“Öqidim” emas, “öynadim” deydi

Oilada yangi böğin ulğaymoqda: “bolamning bolasi!” Danagidan mağzi şirin, deganlaridek, uning har bir harakati, qiliqlari, murğak qalbidan sizib çiquvçi gap-sözlari boboga özgaça huzur bağişlaydi. U zurriyotining bekamu köst ulğayişini xohlaydi. Bor bisotini, butun borliğini unga bağişlaşga tayyor. Axir röşnolik kunlari keldi, yurt mustaqil böldi, qadriyatlar qaytdi. U özini mukammal tarbiya körmagan, teran tahsil olmaganlikda ayblar edi, endi dunyo mezonlari darajasida öqişi, örganişi, har jihatdan kamol topişi mumkin-da bolajon. Mana, tanişlarining bolalari nafaqat öz yurtida, balki dunyoning eng nufuzli universitetlarida tahsil olayapti. Şunday önğay yöllari paydo bölibdiki, uyda ötirib, istalgan öquv yurtiga daʼvogarlik qiliş mumkin ekan.

Ana şunday şirin xayollar oğuşida bobo kunlarni sanab ötkazadi, endi esini tanib borayotgan jigarporasiga mehr va umid bilan termiladi. Şukur, kunlar bolajonning borliğida qorişib, oy sayin ulğayib borayapti. Endi oyijonisining etagidan tutib, köça-köyga çiqadigan böldi.

Bobo vaqtni ötkazmay, nabiraning kelajagi haqida faol qayğurişni boşladi. Bir kuni bolaçani yetaklab, şaxsiy kutubxonasi oldiga olib bordi. Kitoblarni olib, qöliga berdi, kitob tutgan zurriyotini körib, bir emas, ön quvondi. “Mana, umr böyi yiqqan xazinamning egasi ham paydo böldi!” Umrlik boyligini öz qöli bilan egasiga topşirayotganidan xursand böldi.

Şukurki, esini tanib qolgan dilpora katta izdihomlarga ham aralaşa boşladi. Oyisiga ergaşib, töyga ketibdi. Mayli-da, jamoatni körsin, közi köpçilikka örgansin. Yana boboning köz oldiga bugungi töylar manzarasi kelib, vahima bosdi. Yeru kökni titratadigan musiqa, mast xotinlarning baqir-çaqiri, behayo qiliqlar. Beş vaqt namozini kanda qilmaydigan kelin ham nega bugun qanot çiqarib qoldi? Ha, aytmoqçi, singlisining qizi uzatilayapti. Bormasa bölmaydigan maʼraka ekan. Bilʼaks, uni “eldan çiqqan” deb malomat qilişlari bor gap. “Işqilib, közimning gavhari, ertamning egasi turtinmay-surinmay, çang-ğubor qönmay, tozagina qaytib kelsin-da. Hozir şayton yöriğidagi odamlar köpayib ketdi. Kommunistlar hamma eskilik qoldiqlariga qöşib, şaytonni ham yöq qilgan ekan-da. Yangi zamonda tomiriga suv yetdimi, urçib ketdi”, deb mulohaza qilar, kallasiga kelib qolgan fikrdan bezovtalansa-da, köz oldida ulğayayotgan, yangilanayotgan olamning böy-bastidan masrur bölib jilmayar edi. “Nima bölsa ham hammasi özimizniki, milliy”, deb qöyardi.

Tun yarimlaganda, kelin töydan qaytdi. Nabira uyqusiragan, karaxt edi. Bobo sukut saqladi, özini tiydi. Bolaçani ota-ona papalab yotoqqa olib kirib ketişdi. Boboni öy bosdi: “Ajab zamon keldi. Hamma narsa yuzaga çiqdi. Biror narsada çegara-çeklov yöq. Şu kunlarni orzu qilgan ekanmiz-da”.

Ertalab nabirani soğinib qolgandek qizğin quçoğiga oldi. Undagi özgariş közga taşlanar darajada edi. Maʼsum nigohlari qotaygandek, behayolik nuqsi urgandek edi. Hamon kissasidan keça olib kelgan şirinligini taşlamagan, zör berib uni sörişga urinardi. Beparvo. Boboning içidan nimadir uzilgandek böldi. Bolaçaning tarovatini yöqotganini sezdi. Balki ulğayişning asoratidir. Paxtaning içida parvarişlay olmaysan-ku. Ertami-keçmi, şu daryoga tomçi bölib qöşiladi. Bu qonuniyat. Şunda bugungi daryolarning naqadar loyqa, hatto bötanaligi boboning köz oldiga kelib, yuragi gumirib ketdi. Tizzasida gödak yayrab ötirar, öziga qovuşmagan şaxt bilan şirinlik sörardi.

— Otajon, nima qildingiz töyda? — bu sözlar öktam yangradi, göyo jigarporasini birinçi yutuği bilan qutlamoqçi böldi. Bolajon tamşanib oldi-da, boşini sarak-sarak qilib, u ham öktamlik bilan:

— Öynadim, — dedi.

Bu iqror bolaning keçadan beri bobosiga aytib, maqtanmoqçi bölgan arzanda sözi edi. Va kerilib qöydi bolaça. Bobo kalovlandi, közini bir yumib oçdi. Şu lahzada dil közgusida xojasi oldida likillab turgan, yuzini böyab, qoşiga ösma tortgan sayoq masxaraboz erkak keldi. “Ah!” dedi. Bolaça çoldan maqtov kutib, söqtoylik bilan qarab turardi.

— Şunday qildingizmi? — ölganining kunidan jilmaydi çol. “Nahot endi bundan keyingi avlodim kimlarningdir qarşisida dumini likillatadigan va şu amalidan mamnun böladigan sulloh bölib ulğaysa?!”

— Şokolad şirin ekanmi?

— He. Dasturxondan öğirlab oluvdim.

“Ol-a!” Maşʼum bir keça! Bir bokira qalbni qançalik bulğabdi. Qarang, “Kitob öqidim” deb maqtanmaydi-ya, “Öynadim” deb keriladi. Boboni xayol oldi. Kelin uzatgan piyolani nari-beri dasturxonga qöyar ekan, dilbandiga razm soldi. U bobosining qalbidan keçayotgan börondan zarra bexabar, endi barmoqlarini bukib öynardi.

Hakim SATTORIY

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan