Qalbimda niş urdi umid çeçagi

Yusuf ZIYOD

Muallif haqida:

Yusuf ZIYOD — 1965 yili Çiroqçi tumanidagi Kökdala qişloğida tuğilgan. 1990 yilda Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU) ning özbek filologiyasi fakultetini tugatgan.

“Mehringga taşnaman”, “Ruhiyat manzaralari”, “Kun va tun”, “Qanoatning qanoti” kabi kitoblari naşr etilgan.

HOLAT

Gohida yaşadim şodon va xurram,

Gohida qalbimni bosib kelar ğam.

 

Gohida topdim men eʼzoz va hurmat,

Gohida uni ham köp kördi qismat.

 

Gohida mast böldim işqning mayidan,

Gohi kuy tingladim hijron nayidan.

 

Gohida sururning bağrida uçdim,

Gohida qalbimni tinglamas heç kim.

 

Goh horğin dillarga izladim malham,

Gohida qiynaldim darddan özim ham.

 

Gohi örtanaman, dunyo bunça tor,

Goh yupanç bölasan, yaxşiyam sen bor.

 

Goh seni qömsayman qilolmay toqat,

Sen bilan baxtliman, sen bilan faqat.

 

TASKIN

Kun kelar, armonlar aylanar tuşga,

Umrimiz tunlari nurga töladi.

Bulutlar dönadi eng gözal quşga,

Işon, turmuşimiz şirin böladi.

 

Oy ham baxtimizdan söylar u palla,

Samoda entikib yulduz kuladi.

Epkinlar şivirlab aytadi alla,

Işon, turmuşimiz şirin böladi.

 

Ahdimga işon sen, mehrimga işon,

Mehrsiz çamanda gul ham söladi.

Senga degim kelar har lahza, har on:

Işon, turmuşimiz şirin böladi.

LAYLOGA

Kunlarni sanayman, yetmas bardoşim,

Umrim ötar göyo alahsigan tuş.

Na bir ovunçim bor, na bir sirdoşim,

Bugun sensiz yana yuragim böm-böş.

 

Tunlar tentirayman sarson, sargardon,

Umidlarim vayron, orzularim xor.

Qalbimni örtaydi birgina hijron,

Mehringga taşnaman, diydoringga zor.

 

Izlab topganim şu – ökinç va alam,

Meni öz bağriga çorlagan sarob.

Na döst topa oldim, na biror hamdam,

Sensiz turmuşim ğam, ahvolim xarob.

 

Sen mening suyuklim, nomus-orimsan,

Kelgil, kel, yonimdan ketma bir nafas,

Davlatim, şuhratim, yöğu borimsan,

Sen yonimda bölsang şuning özi bas.

 

ÇÖLPON

Şafaq yuzi böyaldi qonga,

Sahar çoği otildi bir öq.

Kun bilan tun ğarq böldi tongda,

Oh, samoning quyoşi ham yöq.

 

Zimistonga burkandi jahon,

Unut böldi keça va kunduz.

Yiğladi oy, yiğladi osmon,

Qulab tuşdi ulkan bir yulduz.

 

UMID

Bir iliq tabassum, bir işvali noz,

Anduhlar ortimda qoldi keçagi.

Şunçalar suluvsan, bilsang, sarvinoz,

Qalbimda niş urdi umid çeçagi.

 

Sensiz öz körkini yöqotgan boğim,

Yana gulga kirdi, işongin, dildor.

Sening diydoringni qömsagan çoğim,

Qayta tuğilmoqda qalbimda bahor.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan