Ong yorişsin, qalblar uyğonsin!

Siyosatni tuşiniş, iqtisodni yuksaltiriş, erişilgan yutuqlarni mustahkamlaş uçun ham insonlar maʼrifatli, maʼnaviyatli bölişi lozim. Tafakkuri ziyo bilan yorişgan, milliy qadriyatlardan xabardor, mehr va saxovat kabi insoniy tuyğulardan oziqlangan kişilargina peşqadam bölişadi.

“Maʼrifat ulaşib” loyihasi ana şunday ezgu maqsadlar uçun taşkil etilmoqda.

Talabalar va öquvçilar bilan ötkazgan uçraşuvlarimizda muassasa rahbarlari ham iştirok etişmoqda.

Bu bizga kuç, rağbat beradi. Uçraşuv, suhbatlarning har lahzasida özimizni maʼrifiy dars ötayotgan ustozdek his qildik.

Xalqaro Islom akademiyasida ötgan uçraşuv heç qaçon esimdan çiqmasa kerak. Rejissyor tarafidan sahnalaştirilgan, talabalar teatr studiyasi tomonidan “Jadidlar armoni” spektakli yangiça yondaşuvlari, talabalar mahorati, voqealarni yurakdan ötkazib ijro etildi. Usmon Nosir: “Sovqotdim, bunça sovuq bu dunyo, bunça sovuq…” deya faryod çekayotgan paytda yonimda ötirgan hamrohim şoir Botirjon Ergaşev:

— Rostdan sovqotib ketyapman, içimga muz kirgandek böldi, — dedi, uning ovozida çindan ham titroq bor edi.

Spektakl tugagaç, akademiya rektori Muzaffar Komilov hozirgina körganimiz — millatimiz oydinlarining xalqimiz ongini yoriştiriş, haqini tanitiş, qullik nima, erk nima anglatiş yölida olib borgan jasoratli kuraşlari uçun tortgan iztiroblari taassurotida turgan olim bir neça daqiqa sukutda qoldi. Rektor biz bilan Qorasaroydagi maktablarga borgani, öquvçilar röparasida maʼrifatdan söz aytgani ham qimmatli böldi.

Tibbiyot akademiyasining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça prorektori biz borgan maktablarda loyiha doirasida öz taşabbuslari bilan öşa hududdagi aholi uçun tibbiy körik taşkil qildi. Xalqimiz uçun bunday iş manfaatli.

Farğona oliy taʼlim maskanlaridagi uçraşuvlarda esa minbarda maʼruzaçi, töplanganlar tinglovçi bölişdek anʼanaviy usuldan qoçdik. Farğona oziq-ovqat texnologiyalari va muhandislik instituti, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Farğona filiali, Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Farğona filiallarida bölgan uçraşuvlarda köproq talabalarni suhbatga tortdik, yoşlarning maʼnaviy-maʼrifiy olamlariga qiziqdik. Ulardagi erkin fikrlaşni körgimiz keldi. Ayrim talabalarning fikrlaridan eʼtiboringizga havola qilmoqçimiz:

 Gulginaxon ABDURAZZOQOVA:

—Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Farğona filiali kompyuter injiniringi va sunʼiy intellekt fakulteti talabasiman. Oddiy oilaning farzandiman. Otam Murodjon Abdurazzoqov tadbirkor, onam Çarosxon Sultonova nafaqada. Maktabni tugatgaç, dastlab huquq sohasida öqidim. “Bu sohada işlaganlar tökis yaşaydi”, tarzidagi nuqtai nazar ongimda örnaşib qolgani uçun şu sohani tanlagan bölsam kerak. Biroz vaqt ötgaç, axborot texnologiyalariga qiziqib qoldim va sohamni özgartirdim. Bu — töğri tanlov bölganligini mening hozirgaça erişgan yutuqlarim isbotlab turibdi. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya nomzodi, Özbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi stipendiyasi nomzodi böldim. “Yil talabasi” tanlovida iştirok etib, “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyasi ğolibi deb topildim.

 Nafosatxon IBROHIMOVA:

— Men Gulgina bilan hamkursman. Kursimizda örtaça öqiydigan talabaning özi yöq. Umuman, bizning sohamizda örtamiyona mutaxassis böliş mumkin emas. Sohaning özi bilimsizlikni kötarmaydi. Men ham “Yil talabasi” körik-tanlovining “Öz mutaxassisligi böyiça yilning eng bilimdon talabasi” nominatsiyasi ğolibi böldim. “Mirzo Uluğbek vorislari” körik-tanlovining respublika bosqiçi faol iştirokçilaridan biriman va bu ğoliblik uçun kattagina pul mukofoti oldim…

Talabalarni tinglar ekanmiz, Farğonada ötgan talabalik davrimimiz esga keladi. Birinçidan, xuddi şu kunlarda paxta “fronti”dan endigina qaytib, sovuqdan yorilib ketgan qöllarimizni davolaş bilan band bölardik. Ikkinçi tarafdan, yangi yildan söng boşlanadigan (paxtadagi kunlar, yöqotilgan vaqt hisobiga) olti paralik darslar, undan söng kun oralatib keladigan imtihonlar yuki bosib kelardi. Kompyuter, sunʼiy intellekt degan terminlar bizga begona edi.

Yoşlarning özlariga bölgan işonçini körib, Uçinçi Renessans orzusi haqiqat ekanini xis qiladi kişi.

Doniyorbek ISROILOV:

— Oziq-ovqat texnologiyalari va muhandislik institutining turizm yönalişida taʼlim olaman. Tört yil repetitorlarga qatnab öqişga kirganman. Biz — yoşlar hozir harakatdan, öqiş, örganiş yölidagi intilişdan töxtamasligimiz kerakligini bilamiz. Hozirgi kungaça ingliz, turk, rus tillarini yaxşi gaplaşa oladigan darajada özlaştirdim. Öz soham böyiça yurtimizda işlamoqçiman. Sayyohlik xizmatini yana ham yuqori darajaga kötariş uçun xizmat qilmoqçiman.

Nazokat ABDIRASULOVA:

— Men ham oziq-ovqat texnologiyalari va muxandislik institutining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş yönalişida taʼlim olaman. Tabiatga bepisandlik insoniyatga katta talafotlar keltirişi mumkinligini yaşayotgan hayotimiz tobora körsatmoqda. Şu haqiqat bu sohaga jonkuyarlar kerakligini taqozo qilyapti. Daraxt, quşlar, suv, havoni asraşga odamlarni örgatiş qahramonlik emas. Bu — yurak, köngil, burç işi.

…Gulxan atrofidagi muşoiralar ham, talaba yoşlar iştirokida ötgan “Zakovat” intellektual öyinlari ham, daraxt ötqaziş marosimlari ham, sport yönalişida tahsil olayotgan çempionlar bilan savol-javoblar, maktab öquvçilari bilan uçraşuvlar köproq hayratga soldi. Yoşlarimiz ança faollaşgan. Ikkinçidan, qizlar şeʼr yodlagan, aşula aytgan, raqsga tuşgan… bunga örganib qolgandik. Şukr, öğil bolalarimiz ham Çölpon, Qodiriy qiyofalarida davra örtasiga çiqişdi. Jadid otalarni taniş boşlandimi, demak uyğonişga keldik, deyavering. Har bir uçraşuv maʼrifat yöllarining bir bekati sifatida köngil daftarlarimizga yozilib qoldi.

Ammo goh maʼrifat ulaşganimiz, goh maʼrifat olganimiz bu loyiha doirasidagi uçraşuvlarga bor imkoniyatlardan foydalanildi, deb bölmas. Maʼlum bir sana munosabati bilan tayyorlangan keçaga bizning tadbirlarimizni qöşib yuboriş hollari ham böldi. Bu — “ötdimi, ötdi” tarzidagi munosabat borligini körsatadi.

Bu loyihaning maqsadi ongni yoriştiriş. Qalblarga maʼrifat orqali millatparvarlik, vatanparvarlik uruğlarini soçiş.

Biz — ziyolilar bu loyihada iştirok etişni özimizga yuklatilgan vazifa, xalq va Vatan oldidagi ezgu burç, deb tuşunmoğimiz kerak, albatta.

Qutlibeka RAHIMBOYEVA

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan