Ezgu çorlov
Alişer Navoiyning har bir asari, joiz bölsa, har bir bayti, hatto har bir misrasida hayot hodisalari şu darajada takrorlanmas tasvirlarga egaki, ular salkam olti yuz yildan buyon muxlislar qalbidan munosib joy olib keladi. Bugina emas, mutafakkir şoir şaxsiyatining özi ham xalqimiz, millatimiz orasida haqli eʼtiroflarga sababdir. Şunga köra, buyuk ijodkor asarlarining barça zamonlarda qalam ahli hamda butun xalqimiz uçun öziga xos adabiy-estetik va maʼnaviy-axloqiy mezon bölib kelayotgani bejiz emas.
Asrlar davomida Navoiyning badiiy siymosini yaratişga intilişlarning ham muntazam jarayon ekanligi yaxşi maʼlum. Mustaqillik davridagi ijtimoiy-maʼnaviy hayot bu jarayonga yanada katta kuç va yangiça maʼnolar qöşayotgani ham bor gap.
Alohida ijodkorlarning ayrim mavzu va muammolarga boşqalariga qaraganda köproq moyil bölib qolişi yangi gap emas. Şunga qaramasdan, Alişer Navoiy siymosini tasvirlaşga kelganida bu boradagi holatning boşqaçaroq ekanini tan olişga töğri keladi. Gap şundaki, Navoiy dahosi oldida boş egmagan, adib asarlari mutolaasidan çuqur huzur tuymagan, bularning natijasi ölaroq şoir haqida heç bölmaganda bitta asar yozişni köngliga tugmagan ijodkorning özi yöq yoki deyarli yöqdir. Mustaqillik davri adabiyoti namunalarining özidayoq Alişer Navoiyga bağişlangan asarlar bir joyga jamlansa, bir neça qalin-qalin jild kitoblarning yuzaga kelişi aniqdir.
Asar mavzusi va şoirona iqtidorning namoyon böliş şakllariga oid maxsus ilmiy tadqiqotlar yaratilmagan bölsa-da, bu borada ançagina kuzatişlarning öziga xos tizimi yuzaga kelganini ham inkor etmaslik kerak. Bevosita Alişer Navoiyning badiiy siymosini yaratiş jarayonida ham şu muammoga duç kelinadi.
Özbek adabiyotida şaʼni uluğlangan mutafakkirlar, buyuk siymolarning birortasiga Alişer Navoiyga atalgan miqdor va darajadagi asarlar, jumladan, şeʼrlar bağişlangan emas. Özbek şoirlarining deyarli barçasida Alişer Navoiyga bağişlangan şeʼr mavjud. Ularning ayrimlari bu borada özining adabiy mulohaza va eʼtiroflari, Alişer Navoiyga bölgan eʼtiqod va hurmatlarining ifodasi sifatida bir nazm durdonasi, nasriy yoki dramatik asarini yozgan bölsa, boşqalari bir-ikki kiçik hajmli asar doirasida bunday ulkan va möʼtabar niyatni töla ifoda etiş imkonining yöqligini çuqur anglagani holda mavzu doirasida köplab asarlarini, örni-örni bilan esa şeʼriy turkumlarini yaratişgan.
Yana bir qiziqarli hodisani qayd etiş mumkin. Alişer Navoiyga bağişlangan asar mualliflari ijodini kuzatiş şu xulosaga olib kelmoqdaki, ular bu buyuk mutafakkir adib hayoti va ijodini tasvirlaş uçun özlarida juda katta masʼuliyat yukini his etişgan. Ularning birortasi ham mazkur mavzudagi asarni yozişga birdaniga kirişgan emas. Oybek domla tajribasida bölganidek, avval kiçikroq va möʼjazroq asarlar, keyingina yirik hajmdagi epik polotnolarga murojaat etilgan.
Yana bir fakt şundan iboratki, hatto tarixiy mavzuda qalam tebratgan yozuvçilarning aksariyati ham birdaniga bu mavzuga kirişmasdan, avval boşqa mavzu va muammolar ustida öz qalamlarini ötkirlab olişgan: bu borada tegişli könikma va malakalar, tajriba va işonçga ega bölganlaridan keyingina Alişer Navoiy siymosining kengroq tasviriga bel boğlaşgan.
Biz mulohazalarimizni birgina şeʼr misolida körsatişga harakat qilamiz. “Yuragingga qil ham siğmasa” misrasi bilan boşlanuvçi bu şeʼrning muallifi taniqli şoira Farida Bötayeva — Farida Afrözdir.
Uşbu şeʼrda mustaqillik davri şeʼriyatidagi Alişer Navoiy obrazining asosiy qirralari jamlangan deyiş mumkin.
