Birinçi çiziq
Hoji bobo qari gujum ostida mudrab ötirgan edi, şovurdan közi oçilib ketdi. Katta qizining öğli qadami çalkaşib, u tomon dadil kelar, hayajonidan oyoqlari töğri tuşmasdi. Qöl yetar joyga yaqinlaşgaç, gilamga tizzasi bilan taşladi-da, xuddi örgatilgandek, dadil söz boşladi:
— Bobo, duo bering.
Murğak qalbning öktamligi çolni tölqinlantirdi, u bugun kinolarda köp takrorlanadigan sahna — şogirdning pir oldida tiz bukib turişiga taqlid qilayotgandi. Mayli-da, şarafli kunlar qalbiga köçibdi; atrofida zurriyotlari “milliy anʼanalar ruhida” tökis ulğayayotganidan çolning köngli ösdi.
— Ha, öğlim, tinçlikmi?
Bola yerdan közini uzmay, odob bilan javob kutib turardi.
— Ertaga olimpiada böladi. Şunga matematika böyiça qatnaşaman.
Duo bölsa, duo-da. Muqaddas joylar tuproğini tavof qilib kelgan hoji bobo sidqidildan bolakayni alqadi, unga katta zafar tiladi. Botinida “Zora, birinçi örinni olsa, uluğ joylar şarofatiga ham, özining kuçiga ham işonçi ortardi”, deb öyladi.
Şundan keyin nabira qorasini körsatmay qoldi. Çol esa “Bola-da, hali 12-13 yoşli ösmir nimani bilardi? Çalğib ketdi, duoning ajrini aytmadiyam”, deb miyiğida kulib qöyaverdi. Nihoyat, bir gal tengdoşlari bilan quvlaşmaçoq öynab yurgan “matematik” yölakda duogöy bobosiga yuzma-yuz kelib qoldi. Hoji bobo uning asta bilagidan uşladi-da, mehr bilan termilib: “Öğlim, duoning haqini bermaysizmi? Bilimlar bellaşuvi qanday böldi?” — deya savolga tutdi. Şunda bolaning tutqundan qoçiş uçun şaxt bölib turgan vujudi birdan böşaşdi, lekin boşini kötarib, ğazabli nigoh bilan boqqança dedi:
— E, bobo, bu dunyoda haqiqat bormi?
Ha, bizning avlodimiz ana şunday tuşunça bilan iyagi kötarilayapti, dunyoga qadam qöyyapti.
Hakim SATTORIY.
