Turnalarni soğingan qalb
Kunlarning birida poytaxtda naşr etiladigan gazetalardan biri qölimga tuşib qoldi. Unda yozuvçi Tölqin Hayitning sevimli şoirimiz Muhammad Yusuf haqidagi xotiralari bitilgan bölib, muallif sobiq kursdoş dösti şoir Abdimurod Qodirov haqida ham samimiy satrlarni bitgan edi.
Ha, qoratepalik muallim va ijodkor Abdimurod Qodirovni yaxşi taniyman, qolaversa, u tengdoşim, qadrdonim. Könglimda bir soğinç uyğondi. Rosti, döstimiz bilan körişmaganimizga ham ança yil bölgandi.
Esladim, rahmatli Saodat Ostonning töyida diydorlaşgan ekanmiz.
Bunga ham tört yildan oşibdi. Abdimurodning telefon raqamini axtarib şoir Yöldoşbek Kenjaga sim qoqdim.
— Abdimurodni topdim, ertaga senikiga keladi, birga gurunglaşamiz, – dedi Yöldoş aka.
— Yaxşi qilibsiz, – dedim quvonib.
Abdimurod ertasiga keldi. Qadrdonlar davrasida suhbatimiz qizigandan-qizidi. Keksa ijodkor Berdiqobil Xudoyqulovning hikmatlarga töla hayotiy hikoyalari, Abdivoy Rahimning masallari, Tursunboy Boymirovning hajviyalari, Yöldoşbek Kenjaning öyga toldiruvçi bitiklari, Sayfulla Al-Murodning xalqona yöldagi maşqlari-yu, Abdulla Boboyorovning yangiça ruhda bitgan şeʼrlari haqida sözlaşdik rosa.
Şunda bir çekkada jimgina ötirgan Abdimurodga adib Temirpölat Tillayev söz qotdi:
— Qani, Abdimurod aka, sizdan ham bir nima eşitaylik…
Abdimurod esa: “Yangisi yöq edi-da…” – deya kalovlandi.
— Bölmasa, anovi “Turnalar”ni öqing, – dedi Tursunboy aka.
Qolganlar ham uning taklifini maʼqullaşdi. Abdimurod öziga xos ovozda şeʼr öqiy boşladi.
Afğon taraflarga uçib ketibsiz,
Qança dahşat, balolardan ötibsiz.
Boyqaro boğini körib netibsiz?
Safingiz töliqmi, qaytgan turnalar?!
Ahmad Zoirlarning ohi siz bilan,
Xabar ayro tuşdi goho siz bilan,
Ğafur Ğulom qizi — Mohi siz bilan,
Safingiz töliqmi, qaytgan turnalar?!
Sizsiz bahorlar ham bahor bölmadi,
Tunlar yetim qoldi, oylar tölmadi,
Adirlarni quçib Navröz kulmadi.
Safingiz töliqmi, qaytgan turnalar?!
Mirza Bobur yurgan yöllar ravonmi,
Yurtiga qaytolmay rangi somonmi,
Bobom Alişerning ruhi omonmi,
Safingiz töliqmi, qaytgan turnalar?!
Nogoh yulduz uçgan joyga qaradik,
Sayyodning kamoni — oyga qaradik,
Tiniqmi? — deb, Amu — Sirga qaradik,
Endi xatar yöqmi, qaytgan turnalar?!

Şeʼrning zalvorli ohangi bizni huşyor etdi, öyga toldirdi. Har doimgidek Temirpölat şoirni yana savolga tutdi:
— Nega körinmay ketdingiz, Abdimurod aka?
Şoir bir zum öyga toldi va siniqqina jilmaydi.
— Orqada qolib ketdim… Yana rözğor taşvişlari, nafaqaga çiqdim, soğligim ham unçalikmas…
— Oltmişga kirgandan keyin hammada ham şunday böladi. Ana, Yöldoşbek, Örolboy ham avvalgiday emas. Men ham şu, davolanib turibman. Ammo siz bunday böşaşmang, davraga qöşiling, – deya Tursunboy aka davradagilarga qaradi.
— Ana, qarang, Berdiqobil aka, Abdivoy domlalar saksonni qoralasalar ham xuddi yigitlardek yurişibdi, – dedi Yöldoşbek Kenja hazillaşib.
— Lekin, Abdivoy domla, siz yozgan “Bevaning maktubi”ni öqib, rosa maza qildim, – dedi Temirpölat domlaga qarab.
Maqtov domlaga yoqdi çoği, jilmayib qöydi.
Nihoyat, mehmonlar qaytişga taraddud körişdi. Ammo Abdimurod bilan töyib suhbatlaşa olmaganim bois undan ajralgim kelmasdi. Xayolimdan esa: “Agar Abdimurod çekka qişloqda emas, şaharda, ijodiy muhit gurillab qaynab turgan davralarda yurganda edi, allaqaçon nomdor şoir bölib tanilar edi”, — degan fikr ötdi. Mening kamtargina kitob javonimda esa, uning “Ğamgin daraxt qöşiği” şeʼriy töplami bor. Baʼzida kitobni qölga olib varaqlayman. Naqadar samimiy va sodda satrlar. Uning Vatan haqidagi quyidagi misralariga eʼtibor qiling-a:
Bu çigal dunyoda angladim seni,
Közimga tötiyo ayladim seni.