Şoiraning talqinidagi Navoiy ijodi insoniyatning eng yaqin hamdardi, darddoşi, malhami böla oladi:
Yuragingga qil ham siğmasa,
Mehrsizlik diling tiğlasa,
Bu holingdan joning talvasa
Qilsa agar Navoiyga ayt,
Öqi kitob, Hazratingga qayt!
U insoniylik, insoniy fazilatlar tarğibi va tarbiyasi, har qanday bezovta va dardli köngilga orom va huzur berişning uddasidan çiqadi:
Sotib ketsa eng yaqin dösting,
Bitmas bölsa heç kamu kösting,
Daraxtmisan, qay taraf ösding,
Bilmoq bölsang Navoiydan sör,
Döst topmassan Hazratdan-da zör!
Boşi berk köçalarning yengib bölmas muammolarining yeçimi, fojialarning eng dahşatli damlarining ham damini kesadigan taskin va tasalli şoir şeʼriyatida mujassam:
Yöliqqaning bölsa xiyonat,
Uçib ketsa qölingdan omad,
Osmon tuşib, bölsa qiyomat,
Navoiydan topasan panoh,
Hazrat erur holingdan ogoh!
Alişer Navoiy şeʼriyati alohida kuçli bir saltanat, butun insoniyat suyanişi mumkin bölgan qörğon ham şu şeʼriyatdir. Qolaversa, özbekka fikrni tuşuntirişda savob va gunoh mafhumlarining örni va ahamiyati naqadar buyukligini adiba yaxşi biladi:
Bu saltanat metin qörğondir,
Unda yaşar har kim omondir,
U jannatdir, Eram böstondir,
Navoiyni aylaylik tavof,
Hazrat erur eng oliy savob!
Inson muhtoj bölgan narsalarning barça-barçasi ham ayni mana şu şeʼriy qörğonlarda jamlangan:
Magar senga ilm kerakdir,
Duo kerak, tilak kerakdir,
Işq kerakdir, köngil kerakdir,
Navoiydan toparsan özni,
Hazrat aytar ul xolis sözni!
Navoiy va millat yaxlitligi ğoyasi ham, aniqroği, millatning Navoiy ğoyalari bilan birlaşib ketişiga umid va işonç ham uşbu şeʼrdagi asosiy tayanç nuqtalaridan biri böla oladi.
O, yurakka malham Navoiy,
Har ğaribga hamdam Navoiy,
Zarrangizman men ham, Navoiy,
Yagonamsiz, sizgadir taʼzim,
O sultonim, xonim, hazratim!
Körinib turganiday, uşbu şeʼr mustaqillik davridagi özbek navoiynomasining öziga xos namunalardan biri bölgan. U şu yönalişdagi köplab şeʼrlardagi umumiy jihatlarni ança yorqin, aniq hamda taʼsirçan ifodalab bera olgani bilan boşqalardan ajralib ham turadi.
Yana bir muhim jihat şundan iboratki, şoirada tasavvur va ijro örtasida juda katta uyğunlik mavjud. Bu uyğunlik şoiraning ideal va uning ifodasi yönalişida ham öziga xos tarzda namoyon bölgan. Bu narsa ijodkor idealining naqadar tiniq va aniq tasavvuri bilan uning ifodasi örtasida bevosita aloqadorlik borligining yana bir isboti bölib xizmat qiladi.
Muallif mahzun bir kayfiyat ifodasi bilan boşlangan şeʼrining samimiy va bir qadar kötarinki pafos bilan yakunigaça bölgan oraliqda badiiy-estetik mantiqning ipi har doim tarang turişiga erişa olgan. Dastlabki bandlardagi şart ergaş gapli qöşma gaplarning faol iştiroki, turfa maʼnolarning özaro yaqin şakllardagi ifodasi taʼdid sanʼati vositasida yuzaga çiqqan bölsa, navbatdagi bandda asr sanʼati kitobxon (şeʼrxon)ga daʼvat va tasalli sifatida taʼsir körsatadi. Yakundagi nido ham şaxsiy hayrat, ham bevosita Navoiy şaxsiga murojaat, bularning yonida esa közda tutilgan idealning lafziy ifodalaridan iborat bölgan taʼdidlarning taʼkididan yuzaga kelgan hosiladir.
Bularning barçasi Amir Alişer Navoiy siymosining şeʼrxon közi oldidagi siymosiga öziga xos sayqal beradi, uni bizga yanada yaqinlaştiradi. Bizni Navoiy asarlarini öqişga çorlab turadi.
Aziz şeʼrxon! Keling, şu ezgu çorlovga “labbay” deb javob beraylik!
Gulbahor AŞUROVA,
Alişer Navoiy nomidagi
Toşkent davlat özbek tili va
adabiyoti universiteti
Fuzuliy nomidagi ilmiy
tadqiqot markazi rahbari,
filologiya fanlari doktori.
