“Boburşoh va Napoleon” – mutlaqo yangiça muqoyasa

Olam va odam. Bu ikki atama ohangdoş bölsa ham, maʼnodoş emas. Çunki, olam – abadiy, odam – muvaqqat: şunday desak-da, Alloh siylagan daholar borki, nomlarini mangulikka muhrlab ketadilar. Şarqdan balqqan Bobur Mirzo, kunbotar farzandi Napoleon Bonapart ana şunday kamyob buyuklardan ikkisi edilar. Kimlardir hayratu havas, yana kimlardir ğiybatu hasad közi bilan boqmasin, har ikkisining ötda kuymas, suvda çökmas siymosi haqida qat-qat kitoblar bitilmoqda. Ulardan eng yangisi va eng ohorlisi Rustamjon Ummatov qalamiga mansub “Boburşoh va Napoleon” nomli tarixiy-qiyosiy essedir (Toşkent, “Yangi asr avlodi”, 2024 yil, 464 bet).

Asarning jurnal varianti eʼlon qilingandayoq (“Jahon adabiyoti”, 2019 yil, fevral-mart sonlari), unga köpçilikning eʼtiboru eʼtirofi tuşgan va yozuvçining uşbu tuhfasi özgaça xislatlarga boyligidan nişona bergandi. Kitob holida öqiş nasib etgani esa muxlislar uçun ayni muddao böldi. Şon-şuhrati jahon böylagan Boburşoh bobomizga yana bir jahongir Napoleon Bonapart qiyos etilmoqda. Öxşaş ikki qismat goh hikoyalar, goh rivoyatlar, goh beinkor haqiqatlar, goh munozara tarzida taqqoslangan. Undagi voqealar ziçligi va qator-qator manbalar qaydlangani ham, hatto sana-raqamlarga tez-tez murojaat etilgani ham öqirmanni zeriktirib qöymaydi. Sababi, uslub ravon va batamom özgaça. Voqealar goh Şarqqa, goh Ğarbga yetaklaydi, kutilmagan yakun, original fikr, yangiça talqin beriladiki, tong qolasiz.

Qarangki, Bobur va Napoleonning kindik qoni tomgan Farğona bilan Korsika bitta juğrofiy çiziqda — 40-42,5-şimoliy kengliklar orasida joylaşgan ekan. Boburşoh — Samarqandni, Bonapart — Parijni uç martadan fath etibdilar, ikkovi ham oiladagi 8 farzandning biri — muştarak hollarni köring! Bundayin muqoyasalar sanoği “Boburşoh va Napoleon”da yuzdan oşadiki, barçasi muallifning topildiği va kaşfiyoti, albatta. Kaşşof adib barini zanjirning uzilmas halqalariday ğoyat ustalik bilan bir-biriga boğlab yuborgan.

“Hindiston podşohi Bobur — hind emas, fransuzlar imperatori Napoleon — fransuz emas. Boburning millati möğul yo hind bölmasa-da, Hindistonda (“buyuk möğullar imperatori”) podşoh, Napoleon esa fransuz bölmagani holda “fransuzlar imperatori” edi. Bobur Hindiston boyliklarini Farğonaga, Napoleon esa Fransiya xazinasini Korsikaga taşigani yöq”. Vaholanki, toju taxt sohiblari qayerni egallasa, öşa joyning butun boyliklarini talon-toroj qilişgani, xalqning bor-budini tortib olişgani tarixdan ayon-ku!

— Nahotki, şunday? — degan hayrat keçadi köngildan. Har ikki şaxsni qayta kaşf etamizki, eski tasavvurlar bari bir zumda parçalanadi. Şarqu Ğarbning ikki dahosiga xayrixohligimiz ortadi.

Mutolaani davom ettiramiz: “Ikkala imperator deyarli tengqur yoşda: Boburşoh (47) va Napoleon (46) toj-taxtdan voz keçib, örniga öğlini qöymoqçi edi. Bobur bu qarorga köngil ixtiyori ila, Napoleon esa majburlikdan barmoq bosdi. Qonuniyatni köringki, ota-buvasi hukmdor ötgan Bobur Mirzo bu niyatiga erişdi, ajdodlaridan birortasi yurt söramagan Napoleon Bonapartning esa murodi hosil bölgani yöq. Va yana ajabki, podşohzoda Bobur avlodlari Hindiston taxtida asrlab davru davron surişdi, Napoleonning biror zurriyotiga özidan keyin hukmdorlik buyurmadi”.

Xalq donişmandligiga yana bir bor iqror bölamiz. Axir: “Qazisan, qartasan, asli zotingga tortasan” degan maqolni köp eşitganmiz-da. Xuddi şu hayotiy haqiqatning tarixiy tasdiği emasmi bu daholar qismati? Qolaversa, milliy tafakkurning umuminsoniy qonuniyatlarga hamohang ekanini köring! Adib öquvçini maqolning aynan özidan emas, mohiyatidan saboqlantiradi. Qismat atalmiş peşona bitigidan heç kim qoçib qutula olmasligini ham urğulaydi. Eng muhimi, siz bilan bizni yozganlariga işontira oladi. Zohiran öta muşkul ijodiy niyat osongina uddalanganday tuyulsa-da, kamyob maʼlumotlar, qaydu izohlar uç yuzdan ziyod kitobdan çeksiz mehnat-maşaqqat bilan izlab topilgan. Muallif ularni muşohada çiğiriğidan ötkaza-ötkaza, saralab-saralab, örni-örnida havola eta bilibdi. Kezi kelganda, taʼkidlaş joizki, “Boburşoh va Napoleon” Rustamjon Ummatovning salkam ikki yillik izlanişlari mevasidir.

Tarixiy-qiyosiy esseda bitilganidek: “Bobur arkoni davlati, oilasi, yaqinlari davrasida xotirjam oyoğini uzatdi. Biroq Napoleon Atlantikaning janubidagi olisdan-olis Ayo Yelena orolida tanholik va ğariblikda dunyodan köz yumdi. Bunda ham qonuniyat bor: toj-taxt Boburning otameros haqi ediki, tomirida buyuk Temurning qoni oqardi. Napoleon esa nasab jihatidan saltanatga begona va heç bir saroy uning xati mahriga bitilgan emas. Boburning noyob qölyozmalari Parijga borib qolgan, Napoleonning xos mebellari esa Samarqandda. Asrlar ötmoqdaki, har ikki uluğ sarkardaning xoki turobi eʼzozda…” R.Ummatovning navbatdagi muqoyasasi könglimizdagi azaliy faxru ğururni yanada kuçaytiradi. Ammo noyob qölyozmalar qayoqda-yu, xos mebellar qayoqda! Mebelning nusxasini yasab olsa böladi. Ammo boburona bitiklarni kim, qaçon, qayerda qaytadan yarata oladi?..

Menimça, tarixiy-qiyosiy esse yangi zamonda yangiça uslubda bitilgan komil asar maqomiga yetibdi. Turfa voqealar, taqdiriy tafsilotlar, tahliliy mulohazalarning barçasi taʼsirçan ifodaga ega. Adib mahoratining yuqoriligi kiçik sarlavhalarga katta maʼno yuklaşda ham seziladi. Har bir bobning ostsarlavhasi bezakday yaraşganki, bu öquvçini öziga jalb etadi. Voqeadan-voqeaga ötgan sayin u hikoyalaş yösinini özgartirib boradi, alaloqibat, kitobxonda mutolaa iştiyoqini kuçaytiraveradi desak, aslo mubolağasi yöq. Sarlavhalarning “Padarkuş valiahdlar, juvonmarg şahzodalar”, “Ayol makrining bir uçquni – siyosatda zör yonğin”, “Zamonlari bölak – zafarlari muştarak”, “Toj kiygan diplomatlar va sotqin vazirlar”, “Hazratlarga hasrat bölgan olmoslar”, “Turkigöy tilşunos podşoh yoxud Napoleon ila Şampolon” deya nomlangani bejiz emas-da.

Fahmlaş qiyin emaski, ikki buyuk hukmdorning köp jihatdan öxşaş taqdiri-yu, qisman farqli qismat qissasi Rustamjon Ummatovning dalillarni soliştiriş mahoratiga va ijodiy quvvatiga jiddiy imtihon bölibdi. Bugun komil işonç bilan ayta olamizki, u ayni sinov jarayonida özining çakana qalamkaş emasligini isbotlab qöygan, albatta.

“Boburşoh va Napoleon” qomusiy asar (ensiklopediya) deb aytişga arzirli yangi tarixiy-badiiy yaratiqdir. Yuzlab kitobdan, matbuot va internet materiallaridan zukkolik bilan foydalanilgani ham tahsinga loyiq.

Yangi Özbekistonda romanga teng esse paydo böldi. Uning yozilişi aslo tasodifiy emas. Istiqlol şarofati erkin sözning erkin parvoziga keng yöl oçib qöygani uçungina yaratildi.

Namanganlik adib va tarjimon Rustamjon Ummatov öttizdan ortiq nasriy, nazmiy, tarixiy, publitsistik kitoblar muallifi, poytaxtda öndan ziyod yirik tarjimalari (hammasi roman) çop etilgan. U bu galgi armuğonida odam millatidan qatʼi nazar, Yer kurrasining qayerida yaşamasin, omaddan benasiba qolmaydi, buyukligi omadida emas, omadi buyukligida, buning uçun bir özi yuzlab, minglab odamlar bajara oladigan ham jismoniy, ham aqliy kuç-qudrat sohibi bölmoği şart! – degan muhim falsafani yoqlamoqda. Va nihoyat, muallif ijod maydonida şijoat va şiddat bilan ot surgan: odam ham olam singari boqiylik bekatida muqim tura olişini ikki buyuk şaxs timsolida qiyosiy jonlantira olganki, bu qaysi jasoratdan kam?..

Atoqli adib Nurali Qobul “Boburşoh va Napoleon”ga masʼul muharrir bölib, “Tarixga tik va xolis yondaşuv” sarlavhali sözboşi yozgan. Asarga nisbatan samimiy eʼtirof va yuksak baho aks etgan quyidagi jumlalarni Nurali Qobul bejiz bitgan emas-da:

“Boburşoh va Napoleon” kitobining dunyoga kelişi maʼnaviy hayotimizdagi yorqin voqeadir. Asar buyuk Boburiylar saltanati tarixini va bu benazir siymoni buyuklar bilan soliştirib tahlil etişda mutlaqo yangi sahifa oçadi. Tajribalarga köra, bitta tarixiy-badiiy roman yozgan adib tarix fanlari doktori böliş uçun harakat qilayotgan olimdan ön barobar köp manba va kitob öqir ekan. Rustamjonning bu zahmatli va favqulodda muhim maʼlumotlarga boy bitigiga ham ana şunday köz bilan qaradim va döstimizga deymanki:

— Muborak bölsin!”

Atoqli adibning bu eʼtirofidan söng uşbu asarni har bir yurtdoşimiz, albatta, öqişi kerak degan fikr yanada qatʼiylaşadi.

Sodiq SAYHUN,

Özbekiston Yozuvçilar

uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan