Taniqli olimning hayot yöli
Denovda akademik Nazar Törayev uy-muzeyi taşkil etiladi
Akademik Nazar Törayevni ilm ahli yaxşi biladi. Esimda, Nazar akadan bir gal ilmiy faoliyatining mazmunini söradim. Olim vodorod atomlarini parçalaş uçun zarur böladigan yuqori darajadagi issiqlikda sirtning yemirilişini qanday qilib kamaytiriş muammolari ustidagi tadqiqotlarini şogirdlari hamrohligida davom ettirayotganini aytdi.
“Agar ijtimoiy taraqqiyot hozirgiday surʼatlar bilan davom etaversa, yana 50-60 yildan söng insoniyat yer yuzidagi va yer ostidagi yoqiş mumkin bölgan hamma narsani tugatib bitiradi. Ana öşanda insoniyatning energiyaga bölgan ehtiyoji qanday hal etiladi? Qanday qilib? Bu yoqda yoqiş mumkin bölgan ötin ham, kömir ham, gaz ham tugaydi… Öşanda odamlarda suvning tarkibidagi vodorod atomini parçalaşdan boşqa iloj qolmaydi. Dunyodagi barça dengiz, ummonlardagi suvning vodorod atomini esa havoda parçalab bölmaydi. Buning ustiga, uning parçalanişi uçun juda yuqori darajada issiqlik kerak. Biz hozir vodorod parçalanayotgan, töğriroği, portlayotgan makon devorining yemirilişi darajasini kamaytiriş muammolarini tadqiq qilayapmiz”, dedi Nazar aka kuyunçaklik bilan.
Öşanda Nazar Törayev bayon etgan fikrlar mağzini oçiği, töliq tuşunmagan bölsam-da, olim ilgari surgan ğoyalar tafsilotlarini köz oldimga keltirib hayratga tuşganman.
Darhaqiqat, Özbekistonda ilm-fan rivojiga ulkan hissa qöşgan buyuk olimlardan biri Nazar Yöldoşeviç Törayev edi. Uning fizika sohasidagi tadqiqotlari, ilmiy rahbarligi va ijtimoiy faoliyati mamlakatimiz hayotida öçmas iz qoldirdi.
Nafaqat Surxon ahli, balki butun Özbekiston xalqi yaxşi taniydigan, qolaversa, dunyo hamjamiyatiga maʼlumu maşhur bölgan Nazar Yöldoşeviç Törayev Surxon diyorining eng gözal maskanlaridan biri Denov tumanidagi “Ğalaba” deb nomlanuvçi xöjalikning Çuqur qişloğida tavallud topdi. Uning ota-bobolari ham mana şu qişloqqa kelib qönim topib, şu maskanni gullatib-yaşnatgan, uning kengayib, dovruq taratib ketişiga sababçi bölganlardan edi.
Nazar Törayev 1938 yilning 19 may kuni işçi oilasida tavallud topdi, 1945-1955 yillarda Denov tumanidagi Alişer Navoiy nomli 24-maktabda öqidi va uni oltin medal bilan tamomladi. Endi maktabni bitirgan ösmir yigit bölsa-da, 1955-56 öquv yilida öz maktabida matematika fanidan dars berdi. 1956 yilda Samarqand davlat universiteti fizika bölimiga öqişga kirdi. 1961 yilda universitetni aʼlo baholarga bitirganligi sababli, uni öşa davrning maşhur olimi, akademik U.Oripov Yadro fizikasi institutiga ilmiy xodimlikka taklif etdi. 1964-67 yillarda Özbekiston Fanlar akademiyasi aspiranturasiga öqişga kirdi. U aspiranturada qattiq jismlar sirtida örtaça kuçdagi atomlarning tarqaliş nazariyasi muammolari bilan şuğullandi. Akademik U.Oripovning bevosita ilmiy rahbarligida 1968 yilda Yadro fizikasi institutida fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oliş uçun dissertatsiya himoya qildi. Şundan keyin 1968 yili Elektronika institutiga ilmiy kotiblikka işga taklif etildi. 1972 yildan şu institutda laboratoriya mudiri bölib işladi.
Nazar Törayev atomlar va ionlarning qattiq jism sirtlarida soçilişi nazariyasini yaratdi. Qattiq jismlar sirtlari, juda yupqa epitaksial qatlamlarning strukturalarini va element tuzilişlarini analiz qiliş va oldindan aytib berişning imkonini topdi. Yaʼni, qattiq jismlar, aytaylik, temirning sirtidagi molekulyar zarralar, atomlarni örganiş, ularni ilmiy joylaştiriş evaziga uning qattiqligi va çidamliligini misli körilmagan darajada kuçaytiriş imkonini yaratdi. Natijada juda qattiq sirtga ega bölgan jismlar, misol uçun kosmosga uçadigan apparatlarda va harbiy sohada işlatiladigan jismlar yaratiş borasida olamşumul siljiş sodir böldi. Ayniqsa, polikristall va monokristallarning sirtida atom va ionlarning soçilişi qonuniyatlarini, sirt bilan boğliq bölgan maxsus xususiyatlarni aniqladi va qator yangi muhim effektlarni oçib berdiki, keyinçalik bu effektlar jahonning yuzlab ilmiy laboratoriyalaridagi tajribalarda öz tasdiğini topdi. Bu bilan kattiq jismlar sirtlari, juda yupqa epitaksial qatlamlarning strukturalarini va element tuzilişlarini analiz qiliş va oldindan aytib berişning nazariyasi yaratildi. Atomlarning bir töqnaşuv va ikkilamçi töqnaşuvi natijasida soçilişi, bu töqnaşuvlarning mumkin bölgan sohalarini aniqlaş, ularning sirtqi bombardimon qilayotgan zarraçalarning energiyasi, massasi, tezligi, zaryadi va boşqa xossalariga boğliqligi asosida jism sirtlarini analiz qiliş qulayligi tasdiqlandi. Qattiq jismlarni juda kiçik burçaklar ostida atomlarning qatori deb qarab, ana şunday atom qatorlarida soçilgan ionlar yoki atomlarning energetik taqsimlaniş konuniyatlarida monokristalli jismlar tuzilişlari töğrisida muhim informatsiyalar mavjudligi kaşf etildi. Bu jahon ilmiy adabiyotida “Törayevning atom qatori effekti” deb ataldi.
Keyinçalik bir-biri bilan uzviy boğlanib qolgan atomlar qatorlaridan taşkil topgan yarim kanallar mavjudligi va bunday yarim kanallarda ionlarning harakati hamda soçilişi nazariyasi yaratildi. Qattiq jism sirtlarining tabiiy, real strukturalarini tasvirlaş, vakansiya, divakansiya, vakansiyalar töplami, uzlukli atom qatorlari, atomlar töplami, atom qatorlari zinapoyalari kabi juda köplab struktura buzilişlarining mavjudliklari ham soçilayotgan ionlar va atom zarraçalarining energetik burçakli fazoviy taqsimot qonunlarida öz aksini topdi. Ilmiy tadqiqotlar natija¬sida olingan nazariy natijalar va xulosalarning umumlaştirilişi doktorlik dissertatsiyasining asosini taşkil qildi. Şu tariqa N.Törayev 1980 yili Ukraina Fanlar akademiyasi Fizika institutida doktor¬lik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Olimning ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan barça ilmiy xulosalari Moskva davlat universiteti, Moskva fizika-texnika instituti, Kurçatov nomidagi atom energiyasi instituti, Leningrad davlat universiteti, Leningrad politexnika instituti, Myunxen plazma fizikasi instituti, Krakov universiteti, Groningen universiteti, Donetsk davlat universiteti kabi köplab ilmiy muassasalar olimlari tajribalarida öz tasdiğini topdi. Bu esa Nazar Törayevning ular bilan hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlarni olib borişiga sabab böldi.
Isteʼdodli olim Nazar Törayev 1977-1983 yillarda Toşkent politexnika institutining fizik elektronika kafedrasini boşqardi.
1983 yilga kelib, Özbekiston Kompartiyasining birinçi kotibi Ş.Raşidov tavsiyasi bilan Surxondaryo viloyatida öşa vaqtda yagona bölgan Termiz davlat pedagogika (hozirgi TerDU) institutiga rektor etib tayinlandi. Mana şu sababli ham Nazar Yöldoşeviç ustoz degan şarafli nomning haqiqiy egalaridan biriga aylandi. Nafaqat Özbekistonda, balki jahonning köplab mamlakatlarida ustozdan taʼlim olgan yuzlab, minglab olimlar, pedagog kadrlar borki, ular Nazar Törayev bilan hamnafas, hammaslak bölganlari bilan faxrlanadilar.
Nazar Törayevning bevosita rahbarligida 3 nafar fan doktori va 12 nafar fan nomzodi yetişib çiqdi. Uning rahbarligida 1972 yilda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida ion usullari bilan materiallarni tozalaş ilmiy laboratoriyasi, 1978-83 yillarda Toşkent politexnika institutida materiallarni mass-spektrometriya usulida örganiş laboratoriyasi, 1984 yildan boşlab Termiz davlat universitetida bir neçta ilmiy laboratoriya, jumladan, lazer bilan qişloq xöjalik ekinlari uruğlarini nurlantiriş laboratoriyalari taşkil etildi. Şulardan 2 ta lazer qurilmasi bevosita dala şaroitida Surxondaryodagi bir qança xöjaliklar dehqonçiligida hozirgaça samarali qöllanilmoqda.
Termiz davlat universitetining taşkil etilişi, unda önlab yangi mutaxassisliklar, 30 dan ortiq yangi kafedralar, 10 ta yangi fakultet, 4 ta ilmiy problematik laboratoriyalarning oçilişi Nazar Törayevning bevosita xizmati, taşabbusi tufayli edi. Universitetda ustoz rahbarligida 24 nafar fan doktori, 150 nafar fan nomzodi tayyorlandi va ular bugungi kunda 48 ta kafedra, 4 ta ilmiy laboratoriyada muvaffaqiyat bilan faoliyat olib borişmoqda.
Akademik N.Törayevning ilmiy işlari juda köplab çet el olimlari asarlarida öz aksini topib, jahon ilmiy xazinasidan munosib örin egalladi. Professor L.Dobretsov va M.Gomoyupova (1966), G.Karter va J.Kolligon (1968), U.Oripov (1968), V.Molçanov va Ye.Maşkova (1980), K.Leyman (1979), N.Petrov va I.Abroyan (1987), M.Ryazanov va I.Tilining (1985) kabi yirik olimlarning monografiyalarida özbek olimining ilm-fan yölidagi izlaniş natijalari qayd etilgan.
Nazar Törayev atom va ionlarning qattiq jism bilan özaro taʼsiri natijasida yuzaga keladigan atom soçilişi, atomlarning sirtga kiriş va taqsimoti, sirt yemirilişi muammolari bilan bir qatorda jahon fanining eng muhim muammolaridap biri bölgan yuqori temperaturali öta ötkazuvçan materiallarni yaratiş na ularning xususiyatlarini örganiş böyiça hamda Özbekiston Respublikasi uçun muhim hisoblangan fizika fani yutuqlarini qişloq xöjaligiga tatbiq etiş, tabiatni muhofaza kiliş va ekologiya bilan çambarças boğliq sohalarda ham katta işlarni bajardi, bu işlar özining salmoqli natijalarini berib kelmoqda.
Masalan, maşhur Messbauzr usuli va qattiq jismlar fizikasining boşqa zamonaviy usullarini qöllab yuqori temperaturali öta ötkazuvçan materiallar xususiyatiga xos bölgap materiallar olindi va ularning içida begona atomlar holatlari va effektiv zaryadlari örganildi. Bunday material yaratişning istiqbolli yönalişlari aniqlandi.
