Orzu izidan
Dars tugaşi bilan mahallamizdagi bolalar birgalikda dalaga mol boqişga çiqardik. Qölimda mahkam tutilgan arqonda bitta sigirimiz bölardi.
Uçinçi sinfdan boşlab töqqizinçi sinf tugaguniça faqat şu bitta sigirni boqdim.
Şeriklarimning mollari yil sayin köpayardi, har yili ikki-uçtadan buzoq qöşilardi. Ular quvonç bilan buzoqlarni boqişar, sevinçdan közlari porlardi. Mening esa har yili qalbimni yulib, köz yoşim bilan bozorga sotadigan bittagina buzoğim bölardi.
Bahorning oxirida sutdan töyingan, har qaraganda köz quvonadigan buzoqçamni yetaklab mol bozoriga otlanardim.
Bozorda buzoqni boşqalarga köz yoşimni körsatmasdan, yiğlab-yiğlab sotardim.
Lekin sotmasdan iloj yöq edi. Sababi, şu buzoqning puliga ğalla olib, qişga ozuqa tayyorlardik. Baʼzan yozda nonni ham ölçab yegan kunlarimiz bölgan. “Keyingi buğdoy pişiğigaça yetişimiz kerak”, derdi enam.
Ammo şunday şaroitda ham yuragimda umid öçmasdi. Men orzu qilardim şaharga ketişni, öqişni, katta inson bölişni.
Dalalarda mol boqarkanman, bekor ötirmaslik uçun kitoblar öqirdim. “Ötkan kunlar”, “Mehrobdan çayon”, “Ot kişnagan oqşom”, “Ön sakkizga kirmagan kim bor”… Ular men uçun yurakni orzular bilan suğoruvçi sözlar, ruhni issiq qiladigan şijoat manbai edi.
Mahallaning katta yoşli yigitlari esa meni masxara qilişardi:
— Senga öxşagan beçoralardan kim öqirdi? Şaharda boylarning bolasi öqiydi. Özi yaşaşga uylaring bölmasa, şaharda kimning közi uçib turgan ekan? — derdi ular.
Lekin içimda bir ovoz şivirlardi: “Ökinma, bir kuni sen ham kerak bölasan…”
Ha, kelajakka işonar edim. Toşkentga kelganimda, turli qiyinçiliklarni boşimdan ötkazdim. Ança yillar Qöyliq dehqon bozorida arava ham tortdim. Azob edi. Taqdir meni imtihon qilar, men esa birma-bir sinovlardan ötişga intilardim.
Institutni tugatdim, qiynalib bölsa-da işga kirdim. 10 yildan ortiq vaqt içida turli taşkilotlarda mehnat qildim, köp ustozlardan saboq oldim.
Kuni kelib, har doim havas bilan qaragan, işlaşni orzu qilgan taşkilotga qabul qilindim. Va taqdir taqozosi bilan, birinçi marta qatnaşgan yiğilişim aynan “kadrlar tanlovi” mavzusida böldi.
Öşa yiğilişda taşkilot rahbari, köp yoşlarning ustozi, yuksak fikrli inson şunday dedi:
— Bizga tanişi bor, puli bor insonlar emas, iqtidori bor, orzu qilgan, xatosidan saboq oladigan va Yaratganga suyanadigan vijdonli yoşlar kerak.
Bu sözlar butun vujudimni larzaga soldi. Ötmişim köz oldimda jonlandi: sigir boqqan kunlar, buzoq sotilgan saharlar, orzu bilan öqilgan kitoblar, kimlargadir masxara bölgan paytlarim, qişloqning dalasidan turib osmonga boqqança Xudoga şivirlagan şunday duolarim: “Bitta imkoniyat, faqat bittasini ber…”
Agar öşa payt masxara qilgan yigitlarga işonganimda, men bugungi manzilda emas, balki öşa xira umrning bir burçagida qolib ketgan bölardim.
Çunki ular orzuni öldiradigan, aqlga emas, jahlga suyanadigan insonlar edi.
Şuning uçun, agar imkonim bölsa, öşa vaqtda yuragimni oğritgan yigitlarga aynan şu rahbarning sözlarini yetkazgim keladi: “Bizga tanişi bor, puli bor insonlar emas, iqtidori bor, orzu qilgan, xatosidan saboq oladigan vijdonli yoşlar kerak”.
Işonçim mustahkamlandi. Hayotning oğriği bilan suğorilgan orzular bir kun kelib gullaşi mumkin ekan!
Zero, çölda ham bahor kelişini kutayotgan nihol ildizi bölişi mumkin. Ehtimol, uning ösişiga yoz yomğiri, bir kutilmagan imkoniyat kifoya qilar.
Elbek ŞOYIM
