Şinjon: uzumini yeng, boğini sörang
Şinjon Uyğur avtanom rayonining dengiz sathidan 159 metr pastlikda joylaşgan, ulkan qozonni eslatuvçi Turfon şahri. Suv taqçil, yoz çillasida harorat +60 darajaga yetadi. Şu joyda odamlar uzum yetiştiradi.
Jamiyat hayoti keng qamrovli, voqea-hodisalar rivoji tez, axborot oqimi şiddatli, muhim yangilik va özgarişlar deyarli har kuni sodir böladi, binobarin, OAV neçoğliq faol bölmasin, baʼzi yangiliklar, maʼnaviy tarbiya yönalişidagi ayrim beparvoliklar eʼtibordan çetda qolişi va keyinçalik çuqur ildiz otib, jiddiy kasallikka aylanişi mumkin. Şu boisdan ham keyingi yillarda dunyo matbuotida biror muammoni har taraflama örganiş, sabab va oqibatlarini oçib beriş, mutasaddilarning masʼuliyatini oşiriş jurnalist suriştiruvi sifatida muhim vazifaga aylandi. Mutaxassislar bunday suriştiruvlar natijasida yoziladigan maqolalarni jamiyatning rivoji bilan bevosita boğlamoqdalar.
Matbuot jamiyatning demokratik institutlaridan biri ekan, jamiyat öz oldiga qanday vazifa qöygan bölsa, matbuot oldida ham ayni şunday vazifa turadi. Bundan anglaşiladiki, ijtimoiy-siyosiy tuzumi turliça bölgan jamiyatlarga mansub axborot vositalarining vazifasi bir-biridan farq qilişi mumkin. Buni rivojlangan va taraqqiy topgan mamlakatlarning matbuoti bilan milliy rivojlaniş yöliga endi-endi qadam qöyayotgan mamlakatlarning matbuoti misolida aniq köriş mumkin.
Angliyada matbuot neça asrlardan beri mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotining tarkibiy qismi, taʼbir joiz bölsa, közgusi hisoblanadi. Fransiya yoki Belgiyada, bordi-yu, kimdir jurnalistlar tarqatgan xabarning töğriligini şubha ostiga olsalar, jurnalistlar maʼlumot manbaini oşkor qilişlari şart emas, eʼtirozga sabab bölgan xabarni oşkor qilişdan avval undagi maʼlumotlarning töğriligini tekşirib körganlari va töğriligiga işonç hosil qilganlarini isbotlab bersalar böldi. Daniyalik jurnalistlar mamlakat qonunlarida közda tutilganidek, biror jinoyat işi töğrisida yozmoqçi bölsalar, sud hukmi kuçga kirgaç va jinoyatçi jazo muddatini ötay boşlaganidan keyingina bu xususda fikr-mulohaza bildirişlari mumkin.
Şvetsiyada jurnalist suriştiruvi bilan şuğullaniş jamiyat hayotida faxrli işlardan biri hisoblanadi. Bu iş bilan markaziy gazeta-jurnallarning muxbir yoki reportyorlari, viloyatlardagi ijodkorlar faol şuğullanadi. Ular biror-bir sirni oçişga muvaffaq bölişsa, maqola yoki reportajlarini gazeta-jurnallar tahririyatlariga mömay pulga sotişadi. Bu janrning yutuği ham, kamçiligi ham şunda. Çunki jurnalist suriştiruvi bilan köp hollarda professional jurnalistlar emas, köpçilikka maʼlum bölmagan biror sirni oşkor etib, nom qozoniş ilinjida bölgan havaskorlar şuğullanadi.
Rossiyada bu janrning jamoatçilik eʼtiboriga tuşişida sobiq ittifoqning tarqab ketişi bilan boğliq ijtimoiy-siyosiy vaziyat, ötgan asrning töqsoninçi yillari boşidagi yalpi kriminal holat, mamlakat böylab hukm surgan boşboşdoqlik sabab böldi deyiş mumkin. Bu davrda eʼlon qilingan köplab maqolalar, ayniqsa, telekörsatuvlar maşaqqatli jurnalist suriştiruvining natijasida yuzaga kelgan.
Keyingi paytlarda şahar, mamlakat, qitʼa, dunyo miqyosida “Gözallik tanlovlari”ni ötkaziş va ğolib deb topilgan qizlarga “Moskva malikasi”, “Rossiya malikasi”, “Osiyo malikasi”, “Afrika malikasi”, “Dunyo malikasi” tojini kiygiziş odat tusini oldi. Jurnalist Boris Sobolev bu dabdabali, közni qamaştiruvçi tadbirlardan qanday maqsad közda tutilişini, bundan kimlar manfaatdor ekanini aniqlaydi, gözallik konkurslarida iştirok etgan qizlarning ayançli, baʼzi hollarda fojiali taqdiri bilan qiziqadi. Masalan, jurnalist anʼanaviy “Moskva gözali” tanlovini tahlil qilar ekan, ğoliblarni aniqlaş, tojni kimga kiygiziş qaysi talab va tamoyillar asosida amalga oşirilişini kuzatadi. Maʼlum böladiki, gap nomzod qizlarning gözalligi, aql-idrokida emas, talabgorlarga homiylik qilayotgan homiylarning çöntagida ekan. Sovrinli örinlar kimoşdi savdosida bölganidek, bozorga qöyiladi: 500 ming dollar, 1 million dollar, 2 million dollar, 3 million yevro va hokazo. Oçiq-oşkora savdo. Pulini tölang, marhamat, siz aytgan qiz ğoliblik şohsupasida! Şu kundan boşlab uning inon-ixtiyori sizning qölingizda.
Jurnalist suriştiruvi özbek matbuotida nisbatan yangi yönaliş deyiladi. Jurnalist tahririyat topşiriği bilan maqola yoki oçerk yozişga kirişar ekan, tegişli suriştiruv ötkazadi: mavzuga daxldor odamlar bilan suhbatlaşib, ularning mulohazalarini eşitadi, rahbarlarni tinglaydi, tegişli hujjatlar, hisobotlar bilan tanişadi. Şunday yöl tutib yozilgan maqolalar oz emas. Demakki, bu yönalişni matbuotimiz uçun butunlay yangi deb bölmaydi. Taniqli jurnalistlar Habibulla Olimjonov, Bekqul Egamqulov, Abdunabi Haydarov, Yoqubjon Xöjamberdiyev, Kamol Matyoqubov, Safar Ostonov, Muhammadjon Obidov, Dadaxon Yoqubov, Dilmurod Qirğizboyev, Elvira Tuxvatullina va boşqa hamkasblarimizning çuqur jiddiy tahlilli çiqişlari fikrimizga dalil böla oladi. Bugun bu faoliyatning eng yaxşi namunalarini “Kun.uz”da, ÖzA saytida, Zuhriddin Isomiddinov, Muhtarama Uluğova, Hakim Sattoriy, Umid Bekmuhammad, Gulçehra Jamilovaning “Işonç”, “Hurriyat”, “Maʼrifat” gazetalarida eʼlon qilinayotgan maqolalarida köriş mumkin.
“Jurnalist suriştiruvi” iborasi keng maʼnoli ijodiy faoliyat turi bölib, faqat suriştiriş, biror joydan kamçilik topiş, aniqlaş va oşkor qilişdangina iborat emas. Jurnalist mamlakat, jamiyat, odamlar hayotida mavjud, ammo eʼtibordan çetda qolayotgan ijobiy voqealar, faktlarni çuqur örganişi, matbuot, televideniye va radio orqali tarğib qilişi, boşqalarga namuna qilib körsatişi zarur. Taniqli telejurnalist, kasbiga doir öziga xos mahorat maktabi yaratgan Muhammadjon Obidov muallifligida suratga olingan “Şinjon: Turfon möʼjizalari” hujjatli filmini tomoşa qilar ekanman, könglimdan şu fikrlar ötdi. Matbuotda, asosan, xabar, yangilik birlamçilik qiladi, ammo bugungi jurnalistikada ijtimoiy-siyosiy, madaniy-maʼrifiy tahlil, voqea-hodisalar, natijalarni qiyosiy örganiş jiddiy ahamiyatga ega.
Muhammadjon qalami ötkir, harakatçan, taşabbussiz turolmaydigan kasbdoşlarimizdan biri. Televideniyeda uzoq yillar ter tökib, reportaj, intervyu, hisobot, tahliliy lavha, felyeton janrlarida samarali ijod qildi. Bölajak jurnalistlar uçun önga yaqin amaliy qöllanma kitoblari çop etildi. Bugungi faol jurnalist uçun zarur bölgan muhim xususiyatlar — jurʼat, qatʼiyat, tezkorlik, hozirjavoblik, birlamçi manbalar bilan işlaş, işontiriş, voqea-hodisa mohiyatini fikrlar xilma-xilligi asosida oçiş, mantiqiy xulosa va boşqa jihatlar orqali yoş qalamkaşlarga namuna körsatdi. Uning olis-yaqin xorijiy mamlakatlardan tayyorlagan turkum telereportajlari, yutuqlar bilan birga kamçiliklarni ham jiddiy örganişi, xalqimizning tinç-totuv hayotiga xurujlar çoği jasorat bilan reportyorlik qilgani çindan ham ibratlidir. Şu maʼnoda uşbu hujjatli film jurnalist kasbdoşimiz isteʼdodining yana bir yangi qirrasini oçdi, desak, mubolağa bölmaydi.
Filmning mavzusi oddiy. Şinjon Uyğur avtanom rayonining dengiz sathidan 159 metr pastlikda joylaşgan, ulkan qozonni eslatuvçi Turfon şahri. Suv taqçil, yoz çillasida harorat +60 darajaga yetadi. Şu joyda odamlar uzum yetiştiradi. Filmda körsatilganidek, turfonliklar bu işni dehqonçilik sanʼatining yuksak çöqqisiga kötarişgan. Tasvirçi Elyor Olimov ekranga olib çiqilayotgan har bir kadrga öziga xos maʼno-mazmun baxş etganday. Boşlovçi (Muhammadjon Obidov) har bir fakt, har bir tasvirga jon bağişlaganday suhbat olib boradi. Turfonliklarning korizlar yordamida yerosti suvlaridan foydalanişdagi noyob tajribasi, mahsulotni saqlaş va eksport qiliş mahorati tomoşabinda jiddiy qiziqiş uyğotadi.
Darvoqe, korizlar… Yerosti suvlarini yiğiş va yer yuzasiga çiqariş uçun quriladigan bu noyob inşootlarning tarixi ğoyat qiziqarli. Yaqin Şarq, Janubi-Şarqiy Osiyo, Markaziy Osiyoning toğli va toğoldi zonalarida öz vaqtida köplab qazilma korizlar bölgan. Buxoro, Samarqand, Navoiy viloyatlaridagi korizlarning soni ikki yuzdan ortiq bölgan. Yigirmançi asrning 20-yillarigaça koriz suvlaridan ekinlarni suğorişda foydalanilgan. Korizlarni bir-biriga ulaşda yer osti suvlari sathida röy beradigan özgarişlar, joy relyefidagi nişablik maxsus asboblar yordamida aniq hisoblab çiqilgan. Quduqlarning çuqurligi 12-15 metrdan boşlanib, 60-70 metrgaça borgan. Quduqlar suvli qatlamga tutaşadigan lahim orqali bir-biriga tabiiy holda birlaştirilgan. Masalan, Nurotadagi “Maston” nomli korizning 280 ta quduği bölgan. Qisqaça aytganda, korizlar yordamida yerosti suvlaridan foydalanişni bepoyon çöllarda qurilgan sardobalar kabi yaqin ötmiş ajdodlarimizning eng muhim ixtirolaridan biri deyiş mumkin. Qarangki, bu usul Turfonda saqlanib qolibdi, yanada rivojlanibdi. Korizdan korizga ötayotgan suv şovqinida olis ötmişning ovozini eşitganday böladi kişi.
Hujjatli film yaratişda maʼlum çegaralaniş böladi — har bir fikr aniq faktga, natijaga, körsatkiçga asoslanişi kerak. “Turfon möʼjizalari”da ham şunday: mahalliy aholining turmuş tarzi, uzumzorlar, oilaviy boğbonçilik, hosilni saqlaş, qayta işlaş, qadoqlaş va hokazolar ğoyat jonli körsatilgan. Ammo muallif şu bilangina qanoatlanib qolmaydi. Filmda Turfonning bugungi umidbaxş kunlari uning olis ötmişi bilan çambarças boğlanib ketgan. Muhammadjonning bundan bir neça yil avval Xitoydan tayyorlagan körsatuvlarining birida qadimda Farğonadan Xitoyga olib ketilgan uçqur otlar haqida ğoyat qiziqarli tafsilotlar hikoya qilingan edi. Bu gal ham öziga xos tarixiy faktga duç kelamiz: olis ötmişda xitoyliklar vodiydan otlar bilan birga… serhosil uzum köçatlarini ham olib ketişgan ekan. “Bugun Turfon dalalarida möl hosil berayotgan yangi-yangi uzum navlari, balki, öşa Farğonadan olib ketilgan köçatlarning avlodi emasmikin?” deya muşohada yuritadi boşlovçi. Ehtimol, şundaydir, çunki filmni körgan tomoşabinda xalqlar tarixida bir-biriga boğliq holatlar köp bölganiga, bugun turli sohalarda bir-birimizdan örganadigan narsalar köpligiga işonç paydo böladi. Çunonçi, turfonlik boğbonlar koriz suvidan tejamkorlik bilan foydalaniş, hosilni sifatli quritiş yöllarini topişibdi. Oltiariqlik uzumşunoslar bugun novdasidan uzilgan uzumni bahor ötgunça ham xuddi keça uzilganday saqlaşadi. Yerdan unumli foydalanişadi. Bir joyga bir qop-yarim qop tuproq tökilib qolgan bölsa, ustiga suv quyib, öğitlab, şu yerga ham bir nima ekişadi. Şunday ekan, filmdagi farğonalik fermer Isoqjon Boymatov bilan turfonlik Akbar Ğofur yuzma-yuz ham uçraşsalar, ikki yurt boğbonlari özaro tajriba almaşsalar, ayni muddao bölar edi.
“Şinjon: Turfon möʼjizalari” hujjatli filmi Özbekiston-Xitoy munosabatlari keng maʼnoda yuksalib borayotgan, bordi-keldi aloqalariga yöl oçilayotgan, Özbekiston, Qirğiziston va Xitoyni özaro boğlaydigan temir yöl qurilişi boşlanayotgan bir paytda efirga uzatildi. Mutasaddilar filmda örtaga taşlangan jöyali takliflarga eʼtibor beradilar, joylarda uning namoyişi taşkil etiladi, degan umiddamiz.
Ahmadjon MELIBOYEV