Taniqli olimga 1988 yili Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi unvoni berildi. 1989 yilda Özbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi, 1995 yilda YUNESKO qoşidagi Xalqaro informatizatsiyalaş akademiyasi haqiqiy aʼzosi etib saylandi. 1990-95 yillar Özbekiston Respublikasi Oliy Kengaşining deputati, bir neça marta Surxondaryo viloyati va Termiz şahar Kengaşlarining deputatligiga saylandi. 1994 yilda uning taşabbusi va rahbarligida Termiz maʼnaviy akademiyasi tuzildi va viloyat rahbar xodimlariga madaniy, maişiy, tarixiy merosimizni örgatişda, urf-odatlar, anʼanalarni tarğib qilişda katta vazifani bajarmoqda.
Nazar Törayev isteʼdodli olim, kaşfiyotçi, ğamxör ustoz, tajribali rahbar, taşkilotçi jamoat arbobi bölişi bilan bir vaqtda oilaparvar inson edi. Bilimga mukkasidan ketgan oddiy aspirantning akademik darajasiga erişişida şubhasizki, u kişining turmuş örtoği Roziya opaning xizmati beqiyosdir. Ular uzoq va baxtli umr keçirişdi. Hayotdagi jamiki qiyinçiliklar, turmuşda böladigan turfa qiyinçiliklarni birgalikda mardonavor yengib, qarindoş-uruğlar, taniş-biliş va şogirdlar uçun qalbi va dasturxoni doimo oçiq oila sifatida tanildilar. Uç öğil, uç qiz farzandni tarbiyalab, jamiyatimizga munosib vorislar yetkazib berişdi. Boş farzandlari Erkin Törayev Toşkent politexnika institutini tugatgan bölsa-da, harbiy sohada mehnat qildi. Qizi Nargiza Törayeva Toşkent politexnika institutini tugatdi. Ota izidan borib, fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. Yana bir qizi Nodira Törayeva Toşkent tibbiyot institutini tugallab, tibbiyot fanlari nomzodi böldi. Bugungi kunda Toşkent pediatriya institutida kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda. Öğillari Temur va Ötkir iqtisodiyot dorilfununini tugatişdi. Ular ham hayotda öz örinlariga ega insonlar bölib kamolga yetdilar.
Nazar Törayev 1988 yilda “Özbekistonda xizmat körsatgan fan arbobi” unvoni bilan taqdirlandi. 2000 yildan Özbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib saylandi.
1998 yilda Nazar Törayev “Mehnat şuhrati” ordeni bilan taqdirlandi. Bu mukofot olimning mamlakat rivojiga qöşgan ulkan hissasining yana bir bor eʼtirof etilişi desak xato bölmaydi. Olimning butun hayoti ilm-fan va taʼlim sohasiga bağişlangan bölib, uning xizmatlari nafaqat özbek xalqining, balki, yuqorida taʼkidlaganimizdek, xalqaro ilmiy hamjamiyatning ham eʼtirofiga sazovor böldi.
Akademik Nazar Törayev 2023 yil 3 oktyabrda 85 yoşida vafot etdi. Olimning nomi hamişa Özbekiston ilm-fani va taʼlim tizimida katta hurmat bilan tilga olinadi.
Taniqli olim xotirasini abadiylaştiriş, yoş avlodni Nazar Törayev ilmiy merosi va hayot yölidan xabardor etiş maqsadida yaqinda Denov tuman hokimi “Nazar Törayev uy-muzeyini taşkil etiş töğrisida” qaror qabul qildi.
Maşhur olimning hayoti va faoliyati özbek ilm-fani tarixida oltin harflar bilan yozilgan, ilm-fan sohasidagi tadqiqotlari, ilmiy rahbarligi va pedagogik faoliyati köplab yoş olimlar uçun ilhom manbai bölib xizmat qiladi. Olim nafaqat özining ilmiy işlari, balki jamiyat uçun qilgan xizmatlari bilan ham eʼzozga sazovor.
Toştemir TURDIYEV,
Maʼnaviyat-maʼrifat markazi
Denov tuman bölimi rahbari,
Özbekistonda xizmat körsatgan
madaniyat xodimi.