Begona közlardan asramoq uçun,
Yurakning tubiga joyladim seni.
Baqiriq-çaqiriqlardan xoli satrlar. Vatanni şoir begonalardan, qora niyatli kimsalardan asraş uçun öz yuragiga joylaydi. Közlariga tötiyo qiladi.
Bir yili çimlik dongdor fermer, Özbekiston Qahramoni Abdi Bozorov Mustaqillik bayrami arafasida orden bilan mukofotlandi. “Qaşqadaryo” gazetasidagilar u haqida maqola tayyorlab berişni iltimos qilişdi. Yöq, deya olmadim. Fermer bilan uçraşib, maʼlumotlarni yozib oldim. Uyga kelib maqolani yozişga ötirdim. Ammo nimadan boşlaşni bilolmasdim. Şunda közim Abdimurodning kitobiga tuşdi va birdan uning bu satrlari menga maʼqul keldi:
Na şamol, na yomğir, na maysa
Yöqotib yubormas izimni.
Birovning yerimas bu yerlar,
Özimning yerimdir, özimning.
“Özimning yerimdir, özimning” misralari bilan maqolani boşladim.
Şoir allaqaçon özining ijod söqmoğini topib olgan. Uning şeʼrlari markaziy matbuot sahifalarida eʼlon qilingan. Nazm ixlosmandlarining nazariga tuşgan. Şoir bu haqda şunday yozadi:
Ollohga şukrona aylagum,
Qiblaga qaratib yuzimni.
Birovning yölimas bu yöllar,
Özimning yölimdir özimning.
Abdimurod Qoratepaning Kiçik Döstberdi qişloğida yaşovçi maktab muallimi oilasida tuğilgan, harbiyda xizmat qilgan, söngra rus tili va adabiyoti yönalişida oliy dargohda tahsil olgan, öqişni imtiyozli diplom bilan tugatib, bir muddat “Özbek Qomusi” tahririyatida işlagan. Yoş şoir poytaxt ijodiy muhitida öz yölini, özining uslubini topişga erişdi. Muhammad Yusuf, Nazar Şukur, Mirza Kenjabek kabi nomdor ijodkorlar davrasida böldi.
Keyin esa qişloqda yaşayotgan ota-onasidan xat oldi. Qişloqqa qaytdi. Uylandi, farzandlari tuğildi. Maktabga muallim bölib işga joylaşdi. Ikki bora respublika ijodkor öqituvçilar körik-tanlovida iştirok etdi. Hamqişloqlari uni tuman kengaşi deputatligiga saylaşdi.
Saxovatpeşa inson, adabiyotning çinakam muxlisi, rahmatli Elmurod Qurbonovning beminnat kömagi tufayli şeʼrlar töplami çop etildi.
Orzular tirnar içim,
Yuragim ğijim-ğijim.
Qani, hamma jim, jim, jim.
Uyğonmoğim şart!
Mana uning “Qor gulim” nomli şeʼri:
Qor gulim-ay, qor gulim,
Samolardan tökilgan.
Dil hovurim bosa qol,
Yurak-bağri sökilgan.
Qor gulim-ay, qor gulim,
Mening könglim qorqizda.
Yoray desam dilimni,
Yuragi ekan muzdan.
Şoir şeʼr oxirida siz kutmagan xulosani çiqaradi.
Abdimurod Qodir Vatan haqida tölqinlanib misralar bitadi.
Şoir Vatanni: Azizim, Yolğizim, Yagonam, Ildizim, Taronam, Yulduzim va Onam, Kunduzim, Peşonam, Çin sözim, Ozodam, Obodam ham Közim, Irodam, Mardonam, Muzaffar, Şukronam, Jon qadar Mangu böl, Yana ey, Vatan, Yana ne dey Vatan?! — deya taʼriflaydi.
Yozuvçi Temirpölat Tillayev şoirning şeʼriyati haqida şunday yozadi: “Abdimurod Qodir şeʼrlarida badiiyatning tilsimli dunyosi öziga xos taşbehlar va beğubor bir nuqtai nazar bilan vasf qilinadiki, uzoq yillar könglimiz qatlarida ana şu gözal iztirobning aks-sadosi jaranglab turadi. Bundan taşqari, u yaxşi tarjimon sifatida rus va jahon adabiyoti vakillarining eng sara asarlarini ona tilimizga mahorat bilan ögirmoqda”.
Şoir bolalarni ham yoddan çiqarmaydi.
Bolalar aldaşni bilmaydi,
Aldaşni örgatar kattalar.
Xayoli çegara bilmaydi,
Çegara örnatar kattalar.
Ammo ölim deganlari şafqat bilmas ekan. Jöşqin şoir döstimiz olamdan ötib ketdi. Bizga esa undan gözal şeʼrlar va xotiralar qoldi. Dunyo degani şu ekan-da…
Örolboy QOBIL,
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.
