişlar yuz bermoqda. Ana şular haqida publitsistlarning yuraklarni titratib yuboradigan, öquvçini öziga jalb qiladigan oçerklar qani? Bugungi zamondoşlarimiz öy-keçinmalarini badiiy söz mahorati ila qoğozga tuşirib, ularning ibrati töğrisida keyingi yillarda qanday kitoblar yozildi, çop etildi? Albatta, yöq emas. Lekin ular köpmi, yetarlimi? Aynan ana şunday mahorat bilan bitilgan asarlar hozirgi kunda afsuski yetişmayapti.
Muhammadali AHMAD,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi aʼzosi.
